uk
Feedback
AI | DigiTech

AI | DigiTech

Відкрити в Telegram

Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

Показати більше

📈 Аналітичний огляд Telegram-каналу AI | DigiTech

Канал AI | DigiTech (@digitechai) у мовному сегменті Узбецька є активним учасником. На даний момент спільнота об'єднує 53 563 підписників, посідаючи 2 467 місце в категорії Технології та додатки та 1 388 місце у регіоні Узбекистан.

📊 Показники аудиторії та динаміка

З моменту свого створення невідомо, проект продемонстрував стрімке зростання, зібравши аудиторію у 53 563 підписників.

За останніми даними від 13 липня, 2026, канал демонструє стабільну активність. Хоча за останні 30 днів спостерігається зміна кількості учасників на 1 378, а за останні 24 години на -453, загальне охоплення залишається високим.

  • Статус верифікації: Не верифікований
  • Рівень залученості (ER): Середній показник залученості аудиторії становить 24.50%. Протягом перших 24 годин після публікації контент зазвичай збирає 19.07% реакцій від загальної кількості підписників.
  • Охоплення публікацій: В середньому кожен допис отримує 13 171 переглядів. Протягом першої доби публікація в середньому набирає 10 252 переглядів.
  • Реакції та взаємодія: Аудиторія активно підтримує контент: середня кількість реакцій на один пост – 113.

📝 Опис та контентна політика

Автор описує ресурс як майданчик для висловлення суб'єктивної думки:
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

Завдяки високій частоті оновлень (останні дані отримано 14 липня, 2026), канал підтримує актуальність та високий рівень охоплення публікацій. Аналітика показує, що аудиторія активно взаємодіє з контентом, що робить його важливою точкою впливу в категорії Технології та додатки.

53 563
Підписники
-45324 години
+2 5777 днів
+1 37830 день
Архів дописів
☀️ Kunlar isigan sayin Uzum Marketda chegirmalar oshib bormoqda! Uzum Market 30 - iyunga qadar yozgi sotib tugatishni e’lon q
☀️ Kunlar isigan sayin Uzum Marketda chegirmalar oshib bormoqda! Uzum Market 30 - iyunga qadar yozgi sotib tugatishni e’lon qiladi! O’zingizga kerakli tovarlarni issiq kunda uydan chiqmasdan -70% gacha chegirmalar bilan to’g’ri uyingizga buyurtma bering. Buyurtmangizni 1 kunda yetkazishadi! Buyurtma vaqtida YR8PUK78 promokodini kiritib siz yana 35 000 so'mlik qo'shimcha chegirmaga ega bo’lasiz! Promokoddan foydalanish uchun xaridingiz umumiy summasi 150 000 so'mdan oshsa bo'ldi, ya'ni 1 dona tovar 150 000 so'mdan qimmat bo'lishi shart emas. Promokod faqat birinchi xaridingiz uchun amal qiladi. ➡️ Promokod: YR8PUK78 👉 Havola orqali o'tib ilovani yuklab oling va chegirmalarga ega bo'ling!

👷‍♂️ ChatGPT ko’pchilikni ishini olib qo’yayapti, qurilish kompaniyasidagilar bunga javoban texnologiyani ustidan hazil qili
👷‍♂️ ChatGPT ko’pchilikni ishini olib qo’yayapti, qurilish kompaniyasidagilar bunga javoban texnologiyani ustidan hazil qilib, undan bino qurilishini tugatishini so’rashibdi. Hozircha buni iloji yo’q, lekin yaqin yillarda buni ham qiloladigan robotlar chiqib ketadi. 📟 DigiTech

🧮 Synthesis startapi bolalar yaqin kelajakda matematikani qanday o’rganishini ko’rsatdi: kompaniya o’zining sun’iy intellekt o’qituvchisini namoyish etdi Hechqanday zerikarli misollar yoki formulalarsiz, faqat interaktiv misollar, qiziqarli vazifalar va sabrli o’qituvchi. Hozir beta-versiyaga qabul ketmoqda. • Kutish (waitlist) ro’yxatiga ushbu havola orqali qo’shilishingiz mumkin. 📟 DigiTech

🎵 Neyrotarmoqlar endi to’laqonli qo’shiqlarni ham yaratoladi — Songr neyrotarmog’ining beta versiyasi chiqdi Qo’shiq yaratish uchun uning matnini to’liq kirgazish ham shart emas, kichik matnli tavsif kiritish kifoya, neyrotarmoq ham qo’shiq matnini, ham musiqani yaratadi. Eng qizig’i, qo’shiqlarni vokal bilan yaratadi. Ishlatish mutlaqo bepul, ro’yxatdan o’tish ham shart emas, kuniga 5 ta qo’shiq chegarasi bor, lekin VPN bilan istagancha ishlatish mumkin. Ishlatib ko’ring, yoqishi aniq, men o’ziyam 1 soat tinimsiz qo’shiqlar generatsiya qilibman :) 👉 Sinab ko’rish uchun havola. 📟 DigiTech

▪️Olimlar genlarni tahrirlab, kar sichqonlarga eshitish qobiliyatini qaytarishdi Mass General Brigham tadqiqotchilari rAAV ge
▪️Olimlar genlarni tahrirlab, kar sichqonlarga eshitish qobiliyatini qaytarishdi Mass General Brigham tadqiqotchilari rAAV genini muvaffaqiyatli o’zgartirib, kar bo’lib tug’ilgan sichqonlarga eshitish qobiliyatini qaytarishdi. Olimlar texnologiyani odamlarda sinab ko‘rish uchun tadqiqotlarni davom ettirishni va karlikni yangi usulda davolashni rejalashtirishmoqda. 📟 DigiTech

▪️MetaHuman Animator plagini chiqdi — endi har kim o’zini iPhone'ga yozib, virtual personajini yaratishi mumkin Videoda namuna ko’rsatilgan — bu odamni animatsiyalashtirilgan personaji. Plagin bepul, lekin faqat Unreal Engine 5.2 bilan ishlaydi. Yaqinda o’yinlardagi grafika yangi darajaga chiqadi. 📟 DigiTech

▪️Nvidia va WPP bir necha daqiqada reklamalarni yaratish uchun sun’iy intellekt platformasini ishga tushiradi Neyron tarmoqla
▪️Nvidia va WPP bir necha daqiqada reklamalarni yaratish uchun sun’iy intellekt platformasini ishga tushiradi Neyron tarmoqlar nafaqat real suratlar va videolarni, balki mahsulotlarning 3D tasvirlarini ham yaratadi – ularni har qanday reklamaga osonlik bilan kiritish mumkin. Tizim turli bozorlar va mamlakatlar uchun, shuningdek, YouTube yoki TikTok kabi platformalar uchun reklamalarni tezda moslashtiradi. Tijorat kontenti insonning minimal ishtiroki bilan yuqori sifat va tezlik bilan yaratiladi. 📟 DigiTech

▪️ChatGPT yaratuvchisi ko’z qorachig’ini skanerlash bo’yicha loyihaga 115 million dollar sarmoya kiritdi Worldcoin – blokchey
▪️ChatGPT yaratuvchisi ko’z qorachig’ini skanerlash bo’yicha loyihaga 115 million dollar sarmoya kiritdi Worldcoin – blokcheyndagi loyiha bo’lib, u “odamning noyob raqamli portretini” yaratish uchun foydalanuvchilarning ko’z qorachig’ini skanerlaydi. Tizim ilovalarga botlar va odamlarni farqlashda yordam beradi. 📟 DigiTech

👨‍💻 MSI va Mercedes-AMG Motorsport o’yin noutbukini taqdim etdi MSI kompaniyasi Mercedes bilan hamkorlikda limitlangan Stealth 16 Mercedes-AMG Motorsport noutbukini ishlab chiqdi. Noutbukda Mercedes logotipi, probel tugmasida AMG rasmi va dvigatelni yoqish tugmasiga o’xshash quvvat tugmasi mavjud. Noutbuk 14 yadroli Intel Core i9-13900H, Nvidia GeForce RTX 4070, 32 GB DDR5 operativ xotira va 2TB NVMe SSD bilan jihozlangan. Boshqa xususiyatlari orasida 16 dyuymli UHD+ (3840 x 2400) 16:10 OLED ekran, 2,5 Gigabit Ethernet, Wi-Fi 6E, barmoq izi skaneri va Thunderbolt 4.0 porti mavjud. Limitlangan versiya bo’lganligi uchun narxi 3500 dollar. 📟 DigiTech

🚗 Shvetsiyaning Luvly startapi IKEA mebellari kabi yig’iladigan ixcham elektromobilni o’ylab topdi. Avtomobil zavodni ehtiyo
+3
🚗 Shvetsiyaning Luvly startapi IKEA mebellari kabi yig’iladigan ixcham elektromobilni o’ylab topdi. Avtomobil zavodni ehtiyot qismlar shaklida tark etadi va u sotiladigan shaharlarda yig’iladi. Luvly O ning uzunligi atigi 2,7 metr, vazni esa 380 kg. Ichkarida faqat ikki kishi uchun o’rindiqlar, shuningdek, 270 litr hajmga ega bagaj mavjud. Bir zaryadda 100 km masofani bosib o’tadi, ammo bu normal holat: avtomobil shaharda yurish uchun ixcham qilib yaratilgan. Unda siz soatiga 90 km gacha tezlasha olasiz. Elektromobilni 11 000 dollar narxda sotishadi. 📟 DigiTech

🏍️ Kaliforniyaning Super73 brendi Yaponiyaning Readymade kompaniyasi bilan hamkorlikda retro mototsiklga o’xshash ajoyib ele
+2
🏍️ Kaliforniyaning Super73 brendi Yaponiyaning Readymade kompaniyasi bilan hamkorlikda retro mototsiklga o’xshash ajoyib elektrovelosiped ishlab chiqardi Gaz bakining o’rnida u bir zaryadda 72 km masofani bosib o’tishga yetadigan batareyaga ega, elektromotor esa soatiga 45-50 km tezlikka erishishga imkon beradi. SG1 Yaponiyadagi narxi 9300 dollar. 📟 DigiTech

🖼️ Rasmlarni 3D formatga o’tkazib beruvchi sayt Instorier istalgan rasmni 3D formatga o’tkazib beradi, sozlamalarda chuqurlikni sozlash yoki turli effektlarni qo’shish mumkin. Bepul chegaralangan versiyasi mavjud. 👉 Sinab ko’rish uchun havola. 📟 DigiTech

🌌 Capture the Atlas sayti butun dunyodan Somon yo’lining eng yaxshi suratlarini tanlab oldi Tanlov doirasida astrofotografla
+6
🌌 Capture the Atlas sayti butun dunyodan Somon yo’lining eng yaxshi suratlarini tanlab oldi Tanlov doirasida astrofotograflar 3000 dan ortiq fotosuratlarni taqdim etishdi, biroq faqat 25 tasi saralandi. Bularning hammasi haqiqiy rasmlar, albatta biroz ishlov berilgan, lekin hechqanday neyrotarmoq ishlatilmagan. 👉 Qolgan suratlarni ko’rish uchun havola. Juda go’zal manzara. 📟 DigiTech

🚗 LEGO kompaniyasi xodimlari 380 ming dona bo’lakchalardan Ferrari Monza SP1 sportkarining to’liq o’lchamli modelini yasashdi Model Daniyadagi yangi LEGOLAND-ga joylashtirilgan va sotuvga chiqarilmaydi. 📟 DigiTech

🖼️ Rasmlar sifatini yaxshilab beruvchi neyrotarmoq ImgLarger neyron tarmog’i tasvir hajmini 4 baravar oshirib, mayda detallarigacha tiniqlashtirib beroladi. Bir akkaunt uchun bepul 8 ta generatsiya mavjud, lekin yangi akkauntlar ochib undan istagancha foydalanish mumkin) 👉 Sinab ko’rish uchun havola. 📟 DigiTech

▪️Arxitektor Norman Foster (dumaloq Apple Park loyihasi muallifi) zamonaviy, tabiiy ofatlardan boshpanalarni loyihalashtirdi.
+5
▪️Arxitektor Norman Foster (dumaloq Apple Park loyihasi muallifi) zamonaviy, tabiiy ofatlardan boshpanalarni loyihalashtirdi. Uyni bir kundan kamroq vaqt ichida qurish mumkin, xizmat muddati esa 20 yil. Uy maydoni 27 kvadrat metr bo’lib, ichkarida ovqatlanish joyi, uyqu zonasi, shuningdek dushli hammom mavjud. Tomga quyosh panellarini o’rnatish mumkin. Konstruktsiya beton plitalar va yog’ochdan iborat bo’lib, poydevor qayta ishlangan qurilish chiqindilaridan qilingan. Uyga ehtiyoj qolmaganda, materiallar boshqa maqsadlarda qayta ishlanishi mumkin. 📟 DigiTech

🍱 Restoranlardan taomlarni qanday maksimal chegirma bilan buyurtma qilish mumkin? Hammasi oson, havolani bosib ilovani yukla
🍱 Restoranlardan taomlarni qanday maksimal chegirma bilan buyurtma qilish mumkin? Hammasi oson, havolani bosib ilovani yuklab oling, o’zingiz istagan taomlarni tanlab buyurtma bering, so’ng UZB6AMKV promokodini kiriting va 90 000 so’mdan oshgan birinchi buyurtmangizga 47 500 so’m chegirmani oling! O’zim Yandex Taom ilovasidan ko’p buyurtma beraman, o’rtacha 15 - 20 daqiqada yetkazib berishadi. Yetkazib berish narxi asosan bepul. 👉 Promokod: UZB6AMKV

📱 Google Android 14 ga batareyaning holatini tahlil qilish funksiyasini qo’shadi Sozlamalarda siz zaryadlash davrlari sonini
📱 Google Android 14 ga batareyaning holatini tahlil qilish funksiyasini qo’shadi Sozlamalarda siz zaryadlash davrlari sonini, batareyaning ishlab chiqarilgan sanasini va qolgan quvvatni foizlarda ko’rishingiz mumkin bo’ladi. Bu funksiya iOS va Samsung'da anchadan beri mavjud, endi esa u boshqa ishlab chiqaruvchilarning smartfonlarida ham paydo bo’ladi, bu ishlatilgan telefonni sotib olayotganda uning holatini baholashni osonlashtiradi. 📟 DigiTech

🚀 SpaceX kompaniyasi 14 yoshli dasturchini ishga oldi SpaceX kompaniyasi Kayren Kvazini Starlink loyihasida Software Enginee
🚀 SpaceX kompaniyasi 14 yoshli dasturchini ishga oldi SpaceX kompaniyasi Kayren Kvazini Starlink loyihasida Software Engineer (dasturiy ta’minot) sifatida ishga oldi. Kayren yaqinda Kaliforniyadagi Santa Klara universitetini bakalavr darajasi bilan tamomladi. U 1851 yilda tashkil etilgan universitet tarixidagi eng yosh bitiruvchiga aylandi. Bungacha u Intel’da amaliyot o’tagan, u yerda sun’iy intellekt bo’yicha tadqiqotlar bilan shug’ullangan. 2022-yilda esa kiberxavfsizlik sohasidagi Blackbird.AI loyihasida amaliyot o’tagan. 9 yoshida Kayren maktab o’quv dasturidan oldinda ekanligini tushungan va Kaliforniya jamoat kollejiga o’qishga kirgan. 11 yoshida esa Santa Klara universitetiga o’qishga kirgan. 📟 DigiTech

+1
🎥 Runway GEN-2 neyrotarmog’i endi hamma uchun mavjud — uni ancha vaqtdan beri sinab ko’rmoqchi bo’lsangiz, hozir ayni vaqti! Buning uchun sayt yoki mobil ilovada ro’yxatdan o’tishingiz kifoya. Bepul 105 soniyalik video generatsiya qilish mumkin. Bu neyrotarmoq juda tez rivojlanmoqda, shu ketishda kinolar generatsiya qilishgacha ham ko’p qolmadi. 📟 DigiTech