uk
Feedback
AI | DigiTech

AI | DigiTech

Відкрити в Telegram

Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

Показати більше

📈 Аналітичний огляд Telegram-каналу AI | DigiTech

Канал AI | DigiTech (@digitechai) у мовному сегменті Узбецька є активним учасником. На даний момент спільнота об'єднує 50 625 підписників, посідаючи 2 617 місце в категорії Технології та додатки та 1 466 місце у регіоні Узбекистан.

📊 Показники аудиторії та динаміка

З моменту свого створення невідомо, проект продемонстрував стрімке зростання, зібравши аудиторію у 50 625 підписників.

За останніми даними від 08 липня, 2026, канал демонструє стабільну активність. Хоча за останні 30 днів спостерігається зміна кількості учасників на -2 546, а за останні 24 години на -168, загальне охоплення залишається високим.

  • Статус верифікації: Не верифікований
  • Рівень залученості (ER): Середній показник залученості аудиторії становить 25.51%. Протягом перших 24 годин після публікації контент зазвичай збирає 18.55% реакцій від загальної кількості підписників.
  • Охоплення публікацій: В середньому кожен допис отримує 12 969 переглядів. Протягом першої доби публікація в середньому набирає 9 429 переглядів.
  • Реакції та взаємодія: Аудиторія активно підтримує контент: середня кількість реакцій на один пост – 114.

📝 Опис та контентна політика

Автор описує ресурс як майданчик для висловлення суб'єктивної думки:
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

Завдяки високій частоті оновлень (останні дані отримано 09 липня, 2026), канал підтримує актуальність та високий рівень охоплення публікацій. Аналітика показує, що аудиторія активно взаємодіє з контентом, що робить його важливою точкою впливу в категорії Технології та додатки.

50 625
Підписники
-16824 години
-1 3757 днів
-2 54630 день
Архів дописів
🧑‍💻 Apple qurilmalari 1994, 2004, 2014 va 2024 yil fevral oyida. 📟 DigiTech
+3
🧑‍💻 Apple qurilmalari 1994, 2004, 2014 va 2024 yil fevral oyida. 📟 DigiTech

+3
🚘 Xitoyda «raqsga tushadigan» YangWang U9 avtomobili sotuvlari boshlandi, u musiqaga mos chayqala oladi va bitta g’ildiragi teshilsa, uchta g’ildirakda yura oladi. Giperkarda 1306 ot kuchiga ega to’rtta elektromotor mavjud, bir zaryadda 465 km masofani bosib o’tadi va 10 daqiqada 80 foizgacha tez quvvat oladi. U 0-100 km/soat tezlikka 2,36 soniyada erishadi, maksimal tezlik esa 309 km/soat. Xitoyda narxi 235 000 dollardan boshlanadi. 📟 DigiTech

🚘 CyberTruck egasi avtomobilni suvga chidamliligini ulkan ko’lmakda tekshirib ko’rdi. Ko’rib turganingizdek, sinov muvaffaqiyatli o’tdi. 📟 DigiTech

📲 Apple buklanadigan smartfonlarning chidamliligini sinovdan o’tkazdi. Sinov uchun Samsung qurilmalari tanlandi, sababi Appl
📲 Apple buklanadigan smartfonlarning chidamliligini sinovdan o’tkazdi. Sinov uchun Samsung qurilmalari tanlandi, sababi Apple qurilmalarida ushbu kompaniyaning displeylari o’rnatiladi. Smartfonlar sinovdan o’ta olishmadi — ularda ekranning mustahkamligi bilan bog’liq muammolar borligi aniqlandi. Salbiy natijalar tufayli Apple buklanadigan iPhone'ni chiqarishga hali erta degan xulosaga keldi. 📟 DigiTech

📱MWC 2024 ko’rgazmasida HONOR Yevropa uchun flagmanlarini namoyish etdi — Magic6 Pro va Magic V2 RSR Porsche Design. Magic6
+4
📱MWC 2024 ko’rgazmasida HONOR Yevropa uchun flagmanlarini namoyish etdi — Magic6 Pro va Magic V2 RSR Porsche Design. Magic6 Pro: 6,8 dyuymli displey, Snapdragon 8 Gen 3, 80 Vt 5600 mA/soat quvvatga ega batareya va x100 kattalashtirish funksiyasiga ega 180+50+50 MP kameralar. Narxi 16-512 GB uchun 1299 yevro. Magic V2 RSR: titan ramkali, shisha tolali va eng yupqa buklanadigan korpusga ega — atigi 9,9 mm. Narxi 2700 yevro. 📟 DigiTech

+2
👨‍💻 MWC 2024 ko’rgazmasida Lenovo kompaniyasi shaffof displeyli noutbukni namoyish etdi. Uning klaviaturasi ham g’ayrioddiy: jismoniy tugmalar o’rniga tekis panelli sensorli klaviatura o’rnatilgan. Hozircha bu faqat konsept, shu sabab texnik xususiyatlarini va shunga o’xshash qurilma sotuvga chiqadimi yo’qmi, aytishmadi. 📟 DigiTech

+2
👓 90-yillardagi qiziqarli qurilma, futuristik Sony Glasstron kinoteatr-ko’zoynak, Apple Vision Pro'ning ajdodi desa ham bo’ladi. Undagi tasvir 800x600 pikselli bo’lib, ikki metr masofadan 52 dyuymli televizor effektini yaratgan, o’sha vaqt uchun bu juda zo’r hisoblangan. Bundan tashqari, ularni hatto portativ DVD pleyerga ulab (o’zi bunday narsa esingizdami?) metroda, samolyotda yoki poyezdda filmlarni tomosha qilish mumkin edi. 📟 DigiTech

⚡️Mish-mishlarga ko’ra, OpenAI Google bilan raqobat qilish uchun SI qidiruv tizimini ishlab chiqmoqda. Uning veb-qidiruv qism
⚡️Mish-mishlarga ko’ra, OpenAI Google bilan raqobat qilish uchun SI qidiruv tizimini ishlab chiqmoqda. Uning veb-qidiruv qismi Microsoft Bing asosida ishlashi mumkin. U ChatGPT'ga ulangan bo’ladimi yoki alohida mahsulotmi, hozircha aniq emas. Katta ehtimol bilan OpenAI Googleni ortda qoldirmaydi. Ammo bunday raqobatchi sabab Google o’z qidiruv tizimiga sun’iy intellektni tez orada ulashi mumkin. 📟 DigiTech

🚘 Xiaomi kompaniyasi SU7 elektromobilining ichki qismini ko’rsatdi. Asosiy ajablantiradigan narsa ko’plab jismoniy tugmalard
+3
🚘 Xiaomi kompaniyasi SU7 elektromobilining ichki qismini ko’rsatdi. Asosiy ajablantiradigan narsa ko’plab jismoniy tugmalardir. Ularning ta’kidlashicha, jismoniy tugmalar avtomobilni boshqarishning eng tabiiy usulini ta’minlaydi. Ko’rinishi chiroyli, lekin g’ayrioddiy narsa yo’q. 📟 DigiTech

🪄 «Garri Potter» yangi seriali 2026-yilda chiqadi! Bu haqida Warner Bros. kompaniyasi rahbari Devid Zaslav xabar berdi. U allaqachon Joan Rouling bilan uchrashgan. Har bir mavsum yettita kitobdan biri bo’yicha suratga olinadi, qahramonlarni butunlay yangi aktyorlar ijro etadi. 📟 DigiTech

⚡️Glif neyrotarmog’i yangilandi, endi unda rasmlarni tahrirlash yanada qulayroq. SI obyektlarning ranglarini osongina o’zgartirib beradi, fonni qayta bo’yaydi, xullas rasmni o’zingiz istagandek tahrirlay olasiz. Qulay tomoni bularning barchasi brauzeringizda. Ishlatish uchun kengaytmani o’rnatib, tahrirlanadigan tasvirni tanlash kifoya. 👉 Kompyuterga bepul kengaytmani o’rnatish uchun havola. 📟 DigiTech

⚡️Kanadada avtomobil o'g'riliklarini kamaytirish uchun Flipper Zero va shunga o’xshash qurilmalar taqiqlandi. Flipper Zero yo
+1
⚡️Kanadada avtomobil o'g'riliklarini kamaytirish uchun Flipper Zero va shunga o’xshash qurilmalar taqiqlandi. Flipper Zero yordamida raqamli kalitlarni klonlash, avtomobil signalizatsiyasini o’chirish va bagajni ochish mumkin. Kanada hukumati ma’lumotlariga ko’ra, 2022-yildan boshlab Flipper Zero ommalashishi bilan mamlakatda avtomobil o’g’riliklari faollashgan. Hozirda yiliga 90 mingga yaqin avtomobil o’g’irlanadi, ya’ni har olti daqiqada bitta mashina. 📟 DigiTech

🥽 Vision Pro garniturasida shunday «fazoviy» rasmlarni chizish mumkin. Uning yana bir foydali jihati: o’rmonda yo’qolmaslik uchun yo’lni belgilash mumkin. 📟 DigiTech

🥽 Huawei o’zining Vision Pro'sini chiqaradi. Mish-mishlarga ko’ra, qurilma asosiy raqobatchisidan yarim barobar arzonroq va
+1
🥽 Huawei o’zining Vision Pro'sini chiqaradi. Mish-mishlarga ko’ra, qurilma asosiy raqobatchisidan yarim barobar arzonroq va yengilroq bo’ladi. Qurilma Vision Pro deb nomlanadi, chunki Huawei bu nomni 2019-yilda patentlashga ulgurgan. U Sony tomonidan ishlab chiqarilgan Micro OLED 4K ekran va imo-ishoraga asoslangan boshqaruv tizimiga ega bo’ladi. Garnituraning og’irligi taxminan 350 grammni tashkil qiladi. Qurilma kuzda chiqishi kutilmoqda. 📟 DigiTech

“E-commerce uchun IT-infratuzilmasini qanday tanlash mumkin: Uzum Nasiya keysi” vebinari Sizni E-commerce loyihalari uchun IT
“E-commerce uchun IT-infratuzilmasini qanday tanlash mumkin: Uzum Nasiya keysi” vebinari Sizni E-commerce loyihalari uchun IT-infratuzilmasini tanlash mavzusidagi bepul vebinarga taklif qilamiz. Sunnat Shamuratov, Servercore kompaniyasining biznesni rivojlantirish bo‘yicha direktori sizga bulutli platforma mahsulotlaridan foydalangan holda onlayn-tijorat bozoridagi muammolarni qanday hal qilishni aytib beradi. Mehmon ma‘ruzachi Uzum Nasiya loyiha ofisi rahbari Sardorbek Bayahmedov IT-infratuzilmasini Servercore bulutiga ko‘chirish bo‘yicha o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashadi. Dasturda: — 2024 yilgi bozor tendentsiyalari va e-commercening asosiy ko‘rsatkichlari. — Onlayn tijorat loyihalari qanday biznes muammolariga duch keladi? — Elektron tijoratdagi muammolarni hal qilish uchun IT-infratuzilmasi. — Uzum Nasiya keysi: kompaniya qanday qilib 1 oy ichida IT-infratuzilmasini Servercore’ga to‘liq o‘tkazdi. 🔺 Yangi ishtirokchilarga test xizmatlari uchun 400 000 so‘m beriladi. Vebinar sanasi: 28 fevral, Chorshanba Havolani orqali o'tib, veb-seminarga ro‘yxatdan o‘ting. Reklama

📱Xiaomi o’zining bu yilgi asosiy flagmani — 14 Ultra'ni namoyish etdi. U 50 megapikselli to’rtta kamera va titan korpusga eg
+4
📱Xiaomi o’zining bu yilgi asosiy flagmani — 14 Ultra'ni namoyish etdi. U 50 megapikselli to’rtta kamera va titan korpusga ega. Asosiy xususiyatlari: — ekran 6,7 dyuym 120 Hz, 3200x1400 — Snapdragon 8 Gen 3 chipi — 16 GB tezkor xotira + 1 TB gacha asosiy xotira — batareya 5300 mA/soat, 90 Vt Xitoyda Xiaomi 14 Ultra narxi 900 dollardan boshlanadi. Eng qimmat titan versiyasi esa 1200 dollarga tushadi. 📟 DigiTech

🤖 Hatto robotlarda ham qiyin ish kunlari bo’ladi shekilli :) Videodagi odamsimon robot modeli Digit — allaqachon AQSh'dagi Amazon omborlarida to’liq sinovdan o’tkazilmoqda. Agar u samarali bo’lib chiqsa, yana 10 000 dona shunday robotlarni ishga yollashmoqchi. 📟 DigiTech

🧠 Miyasiga Neuralink chipi o’rnatilgan odam tuzalib ketdi va sichqonchani fikri bilan boshqarishni o’rgandi! Ilon Maskning so’zlariga ko'ra, bemor implant yordamida kursorni to’liq nazorat qila olgan. Mask chip kelajakda nafaqat falajni, balki autizm, shizofreniya va hatto semizlikni davolay olishini istaydi. Milliarder chipni o’ziga ham o’rnatmoqchi. 📟 DigiTech

🥽 Apple'ning 2007-yildagi patenti. Vision Pro'ga o’xshash qurilma Stiv Jobs davrida ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan. Ko
🥽 Apple'ning 2007-yildagi patenti. Vision Pro'ga o’xshash qurilma Stiv Jobs davrida ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan. Ko’rinishidan, garnitura iPod uchun ekran sifatida o’ylangan. Natijada Vision Pro mustaqil alohida qurilma bo’lib chiqdi, iPod esa endi mavjud emas. 📟 DigiTech

🌎 Odysseus xususiy kosmik kemasi Yer bilan zamonaviy selfi rasmlarni yubordi Modul American Intuitive Machines kompaniyasi t
+2
🌎 Odysseus xususiy kosmik kemasi Yer bilan zamonaviy selfi rasmlarni yubordi Modul American Intuitive Machines kompaniyasi tomonidan yaratilgan va ertaga Oyga qo’nishga urinib ko’radi. Agar muvaffaqiyatli qo’na olsa, buni amalga oshirgan birinchi xususiy kosmik kemaga aylanadi — hozircha sun’iy yo’ldoshga faqat hukumatga tegishli kemalar qo’na olgan. 📟 DigiTech