cookie

Ми використовуємо файли cookie для покращення вашого досвіду перегляду. Натиснувши «Прийняти все», ви погоджуєтеся на використання файлів cookie.

avatar

Urganch davlat pedagogika instituti | Rasmiy

UrDPI rasmiy sahifalari 🌐Veb-sayt: www.urspi.uz Facebook: www.facebook.com/profile.php?id=100086658245368 Instagram: www.instagram.com/urspi.uz/?next=%2F Youtube: www.youtube.com/@urganchdavlatpedagogikains1620/videos Telefon raqami: +998622291840

Більше
Рекламні дописи
2 925
Підписники
+324 години
+37 днів
+1530 днів

Триває завантаження даних...

Приріст підписників

Триває завантаження даних...

#memorandum | #Rossiya 🇺🇿🇷🇺 Moskva pedagogika davlat universiteti hamda Urganch davlat pedagogika instituti o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi Xabaringiz bor, institutning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Diyorjon Abdullayev  Rossiya Federatsiyasining Moskva shahri Moskva pedagogika davlat universitetida bo‘lib o‘tayotgan “Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligida o‘qituvchilar ta’limi: kadrlar tayyorlash va integratsiyani rivojlantirish” mavzusida tashkil qilingan xalqaro forumda qatnashmoqda. Xalqaro Forum yakunida Moskva davlat pedagogika universiteti hamda Urganch davlat pedagogika instituti o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Memorandum akademik, ilmiy va madaniy sohalarda hamkorliklarni yo‘lga qo‘yishga qaratilgan. Xususan, unda professor-o‘qituvchilar almashinuvi, ularning stajirovka va malaka oshirishini yo‘lga qo‘yish, ta’lim sohasidagi o‘zaro tajribalarni o‘rganish, ilmiy dastur va loyihalarni tashkillashtirish, o'zaro talabalar almashinuvini joriy etish kabi bir qator masalalar qamrab olingan. 👉 Moskva davlat pedagogika universitetining rasmiy sayti orqali universitet faoliyati bilan batafsil tanishishingiz mumkin 🌐 @UrDPI_UZ
Показати все...
👍 7 2
#Xushxabar Urganch davlat pedagogika instituti Yevro-Osiyo pedagogika universitetlari assotsiatsiyasiga a’zo bo’ldi Xabaringiz bor, institutning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Diyorjon Abdullayev  Rossiya Federatsiyasining Moskva shahri Moskva pedagogika davlat universitetida bo‘lib o‘tayotgan “Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligida o‘qituvchilar ta’limi: kadrlar tayyorlash va integratsiyani rivojlantirish” mavzusida tashkil qilingan xalqaro forumda qatnashmoqda. Xalqaro Forum doirasida Urganch davlat pedagogika instituti Yevro-Osiyo pedagogika universitetlari assotsiatsiyasiga a’zo bo’ldi. Ma'lumot uchun, mazkur assotsiatsiyaga Qozog'iston, Qirg'iziston, Belarusiya, Rossiya, O'zbekiston va Moldova davlatlarining 54 ta pedagogika oliy ta'lim muassasalari a’zo hisoblanadilar. Bugunga qadar O’zbekistonning JDPU, Nukus DPI, TDPU, QDPI oliy ta'lim muassasalari ushbu tashkilotga a’zo edi. Mazkur assotsiatsiyaga UrDPI 55 a’zo davlat sifatida qo’shildi. Institutimizni ushbu yana bir yangi muvaffaqiyat bilan samimiy muborakbod qilamiz! @UrDPI_UZ
Показати все...
👍 8🎉 3
#Talaba_fest_2024 | #final_bosqichi 📸 FOTOREPORTAJ: "Talabalar festivali-2024"ning final bosqichi doirasida o'tkazilgan "Osh chempionati"dan fotolavhalar *Ayni daqiqalarda festivalning taqdirlash marosimi va gala-konsert dasturi bo'lib o'tmoqda... 🌐 @UrDPI_UZ
Показати все...
👍 3 3
#Talaba_fest_2024 | #final_bosqichi Oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida oʻtkazilayotgan "Talabalar festivali-2024"ning final bosqichi Bugun ertalabdan Oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida oʻtkazilayotgan "Talabalar festivali-2024"ning final bosqichi start oldi. Kun davomida Jaloliddin Manguberdi majmuasida "Talabalar festivali-2024"ning final bosqichi boʼlib oʼtdi va unda viloyatimizdagi barcha oliy ta'lim muassasasi vakillari, xususan, Urganch davlat pedagogika instituti jamoasi ham o'z koʼrgazmalari bilan faol ishtirok etmoqda. Shuningdek, festival doirasida institut haqida muhim ma'lumotlarni qamrab olgan bukletlar ham tarqatildi. Final bosqichi doirasida "Osh chempionati" ham o'tkazilib, unda OTMlardan tanlab olingan ishtirokchilar o'z oshpazlik mahoratlarini namoyish qildilar. Ishtirokchilarning ishlari malakali oshpazlar tomonidan kuzatilib, baholab borildi. *Ayni daqiqalarda festivalning taqdirlash marosimi va gala-konsert dasturi bo'lib o'tmoqda... 🌐 @UrDPI_UZ
Показати все...
👍 3🎉 2
#Xalqaro_muzeylar_kuni 18-may — 'Xalqaro muzeylar kuni" munosabati bilan UrDPI talabalari Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasining “Harbiy shon-sharaf muzeyi”ga tashrif buyurishdi Urganch davlat pedagogika instituti "Milliy g'oya va falsafa" kafedrasi o'qituvchisi K.Xudaybergenov boshchiligida talabalar Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasining “Harbiy shon-sharaf muzeyi”ga tashrif buyurishdi. Tashrif davomida nomlari toshlarga o‘yilgan, xizmat burchini bajarish vaqtida halok bo‘lgan xodimlar haqida qimmatli ma'lumotlarga ega bo'ldilar. Shuningdek, shonli tarixga guvohlik qiluvchi, muzeyning boy ekspozitsiyasi, fotosuratlar, hujjatlar bilan yaqindan tanishdilar. Ayniqsa, Xorazm viloyatida ichki ishlar organlari tashkil etilganining dastlabki kunlaridanoq xotin-qizlar erkaklar bilan teng xizmat qilib, huquqbuzarliklarning oldini olish va ularni fosh etish, jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘z vazifalarini sidqidildan bajarayotgani o‘quvchilarda katta taassurot qoldirdi. 🌐 @UrDPI_UZ
Показати все...
👍 2
#psixologik_trening SHAXSLARARO MUNOSABATLARDA MEN... Urganch davlat pedagogika instituti psixologlari Marhabo Matniyozova va Manzura Nazarovalar tomonidan bugun, 17-may sanasida, Filologiya va tarix fakulteti 'talabalari bilan "Shaxslararo munosabatlarda MEN" mavzusida navbatdagi psixologik trening mashg'ulotlari o'tkazildi.
Psixologik-trening davomida shaxslararo munosabatlarda o'ziga bo'lgan ishonchni oshirish, guruhda ijobiy muhitni yaratish, muomala odobi va o'quv motivatsiyasini oshirish bo'yicha bir qator qiziqarli trening mashg'ulotlari o'tkazildi.
🌐 @UrDPI_UZ
Показати все...
🎉 2👍 1 1
Перейти до архіву дописів