OcoderX
Відкрити в Telegram
Xabar uchun : @OcoderXbot Instagram: https://www.instagram.com/OcoderX
Показати більше1 685
Підписники
-224 години
-147 днів
+1930 днів
Архів дописів
1 689
Tilim bor, soʻkkim keladi... Nima qilay qonun ham bor-da... INHAda oʻqiganlardan Bosh vazir chiqqan deb hisoblaymiz unda...
1 689
Repost from KITOBLARIM
Bugun.Qiziq jumlaga koʻzim tushdi
Erkak kishi mehnat qilganini yeydi
Berilganini emas !
Sen erkak boʻlishing uchun
Otang oʻlishi shart emas
1 689
Yaxshi insonlarga yaqin qilsin - degan duosi bor edi uyimdagilarni😁
Kontraktni oʻzi niyatlari sekin oʻxshayotgani belgisiduur🫴 [nagli maxtanish]
1 689
Repost from N/a
G'irt telbaman, xayol parast bir daydi,
Tikan toʻla tegilmagan jayronman.
Meni darddan boshqa hechkim sevmaydi,
Meni sevib qolganinga xayronman.
Meni kutsa yaydoq dala yer kutar,
Tosh oynam ham, burib yuzin berkitar.
Gunohim koʻp, meni yaqin yer yutar.
Meni sevib qolganinga xayronman.
Nolimayman sokin qalbim jim deydi.
Lek ichimni bir g'alayon chimdiydi:
Birga ko'rib qolishsalar kim deydi?
Meni sevib qolganinga xayronman.
Qaydan tushib qoldim ekan koʻzinga?
Qayga borsam duch kelyapman oʻzinga.
Ne yigitlar yurganda zor izinga,
Meni sevib qolganinga xayronman.
Dov bermaydi uying oldi kelgani,
Seni yutish: kurash gʻolib degani.
Boshqa yigit topmadingmi sevgani?
Meni sevib qolganinga xayronman.
©️OcoderX [parafraz] && B.Sariqboyev
1 689
Repost from N/a
Esimni tanidim, ~ bogʻcha paytimda,
Uyimdan ajralib, ~ u yerga bordim.
U ham yosh edi gul~gʻuncha paytinda,
Yotar joyin shundoq ~ yonimda koʻrdim.
Meni yotoq rasmim ~ sigir surati,
Uniki sher ekan, ~ tepa qismda.
Soʻrasam bermadi ~ yetmay jurati,
Yotoq surati sher, ~ lek qiz rasmda.
Oʻsha payti uni ~ ilk bora koʻrdim,
Yonim, atrofim - rang~landi ilk bora.
Majburlanmay niho~yat oʻzim bordim,
Qoldirmay qoʻydim bogʻ~chani tobora.
Bogʻcha tugab, keyin ~ maktab boshlandi,
Soʻng Alifbe bayra~mining tadbiri.
Oʻsha payt raqs uchun ~ juftab tanlandi,
Rad qilindim, tanlab~di oʻzga biri.
Toʻgʻri-da, boʻyim past, ~ obroyim ham past,
Goʻzal, baland boʻyli, ~ topdi mosini.
Kimga kerak, ahmoq, ~ xunuk zoti past.
Kir qiladi axir ~ oq libosini.
Vaqt oʻtib-ki yer biz ~ tomon aylandi,
Ulgʻayardim asta ~ yuqori tomon.
Kundan-kunki bizga ~ xizmat shaylandi,
Yaqinlashdi oʻzi ~ ul qoshi-kamon.
~~
Shunda bir haqiqat ~ yuzaga chiqdi,
Anglab yetdim bu in~soniy kamchilik.
Kim zoʻr boʻlsa-gina ~ yuzaga chiqdi,
Bildim-ki, yoʻq asli ~ odamgarchilik.
Yuragimda senga ~ sherik qilmadim,
Yolgʻiz turdim, hami~sha bir tomonlik.
Kun keldi senga-ki ~ imkon bermadim,
Koʻrib boʻlgandim-da ~ sendan yomonlik.
Mana bugun sening ~ nikohing boʻldi,
Tugʻyonga ketmadim ~ sen sabab, shukur.
Bogʻcha va maktabdan ~ ajib dars boʻldi,
Shirin xotiralar ~ uchun tashakkur.
Menga ham baʼzisi ~ talpingan edi,
Hurmat, eʼtiborsiz ~ ham-ki paytimda.
Rad javobim bilan ~ ranjigan edi,
Chunki, edi u men~dan-da pastimda.
Hamma shunday, hamma ~ yuqorin izlar,
Chin sevgi deysizmi?, ~ kulgim qistatmang.
Sevgiga loyiqmas ~ hammamiz bizlar,
Xudodan oʻzgasiga ~ uni ishlatmang.
©️OcoderX - Birinchi sevgimi? Yoki havoyi-nafs?
1 689
Repost from N/a
Esimni tanidim, bogʻcha paytimda,
Uyimdan ajralib, u yerga bordim.
U ham yosh edi gulgʻuncha paytinda,
Yotar joyin shundoq yonimda koʻrdim.
Meni yotoq rasmim sigir surati,
Uniki sheʼr ekan, tepa qismda.
Soʻrasam bermay yetmadi jurati,
Yotoq surati sher, lek qiz rasmda.
Oʻsha payti uni ilk bora koʻrdim,
Yonim, atrofim - ranglandi ilk bora.
Majburlanmay nihoyat oʻzim bordim,
Qoldirmay qoʻydim bogʻchani tobora.
Bogʻcha tugab, keyin maktab boshlandi,
Soʻng Alifbe bayramining tadbiri.
Oʻsha payt raqs uchun juftlar tanlandi,
Rad qilindim, tanlabdi oʻzga biri.
Toʻgʻri-da, boʻyim past, obroyim ham past,
Goʻzal, baland boʻyli, topdi mosini.
Kimga kerak, ahmoq, xunuk zoti past.
Kir qiladi axir oq libosini.
Vaqt oʻtib-ki yer biz tomon aylandi,
Ulgʻayardim asta yuqori tomon.
Kundan-kunki bizga xizmat shaylandi,
Yaqinlashdi oʻzi ul qoshi-kamon.
Shunda bir haqiqat yuzaga chiqdi,
Anglab yetdim bu insoniy kamchilik.
Kim zoʻr boʻlsa-gina yuzaga chiqdi,
Bildim-ki, yoʻq asli odamgarchilik.
Yuragimda senga sherik qilmadim,
Yolgʻiz turdim, hamisha bir tomonlik.
Kun keldi senga-ki imkon bermadim,
Koʻrib boʻlgandim-da sendan yomonlik.
Mana bugun sening nikohing boʻldi,
Tugʻyonga ketmadim sen sabab, shukur.
Bogʻcha va maktabdan ajib dars boʻldi,
Shirin xotiralar uchun tashakkur.
Menga ham baʼzisi talpingan edi,
Hurmat, eʼtiborsiz ham-ki paytimda.
Rad javobim bilan ranjigan edi,
Chunki, edi u mendan-da pastimda.
Hamma shunday, hamma yuqorin izlar,
Chin sevgi deysizmi?, kulgim qistatmang.
Sevgiga loyiqmas hammamiz bizlar,
Xudodan oʻzgasiga uni ishlatmang.
©️OcoderX - Birinchi sevgimi? Yoki havoyi-nafs?
1 689
Doʻstlar bilan tortishadiganlar,
Dushmanlariga jang qila omlaslar...
©️ Salohiddin Ayyubiy
1 689
2-kursligimda Toshkentcha aksentda gapirishga urinib kuchanayotganimda, Toshkentlik bitta aka zoʻr gap aytgandi:
Oʻz tilingdan uyalib, oʻzing hurmat qilmayapsan. N* biz hurmat qilishimiz kerak? Tiling qayerdanligini baribir sotadi. Keyin sen harf boʻlib koʻrinasan bizga. Viloyatlik boʻlganing uchunmas, oʻzingnikini qoʻyib biznikiga uringaning uchun. Toshkentni Viloyatdan ortiqligi yoʻq. Shu bilan birga viloyatni ham. Oʻzingnikini oʻzing hurmat qil va keyin talab qila olasan. Juda agar biz tushunmaydigan til boʻlsa, keyin tushuntirb berarsan agar soʻrasak.
1 689
Xoʻsha ogʻalar, bugun Oqtepada ekan oʻsha qiz. Bordi, bu safar "instagram boʻlmasa, telegramizi bering" - dedi.
Qiz: "F*ck off" - dedi.
Men nima degandim?
1 689
Repost from N/a
Quvnoq edi, kulgu koʻzda, "bittasini" topguncha,
Bahor qurib, qoldi kuzda, kech boʻldi tushunguncha.
Unga aytdik, ey notovon: Xudoga yoqmas bu ish,
Gar Xudoga yoqmagan on, oxir boʻladi tashvish.
Yuzda tushkun, koʻzda qoʻrquv: u menga sodiqmikin?!
Tunda uygʻoq, kunda uyqu, rostdan ham "solihmikin"?
Taʼm mazasi yoʻq yeganda, holatiga achindik,
"Undaqasi bir" - deganda, "oʻlganini" tushundik.
Ogoh etdik avvaldan biz: "bu tayinsiz ahmoqlik",
Dushman boʻlgandik hammamiz, qoldi doʻsti sanoqlik.
"Ishon" dedik taqdirida, poklar faqat poklarniki,
"Yolgʻon" deb soʻng oʻz yoʻlida, boʻldi nopoklarniki.
Doʻstim vaqti kelganida, niyatinga yetarding,
Ota-onang rozilikda, sevgilingni toparding.
Mana afsus deyapsan kech: "Tinch yursam boʻlmasmikin?
Men qilgan bu barcha ishlar, qizimdan qaytmasmikin?
©️OcoderX, 2025
