OcoderX
Відкрити в Telegram
Xabar uchun : @OcoderXbot Instagram: https://www.instagram.com/OcoderX
Показати більше1 685
Підписники
-824 години
-217 днів
+1430 днів
Архів дописів
1 686
U.Bunyodʼs life You can’t pour from an empty cup-asl manos bo'sh kosadan hech narsa quya olmaysiz___ma'nosi: odamla…Qoʻshimcha! Qachonki biz birovlarni koʻnglini olishga haddan ortiq eʼtibor berib, oʻzimizni oʻylamasak "nice guy" sindromini kuchaytiramiz. Bu sindrom oqibatida kimgadir yaxshilik qilib, xursand boʻlish oʻrniga ichimizda gʻalayon paydo boʻladi. Minnat kuchayadi. Yakunda bir kun portlaymiz va qilingan yaxshilik zararimizga ishlaydi. Avval oʻzimizga eʼtibor qaratmas ekanmiz hurmatimiz ham tusha boshlaydi, goʻyoki siz yaxshilik qilish majburdek oʻrganib qolishadi. Shuning uchun avval oʻzimizni rozi qilaylik, oʻzimizga eʼtiborni kuchaytiraylik shundagina tanamizda energiya toʻplana boshlaydi. Shundagina bu energiya boshqalarga yaxshilik qilishga yetadi. Shundan soʻng-gina insonlarga meʼyorda mafaat berish, ularni xursand qilish qoʻshimcha energiya qoʻsha boshlaydi. ©️No more Nice Guy
1 686
Biz "boy va amaldorlarni bollari" yaxshiroq ishda ishlab ketishiga salbiy fikrda boʻlamiz: "U nega boyni bolasi boʻlgani uchun yaxshiroq mansabda ishlashi kerak?", "Nega ishini bilmasa ham birdan boshliq boʻlishi kerak bizga?!", degandek. Aslida bu holatlarda "bor-a" deb yengilib nolishimiz kerakmi? Aslo yoʻq! Shu joyda Xoʻja Nosiriddin Tusiy rahimahulloh kitobidan parchani keltirsak: "Inson boʻlishi kerak boʻlgan martaba va kasbida albatta boʻladi. Birovni moli va obrosi birovga nasib qilmaydi". Rumiy hazratlarini ham "Loyiq boʻldingmi, oʻsha narsa oʻzi seni izlab keladi" degan jumlalarini ham keltirib nima demoqchiman?! Men ham Nodir aka kanalga ulashgan postdagi fikrga qoʻshilmoqchiman. Va yana boy va amaldorlarni bolalariga hasad qilishni yigʻishtirish kerak demoqchiman. Ular yaxshi sharoitda tugʻildi degani doimiy shunday boʻladi deganimas, ularni ham oʻz daxshatli janglari, ogʻir yukli tashvishlari bor. Alloh ularni shunday tugʻilishini iroda qildi va imkoniyat berdi. Foydalansa foydalandi yoʻqsa, Beruvchi Zot oʻz paytida olishni ham biladi.
#birovga_birtiyn_qiziq_boʻlmagan_fikrimdan
1 686
- Odamlar doim pichirlab bizning ko‘chamizda yashovchi bir ahmoq odam haqida gapirishardi. Men esa bunga o‘zim guvoh bo‘lishga qaror qildim. Bordim, bir eshikni taqillatdim. U esa: "Yo‘q, men siz o'ylagan o'sha ahmoq odammasman . U mahallani oxiridagi uyda yashaydi" dedi. Men esa baqirdim: "Hoy, jinni! U uy meniki-ku!"
Ahmoq hech qachon o'zini ahmoqligini anglamaydi. Chunki ko'p insonlar tabiatida o'zini tashqaridan baho berish hislati uncha rivojlanmagan.
©️Crusial Conversations, Joseph Grenny
1 686
"Talabani ham soqoli boʻladimi?" deganni telefoni kuyib qolsin🌚"
Rektor kubogi, Here we go!🥲
1 686
Xayr Ramazon oyi !
Kelgusi safar ham bizni yoʻqlab kelganingda, qatorlarimizdan xato boʻlmay yetib borib koʻrishaylik.
1 686
Payg‘ambarimiz Muhammad sallallohu alayhi vasallam aytganlar:
“Kim rizqining ko‘payishini va umrining uzayishini istasa, u holda qarindoshlik aloqalarini yaxshilasin.”
— (Imom Buxoriy rivoyati, Sahih al-Buxoriy, Kitab al-Adab, 5985-hadis)
Bugungi Jumʼa maʼruzasidan...
1 686
Mayin yomgʻir, qushlar sayrashi va tabiatni goʻzal tovushi... Bugun boshqacha a havo Yunusobodda?
