uk
Feedback
Roman-german filologiyasi fakulteti

Roman-german filologiyasi fakulteti

Відкрити в Telegram

O'zDJTU, Roman-german filologiyasi fakulteti rasmiy kanali Shikoyat, taklif va murojaat uchun: Yoshlar masalalari bo’yicha dekan maslahatchisi Shahzoda Matlabxonova @matlabxonovaa

Показати більше
1 629
Підписники
+224 години
+3507 днів
+57230 днів
Архів дописів
HURMATLI TALABALAR! 🔥 Tayyormisiz? 🇺🇿 Roman-german filologiyasi fakulteti 🇺🇿 Yoshlar Ittifoqi kengashining eng faol va eng yaxshi jamoasi a’zosi bo‘lishga, bir oiladek ahil va inoq jamoa bilan birga yangiliklar yaratishga, yangi loyihalarni amalga oshirishga va unutilmas lahzalarni birgalikda yaratishga chorlaymiz! 🚀 📢 Ertaga, 14-sentabr, dushanba kuni Yoshlar Ittifoqi jamoasiga qo‘shilish istagida bo‘lgan talabalar uchun suhbat jarayonlari o‘tkaziladi. 🕚 11:00 – 13:00 🔜 14:00 – 16:00 O’tkazilish joyi: Zakovat ko’chasi 4-uy, ( leteraturniy hududi) 6-bino 211-xona 📌 Suhbat jarayoniga olib kelinishi shart: ▫️ Obyektivka ▫️ Pasport nusxasi ❗️ Muhim: Ro‘yxatdan o‘tmagan talabalar suhbat jarayoniga qabul qilinmaydi. ✨ Yaxshi kayfiyat, katta motivatsiya va yangi maqsadlar bilan kutib qolamiz! ✅Roman-german filologiyasi fakulteti Yoshlar Ittifoqi — bu shunchaki jamoa emas, bu bir oila!

HURMATLI TALABALAR! 🔥 Tayyormisiz? 🇺🇿 Roman-german filologiyasi fakulteti 🇺🇿 Yoshlar Ittifoqi kengashining eng faol va eng yaxshi jamoasi a’zosi bo‘lishga, bir oiladek ahil va inoq jamoa bilan birga yangiliklar yaratishga, yangi loyihalarni amalga oshirishga va unutilmas lahzalarni birgalikda yaratishga chorlaymiz! 🚀 📢 Ertaga, 14-sentabr, dushanba kuni Yoshlar Ittifoqi jamoasiga qo‘shilish istagida bo‘lgan talabalar uchun suhbat jarayonlari o‘tkaziladi. 🕚 11:00 – 13:00 🔜 14:00 – 16:00 📌 Suhbat jarayoniga olib kelinishi shart: ▫️ Obyektivka ▫️ Pasport nusxasi ❗️ Muhim: Ro‘yxatdan o‘tmagan talabalar suhbat jarayoniga qabul qilinmaydi. ✨ Yaxshi kayfiyat, katta motivatsiya va yangi maqsadlar bilan kutib qolamiz! ✅Roman-german filologiyasi fakulteti Yoshlar Ittifoqi — bu shunchaki jamoa emas, bu bir oila!

🎓 “1-kurs maktabi” haftaligi yakunlandi! 🤝 Haftalik davomida talabalarimiz 🇺🇿 O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti 🇺🇿 Yoshlar Ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti 🇺🇿 Roman-german filologiyasi fakulteti kengashi bilan birgalikda fakultet talabalari turli qiziqarli tadbirlar, o‘yinlar, tanishtiruvlar va loyihalarda faol ishtirok etdilar. ✨ Eng muhimi, ushbu kunlar davomida talabalarimiz yangi do‘stlar orttirib, universitet muhiti bilan yaqindan tanishdilar va talabalik hayotining ilk unutilmas taassurotlarini jamladilar. 🎥 Xo‘sh, talabalarimiz “1-kurs maktabi” haftaligi haqida qanday fikrda? 💬 Ularning samimiy va iliq taassurotlarini videoda birgalikda tomosha qilamiz! ❤️ Bizni kuzatib boring ; 📱 Telegram 📱Instagram 📱Telegram

📌 Talabalar ijara to‘lovlarini bir qismini qoplab berish bo‘yicha onlayn ariza namunasi Ariza berish quyidagicha amalga oshiriladi: 1️⃣ kontrakt.edu.uz axborot tizimidan ro‘yxatdan o‘tiladi va shaxsiy kabinetga kiriladi; 2️⃣ shaxsiy kabinetdan “Ijara to‘lovlari” bo‘limi tanlanadi; 3️⃣ “Ariza yuborish” tugmasi bosiladi va ariza yuboriladi. ‼️ Bunda 1-bosqich talabalaridan joriy o‘quv yilining sentyabr va oktyabr oylari uchun ijara shartnomasi talab etilmaydi. Ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun ijara shartnomasi bo‘lishi talab etiladi. Ijara shartnomalarini hisobga qo‘yish xizmati: 👉http://ijara.soliq.uz ASOS: Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-sentyabrdagi 605-son qarori. Do'stlaringizga ulashing @YQQUZB_KANAL

🟢“MA’RIFAT MASKANI – POKLIK MASKANI!” shiori ostida obodonlashtirish ishlari davom etmoqda. Tadbirlar davomida hududidagi ho
+3
🟢“MA’RIFAT MASKANI – POKLIK MASKANI!” shiori ostida obodonlashtirish ishlari davom etmoqda. Tadbirlar davomida  hududidagi hovli va ochiq maydonlar tozalanib, mavjud yashil hududlar, yo‘laklar hamda atrof-muhit tartibga keltirildi. Hududning umumiy ko‘rinishini yaxshilash, ozodalikka rioya etishga  qaratilgan ishlar amalga oshirildi. Bunday jamoaviy tadbirlar universitet hududlarini obod va ozoda saqlash, professor-o‘qituvchilar hamda xodimlarda umumiy hududga mas’uliyat bilan yondashish ko‘nikmasini mustahkamlashga qaratilgan.

O‘zDJTUda profilaktik tadbir o‘tkazildi 12-sentabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 3-, 4-, 5- va 6-son
+7
O‘zDJTUda profilaktik tadbir o‘tkazildi 12-sentabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 3-, 4-, 5- va 6-sonli talabalar turar joylarida istiqomat qiluvchi talabalar ishtirokida “Kibermakondagi jinoyatlar va ularning oldini olish choralari” mavzusida profilaktik tadbir o‘tkazildi. Tadbirda Uchtepa tumani IIOFMB XPB KPB boshlig‘i mayor A. Raxmonov, leytenant I. Saidov, 1-sonli IIB rahbari mayor A. Turayev, universitet profilaktika inspektori S. Sherboyev hamda fakultet dekanlari X. Xakimov va A. Xalillayev ishtirok etdi. Mutaxassislar tomonidan kiberjinoyatchilikning turlari, sodir etilish usullari, undan himoyalanish choralari hamda kiberjinoyat qurboniga aylanganda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan harakatlar haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, talabalarga “APK Qo‘riqchi” dasturi haqida tushuncha berilib, uni mobil qurilmalarga o‘rnatishda amaliy yordam ko‘rsatildi. Tadbir yakunida talabalar mutaxassislarga o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, batafsil javoblar oldilar. 🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

⚡️O`zDJTUda profilaktik tadbir 12-sentyabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Kibermakondagi jinoyatlar va
+6
⚡️O`zDJTUda profilaktik tadbir 12-sentyabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Kibermakondagi jinoyatlar va ularning oldini olish choralari” mavzusiga bag‘ishlangan profilaktik tadbir bo`ilb o`tdi. Tadbirda Uchtepa tumani IIOFMB XPB KPB boshlig`i mayyor A.Raxmonov, leytenant I.Saidov, 1-sonli IIB rahbari mayyor A.Turayev, universitet profilaktika inspektori S.Sherboyevlar ishtirok etishdi. Mutaxassislar tomonidan kiberjinoyatchilik tushunchasi, uning turlari, sodir etilish usullari hamda hozirgi kunda keng tarqalayotgan kiberjinoyatlar haqida atroflicha ma’lumot berildi. Shuningdek, kiberjinoyat qurboniga aylangan taqdirda qanday harakatlar qilish lozimligi, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilish tartibi va shaxsiy ma’lumotlarni himoyalash choralariga alohida e’tibor qaratildi. Tadbir yakunida "APK qo`riqchi" dasturi haqida talabalarga ma`lumot berildi hamda ushbu dasturni talabalarning telefon uskunlalariga yuklab olishlarida amaliy yordam berildi.

➡️ “1-KURS MAKTABI” HAFTALIGI YAKUNLANDI 📚 Universitetimizda yangi o‘quv yilini boshlagan 1-bosqich talabalari uchun tashkil etilgan “1-kurs maktabi” haftaligi o‘z nihoyasiga yetdi. 🎓Haftalikning yakuniy kunida talabalar ishtirokida turli amaliy va interaktiv mashg‘ulotlar o‘tkazilib, ularga talabalik davrini mazmunli tashkil etish, ta’lim jarayoniga mas’uliyat bilan yondashish hamda universitet imkoniyatlaridan unumli foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berildi. 🌱 “1-kurs maktabi” davomida yangi talabalar uchun universitet muhiti, ta’lim jarayoni, ichki tartib-qoidalar, talabalarga yaratilgan imkoniyatlar hamda jamoat hayotida faol ishtirok etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. 💙 Aziz 1-bosqich talabalari, yangi o‘quv yilida barchangizga ulkan zafarlar, yuqori natijalar va yorqin taassurotlar tilaymiz!

📚 KECHKI TA’LIM BOSQICHI TALABALARI BILAN SUHBAT O‘TKAZILDI 🇺🇿 O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti 🇺🇿 Yoshlar
+3
📚 KECHKI TA’LIM BOSQICHI TALABALARI BILAN SUHBAT O‘TKAZILDI 🇺🇿 O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti 🇺🇿 Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti 🇺🇿 Roman-german filologiyasi fakulteti kengashi tomonidan kechki ta’lim bosqichida tahsil olayotgan talabalar bilan uchrashuv va ochiq muloqot tashkil etildi. 🤝 Suhbat davomida talabalarga Yoshlar ittifoqining faoliyati, uning asosiy maqsad va vazifalari, talabalar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar hamda tashkilot tomonidan amalga oshirilayotgan loyiha va tashabbuslar haqida batafsil ma’lumot berildi. ✅ Shuningdek, talabalarni universitet ijtimoiy hayotida faol ishtirok etish, o‘z iqtidor va tashabbuslarini namoyon etish, turli ma’naviy-ma’rifiy, intellektual, sport va ijodiy loyihalarda faol qatnashishga chorlovchi fikr-mulohazalar bildirildi. 💬 Uchrashuv davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, Yoshlar ittifoqi faoliyati va mavjud imkoniyatlar yuzasidan kerakli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Bizni kuzatib boring ; 📱 Telegram 📱Instagram 📱Telegram

🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂 🇺🇿 O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti 🇺🇿 Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti 🇺🇿 Roma
+5
🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂 🇺🇿 O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti 🇺🇿 Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti 🇺🇿 Roman-german filologiyasi fakulteti kengashi tomonidan “Ekofest” loyihasi doirasida talabalarning ekologik madaniyatini oshirish, tabiatga mehr va mas’uliyat hissini kuchaytirish maqsadida targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borildi. 🏠 Loyiha doirasida talabalar turar joylariga tashrif buyurilib, ularga atrof-muhitni asrash, tabiatga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish, chiqindilarni to‘g‘ri saralash hamda ekologik tozalikka rioya qilish kabi muhim tushunchalar haqida ma’lumotlar berildi. 🌱 Shuningdek, talabalar bilan birgalikda ekologik mavzudagi amaliy mashg‘ulot tashkil etilib, mavjud materiallardan foydalanilgan holda qushlar uchun uyachalar (qush inlari) yasab, ularni tabiat bag‘riga joylashtirish ishlari amalga oshirildi. 🐦 Ushbu jarayon orqali talabalarda nafaqat ekologik bilim va ko‘nikmalar, balki tabiatni asrash, jonivorlarga g‘amxo‘rlik qilish va atrof-muhitga befarq bo‘lmaslik kabi ezgu fazilatlarni shakllantirishga alohida e’tibor qaratildi. Bizni kuzatib boring ; 📱 Telegram 📱Instagram 📱Telegram

🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂 🇺🇿 11-sentabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti 🇺🇿 Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich ta
+9
🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂 🇺🇿 11-sentabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti 🇺🇿 Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti 🇺🇿 Roman-german filologiyasi fakulteti kengashi tomonidan “Salom universitet” loyihasi doirasida 1-kurs talabalari bilan birgalikda universitet hududi bo‘ylab tanishtiruv tashrifi tashkil etildi. 📚 Tashrif davomida talabalar universitetdagi mavjud imkoniyat va sharoitlar bilan yaqindan tanishtirildi. Jumladan, universitet muzeyi, kutubxona, sport majmualari, oshxona, dars xonalari hamda Yoshlar ittifoqi xonalari haqida batafsil ma’lumotlar berildi. ✨ Shuningdek, talabalarga universitet hayotida faol ishtirok etish, yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalanish hamda turli loyihalar va tadbirlarda faol bo‘lish bo‘yicha tavsiyalar berildi. 🤝 Mazkur tashrif yangi talabalarning universitet muhitiga tezroq moslashishi, mavjud imkoniyatlardan xabardor bo‘lishi va talabalik hayotini mazmunli tashkil etishiga xizmat qildi. Bizni kuzatib boring ; 📱 Telegram 📱Instagram 📱Telegram

🌿 “GREEN ZONE” — TABIATNI ASRASH SARI BIR QADAM! 🌱 🇺🇿 O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti 🇺🇿 Yoshlar ittifoqi
+9
🌿 “GREEN ZONE” — TABIATNI ASRASH SARI BIR QADAM! 🌱 🇺🇿 O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti 🇺🇿 Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti 🇺🇿 Roman-german filologiyasi fakulteti kengashi tomonidan “Ekofest” loyihasi doirasida talabalarning ekologik bilimlarini oshirish hamda jamoaviy hamkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida “Green Zone” nomli qiziqarli kvest tashkil etildi. 🧩 Kvest davomida talabalar tabiat va atrof-muhitga oid turli savollarga javob topish, berilgan topshiriqlarni bajarish hamda yashirilgan so‘zlarni aniqlash orqali o‘z bilim va topqirliklarini sinovdan o‘tkazdilar. 🤝 Qiziqarli jarayon davomida ishtirokchilar jamoa bo‘lib harakat qilish, tezkor fikrlash va hamkorlikda yechim topish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. 🌎 Xulosa qilib aytganda, “Green Zone” kvesti talabalarga nafaqat maroqli vaqt o‘tkazish, balki tabiatga mehr va ekologik mas’uliyatni yanada chuqurroq his etish imkonini berdi. 💚 Tabiatni asrash — har birimizning burchimiz! Bizni kuzatib boring ; 📱 Telegram 📱Instagram 📱Telegram

📌 TALABALAR FIKRI — BIZ UCHUN MUHIM! 🇺🇿 O‘zDJTU 🇺🇿 Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti 🇺🇿 Roman-german filologiya
+7
📌 TALABALAR FIKRI — BIZ UCHUN MUHIM! 🇺🇿 O‘zDJTU 🇺🇿 Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti 🇺🇿 Roman-german filologiyasi fakulteti kengashi tomonidan talabalar bilan samimiy muloqotni yo‘lga qo‘yish, ularning fikr-mulohazalari, taklif va istaklarini o‘rganish maqsadida “Tilaklar bekati” tashkil etildi. 📝 Mazkur tashabbus orqali talabalar o‘z fikrlarini erkin ifoda etish, universitet va fakultet hayotiga oid samimiy tilaklari, qiziqarli takliflari hamda o‘zlarini qiziqtirgan fikr-mulohazalarini yozma ravishda qoldirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. ✨ “Tilaklar bekati”da talabalar o‘zlarining kelgusidagi orzu-maqsadlari, fakultetda tashkil etilishini istagan tadbirlar, yangi loyihalar va tashabbuslar haqidagi takliflarini yozib qoldirdilar. 💭 Har bir yozilgan tilak va taklif talabalarning qarashlarini yanada yaxshiroq anglash, ularning qiziqishlarini inobatga olish hamda yoshlar uchun yanada qulay va faol muhit yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bizni kuzatib boring ; 📱 Telegram 📱Instagram 📱Telegram

🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂 🇺🇿 O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti 🇺🇿 Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti 🇺🇿 Ro
+7
🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂 🇺🇿 O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti 🇺🇿 Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti 🇺🇿 Roman-german filologiyasi fakulteti kengashi tomonidan talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, yangi do‘stlar orttirish va networkingni yanada kuchaytirish maqsadida qiziqarli dastur tashkil etildi! 📌 turli xil qiziqarli va interaktiv o‘yinlar; 📌 jamoaviy va networking o‘yinlari; 📌 KARAOKE; 📌 kayfiyatni ko‘taruvchi challenge va o‘yinlar; 📌 yangi tanishuvlar va unutilmas taassurotlar 🔥 Roman-german filologiyasi — bu nafaqat ta’lim, balki kuchli jamoa! Bizni kuzatib boring ; 📱 Telegram 📱Instagram 📱Telegram

🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂 🇺🇿 O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti 🇺🇿 Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti 🇺🇿 Ro
+8
🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂 🇺🇿 O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti 🇺🇿 Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti 🇺🇿 Roman-german filologiyasi fakulteti kengashi tomonidan 1-kurs talabalari uchun “Yoshlar Ittifoqi — yoshlar imkoniyatlari maydoni” mavzusida tanishtiruv prezentatsiyasi tashkil etildi. 📌 Prezentatsiya davomida talabalarga Yoshlar ittifoqining maqsad va vazifalari, asosiy faoliyat yo‘nalishlari hamda talabalar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi. 🤝 Shuningdek, fakultetdagi Yoshlar ittifoqi jamoasi va uning faol a’zolari tanishtirildi, jamoa tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalar, tadbirlar va tashabbuslar haqida tushunchalar berildi. 🎥 Talabalarga Yoshlar ittifoqi faoliyati, o‘tkazilayotgan tadbirlar va loyihalarni aks ettiruvchi videoroliklar namoyish etildi. 💡 Tadbir davomida 1-kurs talabalari o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olib, universitet hayotida faol ishtirok etish, yangi tashabbuslarni ilgari surish va Yoshlar ittifoqi jamoasiga qo‘shilish imkoniyatlari haqida ma’lumotga ega bo‘ldilar. Bizni kuzatib boring ; 📱 Telegram 📱Instagram 📱Telegram

+6
🇺🇿 Mustaqilligimizning 35 yilligiga bag‘ishlab devoriy gazeta tayyorlandi! 🇺🇿 O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Roman-german filologiyasi fakulteti tyutorlari L. Raxmatullayeva va G‘oyipova Shixnazar tashabbuslari bilan o‘zlariga biriktirilgan kurs talabalari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan devoriy gazeta tayyorlandi. ✨ Mazkur ijodiy ish orqali talabalar yurtimiz mustaqilligi, uning tarixi, bugungi taraqqiyoti va Vatanimizga bo‘lgan mehr-muhabbatini o‘z ijodiy ishlari orqali namoyon etdilar. 🇺🇿 Mustaqillik — xalqimizning bebaho qadriyati, erkin va farovon kelajak sari mustahkam qadamidir!

🇺🇿 O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Roman-german filologiyasi fakulteti tyutori P. Jabborova tomonidan 11-sent
+5
🇺🇿 O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Roman-german filologiyasi fakulteti tyutori P. Jabborova tomonidan 11-sentabr kuni o‘ziga biriktirilgan guruhlar bilan universitet hududi bo‘ylab tanishtiruv ishlari olib borildi. 🔹 Uchrashuv davomida talabalarga salomlashish odobi, dars mashg‘ulotlariga o‘z vaqtida kelish, kiyinish madaniyati hamda universitetning ichki tartib-qoidalariga rioya qilish yuzasidan tegishli tushuntirish va tavsiyalar berildi. 📖 Shuningdek, talabalar universitet kutubxonasiga tashrif buyurib, kutubxonaga a’zo bo‘lish, kitoblardan foydalanish hamda ularni olish va qaytarish tartibi haqida ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. 💬 Uchrashuv davomida 1-kurs talabalarida yuzaga kelgan muammolar tinglanib, ularning yechimi yuzasidan amaliy yordam ko‘rsatildi. Shuningdek, talabalarni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar berildi.

📚 Talabalarga universitet qoidalari tushuntirildi 🇺🇿 10-sentabr kuni 🇺🇿 Roman-german filologiyasi fakulteti tyutori L.Ra
+3
📚 Talabalarga universitet qoidalari tushuntirildi 🇺🇿 10-sentabr kuni 🇺🇿 Roman-german filologiyasi fakulteti tyutori L.Raxmatullayeva va O.Keldiboyev tomonidan fakultetning 1-kurs talabalari uchun universitet Ustavi, Ichki tartib-qoidalari hamda “Odob-axloq qoidalari”ning mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratilgan targ‘ibot-tushuntirish tadbiri bo‘lib o‘tdi. ✅ Tadbir davomida talabalarga universitetda belgilangan tartib-qoidalarga rioya qilish, talabalik odobi va madaniyati, ta’lim muassasasida o‘zini tutish me’yorlari hamda talabalarning huquq va majburiyatlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Bizni kuzatib boring ; 📱 Telegram 📱Instagram 📱Telegram

🇺🇿🇺🇿 11-sentyabr kuni Roman-german filologiyasi fakulteti tyutori A. Bekmurzayeva o‘ziga biriktirilgan guruh talabalari b
+4
🇺🇿🇺🇿 11-sentyabr kuni Roman-german filologiyasi fakulteti tyutori A. Bekmurzayeva o‘ziga biriktirilgan guruh talabalari bilan universitet hududida joylashgan “Axborot-resurslari markazi” faoliyati bilan yaqindan tanishtirish maqsadida tashrif buyurishdi. 📚 Safar davomida talabalar universitet asosiy kutubxonasi bilan yaqindan tanishib, kutubxonaga a’zo bo‘lishdi. Shuningdek, ular uchun universitetimiz qoshida tashkil etilgan Kutubxona muzeyiga ekskursiya ham tashkil etildi. ✅ Ekskursiya jarayonida talabalarga kutubxonaning maxsus bo‘limlari, dars tayyorlash imkoniyatlari, kitoblarning xilma-xilligi hamda innovatsion axborot texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha batafsil ma’lumot berildi.

🇺🇿 “Millat fidoyilari” xiyoboniga tashrif 📅 10-sentabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Roman-german fil
+6
🇺🇿 “Millat fidoyilari” xiyoboniga tashrif 📅 10-sentabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Roman-german filologiyasi fakulteti tyutori Z. Nazarova tashabbusi bilan talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ularning ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini kengaytirish maqsadida “Millat fidoyilari” xiyoboniga tashrif tashkil etildi. 🌿 Tashrif davomida talabalar millatimiz tarixida o‘chmas iz qoldirgan buyuk ajdodlarimiz va xalqimiz fidoyilari haqida qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. 📚 Mazkur tashrif yoshlarning tarixiy xotirasini mustahkamlash, milliy qadriyatlarga hurmat va vatanparvarlik tuyg‘ularini yanada oshirishga xizmat qildi.