JavaScript
Відкрити в Telegram
Men yozgan va aytganlarimga 100% ishonmang , chunki men ham siz kabi haliham o'rganyabman. Blog: @abdulvahob_blog Bog'lanish uchun: @A_Abdulvahob
Показати більше1 395
Підписники
-224 години
-87 днів
-2730 день
Архів дописів
1 395
Repost from Fatkhullayev me | Nocode haqida
Amazondan offer oldim.
2023-yil UIC ga kirishni maqsad qilgan bo'lsam, oradan 3 yil o'tib maqsadlar kattalashdi. Yaqinda FAANG(Facebook, Apple, Amazon, Netflix, Google) kompaniyalarga ishga topshirib ko'rdim. (UI/UX dizayn)
Hech qaysi kompaniyadan javob kelmaydi deb kutib turgandim, ammo....
- Facebook reject qildi
- Apple reject qildi
Ammo Amazon 1-bosiqchdan o'tib 2-bosqich uchun offer berishdi, zo'r-a. Netflixda ham 2-bosqichga taklif qildi.
Ingliz tilini fullll darajada bilmaganim eng katta minusim bo'ldi, va intervyuga tayyor emas edim. Shu sababli intervyuni keyinroqqa qoldirdim. 2026-ga to'liq focus bilan qayta topshiraman.
Aytganimdek oradan 3 yil o'tib yani 2026-yil endi asosiy maqsad FAANG kompaniyalariga ishga kirish.
10 yillik maqsadlarni oldindan yozib olish shart emas, yurganimiz sari yo'limiz va maqsadlarimiz aniqlashaveradi@Fatkhullayev_me
1 395
Frontendda qancha mehnat qilib, obro‘ yig‘asan — backendchilar birgina harakatida hammasini buzib tashlaydi.
So‘nggi 3 kundan beri o‘zimni zo‘rg‘a bosib, jahl qilmaslikka harakat qilyapman.
Agar shu holat davom etsa, yaqinda backendchilar uchun alohida ish e’loni chiqarishga majbur bo‘laman.
1 395
Frontendda qancha mehnat qilib, obro‘ yig‘maylik — backendchilar birgina harakatida hammasini buzib qo‘yishi mumkin.
So‘nggi 3 kundan beri o‘zimni zo‘rg‘a bosib, jahl qilmaslikka harakat qilyapman.
Agar shu holat davom etsa, yaqinda backendchilar uchun alohida ish e’loni chiqarishga majbur bo‘laman.
1 395
💡 Hayotingda o‘zgarish qilishni xohlaysanmi?
Yangi do‘stlar orttirish, professional muhitda o‘sish va ilhomlantiruvchi suhbatlar istaysizmi?
Unda Dasturchilar Club’ning navbatdagi uchrashuvini o‘tkazib yuborma!
Bu safar biz bilan:
🎤 Spiker: Abdulvahob Abdullayev – 100+ muvaffaqiyatli loyiha ortida turgan, O‘zbekiston, Rossiya va Yevropa bozorida faoliyat yuritayotgan Front-end developer va IT tadbirkor.
🔎 Mavzu:
🚀 “1 haftada dasturchi sifatida birinchi buyurtmangizni olish”
📌 Real tajribalar asosida freelancing, networking va mijozlar bilan ishlash bo‘yicha amaliy maslahatlar.
📌 Shuningdek, veb-saytlar, Telegram botlar va CRM integratsiyalarni mijozlarga qanday sotish mumkinligi haqida foydali tavsiyalar.
🗓 Sana: 10- Sentiyabr (Chorshanba)
⏳ Soat: 18:00
📍 Manzil: Moida Kafesi
👉 https://yandex.uz/maps/-/CHX940-3
🎟 Ishtirok BEPUL
Faqatgina quyidagi formani to‘ldirishingiz kifoya:
👉 Ro'yhatdan o'tish: https://forms.gle/sji6QK2DuQZH5cDi7
Dasturchilar Club rasmiy guruxi:
👥 https://t.me/dasturchilarClub
📎 Spiker haqida:
🌐 GitHub: https://github.com/Abdulvahobjon
📱 Telegram: https://t.me/a_abdulvahob
1 395
Neil Patel ochiqchasiga aytdi: An’anaviy SEO davri tugagan
Ko‘pchilik hali ham Google reytingi uchun jon-jahdi bilan kurashmoqda. Ammo iste’molchilar qaror qabul qilishda allaqachon faqat Google’ga tayanmay qo‘yishgan.
Bugun qidiruvlarning faqat 27% Google’da, qolgan 73% esa TikTok, Amazon, Reddit, YouTube, hatto ChatGPT da sodir bo‘lmoqda.
Tasavvur qiling: siz zo‘rg‘a Google’da 1-o‘ringa chiqqansiz, lekin xaridor TikTok’da 15 soniyalik video ko‘riboq buyurtma qiladi. Siz butunlay chetda qolasiz.
Bu holat “Google Trap” — trafik ko‘p, ammo konversiya to‘xtab qolgan.
---
🔑 Asl masala “qidiruv”da emas, balki qaror lahzasi da
Bugungi xaridorlar ilgari bo‘lgani kabi o‘nlab “ko‘k havolalar”ni solishtirmaydi.
Ular qarorni mayda “touchpoint”larda qabul qilishadi:
* TikTok – hissiy ta’sir beradi
* Reddit – haqiqatni tekshiradi
* Amazon – sharhlarni ko‘radi
* ChatGPT – maslahat beradi
Masalan, fitnes mahsuloti: avval TikTok’da natijani ko‘rdi → Amazon’da sharhlarni tekshirdi → Reddit’da muhokama o‘qidi → oxiri ChatGPT’dan alternativani so‘radi → darrov buyurtma qildi. Butun jarayonda rasmiy saytga umuman kirmadi.
Bu platformalar oddiy yordamchi emas, o‘zlari “qaror dvigateli”.
---
SEO endi “Search Everywhere Optimization”
Muhim savol: seni topishadimi, emas. Muhim savol: seni tanlashadimi?
* TikTok’da – hissiyot sotish kerak
* YouTube’da – ekspertlikni ko‘rsatish
* ChatGPT’da – aniq faktlar berish
* Amazon’da – sharhlar bilan ishonch orttirish
* Reddit’da – chin dildan fikr almashish
Bitta kontent strategiyasi barcha platformaga to‘g‘ri kelmaydi. Har birining “qaror tili”ni tushunish shart.
---
Visibility ≠ Validation
Shunchaki ko‘rinish (visibility) yetarli emas. Asl kuch — tasdiq (validation)da.
Masalan: o‘zing TikTok’da video chiqarsang — bu visibility. Ammo odamlar o‘zlari mustaqil ravishda seni tilga olishsa — bu validation.
ChatGPT ham shu printsip asosida ishlaydi: ko‘p tilga olingan va ishonchli manbani jamlaydi. Demak, brendning vazifasi ko‘p post qilish emas, kross-platforma ishonch tarmog‘i qurish.
SEO o‘lmagan — u shunchaki kattalashgan.
Ps. USA va EU dagi Tendensiya haqida bu bizga ham tezda kirib keladi hatta kirib keldi ham ))
Muslim Jo'razoda
1 395
O'zizni boshqalar uchun kerak deb bilgan dasturizni sotmoqchi bo'lganizda albatta amal qiling.
1 395
Repost from N/a
Sotuvning 7 ta bosqichi
Mijoz bilan aloqadan boshlab to sotuvni yopguncha bo'lgan 7 ta qadam haqida gaplashamiz
1. Munosabat o'rnatish
2. Mijozni filtr qilish
3. Programma qilish
4. Ehtiyojlarni aniqlash
5. Programma qilish
6. Taqdimot
7. E'tirozlar bilan ishlash va sotuvni yopish
bu 7 ta bosqich standart emas kimdadir 6 ta kimdadir 8 ta yana kimdadir boshqacharoq. Lekin umumiy mohiyat bir.
Manashu 7 ta bosqich haqida bilish sizga qiziq bo'lsa 🔥 bosib qo'ying, keyingi postlarda shular haqida gaplashamiz.
Ko'proq foydali ma'lumotlar uchun: @SalesWon
1 395
Frontend’dan Google Sheets’gacha 😁
Ko‘rib chiqishni maslahat beraman — sotuvni menga o‘rgatgan inson aynan shu odam.
Faqatgina Telegram platformasida 1 yil ichida 100 dan ortiq loyiha va 200 dan ziyod kurs sotishga erishgan.
🎥 Video: YouTube link
1 395
JAVA yangi qo‘shiq chiqardi! 🎶
👀 Klipni ko‘rdilaringmi?
Butun montaj to‘liq AI yordamida qilingan.
Odatda bitta klip uchun o‘rtacha $10 000 ketadi, lekin bu safar AI orqali $1000 ham bo‘lmagan bo‘lsa kerak.
Alisher aka bir gap aytgandi:
Agar sen inqirozni oldindan bilsangu, lekin tayyorgarlik ko‘rmasang — bilganingdan foyda yo‘q.
Bugun hamma AI — kelajak trend ekanini biladi.
Lekin savol:
O‘zbekistondagi 38 million aholining qancha qismi real hayotida AI’dan foydalanayapti?
Ko‘pchilik qilayotgandek ko‘rinadi, lekin aslida juda kam odam kelajak uchun tayyorgarlik ko‘ryapti.
@abs_javascript
1 395
Soqolim hali nasihat qiladigan darajaga chiqgani yo'q 🥸
Lekin 100 dan ortiq loyihalarda ishlagan inson sifatida yutgan va yutqazgan joylarim bor.
Ko'proq O‘rganganimizda xuddi tilla topganday bo‘lgan yoki xato qilganimizda ichimizni tirnab o‘tganlarni yozyabman ko'proq.
@abs_javascript
1 395
Hamma saytlarimiz tezligi birdaniga pasayib ketdi.
Oldin 100 ta odam linkka bossa, ulardan 93–96 tasi saytni to‘liq ko‘rardi, qolgan 1–2 kishi esa sahifa yuklanmaguncha chiqib ketardi.
Hozir esa bu ko‘rsatkich 77–82% gacha tushib qoldi.
Buning sababi nima deb o'ylaysiz ? — Ha to'g'ri SERVER
Agar saytga kuniga 50-90 ming kirish bo‘lsa uncha bilinmaydi, lekin 100 ming+ trafik bo‘lsa serverga juda katta bosim qiladi va natijaga kuchli ta’sir qiladi.
Vercel yoki Netlifyga qo‘ysam bo‘lmaydimi? degan savol tug‘ilishi mumkin.
Bo‘ladi, lekin tezlik har xil o‘ynab turadi: bir kuni 96% bo‘lsa, boshqa kuni 85% ga tushib qolishi mumkin.
Yana bir yomon tomoni — qancha ko‘p pul to‘lasangiz, ular shuncha ko‘proq xizmat sotmoqchi bo‘laveradi.
Masalan, o‘tgan oy Vercel’da $45 to‘ladim, shu pulga oddiy serverni 6 oy ishlatishim mumkin edi.
@abs_javascript
1 395
O‘rganadigan narsalarimiz hali oldinda juda ko‘p.
Hozirgi davr shunaqa shekilli, ozgina kattaroq loyihalar ham tez-tez yopilib qolishi yoki bekor bo‘lib ketishi odatiy holga aylanib qoldi.
Ortada esa 45 kunlik mehnatimiz va sarflangan mablag‘ havoga uchdi.
Komandaga rosa baqir-chaqir qildim.
Hali ham miyamda javobi topilmagan ko‘plab savollar aylanib yuribdi — ularga albatta yechim topishim kerak.
Ehtimol, shu davrdan o‘tib chiqqan odamning qo‘lida ikki haftalik shogird bo‘lib yurishim eng to‘g‘ri qarordir.
Tashqaridan hammasi yaxshi ko‘rinishi mumkin, lekin ichkarida yetarlicha muammolar bor.
Har yerga orzu qilma, har yerda bor toshi — tarozi.
@abs_javascript
1 395
Repost from Frontend
HR: Sizga tez orada a'loqaga chiqamiz
Shu vaqt Resumeyingiz)
Eng yaxshi Frontend vakansiyalar:
💼 @frontendVacancy 👈
Вже доступно! Дослідження Telegram за 2025 — головні інсайти року 
