uk
Feedback
Islom Nurmurod | Philosopher

Islom Nurmurod | Philosopher

Відкрити в Telegram

Tarixchi, faylasuf, “Qadriyat school” o’quv bo’limi rahbari - Nurmurodov Islomjonning adabiyot, sa’nat haqidagi va ijtimoiy-falsafiy fikr-mulohazalari Murojaat uchun: https://Instagram.com/islomnurmurod

Показати більше
Узбекистан22 918Категорія не вказана
2 260
Підписники
-3224 години
+1457 днів
+3730 днів

Триває завантаження даних...

Схожі канали
Немає даних
Виникли проблеми? Будь ласка, оновіть сторінку або зверніться до нашого support-менеджера.
Хмара тегів
Немає даних
Виникли проблеми? Будь ласка, оновіть сторінку або зверніться до нашого support-менеджера.
Вхідні та вихідні згадування
---
---
---
---
---
---
Залучення підписників
вересень '26
вересень '26
+199
в 2 каналах
серпень '26
+37
в 6 каналах
Get PRO
липень '26
+327
в 13 каналах
Get PRO
червень '26
+291
в 6 каналах
Get PRO
травень '26
+537
в 12 каналах
Get PRO
квітень '26
+383
в 13 каналах
Get PRO
березень '26
+229
в 6 каналах
Get PRO
лютий '26
+247
в 11 каналах
Get PRO
січень '26
+625
в 10 каналах
Get PRO
грудень '25
+375
в 19 каналах
Get PRO
листопад '25
+441
в 14 каналах
Get PRO
жовтень '25
+560
в 12 каналах
Дата
Залучення підписників
Згадування
Канали
07 вересня+1
06 вересня+1
05 вересня+3
04 вересня+46
03 вересня+44
02 вересня+38
01 вересня+66
Дописи каналу
Musor tashlashga chiqqanimda kelib qolgan fikrlar Xullas, pastga tushsam, qo‘shnilar orasida ichki nizo kelib chiqqan ekan. Odatda bunaqa nizolarning oxiri ichki ishlarning aralashuvi bilan tugaydi. Shuning uchun ham biznikilar mening bunaqa kichik qilmishlarimga u qadar katta ma’no yuklashmaydi. Qolaversa, oldimda tillari qisiq bo‘lgan joylari ham bor. Har yakshanba endi shunday qilmoqchiman. Aslida bu haqda yozmoqchi emasdim. Har yakshanba bir turk kafesiga boradigan odat chiqarganman. Har safar borganimda har xil taom buyurtma qilaman. Turk taomlaridan tortib ichimliklarigacha deyarli hammasi menga tanish. Ular ham buni sezishgan chog‘i, negadir har borganimda kassir ham, posuda moykachi ham o‘zbek bo‘lishiga qaramay, menga turkcha gapiradi. Ba’zida oshpaz ham chiqib qoladi. Hay, uni tushunsa bo‘ladi, u asli turkiyalik, turk. Lekin qolganlari meni yo turk deb o‘ylashyapti, yo yana nimadir bor. Bilmayman. Bugun ham bordim. Buyurtmam tayyor bo‘lguncha kitob o‘qib o‘tirdim. Keyin buyurtmamga qo‘shimcha qilib boshqa bir yegulik ham qo‘shib berishibdi. Negadir shubhalandim. “Muddati o‘tib ketayotgan bo‘lgani uchun shunday qilishgandir”, degan xayol ham keldi. Keyin yana “Har safar kelayotganim uchun ko‘ngildan chiqarib, menejer aytgan bo‘lsa, ‘men kabi mijozni yanada isitish’ uchun berishgandir”, deb o‘yladim. Nima bo‘lganda ham, shirinlikni xafa bo‘lmasin deb tatib ko‘rdim. Lekin oxirigacha yemadim. Shunaqa odamlar manfaatlarsiz nimadir qilishi menga har doim shubhali tuyuladi. Yuqorida musiqa haqida yozganlarimga keladigan bo‘lsak, aslida har qanday narsaga ma’noni biz beramiz. Shunchaki oq qog‘ozga bo‘yoq sochib yuborilgan rasmlarni ko‘rganmisiz? Falon pul turadi. Vaholanki, uni deyarli hamma qilishi mumkin. Lekin unga san’atkorlar, tanqidchilar va qandaydir “elita” tomonidan ma’no berilgan. Qadr berilgan. Shundan keyin u oddiy bo‘yoq sachratmasi bo‘lib qolmaydi, aksincha san’at asariga aylanadi. Inson narsalarga qadr beradi. Inson narsalarga ma’no beradi. Balki narsalarning o‘zida biz o‘ylaganchalik ko‘p ma’no ham yo‘qdir. Biz ularni talqin qilamiz, ularga qiymat yuklaymiz va keyin o‘zimiz bergan qiymatni haqiqatning o‘zi deb qabul qila boshlaymiz. Eng qizig‘i esa, bu ma’no jamiyatning intellektual saviyasi yuqori deb hisoblagan insonlari tomonidan berilsa, qolganlar ham asta-sekin uni qabul qila boshlaydi. Biror narsani “buyuk”, “chuqur”, “genial” deb atashning o‘zi ham ba’zida uning qanday ko‘rilishini o‘zgartirib yuboradi. Shuning uchun san’atda ham, musiqada ham, modada ham, falsafada ham “qadr” degan narsa mutlaqo obyektiv bo‘lmasligi mumkin. Biz nimanidir qadrlaymiz, chunki unga ma’no berganmiz. Keyin esa unga bergan ma’nomizni unutib, go‘yo bu ma’no uning ichida boshidan beri mavjud bo‘lgandek yashaymiz. Yuqoridagi telbalikka keladigan bo‘lsak, bu ham shunchaki telbalik emasdi. Uning ham ramziy ma’nosi bor edi. @islom_nurmurod

2
Katta kalonkani ob kelib, 3-etajdan bor ovozida shu qo’shiqni eshityapman. 2 yil deganda bamisoli kessakdan cho’x chiqdi. Qo’shnilar hayratda. Qo’llari og’rib ketdi eshikni taqillataverib. 102 qilsa ham “вообще” farqi yo’q )) @islom_nurmurod
672
3
Va nihoyat, did, estetika va mahoratdan asar ham qolmagan show-biznes sanoati men uchun mana shu klip va qo‘shiqdan keyin qayta jonlangandek bo‘ldi. Klipni qayta-qayta ko‘rdim. Rostdan ham postanovka, operatorlik ishi, vizual effektlar, kadrlar - hammasi a’lo darajada chiqqan. Kreativ yondashuv ham yetarlicha. Konsta, Q.zlar, Morfga nisbatan bir necha marta klipda otsilka berilgan. Matnning o‘zi ham haqiqiy Morf va Q.zlarning yuziga aytilgan diss sifatida yozilgan. Ya’ni shunchaki “qo‘shiq” uchun yozilgan matn emas, ichida konkret adresatlar va konkret pozitsiya bor. Musiqaga keladigan bo‘lsak, bu yerda ham deyarli hamma narsa bir-birini to‘ldirib turibdi: ohang, beat, aranjirovka, chitka, matn, xullas barchasi o‘zaro hamohang. Eng muhimi, hech biri alohida-alohida yaxshi bo‘lib, umumiy kompozitsiyani buzib qo‘ymagan. Aksincha, bitta yaxlit mahsulot bo‘lib chiqqan. Adashmasam, Shaxlo endilikda Abbbose’ning jamoasi bilan ishlayapti. Agar shunday bo‘lsa, ulardan shunaqa top-darajadagi sifat kutsa bo‘ladi. Chunki bu klipda kreativlik ham, texnik ijro ham, vizual did ham yetarlicha sezilib turibdi. Shaxlo o’zi boshidan Q.zlarni ichida o’z xarizmasi, energiya va potensiali jihatdan ajralib qolgandi. Jamoadan qachondir ketishini taxmin qilgandim. Qisqasi, anchadan beri bir klipni “yana bir marta ko‘ray” deb qayta-qayta ko‘rmagandim. Bu esa rostdan ham ko‘rishga arziydi. @islom_nurmurod
694
4
SHAXLO - Q.ZIL (Official Music Video) @islom_nurmurod
SHAXLO - Q.ZIL (Official Music Video) @islom_nurmurod
674
5
Do‘stlar, jami 40 dan ortiq yozilgan postlar orasidan nihoyat ikki nafar g‘olib aniqlandi. Lekin bu ikki kishining yozgani menga yoqdi, qolganlariniki yoqmadi, degani emas. Aksincha, qariyb barcha ishtirokchilarning yozganlarida o‘ziga xoslik, samimiyat va men uchun qiziq bo‘lgan jihatlar bor edi. Shunchaki, oxir-oqibat ikkitasini ajratib olishga to‘g‘ri keldi. Ayniqsa, Diana, Jabborova, Mullajonova, Ibragimov Ulug‘bek, Mohichehra, Nilufar Otamurodova, Jasurbek va Abdumurodlarning bildirgan fikr-mulohazalarini alohida e’tirof etib o‘tmoqchiman. Ularning yozganlari menga alohida ta’sir qildi. Qolgan ishtirokchilar ham juda yaxshi harakat qilishgan. Ba’zilarining ism-sharifi yoki nikname’i ko‘rinmagani sababli bu yerda nomlarini keltirolmadim. Aslida bu tanlovni boshlaganimda, kimdir meni maqtaydi yoki shunchaki yaxshi gaplar yozadi, degan maqsadning o‘zi bo‘lmagan. Menga qiziq bo‘lgani, odamlar meni qanday ko‘rishi, yozganlarim ularda qanday taassurot qoldirgani va men haqimda tasavvurlarini bilish edi. Shu ma’noda, menimcha, bu tanlovning eng katta “sovg‘asi” allaqachon menga berilgan. Xullas, g‘oliblarimizga allaqachon xabar yubordim. Uchrashuvimiz va ularga sovg‘a qilinadigan kitoblar haqida keyinroq yana alohida post joylayman. 2-o‘rin “Asakumo” taxallusidagi singlimizga nasib qildi. Faxrli 1-o‘rinni esa Ibn Ashur egaladi. Qatnashgan hammaga katta rahmat. Sarflagan vaqtingizni, yozishga ajratgan e’tiboringizni va samimiy fikrlaringizni qadrlayman. 40 dan ortiq odamning vaqt ajratib, aqliy va ijodiy mehnatlarim haqida o‘ylab, nimanidir yozgani, men uchun tanlovning o‘zidan ham qimmatroqdir. @islom_nurmurod
834
6
Muddat tugashiga atigi 1 kun qoldi. Ertaga imkon qadar soat 00:00 ga qadar g‘oliblarni e’lon qilishga harakat qilaman. Hozircha 30 ga yaqin post yig‘ildi. Sizlarga bir qiziq holat haqida aytib bermoqchiman. Bir inson qatnashsa, yutishi men uchun deyarli aniq edi. Lekin u o‘z ixtiyori bilan qatnashmaslikni, boshqalarga imkoniyat berishni ma’qul ko‘rdi. Naqadar adolatli qaror. Albatta bunday deyishimga sabablar bor. Hozircha 1-o‘ringa bitta yaqqol favorit men uchun ajralib turibdi. Lekin hali bir kun vaqt bor. Balki shu bir kun ichida undan ham o‘zib ketadiganlar chiqib qolar. Hali hech narsa aniq emas. Tanlovning maqsadi haqida ham bir narsani aytib qo‘ymoqchiman. Ba’zilar bu tanlovni o‘zim haqimda maqtov va e’tiroflar yig‘ish, shu orqali o‘zimni qadrli his qilish va bundan dopamin olish uchun qilganim haqida o‘ylashdi va hattoki yozishgacha bordi. Go’yoki har kuni post yozishimni sababi ham shu emish. Do‘stlar, aslida asosiy maqsad juda oddiy edi, men haqimdagi fikrlaringizga qiziqdim. Shunchaki qiziqdim. Sizlar meni qanday ko‘rasizlar? Qaysi jihatlarimni sezgansizlar? Yozganlarim sizlarda qanday taassurot qoldirgan? Balki men o‘zim haqimda sezmagan narsalarni sizlar sezgandirsizlar. Sovg‘aga keladigan bo‘lsak, men kitob sovg‘a qilishni yaxshi ko‘raman. Shuning uchun imkoniyatdan foydalanib, kimlargadir kitob berishni istadim. Boshqa qandaydir katta manfaat izlamadim. Uchrashuv masalasiga kelsak, shu paytgacha ko’pchilik men bilan yuzma-yuz suhbat qilish istagi borligini aytgan, taklif qilgan. Lekin deyarli hech kim bilan uchrashmaganman. Va tanlov orqali ba’zilarga bu uchun imkoniyat yaratishni istadim. “Maqtovlardan dopamin olyapti”, degan fikrga kelsak, real hayotda ham atrofimda meni e’tirof etadigan, maqtaydigan, kompliment qiladigan insonlar yetarlicha. Bular men uchun endi qandaydir favqulodda hodisa emas. Oddiy narsaga aylangan. Shuning uchun bu tanlovni o‘zimni qadrli his qilish uchun qilganman, deyish biroz menga kulgilidek. Obunachi yig‘ish uchun qilganmanmi, desangiz, bu ham unchalik ishlamadi. Bu postlar orqali kanalga 30 ta ham yangi obunachi kelgani yo’q. Oxirgi kunlarda qo‘shilgan 150 ga yaqin obunachining asosiy qismi post priyomlari va ikkita kattaroq kanal tavsiyasi orqali kelgan. Qolaversa, yozilgan narsalarni o‘qib, tanlovni qilganimdan o‘zim ham hayron bo‘lib qoldim. Ularning deyarli hech biri quruq maqtov emas. Hammasi chuqur, samimiy va juda shaxsiy fikrlardan iborat. Ba’zilarida o‘zim haqimda ilgari o‘ylab ko‘rmagan narsalarimni ko‘rdim. Yana bir narsani payqadim, ya’ni postlarning deyarli hammasi kommentlarda faol bo‘lib kelgan obunachilardan keldi. Men ularning ko‘pchiligini allaqachon tanib qolganman. Yozgan izohlarini o‘qiganman. Ba’zi izohlar yodimda qolib ketgan. Hatto ayrim odamlarni yozgan izohlari orqali yaxshi ko‘rib qolganman. Shuning uchun bu 30 ga yaqin post men uchun shunchaki tanlovga yuborilgan matnlar emasdi. Ularning har birida meni kuzatib kelayotgan insonning men haqimdagi tasavvuri bor edi. Balki tanlovning men kutmagan eng katta natijasi ham shu bo‘ldi. Men sizlarga kitob bermoqchi edim. Lekin oxir-oqibat, sizlar menga bundan ancha qimmatliroq narsani, o‘zingizning ko‘zingizdagi meni berib qo‘ydingiz. Xullas, hali qatnashmaganlar uchun bir kun vaqt bor. Ertaga soat 13:00 ga qadar postlarni qabul qilish davom etadi. Yana qachon bunaqa tanlov qilaman, o‘zim ham bilmayman. Shuning uchun oxirgi imkoniyatdan foydalanib qoling. @islom_nurmurod
946
7
Misol uchun, bir xillik meni zeriktiradi. U nimada bo‘lishidan qat’i nazar. Bir xil kiyinish, bir xil fikrlash, bir xil did, bir xil gaplar, bir xil odatlar. Lekin qiziq tomoni shundaki, omma ko‘pincha aynan bir xillikni yoqlaydi, o‘ziga xoslikni esa qandaydir g‘alati narsa sifatida qabul qiladi. Ko‘chaga qarang. Deyarli hammaning kiyinish uslubi bir-birini takrorlaydi. Yoqtirgan taomlari, filmlari, musiqalari, kitoblari ham shunday. Albatta, istisnolar bor. Lekin ko‘pchilikning ko‘p narsalarda shaxsiy didi qanchalik mustaqil ekaniga savol berish mumkin. Masalan, odam biror kiyimni chiroyli deb hisoblaydi. Lekin nega chiroyli? Chunki o‘zi shunday deb o‘ylaydimi yoki atrofidagi o‘nlab odamlar aynan shu narsani chiroyli deb bilgani uchunmi? Biror filmni yaxshi ko‘radi. Nega? Chunki film uning ichida qandaydir narsani uyg‘otdimi yoki hamma shu filmni ko‘rib, maqtab, muhokama qilgani uchun u ham yaxshi deb qabul qildimi? Ko‘pincha bizning “didimiz” deb o‘ylayotgan narsalarimizning anchagina qismi aslida bizga tashqaridan berilgan bo‘ladi. Biz nimani chiroyli, nimani xunuk, nimani zamonaviy, nimani eskirgan, nimani yaxshi, nimani yomon deb hisoblashimizni hamisha o‘zimiz mustaqil ravishda tanlamaymiz. Jamiyat, atrofimizdagi odamlar, moda, reklama, trendlar, madaniyat - bularning barchasi tanlovlarimizni shakllantiradi. Va kimdir boshqalar kabi bir xillikni takrorlamasa, ommadan ajralib qoladi. Men kimnidir ko‘rib takrorlashim shart emas. Soqol qo‘yishim yoki qo‘ymasligim mening tanlovim. Men biror kiyimni boshqalar kiymagani uchun kiymasligim kerak emas. Aksincha, boshqalar kiymayotgani uning menga mos kelmasligini isbotlamaydi. Aslida jamiyat ichida mantiqisiz javoblar juda ko‘p. Haqiqatdan ham ularda hech qanday mantiq bo‘lmaydi. Ular shunchaki ommaning ichida mavjud bo‘lgan yozilmagan qoidalar. - “Bunday qilinmaydi.” - “Nega?” - “Chunki hech kim qilmaydi.” Mana shu “chunki hech kim qilmaydi” degan jumlaning o‘zi ba’zan butun bir jamiyatning fikrlash tarzini ochib beradi. Omma ko‘pincha o‘ziga o‘xshagan odamni xavfsiz deb his qiladi. O‘zidan keskin ajralib turadigan individ esa noqulaylik tug‘diradi. Chunki u mavjud normani shubha ostiga qo‘yadi. U boshqalarga: “Sizlar buni shunday qilayotganingiz uchun men ham shunday qilishim shart emas”, degan imkoniyatni ko‘rsatib qo‘yadi. Shuning uchun omma ko‘pincha o‘ziga xos individni o‘z ichiga singdirishga, uni umumiy shaklga keltirishga, undagi farqlarni yo‘qotishga ongsiz ravishda harakat qiladi. Aslida esa individuallikning mohiyati aynan ajralib turish imkoniyatidadir. Tarixga qarasak ham, jamiyatni oldinga siljitgan ko‘plab g‘oyalar dastlab ommaviy bo‘lmagan. Yangi fikr, yangi san’at, yangi falsafa, yangi ilmiy qarash, deyarli har doim avvaliga ozchilikning fikri bo‘lgan. Chunki omma mavjud narsani takrorlashga moyil, individ esa mavjud narsani shubha ostiga qo‘yishga qodir. Lekin bu yerda bir narsani ham tan olish kerak. Individuallikning salbiy tomonlari ham bor. O‘ziga xos bo‘lish har doim ham qulay emas. Ba’zan aynan boshqalardan keskin farq qilganing uchun seni tushunishmaydi. Ba’zan seni o‘zing istagan insonlar ham tanlamaydi. Chunki hamma ham o‘ziga o‘xshamaydigan odamni qabul qila olmaydi. Kimdir seni boshqachaliging uchun yaxshi ko‘rishi mumkin. Kimdir esa aynan shu boshqachaliging sababli sendan uzoqlashishi mumkin. Va ehtimol, individuallikning eng katta narxi ham shu, ya’ni hamma tomonidan tushunilmaslik, qabul qilinmaslik, tanlanmaslik. Lekin hamma tomonidan tushunilish uchun o‘zingni yo‘qotish kerak bo‘lsa, bunga arziydimi? Menimcha, yo‘q. Chunki insonning o‘ziga xosligi uning boshqalardan ustun ekanini anglatmaydi. Shunchaki u boshqalarning nusxasi emasligini anglatadi. Hamma ham individ bo‘la olmaydi. Aniqrog‘i, biologik jihatdan hamma individ, lekin o‘z didi, fikri, tanlovi va hayot tarzini ongli ravishda shakllantirish ma’nosida individuallik ancha qiyin narsa. Omma ichida yashash oson. Ommaning ichida qolib, o‘zing bo‘lib qolish esa ancha qiyin. @islom_nurmurod
1 408
8
“Tubsizlikka uzoq tikilsang, tubsizlik ham senga tikila boshlaydi.” Yuqoridagi jumlani Fridrix Nitsshe “по ту сторону добра и зла» asarida yozib qoldirgan. Bu yerda tubsizlikni faqat tashqarimizdagi qandaydir yovuzlik sifatida emas, insonning ichidagi bo‘shliq sifatida ham tushunish mumkin. Bizning to‘ldirilmagan ehtiyojlarimiz, qo‘rquvlarimiz, alamlarimiz, yo‘qotishlarimiz, hayotdagi adolatsizliklar haqidagi tinimsiz o‘ylarimiz - bularning barchasi asta-sekin o‘zimizga qaraydigan tubsizlikka aylanishi mumkin. Inson biror narsaga haddan tashqari uzoq tikilsa, bir payt kelib o‘sha narsa uning dunyoni ko‘rish usuliga aylanib qoladi. Adolatsizlikka ko‘p qarasangiz, dunyo sizga adolatsizlikdan iboratdek ko‘rina boshlaydi. Xiyonatga ko‘p qarasangiz, odamlarga ishonish qiyinlashadi. Ochko‘zlikka ko‘p qarasangiz, inson tabiatining yaxshi tomonlarini ko‘rmay qo‘yasiz. O‘lim haqida haddan tashqari ko‘p o‘ylasangiz, hayotning o‘zi ikkinchi darajali narsaga aylanib qolishi mumkin. Va eng yomoni, inson bir payt kelib o‘zi qarayotgan tubsizlikka o‘xshab borayotganini sezmay ham qoladi. Bu bugungi psixologiyada “ijobiy fikrla, yaxshi narsalarni o‘yla, shunda hayotingga yaxshi narsalarni jalb qilasan” degan juda soddalashtirilgan shaklda uchraydi. Lekin menimcha, gap o‘zimizni doimiy ravishda pozitivlik bilan aldashda emas. Hayotda yomon narsalar bor. Adolatsizlik, xiyonat, kasallik, yo’qotish va hokazo. Ba’zi orzular amalga oshmaydi. Ba’zi insonlar biz kutgandek chiqmaydi. Bularning barchasini “ijobiy fikr” bilan o‘chirib tashlab ham bo‘lmaydi. Nitsshe ham bularni inkor qilish kerakligini aytmagan. Gap boshqa narsada. Biz tubsizlikka qarashimiz mumkin, faqat uning ichida yashab qolmasligimiz kerak. Men ham ma’lum bir vaqt shunday holatga tushdim. Yoz oylarida ko‘p betob bo‘ldim. O‘qigan kitoblarimning og‘irligi, ulardagi kelajakka berilgan salbiy tashxislar, shaxsiy hayotimdagi ayrim voqealar, bularning hech biri menga ta’sirsiz o’tmadi. Bir muddat atrofimdagi ne’matlarning qadrini unutdim. Qizig‘i, hayotim aslida yomon emasdi. Aksincha, ehtimol umrim davomida hozirgidek ham ruhiy, ham aqliy, ham moddiy jihatdan yaxshi holatda bo‘lmaganman. Ishlarim yaxshi ketyapti. Ilmiy faoliyatim davom etyapti. Men yaxshi ko‘radigan ustozlarim bor, ular ham meni qadrlaydi. Atrofimda son jihatdan ko‘p bo‘lmasa-da, meni tushunadigan, his qiladigan do‘stlarim bor. Yaxshi hamkasblarim bor. Ota-onam hayot. Ular mendan rozi. Men xohlagan narsalarning hammasiga ega emasman, albatta. Ba’zi og‘riqlarimni ham inkor qilolmayman. Ularni yashab o‘tishim kerak. Lekin inson ba’zan o‘zidagi bor narsalarni ko‘rmay, yo‘qligiga tikilib qoladi. Shunda bor narsa ham yo‘qdek ko‘rina boshlaydi. Menimcha, insonning ichki fojealaridan biri ham shu, ya’ni biz ba’zan hayotimizdagi bitta og‘riqqa shunchalik uzoq tikilamizki, uning atrofidagi butun hayotni ko‘rmay qo‘yamiz. Ba’zi narsalar uchun qo‘lingizdan keladigan hamma narsani qilib bo‘lasiz. Harakat qilasiz. Kutib ko‘rasiz. Tushuntirasiz. Kurashasiz. Va oxirida natijani o‘zgartirish sizning qo‘lingizda emasligini tushunasiz. Mana shu nuqtada inson o‘zining ojizligini anglaydi. Manaman degan, o‘zidan nimadirlar yasab olgan, hamma narsani nazorat qilishga urungan kibrli insonlar ham oxir-oqibat ayrim narsalar oldida mutlaqo ojiz. Biz hammamiz ojizmiz. Farq shundaki, ba’zilar buni faqat aqli bilan biladi, ba’zilar esa hayoti bilan anglab yetadi. Menimcha, insonning yetukligi ham aynan mana shu joydan boshlanadi. Qo‘lingizdan keladiganini qiling. Qolganini esa qabul qilishni o‘rganing. Bu taslim bo‘lish emas. Bu hayotning hamma qismini nazorat qila olmasligingizni tan olish. Tubsizlik bor. Unga qarashga ham to‘g‘ri keladi. Lekin uning tubida yashash shart emas. Chunki hayot faqat bizni qiynayotgan narsalardan iborat emas. Ba’zan boshimizni ko‘tarib, tubsizlikdan boshqa tomonga ham qarash bizga zarur. U yerda hali imkoniyatlar, odamlar, kitoblar bor. Hali sevish, yaratish, yashash mumkin. Va ba’zan hayotning o‘zi biz unutib qo‘ygan eng katta ne’mat ekanini yana bir bor eslashning o‘zi kifoya. @islom_nurmurod
1 637
9
Har qanday qaramlik va uning sabablari Qaramlik deganda ko‘pchilikning xayoliga darhol sigaret, spirtli ichimlik yoki giyohvand moddalar keladi. Aslida esa qaramlik bundan ancha kengroq tushuncha. Inson odamga, telefonga, ijtimoiy tarmoqqa, pulga, jinsiy lazzatga, o‘yinga, ovqatga, xarid qilishga, ishga, hatto azobning o‘ziga ham qaram bo‘lib qolishi mumkin. Va umrim davomida ichimdagi bo’shliqlar sabab, bir talay qaramliklarni yengib o’tgan va o’tayotgan inson sifatida bugun shu haqda yozishga qaror qildim. Qaramlikning eng qiziq tomoni shundaki, odam ko‘pincha nimaga qaram bo‘lib qolganini emas, u narsa unga berayotgan hissiyotga qaram bo‘ladi. Masalan, telefonning o‘zi bizga kerak emas. Biz undan keladigan xabarni, likeni, kimdir yozishini kutamiz. Yangilikni tekshiramiz. Demak, telefon emas, kutish va mukofot olish hissi bizni bu yerda ushlab turibdi. Xuddi shunday, ayrim odamlar boshqa bir insonga emas, u inson yonida o‘zini qanday his qilishiga bog‘lanib qoladi. Qaramlik ko‘pincha insonda qandaydir bo‘shliq, ehtiyoj yoki noqulay hissiyot paydo bo‘lganda boshlanadi. Masalan yolg‘izlik, zerikish, xavotir, o‘zini qadrsiz his qilish, stress, mehrga, e’tiborga ehtiyoj va hokazo. Va inson shu noqulaylikni kamaytiradigan biror narsani qidirib topadi. Sigaret chekib, biroz yengillashadi. Instagramga kirib, zerikishini kamaytiradi. Shirinlik yeb, kayfiyatini ko‘taradi. Kim bilandir yozishadi va yolg‘izlik kamayadi. Pul sarflaydi, bir lahzaga o‘zini yaxshi his qiladi. Muammo shundaki, miyada “men o’zimni yomon his qilsam, mana shu narsa menga yordam beradi” degan tushuncha paydo bo’ladi. Keyingi safar o‘sha hissiyot paydo bo‘lganda odam yana o‘sha narsaga qaytadi. Shunday qilib, xullas sekin-asta shunaqa odatlar paydo bo‘ladi. Keyingi bosqich esa ehtiyoj. Ya’ni avval “xohlasam qilaman” keyin “qilmasam zerikaman”, “shuni qilmasam bezovta bo‘laman” va oxirida “qilmasam bo‘lmaydi.” Mana shu yerda qaramlik boshlanadi. Qaramlikning yana bir bosqichi bor. Inson vaqt o‘tishi bilan avvalgidek zavq olish uchun ko‘proq narsa talab qila boshlaydi. Bir paytlar yarim soat reels ko’rish yetarli edi. Keyinchalik 2 soat kerak kamida. Bir paytlar bir haftada bir yozish kifoya edi. Keyinchalik doimiy yozishmalar kerak bo‘ladi. Bir paytlar bitta sigaret yetardi. Keyin kuniga o‘nlab sigaret kerak bo‘ladi. Bu yerda inson aslida lazzatni emas, avvalgi holatiga qaytishni qidira boshlaydi. Ya’ni qaramlik asta-sekin zavq beruvchi narsadan normal holatda bo‘lish vositasiga aylanadi. Eng oxirida inson o‘zini o‘zi alday boshlaydi, ya’ni “men xohlaganim uchun qilyapman”, “bu menga kerak”, “boshqalar ham qiladi”, “hayotimdagi stress, qiyin damlar tufayli shunday bo‘lyapti” va hokazo. Aslida esa uning hayoti asta-sekin o‘sha narsaning atrofida qurilib boradi. Vaqti, puli, kayfiyati, munosabatlari, uyqusi, fikrlashi va eng yomoni erkinligi. Shuning uchun qaramlikning mohiyati shunchaki biror narsani ko‘p iste’mol qilishda emas. Qaramlik insonning “men xohlayman” degan joyidan “men usiz qila olmayman” degan joyga ko‘chib qolishidir. Odatda bilganingiz kabi, biror bir jarayonni falsafiy yoki psixologik jihatdan tahlil qilishim mumkin. Lekin yechim bermaslikka harakat qilaman. Sababi yechimni men uchun vaziyatni tushungandan so’ng hammaning o’zi individual topishi kerak, universal hammaga birdek tushadigan yechim - bugungi katta avlod tarbiyalagan, bir qop travmalar bilan yashayotgan yoshlar uchun deyarli yo’q deb hisoblayman. Bu uchun katta ilm qilish kerak. Bitta post bilan ish bitmaydi. Universal yechim taklif qilayotgan psevdoekspertlar o’z yo’liga. Vaziyatni to’g’ri tahlil qila olish, eng muhimi yechimga olib boradigan asosiy yo’l. Nazarimda biz qaram bo‘lib qolgan biror narsa ichimizdagi qaysi bo‘shliqni to‘ldirayotganini avvalo tushunib yetishimiz kerak . Qaramlikning ildizi ba’zan sigaretda emas, telefonda emas yokida biz bog’lanib qolgan bir insonda ham emas, balki insonning ichidagi o’sha bo‘shliqda. Va bo‘shliq qolaverar ekan, odam bir qaramlikdan qutulib, boshqasini topishda davom etadi. Huddi men kabi. @islom_nurmurod
1 384
10
Go’zallikning tovarga aylanishi yoxud chiroyli yuz - haqiqatdan ham zamonaviy dunyoda moddiy muvaffaqiyatning kalitimi? Reklamalarga bir oz diqqat bilan qarang. Ko‘pincha mahsulot yonida chiroyli yuz turadi. Ayniqsa ayol go‘zalligi marketingning eng qadimiy va eng samarali vositalaridan biri bo‘lib qolmoqda. Erkaklar kiyim do‘konida, restoranda, kassada, receptionda, avtosalonda va hokazo chiroyli qizlarni ko’rasiz. Xo’p, nega hr menejerlar ishga imkon qadar chiroyli va qaddi-qomati kelishgan insonlarni oladi? Chunki inson miyasi go‘zallikni ko‘pincha boshqa ijobiy xususiyatlar bilan avtomatik ravishda bog‘lashga moyil. Albatta bunga hammani ham aqli yetmaydi, lekin oddiy insonlar ham biladi, chiroyli qiz asosan erkak mijozlarni jalb qilish obyekti sifatida ko’rilishini. Psixologiyada buni “halo effekti” deb atashadi. Chiroyli inson bizga aqlliroq, yoqimtoyroq, ishonchliroq yoki professionalroqdek ko‘rinishi mumkin. (Va yana qanday ko’rinishi mumkinligini aytmasam ham bilasiz.) Shuning uchun chiroyli yuz shunchaki estetik obyekt emas. U iqtisodiy kapitalga aylangan. Ammo masalaning boshqa tomoni ham bor. Kapitalizm ayol go‘zalligini qadrlayotgandek ko‘rinadi. Go‘yoki ayolning tashqi qiyofasi uning imkoniyatlarini oshiradi. U ko‘proq e’tibor oladi. Ko‘proq kuzatuvchi yig‘adi. Reklamaga olinadi. Ko‘proq mijoz jalb qiladi. Ba’zan shu go‘zallikning o‘zi pulga aylantiriladi. Lekin bu haqiqatan ham ayolning qadri oshganini anglatadimi? Menimcha, bu yerda juda katta farq bor, ya’ni qadr bilan bozor qiymati bir xil narsa emas. Bozor sizning narxingizni oshirishi mumkin. Lekin bu sizning inson sifatidagi qadringiz oshganini anglatmaydi. Eng achinarlisi esa ayolning o‘zi ham ba’zan bu jarayonni erkinlik deb qabul qiladi. Albatta, insonning o‘z tanasi va tashqi ko‘rinishi ustidan o‘zi qaror qilishi - bu muhim erkinlik. Bu yerda yana bir paradoks paydo bo‘ladi. Ayol o‘zining go‘zalligini kapitalga aylantirib, undan iqtisodiy yoki ijtimoiy foyda olishi mumkin. Ammo ayni vaqtda u o‘zining shaxs sifatidagi mavjudligini go‘zalligining soyasida qoldirish xavfiga ham duch keladi. Odamlar uning fikrini emas, yuzini eslab qolishi mumkin. Ijodini emas, tashqi qiyofasini muhokama qilishi mumkin. Shaxsiyatini emas, tanasini baholashi mumkin. Ya’ni go‘zallik bir vaqtning o‘zida ham imkoniyat, ham qafas bo‘lib qolishi mumkin. Bu masalada yana bir nozik qarama-qarshilik bor. Jamiyatning ayrim qatlamlari bunday marketingni ayolning “qadrlanishi” sifatida ko‘radi. Boshqalar esa aksincha, ayolning tobora ko‘proq iste’mol qilinadigan obyektga aylantirilayotganini ko‘radi. Men ikkinchi nuqtai nazarning ichida jiddiy savol bor deb o‘ylayman. Chunki agar ayolning go‘zalligi doimiy ravishda erkaklarning nigohini jalb qilish, mahsulot sotish, auditoriya yig‘ish va foyda keltirish uchun ishlatilsa, unda biz ayolni ozod qilyapmizmi yoki shunchaki uning tanasidan foydalanishning yanada zamonaviy shaklini yaratmoqdamizmi? Shuning uchun masalani “chiroyli qizlar yomon” yoki “o‘zini ko‘rsatadigan ayollar qadrsiz” degan primitiv xulosaga olib borish ham noto‘g‘ri. Muammo ayolning go‘zalligida emas. Muammo go‘zallikning tovarga aylanishida. Muammo butun bir iqtisodiy tizim insonning nigohi, istagi va hirsidan foyda olishni o‘rganib olganida. @islom_nurmurod
1 571
11
Hozirda menda nashr qilish uchun tayyor holatda turgan ikkita kitob bor: “Sovuq aql kundaligi” va “Syurreal kuzlanish”. Aslida bu kitoblarni taqdir menga juda kech jo’natgan bir qadrdon birodarimga qoldirmoqchi edim. Balki hayotimdan qoladigan eng katta iz ham shu ikkita kitob bo‘lar. Lekin keyin o‘ylab qoldim, ehtimol sizlar uchun ham o‘zimdan qandaydir esdalik qoldirsam yomon bo‘lmasdi. Ammo bir muammo bor. Shu paytgacha bir necha kishi kitoblarimni nashr qilinishiga homiylik qilishni taklif qildi. Men rad etdim. Men bu kitoblarni shunchaki pul topish uchun chiqarishni istamayman. Istagim oddiy, biror nashriyot kitoblarning mazmuniga ishonsin va ularni o‘z hisobidan nashr qilishni o‘z zimmasiga olsin. Aslida kitob o‘qish madaniyati rivojlangan jamiyatlarda bunday amaliyot bor. Bizda esa hatto taniqli yozuvchilar ham ko‘pincha kitobini o‘z hisobidan chiqarishga majbur. Xullas, hozircha hech bir nashriyot mening bu istagimga “labbay” deganicha yo‘q. Shuning uchun ikkinchi variant - kitoblarni o‘z hisobimdan nashr qilish. Agar shu ikki yo‘ldan biri amalga oshsa, sizlar meni bundan keyin ham shu ikki kitob orqali eslab yurishingiz mumkin. Men ikkala kitobni ham O‘zbekiston adabiy-falsafiy muhiti uchun yangicha tajriba deb bemalol ayta olaman. Balki xato qilayotgandirman. Balki kitoblarim umuman kutilganidek qabul qilinmas. Balki juda kam odam o‘qir. Balki undagi ayrim narsalarni men xohlagandek hech kim anglamas. Buni ham bilaman. Lekin baribir bu kitoblarni qadrlaydigan, javonida asraydigan bir nechta odam topilishiga ishonaman. Undagi savollarga yillar davomida javob izlaydiganlar, men boshlab bergan yo‘nalishni davom ettiradiganlar, mendan ham yaxshiroq yozadigan va fikrlaydiganlar chiqishiga ishonaman. Men siz kutgandek Nitsshe bo‘lolmadim. Balki Spinoza ham, Kant ham bo‘lolmasman. Lekin oramizda ulardan ham kuchliroq fikrlaydigan bo‘lajak faylasuflar borligiga ishonaman. Men uchun kitobning haqiqiy davomiyligi ham shunda. Muallif o‘ladi, kitob esa qoladi. Kitob ham bir kun eskiradi. Ammo undagi savollar boshqa bir insonning tafakkurida davom etsa, demak, ijod bekorga qilinmagan. Agar bu istagim amalga oshmasa, boshida aytganimdek, ikkala kitobni ham o‘sha qadrdon birodarimga topshiraman. Ularni nashr qilish yoki qilmaslik esa uning ixtiyorida qoladi. @islom_nurmurod
1 535
12
O‘z-o‘zidan lazzatlanish epidemiyasi yoxud autoerotizm Bugun ham uyga kelib biron bet ham kitob o’qimadim, faqat telefonda gaplashdim va biroz g‘alati mavzu haqida yozgim keldi. Hech o’ylab ko’rganmisiz, nega odamlar o‘z rasmlarini bunchalik ko‘p ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirishga ehtiyoj sezadi? Masalan, bir qiz chiroyli kiyinib oldi. Oynaga qaradi. O‘ziga yoqdi. Keyin telefonini oldi, bir nechta rasmga tushdi. Eng chiroylisini Instagramga joyladi. Keyin esa vaqti-vaqti bilan kirib qaraydi: Kim like bosdi? Kim ko‘rdi? Kim nima deb yozdi? Ayniqsa kimningdir e’tibori kutilgan bo‘lsa, uning ko‘rgan-ko‘rmaganini ham tekshirib turadi. Bu faqat qizlarga xos emas. Yigitlarda ham xuddi shunday. Faqat ko‘rinishi boshqacharoq bo‘lishi mumkin. Xo‘sh, nega biz bunday qilamiz? Chunki insonga qadrlanish kerak. Ba’zida bizga kimdir: “Chiroylisan” deyishini xohlaymiz. Ba’zida: “Zo‘r ko‘rinyapsan” degan bitta gapning o‘zi kayfiyatimizni ko‘tarishi mumkin. Ba’zida esa kimningdir aynan bizning rasmimizni ko‘rishi muhim bo‘lib qoladi. Buning o‘zi yomon narsa emas. Inson ijtimoiy mavjudot. Bizga boshqalarning e’tibori va e’tirofi kerak. Muammo bu ehtiyoj me’yoridan oshib ketganda boshlanadi. Bugun bitta rasm yetarli. Ertaga yana bittasi kerak. Keyin yana chiroyliroq kiyim, yana yaxshiroq joy, yana boshqa poza. Va asta-sekin inson: “Men o‘zimga yoqamanmi?” degan savoldan ko‘ra, “Boshqalarga yoqyapmanmi?” degan savolni ko‘proq bera boshlaydi. Eng qizig‘i, ijtimoiy tarmoqlar bunga juda qulay sharoit yaratib bergan. Avvallari o‘zimizni tasdiqlatish uchun bir nechta odamning e’tibori yetardi. Bugun esa bu e’tibor ehtiyoji tinimsiz oshib boruvchi to’yinmas jarayon. Hozir esa bir kunda yuzlab, minglab odamlarning reaksiyasini olishimiz mumkin. Like bosiladi, kayfiyat ko‘tariladi. Ko‘rilishlar ko‘payadi, o‘zimizni kerakli his qilamiz. Izohlar keladi, yana rasm qo‘ygimiz keladi. Shunday qilib, o‘zimiz haqimizdagi tasavvurimizni asta-sekin boshqalarning reaksiyasiga topshirib qo‘yamiz. Balki shuning uchun ayrim odamlar hayotida hamma narsa yaxshi bo‘lmasa ham, Instagramda hammasi juda chiroyli ko‘rinadi. Chunki ular hayotini emas, o‘zlari haqidagi tasavvurni boshqalarga namoyish qilish bilan ovvora. Qizlarning muntazam rasmlarini joylashi ham shunday bo‘lishi mumkin. Balki u shunchaki chiroyli ko‘rinayotganini boshqalarga ham ko‘rsatishni xohlayotgandir. Balki kimningdir e’tiborini kutayotgandir. Balki o‘ziga bo‘lgan ishonchini boshqalarga o’zini tasdiqlatish orqali mustahkamlashga urinayotgandir. Balki shunchaki bundan zavq olayotgandir. Buni tashqaridan turib aniq bilib bo‘lmaydi. Shuning uchun men “rasm qo‘yadiganlarning hammasi “narsissist” demoqchi emasman. (O’zim ham rasm qo’yaman shu o’rinda aytib o’tay.) Gap rasmda emas. Gap biz o‘z qadrimizni qayerdan olayotganimizda. Agar hech kim like bosmasa ham o‘zingizni qadrlay olsangiz, muammo yo‘q. Agar hech kim izoh yozmasa ham o‘zingizdan mamnun bo‘la olsangiz, muammo yo‘q. Agar Instagram yoki Telegramga umuman rasm qo‘ymasangiz ham o‘zingizni mavjud va qadrli inson deb his qila olsangiz demak, o‘zingizni hali yo‘qotmagansiz. Chunki eng xavflisi o‘zini sevish emas. Meningcha eng xavflisi, o‘zini faqat boshqalarning ko‘zida sevishga o‘rganib qolishdir. @islom_nurmurod
1 555
13
Demak, oradan bir kun o‘tdi. Shu vaqt ichida 10 dan ortiq postlar menejer profiliga kelib tushdi. Hammasini diqqat bilan o‘qib chiqdim. Har biri o‘ziga xos va eng muhimi samimiy. Shuncha inson mening ijodimni, o‘zimni qadrlashi, menga befarq emasligi, ko‘pchilik ichida menga aytmoqchi bo‘lgan gaplarini shu tarzda yetkazgani, hatto video shaklida fikrlar yuborgani, albatta, quvonarli. Xullas, bu mening og‘ir karvon ko‘nglimni bir qadar ko‘tardi. Shuning uchun yana bir narsani aytgim keldi, yozish kerak, do‘stlar. Yozing. Har kuni yozing. Ichki kechinmalaringizni yozing. Mayli, birov o‘qishi uchun bo‘lmasin. O‘zingiz uchun yozing. Hech kimga ko‘rsatmasangiz ham mayli. Kanal ochib yozing, daftar tutib yozing, nima farqi bor? Hamma yozuvchiga aylandi, yangi tendensiya, balo degan gaplarga tupuring va yozing. Yozish odamga o‘zini tushunishga yordam beradi. Ba’zan ichingizda nima bo‘layotganini o‘zingiz ham bilmaysiz. Yozishni boshlaganingizda esa o‘zingizni o‘zingizga tushuntira boshlaysiz. Mayli, kanal yuriting. Atrofingizga sizga o‘xshagan, sizni tushunadigan odamlar to‘planadi. Hamfikrlar paydo bo‘ladi. Balki siz o‘zingizni yolg‘iz deb o‘ylab yurgan paytingizda, aslida sizni tushunadigan juda ko‘p odamlar borligini bilib qolasiz. Eng muhimi esa hamma narsa sotilayotgan, tobora soxtalashib borayotgan bu chirkin dunyoda qalbingizni saqlab qoling. Mayli, uni parchalashsin. Mayli, oyoqosti qilishsin. Faqat umidingizni so‘ndirmang. Siz ham ular kabi bo‘lib qolmang. Samimiylikdan, o‘zingizga va boshqalarga nisbatan haqqoniy munosabatdan voz kechmang. Chunki oxir-oqibat insondan qoladigan eng qimmat narsa, uning dunyoga qanchalik moslashgani emas, o‘zligini qanchalik saqlab qololgani. @islom_nurmurod
1 520
14
Musobaqa qilamizmi? O‘ylab qarasam, o‘qirmanlarim uchun shu vaqtgacha deyarli hech qanday konkurs yoki musobaqa uyushtirmagan ekanman. Faqat jiddiy postlar, falsafa, ilm-fan bilan sizlarni qiynab keldim. Xullas, bu safar biroz boshqacharoq qilamiz. Ikkita g‘olib bo‘ladi. 2-o‘rin sohibiga - o‘zi tanlagan 5 ta kitobni shaxsan o‘zim olib beraman. Xohlasa online, xohlasa yuzma-yuzma ko’rishib birga kitob do’koniga kirib tanlaymiz. 1-o‘rin sohibiga esa huddi yuqorida aytib o’tganimdek 5 ta kitob va eng muhimi, men bilan yuzma-yuz bookcafeda uchrashuv. Hisob-kitobini ham o‘zim qilaman. Endi ishtirok etish shartlari juda oddiy. Deyarli hammangizning kichik yoki katta Telegram kanallaringiz bor. Obunachingiz 10 ta bo‘ladimi, 10 mingta bo‘ladimi, farqi yo‘q. Siz mening kanalim yoki shaxsim haqida bitta post yozasiz va postda albatta mana shu kanal nikini qoldirasiz: @islom_nurmurod Postning mavzusi, uslubi va qanday yozishingiz o‘zingizga havola. Faqat men haqimda nimadir yozishingiz kerak. Qolganini ijodingizga qo‘yib beraman. (Shu bahonada kanalingizdagi postlarni shaxsan o’qishim, agar yoqsa bepul kanalimda tavsiya qilishim ham mumkin, ehtimol a’zo ham bo’larman.) G‘oliblarni esa boshqa konkurslardagidek ovoz, like yoki obunachilar soniga qarab aniqlamayman. Buning turli variantlarini o‘ylab ko‘rdim, lekin hech biri menga ma’qul kelmadi. G‘oliblarni shaxsan o‘zim tanlayman. Ya’ni kimning posti menga ko‘proq yoqsa, kim o‘ziga xosroq fikr bildirsa, kim boshqacharoq yondashsa, o‘sha g‘olib bo‘ladi. Ishtirok etish uchun 5-sentabrgacha vaqtingiz bor. “Booklover”lar uchun yaxshi imkoniyat. 5-sentabr kuni g‘oliblarni e’lon qilaman. Postlarni shu profilga jo’natasiz: @manageraccountin Hammaga omad! @islom_nurmurod
1 608
15
Umrim davomida hayotga doir ko‘plab keskin xulosalarga keldim. Ba’zilar bu xulosalarim noto‘g‘ri ekanini isbotlashga urinarkan, hayot esa aksincha qayta-qayta ularning to‘g‘riligini isbotladi. Darhaqiqat, bir vaqtlar bir ustozim aytganidek, ehtimol men yoshimga nisbatan juda tez qariyotgandirman. Va faylasuf bo’lishning bir o’ziga xos tomoni shuki, seni uncha-muncha narsalar hafsalangni pir qilolmaydi, seni hayratlantirolmaydi. (Bunga sabab o’sha xulosalar.) Garchi ba’zi hollarda o’zing uchun yaratib olgan olaming ichida yashasang ham, favqulotda juda tez reallikka qaytishing va vaziyatlarni ratsional tafakkur bilan tahlil qilishing mumkin. @islom_nurmurod
1 645
16
Nu, shunaqa gipotezalar ham bor. Agar shu gaplar to’g’ri bo’lsa, o’zi 29 ga kirgan Sotimxon yana kamida 10 yil uylanmay shuna
Nu, shunaqa gipotezalar ham bor. Agar shu gaplar to’g’ri bo’lsa, o’zi 29 ga kirgan Sotimxon yana kamida 10 yil uylanmay shunaqa qarama-qarshi jins vakillarini “qisib” o’tirishiga moddiy jihatdan kuchi yetar darajaga chiqish uchun eshshakdek ishlashiga to’g’ri keladi ) Lekin unda yana bitta variant bor, eng tinch, eng primitiv va xavfsiz bo’lgan. Ya’ni u tinchgina qishlog’idagi onasi aytgan o’sha soddagina, xushbichim Oybodoqqa uylanib, uni shunchaki bir oyda bir marta qimmat restoranlarga oborib ham hayron qoldirib, emotsiyalar berib baxtli qilish orqali o’zi ham baxtga erishishi mumkin. Das ist Realität, mein Freund! ))) P/S: Videodagi fikrlarni muhokama qilishiz, tanqid qilishiz yokida ma’qullashiz uchun pastda comment ochiq, xullas )) @islom_nurmurod
1 768
17
Xullas, hech kim asl mohiyatni anglamadi. Aksincha, ular shunchaki ayollarga bo’lgan kuchli sevgi-muhabbati sabab dunyodan toq o’tgan ) @islom_nurmurod
1 600
18
Kelajakdagi transgumanizm davrida falsafaning ahamiyati qanday bo‘ladi? Uning ta’sir doirasi qanchalik kengayadi? Yoki inson “qanday yashash kerak?” degan savolni berishni ham to‘xtatishga yetib borishi mumkinmi? Buni bilmayman. Buni vaqt ko‘rsatadi. Va qariyb 10 kunlik tanaffusdan so’ng, yomg’irlar fasli tugab, yana ijodga, ilm-u fanga qaytdim. Boshqa yo’lim qolmadi ) @islom_nurmurod
1 736
19
Falsafa o‘zi nima? Mana shu jumla bilan boshlanuvchi postni ikkinchi marta yozishim. Bundan taxminan 7–8 oy avval ham yozgandim. Xullas, vaqt o‘tishi bilan ba’zi yozgan esselarim o’zimga o’ta sayoz va yuzaki tuyula boshlaydi. Falsafa haqidagi fikrlarim ham vaqtlar o’tib, ayniqsa Fridrix Engels, Mishel Fuko, Jan Bodriyar kabi gigant faylasuflarni kitoblarini o’qigach, hozirda o‘zgarishga uchrayapti. Shuning uchun yana yozishga va o’sha avvalgi postimni qisman to’ldirishga qaror qildim. Men hozir falsafani alohida bir fan sifatida ko‘rmayman. U fanlarning yonida, ba’zan esa ularning ortidan yuradigan, fan javob topgan joyda ham yana savol beroladigan tafakkur shakli hisoblanadi. Faylasuf doimo istisno holatlarga e’tibor berishi kerak deb o‘ylayman. Chunki fan ko‘proq umumiylikni, qonuniyatni qidiradi. Falsafa esa shu umumiylik ichida yo‘qolib ketayotgan alohidalikni ko‘rishga harakat qiladi. Bir vaqtlar fanlarning ko‘pchiligi falsafadan ajralib chiqdi. Bugun esa falsafa yana ularga qaytib, ularning asoslarini, chegaralarini va oqibatlarini savol ostiga qo‘yadi. Fizika borliqni qanday tushuntiryapti? Biologiya insonni qanday tushuntiryapti? Sun’iy intellekt ong va tafakkur haqidagi tasavvurimizni qanchalik o‘zgartiradi? Gen muhandisligi insonning o‘zini o‘zgartirish imkonini bersa, biz bunga qanchalik haqlimiz? Fanning vazifasi ko‘pincha “nima mumkin?” degan savolga javob berishdir. Falsafa esa “ho’p, mumkin bo‘lsa, shuni qilish qanchalik to’g’ri?” degan savolni beradi. Faylasuf faqat borliqni anglashga, kuzatishga va tahlil qilishga urinib yashashi kerakmi yoki uni o‘zgartirishga ham urinishi kerakmi? degan savol tez-tez hayolimda aylanardi. Bu savolga Karl Marks va Bertrand Russell kabi mutafakkirlar turlicha munosabatda bo‘lgan. Marks falsafani dunyoni faqat talqin qilish bilan cheklab qo‘ymay, uni o‘zgartirish masalasini ham o‘rtaga qo‘ygan. Neopozitivizm vakili, nobel mukofoti sovrindori lord Bertrand Russell esa falsafaning tanqidiy va intellektual vazifasini boshqa yo‘nalishda ko‘rgan. Va Marksni deyarli faylasuf emas deb hisoblagan. Menimcha, bu savolning hali ham aniq javobi yo‘q. Chunki borliqni tushunmasdan uni o‘zgartirish xavfli. Lekin uni tushunib turib, unga mutlaqo befarq qolish ham falsafaga unchalik o‘xshamaydi. Biz sun’iy intellekt yaratamiz, genlarni o‘zgartiramiz, inson umrini uzaytirish yo‘llarini izlaymiz. Kelajakda transgumanizm insonning biologik chegaralarini ham o‘zgartirishi mumkin. Ammo inson qila olishi mumkin bo’lgan narsalarni hammasini aslida qilishi kerakmi? Aynan shu yerda falsafaga ehtiyoj paydo bo‘ladi. Lekin postmodernizm bu masalani osonlashtirmadi. Aksincha, universal haqiqatlar, yagona ma’no va umumiy axloqiy mezonlar haqidagi ko‘plab da’volarni shubha ostiga qo‘ydi. Bu, bir tomondan, bizni mutlaq haqiqat deb qabul qilgan narsalarimizni qayta ko‘rib chiqishga majbur qildi. Boshqa tomondan esa, hamma narsa nisbiy degan fikrga juda oson kelib qolish xavfini tug‘dirdi. Agar hamma narsa nisbiy bo‘lsa, unda yaxshilik va yomonlikni nimaga qarab ajratamiz? Agar har bir insonning haqiqati faqat o‘ziniki bo‘lsa, unda ikki inson o‘rtasidagi haqiqatni qanday topamiz? Ba’zan buni shaxsiy hayotimizda ham ko‘rishimiz mumkin. Bir insonning sukutini o‘zimizcha izohlaymiz, uning qarorini o‘zimizcha tushuntiramiz, keyin esa o‘sha tushuntirishni haqiqat deb qabul qilamiz. Lekin insonni tushundim deb o‘ylagan paytimizda ham, balki biz uning o‘zini emas, u haqidagi tasavvurimizni tushunayotgan bo‘lamiz. Falsafa esa aynan shu yerda yana bezovta qiladi. U bizni nafaqat boshqalardan, balki o‘z xulosalarimizdan ham shubhalanishga majbur qiladi. Shuning uchun falsafa men uchun tobora ko‘proq javoblar yig‘indisi emas, savollarni yo‘qotmaslik qobiliyatiga aylanib boryapti. Bugun ilm-fan juda tez rivojlanmoqda, texnologiya esa undan ham tezroq. Ammo texnologik taraqqiyot bilan birga ma’no, axloq va inson haqidagi savollar ham yo‘qolib ketmaydi. Aksincha, balki ular yanada ko‘payadi.
1 575
20
https://youtu.be/SB6m-jxdSSU?si=FrqPbLfCVCefj1fK
1 736