cookie

Ми використовуємо файли cookie для покращення вашого досвіду перегляду. Натиснувши «Прийняти все», ви погоджуєтеся на використання файлів cookie.

avatar

Peshku tuman ixtisoslashtirilgan maktab (rasmiy)

Peshku tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning Telegram kanali Murojaat uchun: 👉https://www.facebook.com/groups/916810355962248/?ref=share&mibextid=NSMWBT 👉https://t.me/Peshku_PTMAbot

Більше
Рекламні дописи
594
Підписники
-224 години
-97 днів
-230 днів

Триває завантаження даних...

Приріст підписників

Триває завантаження даних...

Repost from Xushnudbek.uz
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Nega Prezident maktablari imtihonida javoblar qalamda yoziladi, ruchkada emas?JAVOB: Kecha, 7-iyul kuni yurtimizdagi Prezident maktablarida imtihonlar bo‘lib o‘tdi. Bir necha yildan buyon bo‘ladigan ushbu imtihon jarayonlarida har yili ota-onalar nima uchun o‘quvchilar javoblarni qalamda bo‘yayotganiga qiziqishadi va buni hattoki korrupsiya alomati deb o‘ylashadi. Garchi har yili bunga tushuntirish berilsada, o‘ylaymanki, yana bir bor izoh berish zarar qilmaydi. Gap shundaki, Prezident maktablariga kirish imtihonlarini Buyuk Britaniyaning Cambridge Assessment tashkiloti o‘tkazadi. O‘zlari savol tuzadi, javoblarni ham o‘zlari yig‘ib oladi, o‘zlari tekshirib, natijalarini saytida chiqaradi. Javoblarni qalamda belgilash talabi aynan Cambridge Assessment tashkiloti tomonidan qo‘yilgan. Biznikilar oladigan imtihonlarning barchasida ruchka ishlatiladi. ❓Nega qalam talabi qo‘yilgan? Chunki bu psixologlarning talabi va tavsiyasi. Ruchka ishlatish yosh bolalarning ruhiyatiga salbiy ta’sir qilishi mumkin, sababi xato qilib qo‘ysa, ruchkani o‘chirib bo‘lmaydi, bu esa bolalarda stressni keltirib chiqaradi, xato qilishdan qo‘rqib qoladi. Shu sababli nafaqat Britaniya, balki dunyoning ko‘plab davlatlaridagi maktablarda qalamdan foydalanish qabul qilingan. Ayniqsa boshlang‘ich sinflarda. Chunki qalam bolalarga erkinlik va xotirjamlik beradi. Agar xorij filmlariga e’tibor bersangiz, talabalar va hattoki katta yoshli insonlar ham ko‘pincha qalamda yozayotganiga guvoh bo‘lishingiz mumkin. Umuman olganda bizda ham, hech bo‘lmasa, boshlang‘ich sinflarda qalamdan foydalanishga o‘tish kerak. Shunaqa madaniyatni shakllantirishimiz lozim. Ruchkani butunlay taqiqlash kerak. Xullas, ushbu jumboqning javobi shunaqa. Qalam ishlatishda qanaqadir korrupsiya yoki qing‘irlik maqsadi yo‘q. 👉 @xushnudbek 👈
Показати все...
👍 10❤‍🔥 2🏆 2🫡 1
TAYANCH IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARNING KIRISH IMTIHONLARI 9-, 10-IYUL KUNI BO‘LIB O‘TADI 🗓 Joriy yilning 9-, 10-iyul kuni Muhammad al-Xorazmiy, Mirzo Ulugʻbek hamda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktablari uchun kirish imtihonlari o‘tkaziladi. ✅ Bu yil har yilgidan farqli ravishda hududlardan hujjat topshirgan talabgorlar uchun kirish imtihonlari o’z hududlarida – Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida bo’lib o’tadi. Yaʼni hududlardan mazkur maktablarga hujjat topshirgan oʻquvchilarning imtihonda qatnashishi uchun Toshkent shahriga kelishlari talab etilmaydi.  ❗️Diqqat, Toshkent shahridagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi hamda mazkur maktabning Nukus shahri, Andijon va Samarqand viloyatlaridagi filiallari uchun kirish imtihoni bir vaqtda bo‘lib o‘tadi. ⏰ Talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun 90 daqiqa vaqt beriladi. 📌  Eslatib o‘tamiz, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan (90 daqiqa) tashqari, kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi. 📲 Har bir talabgorning ariza.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma yuboriladi. 📥  Shundan so‘ng, imtihon o‘tkaziladigan joy nomi va vaqti to‘g‘risidagi ma'lumotni shaxsiy kabinetingiz orqali yuklab olishingiz mumkin. @piimatestbot yordamida agentlik tomonidan e’lon qilingan na’munaviy testlarni bajarib imtihonlarga tayyorlanishingiz mumkin. ✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Показати все...
Ta'lim nazorati

Ta'lim nazorati (yangiliklar, muammolar, tahlillar) Savollar bo‘yicha: @Uztdibot Hamkorlik bo‘yicha: @Uztdihamkorbot

👍 1
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#imtihon_2024 #prezident_maktabi 📣📣📣📣📣 🔔 AGENTLIK TIZIMIDAGI PREZIDENT MAKTABLARIGA ARIZA TOPSHIRGAN TALABGORLAR UCHUN ESLATMA! 📌 Imtihonga kirish uchun quyidagi hujjatlar talab etiladi: ➖ shaxsni tasdiqlovchi hujjat – tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnomaning asl nusxasi; ➖ http://ariza.piima.uz saytidan yuklab olingan ruxsatnoma. 🗣Imtihonlar 2 smenada – 08:00, 12:00da bo‘lib o‘tadi. Quyidagi hollarda talabgor imtihonga kiritilmaydi: ➖tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnoma va http://ariza.piima.uz saytidan yuklab olingan ruxsatnomasiz kelgan talabgorlar; ➖imtihon boshlanishi belgilangan vaqtdan kechikib kelgan talabgorlar. ✔️ Talabgor imtihonga ruxsatnomada belgilangan vaqtdan 1 yarim soat oldin kelishi shart. 📍Maʼlumot uchun, Toshkent shahri va Toshkent viloyatining imtihonlari Toshkent shahrida boʻlib oʻtadi. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Показати все...
👍 3🔥 1
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#imtihon_manzillari #imtihon_2024 #Prezident_maktablari ❗️MUHIM ESLATMA 📆 Ertaga, 7-iyul kunidan Prezident maktablariga kirish imtihonlarinig 1-bosqichi boshlanadi! 🌐Ota-onalarga yanada qulaylik yaratish maqsadida, imtihonlar bo‘lib o‘tadigan manzillar ro‘yxati Agentligimizning rasmiy saytiga joylashtirildi. 📶 Quyidagi havola orqali farzandingiz qaysi manzilda imtihon topshirishini bilib olishingiz mumkin: 📍MANZILLAR ROʻYXATI Telegram | X
Показати все...
👍 4🫡 1
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#imtihon_2024 #Prezident_maktablari ❓PREZIDENT MAKTABLARIGA KIRISH IMTIHONLARI QAYSI FANLARDAN VA QANDAY TARTIBDA O‘TKAZILADI? ✅Prezident maktablariga kirish imtihonlari ikki bosqichda quyidagi fanlardan o‘tkaziladi. 1-bosqich kirish imtihonlari — matematika fanidan jami 30 ta topshiriqdan iborat test shaklida o‘tkaziladi. Masalalar murakkablik darajasiga qarab uch toifaga bo‘linadi: 1) 10 ta yengil darajadagi savollar (A toifa); 2) 10 ta o‘rtacha darajadagi savollar (B toifa); 3) 10 ta murakkab darajadagi savollar (C toifa).
⏱Eslatma, 1-bosqich imtihonlarida talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun 60 daqiqa vaqt beriladi. ❗️DIQQAT, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan (60 daqiqa) tashqari, kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Показати все...
👍 3🏆 1
Фото недоступнеДивитись в Telegram
⚡️Besh tashabbus olimpiadasi doirasida sportning shashka turi bo'yicha musobaqaning TUMAN bosqichi 6-IYUL kuni Yoshlar ishlari agentligi binosida bo'lib o'tadi. Shashka bahslarida erkaklar va ayollar yakkalikda 16-21, 22-26 va 27-30 yosh toifalarida o'zaro bellashadilar. Eslatib o'tamiz musobaqada sektor bosqichida g'oliblikni qo'lga kiritgan yoshlar ishtirok etadi. Bizni kuzatib boring👇👇👇 https://t.me/YIA_Shofirkon_tumani Savol va takliflaringiz bo'lsa bizga yuboring biz sizga yordam beramiz @ShofirkonYIA_bot 👈
Показати все...
🙏 1🫡 1
#Peshku_tuman_IM 🎗Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti tashabbusi bilan iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularning intellektual salohiyatini qoʻllab-quvvatlash,ragʻbatlantirish va ingliz tili fanidan bilimlarini oshirish maqsadida 1-11- sinf o’quvchilari o’rtasida tashkil qilingan “Ingliz tili bilimdoni”olimpiadasi 2-mavsumida maktabimizning 9-“B” sinf oʻquvchisi Baxshilloyeva Nigina ishtirok etdi va IX sinf oʻquvchilari orasida 1-oʻrinni egalladi. 🏆 IX SINF 🏆 🥇I o’rin- 1 ta- Baxshilloyeva Nigina- Peshku tuman Ixtisoslashtirilgan maktab-91 ball 🥈II o’rin- 1 ta- Normamatov Shohjahon- Buxoro shahar, 35-IDUM- 88 ball 🥉III o’rin - 1 ta- Soliyev Feruz , Buxoro tuman, 30-maktab- 79 ball 🎖Bilimga chanqoq, intiluvchan va shijoatli oʻquvchimiz Niginani ushbu ajoyib natijani qoʻlga kiritganligi va maktabimiz nomini butun Buxoro viloyatida tanilishiga sababchi boʻlganligi bilan maktab ma’muriyati nomidan minnatdorchilik bildiramiz va yutuqlari bardavom boʻlishini tilab qolamiz!
Показати все...
🔥 13🏆 4👍 3 2 1❤‍🔥 1🤩 1🫡 1
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#imtihon_2024 #prezident_maktabi ⚡️⚡️Prezident maktablari saralash imtihoni uchun ruxsatnomalar chiqa boshladi❗️ ✅ Imtihon ruxsatnomasini shaxsiy kabinetingiz orqali yuklab olishingiz mumkin. Ruxsatnomada imtihon o‘tkaziladigan joy nomi va vaqti to‘g‘risidagi ma'lumot ko‘rsatilgan. 📨 Shaxsiy kabinetga ushbu havola orqali kirishingiz mumkin https://ariza.piima.uz/application/cabinet 👉👉 t.me/PMTESTS
Показати все...
❤‍🔥 2💯 2🫡 1
00:31
Відео недоступнеДивитись в Telegram
#ибрат Кичик ҳаракатлар катта натижаларга сабаб бўлади... Нишонига тегадиган гаплар фақат бизда: @nishondagi_gaplar_tegadi
Показати все...
video0 (online-vide.mp44.10 MB
👍 9❤‍🔥 3🫡 1
02:17
Відео недоступнеДивитись в Telegram
PESHKU MCHS.mp467.74 MB
👍 3🫡 3❤‍🔥 1🔥 1
Оберіть інший тариф

На вашому тарифі доступна аналітика тільки для 5 каналів. Щоб отримати більше — оберіть інший тариф.