Elga yor (Elyor)
Відкрити в Telegram
Kechinmalarim Aloqaga chiqish uchun: elyorgamurojat@gmail.com ga yozing! Yoki Telegramdan to’gridan to’gri shaxsiyga yozing.
Показати більше1 071
Підписники
+224 години
+37 днів
+11930 день
Архів дописів
1 071
Ishxonamizda yilning har hir choragida so’rovnoma o’tkazilib turadi.
So’rovnoma har xil mavzularda bo’ladi. 인사팀 (O’zbekchaga qanday tarjima qilsam bo’ladi? HR) ushbu so’rovlarni o’tkazib, do’stona muhit qilishni ta’minlashga harakat qiladi.
Men ham so’rovnomada ishtirok etganim uchun ushbu kuponni yutib olibman.
Starbucks ichmay qo’yganim sabab, xamkasbimga berib yubordim. O’tgan safargidek:)
Ko’p programma va tanlovlarga ham qatnashib qo’ydim, javobini kutayabman. Yutsam albatta sizlarga ham ulashaman, natijani😂
1 071
▶️YouTube platformasidagi eng mashhur siyosat yo'nalishidagi bloggerlaridan Johnny Harris kutilmaganda Gulnora Karimova haqida "Siz hech qachon eshitmagan eng ko'p nafaratlaniladigan ayol" nomida videoni e'lon qildi. Video 11soat oldin platformaga joylangan.
@Elyorbilan
https://youtu.be/dLS450xck1I?si=lG3_-1e4scI7eDMa
1 071
Hozirgina oy kraterlarini olishga muvaffaq bo’ldim. Keyingi safar fokus, va oy aylanish tezligini chamalay olsam bo’lgani.
Oy yerdan 400,000 km uzoqlikda joylashganini hisobga olsak, kraterlarni ko’rish oson emas ekan. 🌔
1 071
Tajriba bu - yashalgan yillar emas,
Bu yillarni kengligi, ya’ni bu yillar davomida nima qilinganligi bilan o’lchanishi kerak.
Adam Grant kitobidan ilhomlanib..
1 071
범죄도시 4 ni bugundan kinozallarda tomosha qilish mumkin ekan. 3 dan ancha yaxshi deyishayabdi. Bu hafta dam olish kuni qiziqroq o’tadi shekil👽
1 071
+5
Teleskop 🔭 olganimdan habaringiz bo’lsa kerak…
Bugun aynan oy 100% 🌑yorishadigan kun edi. Ertaga 98% bo’ladi. Bulutlar to’smaganini hisobga olmaganda birinchi urinishning o’zida o’zgacha taasurot oldim.
Aynan qorong’i tomga chiqib kuzatishning gashti boshqacha. 😌
Oy, boshqa planeta va yulduzlarni ko’rish uchun mo’ljallangan linzalarigacha bor. Men hozircha oddiyidan foydalanib oldim bugun.
Erta indin, telefonni ulagan holda tiniqroq rasmga olishga urinib ko’raman, baribor o’z ko’zingiz bilan ko’rganga yetmas ekan..
Tog’risi koinot olamiga qiziqishim baland.👩🚀
Ishxonada 🔬, uyda esa 🔭
1 071
Bugun Braziliya davlatiga ilk vaksinalarimizni eksport qildik. Bu project Kate ga tegishli bo’lib, vaksinamizni registratsiya qilish uchun bir necha yillar kerak bo’ldi.
Kompaniyamizda yangi Davlat qo’shilsa, shunday ramziy rasmga tushish odati bor.
O’zbekistonga jo’natishda ham shunday rasmga tushish nasb qilsin😉
1 071
+4
Apple Watchga o’rgana olmadim.
Qulayliklari:
1. Telefonda gaplasha olish
2. Apple pay orqali xarid qilish
3. Ekranning biroz kattaligi
Noqulayliklari:
1. Quvvati 2 kunga qolmay tugashi
2. Menga biroz og’irlik qildi (Mibandga o’rganib qolgan ekanman)
Hadeb zaryadga qo’yish yoqmadi tog’risi.
Shu sabab Apple watch ni sotaman.
Garantiyasi hali bor, batareykasi ham 100%, keys taqib yurganim uchun shilingan joylari yo’q. Qo’shib remeshoklarigacha beraman. (O’zim sotib olgan)
Model: rasmga qarang.
Narxi: 300,000 won (Koreyada bepul yetkazib berish)
1 071
Biznikilarga nima bo’lgan hayronman.
어학당 (Til kursi) ga kelib davomatni 20% gacha tushurib yuborgan. Universitet o’qishdan haydashni aytsa boshqa yechim izlashga tushishayabdi.
Koreyaga o’qishga keldingmi yo ishgami?
Elementar narsalargacha e’tborsizlik qiladiganlar yaxshisi yukini yeg’ishtirib ketgani ma’qul. O’zi ku mayli, millat sha’nini ham ko’tarib yuradi bular.
Ps: Nb ni konspekt yozib tog’irlayman degan shekil, shovvoz. O’qish doimo davomat haqida ogohlantiradi.
1 071
Huddi shunga o’xshashidan 2016 yil Toshkentda Koreya universistelari ko’rgazmasida olgan edim. Niyat qilib, shunday narsalarimdan ko’p bo’lsaydi ancha foydalanardim deb o’zimga o’zim aytganim hali ham esimda.
Oradan 8 yil o’tdi, haqiqatda ko’p foydalanayabman. Ancha qulay bu kabi qo’shimchalar. 😉
1 071
Tunisiyalik 🇹🇳tanishim haqida.
Kecha Tunisiyalik tanishim Mariem Instagram tarmog’idan yozib qoldi. Incheon Xalqaro Aeroportiga rasmiy ishga joylashgani, chet elliklar bilan ishlash bo’limiga kirganini aytib rahmat deb qo’ydi.
Hayron bo’lib, nimaga menga rahmat aytasan, o’zing harakat qilganing uchunku desam..
U: Ha tog’ri, ammo sen o’tgan yili Sentabr oyida tarjimonlik uchun ish taklif qilgan eding. O’shanda sen bilan Iroqlik delegatsiyaga hamkorlik qilganmiz. Bu delegatsiya rasmiy tashrif buyurgan, va menga ishxonang tomonidan tarjimonlik qildi degan qog’oz berishgan edi. Incheon Xalqaro Aeroporti ish uchun bo’lgan 3-suxbatda Arab davlatlari Delegatsiyasiga xamrohlik qilgan tajribam bor yoki yo’qligini so’rashdi. Men ha deb, sening ishxonangda tarjimonlik qilganimni aytgan edim. Aeroportdagilar ishonch hosil qilish uchun, sen ishlaydigan Kompaniyaga telefon qilib so’rashibdi. U yerdagilar tarjimani, undan tashqari ko’p yordam bergan deb maqtashibdi. Shularni ham hisobga olib ishga olishdi chamamda… Senga kattakon rahmat, ishonib tarjimonlikka chaqirganing uchun, chet ellik do’stlar ortirganimdan juda xursand bo’ldim.. Incheonga kelsang albatta qo’ng’iroq qil, ovqatlanamiz!
Ushbu misralarni yozib yuboribdi. U uchun hursand bo’ldim, kichik hayot yo’lida sababchi bo’libman.
Ps: Meni ham chet ellik tanishlarim juda ko’p. Qaysidir payt, arab yoki yapon va boshqa chet tillariga tarjima qilishga tog’ri keladi. Rasmiy hujjat bo’lmasa, ishxonadagilar Elyor, tanishing bo’lsa so’rab ko’ra olasanmi deb iltimos qilishadi. Sababi agar tarjimonlik xizmat ko’rsatadigan tashkilot orqali qilinsa 500 mingdan 2 milliongacha olishadi kuniga. Meni tanishlarim esa 150-500 gacha qilib berishadi.
Networking deb shunga aytishadi.
Men ham ish topishimda chet ellik, qolaversa O’zbek tanishlarim sababchi bo’lishgan. Ulardan doimo minnatdorman!@Elyorbilan
1 071
Kechga taksi ushlagan edim. Uyga yetib kelishimga oz qolganda shunday sms keldi.
Nima sababdan bunday sms ni joriy qilishdi deb o’ylaysiz?
Bir necha yillar oldin Kakao Taxi dan bunday sms kelmas edi. Bir necha faktorga asoslanib yuborishadigan bo’ldi.
Taxmin qilib ko’ringchi?
1 071
❗️#Job #koreya
📍Koreyadagi kompaniyalarga ishga joylashmoqchi bo’lgan yurtdoshlarga tavsiyam:
1. Sohangiz bo’yicha bo’ladimi yoki yo’q agar tajribangiz bo’lmasa, boshlanishidanoq katta oylik bo’lmasligini tog’ri tushuning. Xo’sh nima sababdan bunday deyabman? Yon atrofingizdagilar, 2 millionga ham ishlaysanmi? Mana qara Tekpega yoki Pedal, “stroyka” da 15 kunda shu pulni topib qo’yaman deb qulog’ingizga tanbur chertishi mumkin. Ammo tajriba olish, karyera qilish uchun boshida katta oylik va’da qilinmaydi. Ularku, doimiy shu pulni topa olishar, ammo siz tajribali bo’lganingizda daromadingiz 2X-3X bo’lishu shubxasiz.
2. Ish topgan Kompaniyangiz tuzilishiga boqing, shunday kompaniyalar borki hali startap jarayonida. Juda kichik kompaniyaga ishga kirgan taqdiringizda ham ertaga E7 yoki F2 vizalari chiqmasligi mumkin. Sababi ish topdingiz aniq vizani o’zgartira olasiz degani emas.
3. Kompaniya xodimlarga taqdim qilayotgan sharoitlariga e’tibor bering. 복지 lari qay darajada, ertaga ishga kirganingizda o’zingizni majburlab bormaysizmi? Shunga ham ishonch hosil qiling. Shunday Kompaniyalar borki, masofadan turib ishlashga ham ruhsat berishi mumkin (IT sohasida). Bu esa keyinchalik O’zbekistonga borib kelishingizda foydangizga ishlaydi. Ishxona tomonidan taqdim qilinadigan imkoniyatkardan maksimal foydalaning. O’quv kursi, malaka oshirish, 자기개발, 복지포인트 (돈) ka’bi oddiy narsalar haqida so’rab ma’lumotga ega bo’ling.
4. Eng muhim jihatlardan biri, suxbat jarayonida sizdan xohishlaringizni so’raydi. Agar Musulmon bo’lsangiz, alkogol va halol bo’lmagan go’sht mahsulotlarini iste’mol qilmasligingizni oldindan ogohlantirib ayting. Sababi, o’sha payt aytmasangiz keyinchalik tushunmovchilik kelib chiqishi mumkin. Koreys Kompaniyasiga ishga kirganingizda “Koreys jamiyatining ajralmas qismi” 회식 kabi ovqatlanishlar ko’p bo’ladi. O’sha payt siz hech qanday hijolatsiz hohlagan taomingizni yeya olasiz. Qolganlar gapirsa ham siz ogohlantirgan bo’lasiz, shuni hisobga olib sizni ishga olishadi. Shu jihatlarni oldindan aytib tog’ri kelsam ishga oling, yoki yo’q deb aytish eng tog’ri yechim. Bu Koreyslar nazdida ham profissional yondashishdek tuyuladi.
5. Ish va shaxsiy hayotingizni ajratib olishga harakat qiling. Iloji boricha ijtimoiy tarmoqdagi akkauntlaringizni hamkasblaringizga aytmang. Sababi Koreyslar tashqaridan beozor yoki e’tiborsiz ko’rinsada sizni kuzatayotib, siz haqingizda bo’lar bo’lmas gaplar tarqatishi mumkin.
6. Kofe madaniyati: Siz biror bir hamkasbingizdan ko’proq ma’lumot yoki ish haqida tajriba olmoqchi bo’lsangiz, bir qahva kofega taklif qiling. O’sha yerdan bemalol dildan suxbat qura olasiz.
7. Kompaniya atmosferasi haqida ma’lumot izlab ko’ring. (Oldin ishlagan ishchilardan maslahat so’rang, misol uchun xodimni LinkedIndan qidirib topsangiz bo’ladi).
Chet elliklar uchun openmind yoki yo’qligini? 꼰대larni munosabatini shuningdek sizga stress ko’p beradimi yo’qmi shuni aniqlashtirib oling. Koreya eksport qilishga asoslangan davlat. Global bo’lishga harakat qilayotgan Kompaniyalarga kirsangiz mazza qilib ishlaysiz.
8. Microsoft 365 dan kerakli o’quv kurslarini tamomlang. Sababi oddiy Koreys xodimi bularni bajara olishi kerak, chet ellikdan ham shuni kutishadi.
9. Email yozish ma’daniyatini shakllantiring. Bu uchun Koreys yoki Ingliz tilida kitoblar yetarlicha. Koreyslarga emaildan foydalanishni boshlang’ich maktabdan boshlab o’rgatishadi (Men ishlagan maktabda ham shunday edi). Ammo O’zbekistonda qachondan boshlab o’rgatishini eslay olmadim.
10. Ishga joylashganingizda barcha bilan yaxshi munosabatda bo’lishga harakat qiling, lekin albatta masofani saqlang. Ishxonadagilar sizning oilangiz emas. Muhimi samimiy bo’ling.
Kimgadur bu tavsiyalar mos kelmasligi mumkin, ammo albatta zarar qilmaydi degan umiddaman. Qo’shimcha qilmoqchi bo’lsangiz marhamat. Koreyadagi “karyera” gizga omad yor bo’lsin!
@Elyorbilan
1 071
#qarz #oldiberdi 💰
Xohlaymizmi yo’qmi, baribir kim bilandur pul oldi berdi qilishga tog’ri keladi.
1️⃣O’z vaqtida qarzni qaytarish bu juda muhim. Sababi siz qarz olgan odam, vaqtida qaytarishingizni mo’ljal qilib reja qilgan bo’lishi mumkin. Ammo hech qanday ogohlantirishsiz o’z vaqtida bermasangiz, sizga yaxshilik qilgan odamga jabr qilgan bo’lishingiz mumkin.
2️⃣Qarz so’rashdan avval mulozamat ko’rsatib bir necha kun oldin hol ahvol so’rab qo’yish ham, bir tomondan odobli ko’rinsa ham, qarz beruvchi tomondan ikkiyuzlamachilikdek tuyiladi. Undan ko’ra, “srazu” Salom alikdan so’ng maqsadga o’tish qarz beradigan odamni ham vaqtini tejash bilan barobar.
3️⃣Shuningdek, siz kimdandur qarz so’radingiz deylik. Ammo u odam hozir imkoni yo’qligini aytdi. Shu payt siz u odamsan hafa bo’lishingiz, qarz bermagani uchun ma’lomat qilishingiz bu hudbinlik sanaladi. Axir u odam sizga qarz berish uchun ishlayotgani yo’qku tog’rimi? Uni ham o’ziga yarasha rejalari bo’ladi. Shunday ekan, bu faqat qarz so’rovchining muammosi, beruvchining emas.
4️⃣Hadeb qarz so’rayverish ham keyinchalik odatga aylanadi. Siz faqat qarz so’rash uchun telefon qilaversangiz, nima deb o’ylaysiz bu beruvchiga yoqadimi? Nima sababdan sizning muammoyingiz sabab qolganlar ter to’kishi kerak?
Ha aytgancha birovning nomiga kreditga pul olish ham, undan foydalanish bilan barobar.
Esimda, D2 vizalik paytim bir aka nomimga kredit olaylik deb telefon qilgan edi, ammo o’zini nomiga olgisi yo’q. Yaqin tanish, ammo bunday narsalarni hatto oila a’zolarim so’ramaydi, haddi sig’gani esa asabga o’ynagan edi.
Yana bir kishi pul so’rayvergach, imkonim yo’q ekanligini rejelarim borligini aytsam: U bo’lsa seni ham boshinga ish tushganda ko’ramiz balki qo’ng’iroq qilarsan deb kesatgan edi. U ham yaqin tanishim edi, o’sha kungacha. Tog’risida, men hozir kimgadur qarz berish uchun ishlayotganim yo’q, ko’rpangizga qarab oyoq uzating degim keladi ba’zida.
Balki ushbu jumlalarni o’qib ham turishgandur, bu gapni men bo’lmasam ham boshqa birov baribir aytar edi ularga.
Men eng yaqinlarga, ishonganlarimga qarz beraman agar imkonim bo’lsa. Bo’lmasa imkonim yo’q deb aytaman.
Uzur sizning ham vaqtingiz ketdi, ammo pul oldi berdi qilayotganingizda foydasi tegar deb yozdim.
@Elyorbilan
1 071
Kelayotgan Shanba kuni Seuldagi Yellow chickenda meni kechki ovqat kutib turgan emish😅
Yaqin bir ukamiz mexmon qiladigan bo’lib turibdi. Ancha bo’lgandi Yellow chickenga kirmaganimga.
Seulga borishdan asosiy maqsad boshqa, qo’limga olganimdan so’ng sizlar bilan ulashaman👋
1 071
Kitobni soni uchun emas,
Uqish uchun o’qish kerak.
Bir yilda “manashuncha” kitob o’qidim deb intervyu berayotganlar uqib o’rganganiga emas, odatda soniga urg’u berayotgan bo’ladi.
@Elyorbilan
Bu gapni men sizlarga Kitob savdosi bilan shug’ullangan inson sifatida aytayabman.
Вже доступно! Дослідження Telegram за 2025 — головні інсайти року 
