uk
Feedback
Elga yor (Elyor)

Elga yor (Elyor)

Відкрити в Telegram

Kechinmalarim Aloqaga chiqish uchun: elyorgamurojat@gmail.com ga yozing! Yoki Telegramdan to’gridan to’gri shaxsiyga yozing.

Показати більше
1 071
Підписники
+224 години
+37 днів
+11930 день
Архів дописів
Uydagilar bilan gaplashsa odam mazza qiladida:) Ukalarimga tarbiyaviy soatdan dars o’tib charchamayman 😁 O’zi Koreyada shunchaki hol ahvol so’rash maqsadida bor yog’i 1-2 kishi doimiy aloqaga chiqadi xolos. Bu aloqa ham bora bora kamayib ketayabdi chamamda. Hamma o’zi bilan o’zi ovvora. Avvalari bir oyda bir marotaba bo’lsa ham yaqin tanishlarga qo’ng’iroq qilib hol ahvol so’rab turardim. Hozir-ku o’zimga vaqt ajratishim mushkul. Dunyo ishlari bilan band bo’lib qolayabman.

Koreyada shu choyni ichishga odatlandim. Biroz asal qo’shilgan, juda shirin ham emas. Ayniqsa pastdigisi me’daga ham tegmas e
Koreyada shu choyni ichishga odatlandim. Biroz asal qo’shilgan, juda shirin ham emas. Ayniqsa pastdigisi me’daga ham tegmas ekan. O’zimga yoqganini sizlarga ham ilindim.

Money comes back, Memories don’t ✨

Networkingni kuchi!🌐 (Ijobiy jihatdan qaraganda, O’zimizdagi tanish bilishchilikdan farq qiladi) Bugun 2 nafar Koreys tanish
+1
Networkingni kuchi!🌐 (Ijobiy jihatdan qaraganda, O’zimizdagi tanish bilishchilikdan farq qiladi) Bugun 2 nafar Koreys tanishim yozib qolishdi. 1. Bir Koreys aka (qo’shiqchi) Arab tilini biladigan do’sting bormi deb so’rab qoldi. Avto ulov ekporti uchun kichik audio tarjimasi uchun Arab tilini biladigan odamni qidirayotgan ekan. Menda esa 2-3 kishi tanishim bor, ammo Mariam bilan birga ishlab ko’rganman, ishonchli qiz. Shu sabab o’sha qizni tavsiya qilib bog’lantirib qo’ydim. Haftada 2 kun 10 daqiqadan vaqt ajratib har kuni uchun 50 ming won zarar qilmas:) Mariam o’sha, men oldin aytgan Tunisiyalik qiz. Xozir Incheon xalqaro aeroportida ishlaydi. 2. Yana bir Koreys tanishim (Davlat idorasida ishlaydi) Daejeon Meri (hokim) kelgandan so’ng chet elliklarga bo’lgan o’zgarishlar va yana talab takliflar bo’yicha intervyu qilishmoqchi ekan. Meni tavsiya qilishmoqchiligini aytib yozishibdi. Daejeonda bir necha yillardan beri yashaganim bois va boshqa talablariga ham javob bergan ekanman. Qizig’i men ushbu xodimga O’zbekcha hujjatni “paytida” bepulga tarjima qilib bergan edim. (Oson edi shunga). Shu sabab ishonch borligi uchun ma’suliyatli ishni topshirishmoqchi shekil. Networkingdagi muhim jihat bu o’zaro ishonchdir. Men ham doimo ishonchli, o’z ustida ishlaydigan va farosati borlar bilan Networking o’rnatib kelaman. Albatta bir kun kelib, bir birimizga foydamiz tegadi. O’zi Networking foydasi tegish uchun emas, birga rivojlana olish uchun o’rnatiladi.
Bu haqida alohida You Tube ▶️ tarmog’i uchun video tayyorlayabman. Aynan Koreyada Networkingni o’rni haqida bo’ladi.

Quyida yana link qoldiraman. Qiziqsangiz ko’rib tinglang. Aslida men birinchi bor bu tarixni o’qiganimda alamga to’lgan edim. O’sha paytlar Dunyoning ishlari va O’tkan kunlarni ham o’qiyotgandim. Shu shu, katta guruh va kanallarimda Rus tilida bo’lsa tarjimasiz postlarni ataylab o’tkazmayman. Sabab: 1. O’zbek tili - Davlat tili 2. Shaxidlarga bo’lgan hurmatni saqlab qolish va yoddan chiqarmaslik! https://youtu.be/Ok_G6XFbG20?si=ExyH6Eq5H-Cg13Tj Fozil guruhi qo’shig’i https://youtu.be/E4zQxzJgwUM?si=B8avEXZwKRYX0fSL

Turfa olam, shuningdek, Abdukarim Mirzayev ham o’z You Tube kanalida aynan ushbu mavzuga ba’g’ishlab video chiqargan edilar. Bu juda ayanchli tarix. Afsuski bizga buni hammaga yetkazishmaydi, bilishsa ham Rossiyga simpatiyasi o’lmaydiganlar qancha.. Bu bo’yicha ajoyib qo’shiq aytgan - Qo’qon xoni Xudoyorxonning avlodi sanalmish Sevara Nazarxon qo’shig’iga link: https://youtu.be/HiR8XCTM9zs?si=HpyJT6PKDgizJLLG

#Qarg‘alar_uchsa_qaraylik_Marg‘ilonning_yo‘liga... Bu qo‘shiqni barchamiz “Yalla” guruhining ajoyib ijrosi orqali yaxshi bilamiz. Bundan tashqari, “Handalak” hajviy guruhining konsert dasturi boshlanmasida ham shu qo‘shiqdan foydalanilgan. Bugungi kunda Madaniyat vaziri lavozimini egallab turgan O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov ham Navoiy viloyatidagi Sarmishsoy darasida bo‘lib o‘tgan “Asrlar sadosi” festivalida ushbu qo‘shiqni bir oz o‘zgartirib kuylagan edi: “Qarg‘alar uchsa qaraylik Sarmishsoyning yo‘liga...” Kuni kecha efirga uzatilgan “Ilhaq” filmi ham bu qo‘shiqni yana bir karra yodimizga soldi. Xo‘sh, o‘zi bu raqsbop, xalqona kuyning yaratilish tarixi qanday bo‘lgan? Nega endi aynan Marg‘ilon yo‘li?! Nima uchun qarg‘alar uchgan vaqtida qarash kerak bo‘lgan?! O‘zi, shunday qo‘shiqqa bulbul, juda bo‘lmasa kaptar mosroq tushmasmidi?! Yo‘q! Tushmas edi. Chunki... Chunki, bu qo‘shiq siz va biz o‘ylagan bilgandek doira zarbi jarangi bilan raqsga tushishga majbur etuvchi sho‘xlikni emas, balki yuraklarni anordek siqib, qonini oqizguvchi dardni o‘zida ko‘tarib turadi. Keling, tarixga nazar solaylik. Oqposhshoning “muzaffar va g‘olib” qo‘shini - “ulug‘ og‘amiz” O‘rusiya askarlari O‘rta Osiyoni zabt etish uchun qattiq “yeng shimargan” vaqtlar. Bir uloqni uch tomondan talashib, horigan raqib uloqchidek turgan xonlik-u amirlik rahnamo xon-u amir, bek-u boyonlari birin-ketin o‘z bo‘ynini qullik zanjiriga egib, taslim bo‘lish payida yurgan payt. Ammo, oddiy xalq orasida bu qullikka rozilar yo‘q edi. Odamlar shusiz ham bir parcha yerini yana yarim qilishga intiladigan, erkiga, hurligiga chang soladigan har qanday begona qo‘lga qarshi turishga intilardi. Shunday intilishlar Marg‘ilon aholisi orasida ham kechayotgan edi. 1875-yilda shahar mudofaada qattiq qarshilik ko‘rsatadi. Ammo, kuchlar teng emas edi. Yaxshi harbiy tayyorgarlik ko‘rgan oqposhsho armiyasi va kazaklar polklari shaharni qo‘lga kiritadilar. Ana o‘shanda, haqiqiy Qiyomat yuz beradi - Oqposhsho buyrug‘iga binoan qarshilik ko‘rsatgan aholi ichidan yosh yigitlar va erkaklarning barchasini dorga osishga buyuradi. Qatl ruslar Marg‘ilonga kirib kelgan yo‘lda amalga oshiriladi. Boisi, bu barchaga, keyingi isyon boshlamoqchi bo‘lganlarga dars bo‘lishi kerak edi... Qatl amalga oshirilgach, maqtullarning jasadiga teginishga, ularni ko‘mishga ruxsat berilmaydi. Urinib ko‘rganlar esa, safni yana bir jasad bilan to‘ldirardi. Vaqt o‘ta boshlagach, quzg‘un (qora qarg‘a)lar jasadlarni yeyish uchun Marg‘ilonga yopiriladi. Marhumlarning yaqinlari esa, jasadlarni yana tahqir etilmasin uchun qushlardan himoya qilishga kirishadi - qarg‘alar ko‘ringani hamono, ularni haydash uchun yo‘lga yuguradilar. Bu hol qo‘shiqning birinchi baytida keltirilgan: “Qarg‘alar uchsa, qaraylik Marg‘ilonning yo‘liga...” Ammo, qushlardan himoya etgan bilan tabiatdan himoya etib bo‘lmasdi - kundan-kun jasadlar o‘zidan badbo‘y hid taratar, yo‘ldan o‘tishning, o‘tish tugul, unga yaqin yo‘lashning iloji bo‘lmay qoladi. Shu darajada-ki, hid butun shahar va yon-atrof qishloqlariga ham tarqaladi. Ammo, shunchalar yomon hid chiqsa-da, inson o‘z og‘asini, o‘z inisini, umuman, o‘z yaqinini “sassiq” deya olarmidi?! Xalq bu bo‘yni yoqimli iforga tenglaydi, xush bo‘ylarga tenglaydi. “Handalak bo‘ylik” deya ataydi marhumlarni: “Hidi kelsa, mast bo‘laylik, Handalakning bo‘yiga. Handalak bo‘ylikkinam, sen Unda zor, men bunda zor...” Kishilar uchun eng alamlisi o‘z yaqinlarini tuproqqa qo‘ya olmas edilar, loaqal teginish ham mumkin emas: “To‘tiqushning bolasidek Ikkalamiz intizor. Intizorlik torta-torta Tanda toqat qolmadi. Yo‘l chivindek sarg‘ayib, Ucharga holim qolmadi...” Bu qo‘shiq ana shunday qonli, qayg‘uli davr xabarchisi. Xalqning deyarli barcha kuyi o‘z dardini ifoda etgan. So‘zni tantanavor yakunlaymiz - Vatanning yaxshi kunini unutsangiz ham, yomon kunini unutmang! “Qarg‘alar uchsa, qaraylik...”

Repost from _Koreya_va_Qonun_
내일 배움 카드 Ushbu kartani quyidagi viza egalari olishlari mumkin. 신청 가능한 체류 자격: F-6 (결혼이민) F-5 (영주권) F-2 (거주) D-7 (주재) D-8 (기업투자
내일 배움 카드
Ushbu kartani quyidagi viza egalari olishlari mumkin. 신청 가능한 체류 자격: F-6 (결혼이민) F-5 (영주권) F-2 (거주) D-7 (주재) D-8 (기업투자) D-9 (무역경영) 신청 방법: A'zo bolish usullari: 온라인: HRD-Net 누리집에서 신청 가능합니다1 모바일: 고용노동부 HRD-Net 모바일 앱을 통해 신청할 수 있습니다. 방문: 거주지 또는 사업장 소재지 관할 고용센터를 방문하여 신청할 수 있습니다.
Ushbu karta orqali siz 3mln won atrofida kartangizga pul tushirishingiz mumkin. Hamda qo'shimvha 1 mln , 2 mln won davlatdan qo'shimcha sifatida olsangiz boladi.
Ushbu mablag'ni siz naqt pul sifatida olmaysiz , kartangizni o'z ustingizdan ishlashingiz kasb o'rganishingiz uchun yoki biror sohani organishingiz uchun ishlatishingiz mumkin . Shu bilan birgalikda biror kasbni organib ushbu HRD orqali ishga kirishingiz ham mumkin.
Agar ushbu karta sizda bolsa sizni qaramog'ingizda bolgan farzandlaringiz ham biror kasb yoki til o'rganish uchun bemalol foydalanishlari mumkin.
Aholini ilmiy salohiyatini o'stirish uchun yaratilgan ajoyib imkoniyatlarga boy plastik karta desa ham bo'ladi. Bundan tashqari ushbu karta orqali tekin HRD kurslarini oqisangiz ham boladi. Lekin ayrim fanlar yoki sohalar ushbu kartangiz bolsa ham 100 tolov qoplab berilmasligi haqida ogohlantiramiz. Misol uchun aeroport sohasida oqiganimizda oqish tolovi 1mln 200 bolgan bolsa ushbu karta orqali biz 20 foizini naqt tolaganmiz qolgan qismini esa 내일배움 카드 orqali tolaganmiz. Bundan tashqari IT boyivha yoki business boyicha oqib ushbu HRD ga reg qilib ozingiz ham dars bersangiz boladi agar vizangiz togri kelsa https://t.me/KoreyaQonun

Majlis tugagandan so’ng: Hamkasbim (8 yillik tajribasi bor) Elyor sizga bunday gapni aytishim qanchalik to’g’ri yoki noto’g’ri ekanligini bilmadimku, ammo majlisda gapirayotgan paytingiz qo’lingizni cho’ntagingizdan chiqarib fikringizni bildirganingiz yaxshi. Bu Koreyada biroz odobsizlik hisoblanadi, O’zbekistonda bunga qanday qarashadi yaxshi bilmayman. (Bo’lim boshlig’lari va team liderlar bor edi shunga) Men: Ha aytib qo’yganingiz uchun rahmat. Ammo keyin o’ylab qarasam, global bo’lmoqchi bo’lgan kompaniya shunday harakatlarga ham ogohlantirish beraversa o’sarmikan? Bir qo’limni cho’ntakga solgan holda do’skada mavzuni tushuntirgan edim.

Tassavur qilinglarey:) Ooo shahanshox siz buyuksiz (degandek bo’ldi)

Facebook da bir necha yillik adminlik faoilaytimda shuni tushunib yetdimki, shaxsni nomalum qilib “anonim” post qo’yadiganlar
+1
Facebook da bir necha yillik adminlik faoilaytimda shuni tushunib yetdimki, shaxsni nomalum qilib “anonim” post qo’yadiganlar 5 toifaga bo’linadi: 1. Beradigan savoli hijolatli bo’lganidan 2. Shaxsini ko’pincha ochiqlashni xohlamaydigan 3. Provokatsion post joylab tanqidni ko’tarolmaydigan 4. Kimgadur tuxmat qilgan holda o’ziga “muammo” ortirishni xohlamaydigan 5. Hali bu toifani aniqlaganimcha yo’q, balki siz tahmin qilib ko’rarsiz? Yuqoridagi rasm egasi “yeg’loqi va alamzadagi” odamning posti ekan. Xalqimizda bir maqol bor, “o’xshatmasdan uchratmas degan” Naqadar mos tushgana? Koreyada hech kim birovga yordam berish yoki og’irini yengil qilishga majbur emas. Bu ishni xohlasa qiladi, xohlamasa yo’q. Qilmagani uchun ma’lomat qilish, qo’lidan bir ish kelmaydigan kimsaning ishidur. Hayrli tun, uzur sizni ham biroz vaqtingizni oldim:( @Elyorbilan

Bu yer aynan qaysi univer yotoqxonasi ekanligi taxmin qila olasizmi? Ishoxnamizga juda yaqin joylashgan (hint)

Qonatish shunaqa bo’ladi. Gaplariga 200% qo’shilaman🤝
Qonatish shunaqa bo’ladi. Gaplariga 200% qo’shilaman🤝

Bugun ishim ko’pligini ko’rgan hamkasbim shokolad berib ketdi. Har doimdek tarkibini qarayotib shunga ko’zim tushdi. Ishxonad
+1
Bugun ishim ko’pligini ko’rgan hamkasbim shokolad berib ketdi. Har doimdek tarkibini qarayotib shunga ko’zim tushdi. Ishxonadagilar ham ancha o’rganib qolishibdi. ✔️

역시, ChatGPT 밖에 없다 ChatGPT meni doim qo’llagan hamrohim😅 (Internet bo’lda bo’lgani)
역시, ChatGPT 밖에 없다 ChatGPT meni doim qo’llagan hamrohim😅 (Internet bo’lda bo’lgani)

Do’stim qo’ng’iroq qilib, o’sha dostup menda bor deb “hazil” qilayabdi. Qaydanam guruhga yozdim 😵‍💫

Men shu paytgacha “dostup” olishni xohlagan soham gen injeneriyasi xolos. Bu soxa insoniyat kelajagini o’zgartirish kuchiga ega. Bioxaker, inson umrini uzaytirish (ya’ni sababini qilish), mutatsiya, irsiy kasalliklar va bio qurol o’rnida ham ishlatilishi mumkin. “Balki ishlatilayotgandur ham” Ammo bularni biz oddiy xalq bilishimizga qo’yilmaydi. Menga eng keraklisi bu “dostup” xolos. Juda ko’p savollarga javob topaman. Tasavvur qiling bu inson haqida, endi o’simlikar va hayvonlarni qo’yaverasiz.. Google scholar va pubmed ni titkilab chiqayabman ammo nimadur juda shubxali. Shu paytgacha boshqacha natijalar bo’lishi kerakdek ammo ular “Top secret” yoki berkitilgan.

Yaqinda Harvard University da ilk O’zbekistonlik PhD darajasini yoqlagani haqida yangiliklar bo’lgan edi. Botir akaga respect
+1
Yaqinda Harvard University da ilk O’zbekistonlik PhD darajasini yoqlagani haqida yangiliklar bo’lgan edi. Botir akaga respect. Shuningdek Yale University da genetika bo’yicha ham PhD darajasini himoya qilgan aka haqida ham yangilik chiqdi. Ochig’i, men juda havas qilaman shunday insonlarga. Shunday odamlar borki, yutuqni o’ziniki qilgisi kelib qoladi. Rasmda twit yozgan Davlat diplomati ham shularga misol bo’ladi. Nimamush “Yangi O’zbekiston islohotlar natijasi”. Pastkashlik ham evi bilanda. Izohga boqsangiz, Kamola opa Botir akani intervyusidan parcha keltirgan. Ishqilib, Botir akaga Presidentimizga tashakkur deb aytirishmasa bo’lgani. Axir bu sharafsizlardan hamma narsani kutsa bo’ladi.
Ha aytgancha, Heunde beach dagi tuproqlarni kimni “apti”ga sepish ro’yxati kengayayabdi.