uk
Feedback
Elga yor (Elyor)

Elga yor (Elyor)

Відкрити в Telegram

Kechinmalarim Aloqaga chiqish uchun: elyorgamurojat@gmail.com ga yozing! Yoki Telegramdan to’gridan to’gri shaxsiyga yozing.

Показати більше
1 072
Підписники
Немає даних24 години
+37 днів
+11930 день
Архів дописів
Koreyslar o'yinchoqlarni ham o'z holiga qo'ymayabdi.. 1 - nomi katta og'iz (큰입) egan. 2 - nomi esa katta ko'z

photo content
+1

Elyor turing quymoq pishirib qo'ydim. 5 minutda choy qaynaydi, yuz qo'lingizni yuvib chiqing. Natija... Koreyadagilar uchun e
Elyor turing quymoq pishirib qo'ydim. 5 minutda choy qaynaydi, yuz qo'lingizni yuvib chiqing. Natija... Koreyadagilar uchun ertalabdan choy tayyorlab ichish bu oson emas.

Facebook ga joylagan postim! Bu holatni ancha oldin sezgandimu lekin shu kunlarda yaqqol sezilayabdi. O'zini o'ta Tolerant tutadiganlarni zamonaviy ikkiyuzlamachilarga qiyoslayman. Neytral bo'lishga harakat qiladi va o'zining qanchalik ahmoq, qo'rqoq, pastkash ekanligini ko'rsatib qo'yadi. Yaqqol misol, Falastin va isroil mavzusida ham. Huddiki Hamas begunoh odamlarga hujum qilib, ana endi qilgan ishiga badal to'layotgan emush. Kuchi yetmasligini bilib turib tashlangan emush. Ha bundan boshqa ilojisi bormi? Doimiy xo'rlikka, hayvoniy munosabatga ko'z yumib qarab tursinmi? Agar siz Tolerantlar G'azoliklar o'rnida bo'lganingizda ko'rar edim ahvolingizni. Tog'ri Hamas kuchli emasdur, lekin imkoni darajasida kurashayabdi. Ga'zo bu davlat ma'qomiga ega emasligi uchun katta yordam ololmayotgani barchaga ma'lum. Shu sabab ko'pchilik mustaqil Davlat qilish harakatida. G'azodagi va isroildagi tinch aholini taqqoslashning o'zi bir ahmoqlik. Jumbushga kelgan G'azoliklar va isroilning doimiy G'azoliklar ustidan kulib kelgan tinch aholisi degani bu. Siz kabi ikkiyuzlamachi tolerantlardan jirkanam tog'risi. Aslida sizlar o'ta ketgan (Sharafsiz) siz men uchun! Bugun ham bir "odamni" do'stlikdan chiqarib tashladim. Miyasi "axlatga to'la tolerant ekan" Ha aytgancha, agar siz ham shunday toifadan bo'lsangiz men bilan aloqani uzavering. Ze'ro men siz kabilar bilan muomala qilishga ham, yuzma yuz ko'rishishga ham or qilaman! Shulardan biri, Twitter dagi Dilshod dan tortib, Facebook dagi Nuriddingacha. Sharafsizlar! #Sharafsiz #Tolerantlar

Akalar Seul va Asan dan ko'rgani kelishdi. Do'ppiday osh qilib, Ozbekistondagi bo'layotgan yangilik, siyosat va o'zgarishlarn
Akalar Seul va Asan dan ko'rgani kelishdi. Do'ppiday osh qilib, Ozbekistondagi bo'layotgan yangilik, siyosat va o'zgarishlarni muhomaka qilib miriqib suxbatlashdik.

Ishxonada Grip ga qarshi vaksina oldim hozir, Elyorga ham Koreyaning virusini urdik deb hursand hamma:) Iloji boricha o'ziga moslashtirishga harakat qilishayabdi. 🗿

Quyoshga ahamiyat bersangiz juda omadli rasm chiqgan. Yaqinlashtirib ko'ring..

락스 bilan kerakli joylarni tozalab, hid bilmay o'tiribman mana. Ertagacha yaxshi bo'lib ketay ishqilib.

Koreya ham mukammal emas..
Koreya ham mukammal emas..

Koreys tilini biladiganlar uchun.
+2
Koreys tilini biladiganlar uchun.

Assalomu alaykum yurtdoshlar, Koreyadagilar uchun: Bu post Koreys fuqaroligini olgan yoki F-6 vizasidagilarga tegishli emas. O'qishdan oldin termin tarjimalarini keltirib o'taman: 전입신고 - Manzilni o'zgartirish (yangi manzilga ko'chishni tasdiqlash) 체류지변경신고 - Yashash manzilini o'zgartirish arizasi 외국인체류확인서 - Chet ellikning yashash joyini tasdiqlash 확정일자 - Tasdiqlangan sana 개념 - Tushuncha 전세 - Kattaroq miqdorda pul to'lab, oylik to'lovni to'lamay yashash 부동산 - Ushbu hujjatli xizmatlarni tashkillashtirib beradigan xizmat markazi 보증금 - Depozit Deyarli barcha biladiki turar joy manzilni o'zgartirgan taqdirda 체류지변경신고 ni ko'chgandan boshlab 14 kun ichida bajarishi kerak. 14 kundan o'tib ketsa, jarima to'lovi chiqadi. Ana endi ko'pchilikni habari yo'q ma'lumot: Chet ellik 전입신고 va 확정일자 ni ola oladimi? Agar ushbu hujjatlar bo'lmasa, 전세, 월세 uchun shartnoma qilsangiz keyinchalik pulni qaytarib bermayman desa yoki bankrot bo'lsa (kreditlar olib), pulingizni qonuniy yo'l bilan qaytarib olishingiz qiyin bo'ladi. Bu hujjatlar qachon zarur bo'ladi? 부동산 orqali emas, uy egasi bilan tog'ridan to'g'ri shartnoma qilsangiz qilishingiz shart bo'lgan hujjatdir. Qo'shimchasiga shartnoma yozishdan oldin, uy manzilini kiritib 등기 (uy egasini qancha qarzi bor) tekshirish imkoniyatiga egasiz. 1000 won to'laysiz holos. Ana endi qiziq jihati, chet elliklar uchun hali 전입신고 개념이 mavjud emas. Bir amallab 확정일자 qilib berishi mumkin, lekin 전입신고 bi faqat fuqarolar uchungina qila olishadi. Shunday ekan, boshqa yo'li yo'qmi? Albatta bor: Yaqin yildan boshlab chet elliklar 전입신고 o‘rniga 외국인체류확인서 qilish yo'lga qo'yilda. Bu qonuniy kuchga ega. Ya'ni sizni o'sha manzilda yashashingizni qonunan tasdiqlay oladi. 혹정일자 ham qonuniy kuchga ega. Oxirgi yillar 보증금, 전세 ni qaytarib bermayotgan uy egalari ko'paymoqda. Ba'zilari 부동산 bilan kelishib ish qilishi ham ochiqlanayabdi. Shunday ekan kattaroq summa berayotganingizda albatta Koreys bilan birga shartnoma qilishga harakat qiling. Fuqarolar markaziga borganingizda, bu hujjatlarni qilib bering deb turib oling. Odatda qilib bermaslikka harakat qilishadi. (Chet elliklar kam turadigan hudud xodimlari, bilmaymiz bu haqida deb aytishi ham mumkin. Men aytgan ma'lumotlarni aytsangiz, izlanib hal qilib beradi). Savollaringiz bo'lsa bemalol izoh yozishingiz mumkin. #manzil #ozgartirish #체류지변경신고 #부동산

Yangi uyga ko'chib oldim. Ana endi sekin narsalarni joylashni boshladim. Aboyni almashtirib berganiga hamma yer "kley" bo'lib
Yangi uyga ko'chib oldim. Ana endi sekin narsalarni joylashni boshladim. Aboyni almashtirib berganiga hamma yer "kley" bo'lib ketgan. Rasmdagi "Tumbochka" ni Sabzi deb atalmish ilovadab sotib oldim. Odatda u yerda ishlatilgan narsalar arzonga qo'yiladi. Huddi olx saytiga o'xshaydi. Menga shu yoqgan edi, uyni dizayniga ham mos. O'ylaganimdan ancha sifatli va og'ir ekan. Bor yo'gi 5000 (4$) wonga sotib oldim. Yangisi 51$ turar ekan. Bekorga aytishmaydi axir, Musulmon odam iqtisod qilishni yaxshi bilishi kerak deb!

Koreya xalqining urushga bo'gan munosabati: Ular ikkiga bo'lingan. Biri Mediaga aldanib "isroil" mazlumligiga ishonayabdi. kkinchisi esa biroz qizigib, You Tube titkilab tarixni o'rgangan xolda, Falastin doimo zulmda yashagani va oxir shunday yo'Iga o'tishga majbur ekanini tushunishayabdi. Koreyslarga bu holat tanish. Ze'ro ular ham qachonlardir Yaponiya zulm ostida bo'lgan.

Kichik tajribam natijasi: Odatda Koreyslar bilan ovqatlanishga tog'ri kelsa oldindan men go'sht mahsulotlarini iste'mol qilmasligimni aytib o'taman. (Nima sababdan ekanligini har doim ham ayta olmayman). Shu payt kimlardur meni vegetarian deb o'ylashi ham mumkin ekan. Qo'shimcha savol berishga o'tadi, Tuxum yeya olasanmi? Sut va shunga o'xshash hayvonlar orqali olinadigan mahsulotlarni ham so'rab qo'yishni kanda qilishmas ekan. Meni vegan deb o'ylashmasin deb kezi kelganda, Musulmon ekanligimni faqat Halol go'sht yeya olishimni bildirib qo'yaman. Bunga sabab: Yaqinda boshqa bo'limda ishlaydigan koreys bilan Iroqlik delegatsiyani halol Italiya restoraniga olib kirdik. Va u yerda meni go'shtni ishtaxa bilan yeyotganimni ko'rib ajablanib qarab qoldi. Menimcha miyyasiga nagruzka tushdi. Meni vegan deb o'ylagan ekan🥲. Har kunim safguzasht, yozay deymanu vaqt masalasi bor. Yana bir voqea bor, bo'lim boshlig'i bilan sodir bo'lgan. Ancha o'ylantiradigan mavzu, qiziq bo'layotgan bo'lsa yozishim mumkin.

O'quvchim bilan suxbatim (koreys boshlang'ich maktabga boradi) .... U: Men Hudo eshonmaymanda Men: Men ishonamanmi? Nima deb o'ylaysan? U: Ishonadiganga o'xshaysiz Men: Nmaga unday deyabsan? U: Korinishingiz ishonadigan odamga o'xshaydi. *Ma'lumot o'rnida Koreys xalqining 53% dinsiz hisoblanadi.

Ushbu "Hanwha" brendini eslab qoling. Boshida Qurol yarog' ishlab chiqaradigan kompaniya bora-bora gigant kompaniyaga aylanib
Ushbu "Hanwha" brendini eslab qoling. Boshida Qurol yarog' ishlab chiqaradigan kompaniya bora-bora gigant kompaniyaga aylanib borayabdi. Menimcha bir necha yillardan so'ng Samsung, Hyundai kabi obro'ga ega bo'ladi. Aeroskopik materiallar, energiya va bir qancha yo'nalishlarni ochdi. 2023 yil Iyun oyi statistikasiga ko'ra 38.000 xodim ishlab kelayabdi. 2008 yilda 2 milliard AQSH dollarida eksportni amalga oshirgan ekan. *Ma'lumot o'rnida: Men ishlayotgan kompaniya (tadqiqot markazi) 2021 yilda 15 million $ eksport qilgan. 180 nafar xodim ishlaydi.

Bu esa jigarrang beshik tebratar. Odatda siz yashil rangligini ko'rgansiz shundaymi? Ishxonada liftdan chiqaverishda meni kuz
Bu esa jigarrang beshik tebratar. Odatda siz yashil rangligini ko'rgansiz shundaymi? Ishxonada liftdan chiqaverishda meni kuzatib turgan ekan:) Ishxonamning orqasi o'rmon bo'lgani uchun hasharotlarning turfa xilini kuzatish imkoni mavjud. Odatda vaksina, biologik tadqiqot markazlari ataylab shunday hududlarga joylashtiriladi. Negaki, biror bir baxtsiz hodisa yoki e'tiborsizlik tufayli virus, kasallik tarqalish ehtimoli bo'ladi. (Balki Koronavirusni misol tariqasida ko'rsata olarman, yana bilmadim.😅).

Mana shu chiroq yoqig' uyda bir amallab 10 oy yashadim. Bundan oldin katta uyda 3-4 yilcha yashagan edim. Kichik uy bo'lmas e
Mana shu chiroq yoqig' uyda bir amallab 10 oy yashadim. Bundan oldin katta uyda 3-4 yilcha yashagan edim. Kichik uy bo'lmas ekan men sizlarga aytsam. Ishonasizmi yo'qmi bor yo'g'i 15 m2 edi. Yangi uyga ko'chganim sal kam 50 m2 ekan. Bugun aboylarini yangi qilib berdi. Hamma narsani joylashtirib balki rasm yoki video qilib tashlarman. Uy -1 kishi uchun kattalik qilishi mumkinu lekin kichik uydan katta bo'lgani yaxshi.

Bugun yaqin do'stimni uydagilari Koreyaga kirib kelishdi. Inson mazza qilsa kerak-a? Ota-onaning yonida albatta o'zingizni boladek his qila olasiz. Ularsiz esa "katta" ma'suliyat olgan shaxsga aylanasiz. Kelayotgan yillar menga ham nasb qilsin, ota-onam bilan Koreyada kezib yurish😃.

23 йил олдин Ғазо секторида ўғлини ўзининг танаси билан ҳимоя қилиб турган Жемал Дурруни эслайсизми? Ўша куни у 12 ёшли Муҳам
+1
23 йил олдин Ғазо секторида ўғлини ўзининг танаси билан ҳимоя қилиб турган Жемал Дурруни эслайсизми? Ўша куни у 12 ёшли Муҳаммад исмли ўғлини йўқотганди. Бугун эса Исроил ҳужумлари туфайли яна икки ўғлини йўқотибди. Аллоҳ сабри жамил берсин.