uk
Feedback
Elga yor (Elyor)

Elga yor (Elyor)

Відкрити в Telegram

Kechinmalarim Aloqaga chiqish uchun: elyorgamurojat@gmail.com ga yozing! Yoki Telegramdan to’gridan to’gri shaxsiyga yozing.

Показати більше
1 069
Підписники
Немає даних24 години
+177 днів
+11430 день
Архів дописів
+2
Kechqurungi sayr, O’zuvuzani mahhalovuza:)

Bo’rini hali ham ushlay olishmadi. Avval ham hayvonot bog’imizdan puma qochib ketgandi va uni o’ldirishgan edi. Bu safar tirik tutib, qaytarishmoqchi. Ora orada sms kelib, tog’ yaqiniga bormang, uy hayvonlaringiz bilan o’sha tarafda aylanmang deb ogohlantirishayabdi ekan. Bo’ri uchun SNS da fan club ham ochilib qo’llab quvatlab borishmoqda. Aytishlaricha, O’zbekistondagi bo’rilar biroz xasad qilishayotgan ekan 😁

Shahrimiz hayvonot bog’idan bo’ri qochib ketdi. Yuqoridagi kabi ogohlantirish habari keldi ertalab. Tushlik vaqtida esa, bo’r
+1
Shahrimiz hayvonot bog’idan bo’ri qochib ketdi. Yuqoridagi kabi ogohlantirish habari keldi ertalab. Tushlik vaqtida esa, bo’ri qayerlarda kezib yurgani haqida ogohlantirish berishdi. Ko’chada bemalol yurganiga guvoh bo’lish mumkin. Menimcha bo’ri ham “cherry blossom” ni oxirgi manzarasidan bahramand bo’lmoqchi shekil.. Yon atrofga qarab yuring, xatiko deb o’ylagan itingiz tashlanib qolmasin tag’in 😅 @Elyorbilan

Bu qariya o’zida emas, O’zini boshqara olmaydigan darajaga olib kelib qo’ydi ERON.
Bu qariya o’zida emas, O’zini boshqara olmaydigan darajaga olib kelib qo’ydi ERON.

Koreyani tashlab qayerga ham ketardim:) 1-Aprel xazili edi azizlar 🤓

참 safar qariganga o’xshaydur.. Yaxshi qol Koreya, salom Toshkandim❤️

Anu bo’ldi “yeslicho” 😁 Hamma kamida 2 ta GNI lik yillik daromad olishini tilab postga yakun yasayman. @Elyorbilan
Anu bo’ldi “yeslicho” 😁 Hamma kamida 2 ta GNI lik yillik daromad olishini tilab postga yakun yasayman. @Elyorbilan

Biz kelgan paytlar dollar 1,000-1,100 atrofida edi. Hozir esa Turkiya kabi qolish va qolmaslik farqi qolmaydiganga o’xshaydiy
Biz kelgan paytlar dollar 1,000-1,100 atrofida edi. Hozir esa Turkiya kabi qolish va qolmaslik farqi qolmaydiganga o’xshaydiyov:) Siz kelgan kezlar AQSH dollari qancha edi? #dollar@Elyorbilan

Tanish ukamiz, ehson ishonchli va biz ham shu ish bo’yicha xabardormiz. Agar ehson qilmoqchilar bo’lsa, o’zini hisobiga o’tkazganingiz eng ishonchlisi. Facebook dagi guruhlar va boshqa tanishlarning guruhiga ulashsangiz bo’ladi.

Assalomu alaykum, hurmatli yurtdoshlar. Bugun sizlarga bunday video bilan murojaat qilishim hayotimda birinchi marta. Rostini aytsam, bu holat haqida gapirish va yordam so‘rash menga biroz noqulay. Lekin vaziyat juda jiddiy bo‘lgani uchun sizlardan yordam so‘rashga majbur bo‘ldik. Yaqinda birodarimiz Jahongir yo‘l-transport hodisasiga uchrab, avtobus urib ketishi oqibatida og‘ir ahvolga tushdi. Ushbu yo‘l-transport hodisasi natijasida Jahongir jiddiy tan jarohatlari oldi. Xususan, uning qo‘li, bilagi va o‘ng oyog‘i singan, jag‘ qismida esa yoriq hosil bo‘lgan. Afsuski, uning sug‘urtasi (책임보험) juda sust bo‘lib chiqqan va amalda deyarli foyda bermayapti. Hozirda unga nisbatan svetoforning qizil chirog‘idan o‘tgan, ayb 100 foiz uning zimmasida degan xulosa berilgan. Bundan tashqari, u hodisa sodir bo‘lgan paytda milliy sug‘urta to‘lovi ham qarzdorlik sababli to‘xtatilgan ekan. Shu sababli davolanish xarajatlarining katta qismi o‘z zimmasiga tushib qoldi. Hozirgi kunda shifoxona xarajatlari taxminan 18 million vonni tashkil qilmoqda. Shifoxona esa to‘lov masalasini tezroq hal qilishni talab qilmoqda. Jahongirning ota-onasi imkon qadar harakat qilib, taxminan 4,5 million von yuborishdi. Ammo qolgan summani (18 mln +) moliyaviy qiyinchilik sababli to‘lashga imkonlari yo‘q. Shu sababli, imkoniyati bor yurtdoshlarimizdan oz bo‘lsa ham ehson va yordam so‘raymiz. Har bir kichik yordam ham ayni paytda juda katta ahamiyatga ega. Ehson uchun hisob raqami: Toss Bank: 1000-2926-8456 Hisob egasi: Makhmudov Qo‘shimcha ma’lumot yoki savollar uchun: Tel: 010-2232-7033 Agar kimdir ushbu holatni tushunib, shifoxona xarajatlari bo‘yicha chegirma yoki boshqa amaliy yordam ko‘rsatishga ko‘maklasha olsa, bundan ham juda minnatdor bo‘lamiz. Ehson qila olmasangiz ham, iltimos, ushbu videoni ulashib yuboring. Balki sizning birgina ulashuvingiz orqali bu murojaat ko‘proq insonlarga yetib borar va Jahongirga yordam topilishiga sabab bo‘lar. Oldindan barchangizga chin qalbimizdan rahmat. Alloh qilgan ehsonlaringizni va yaxshiliklaringizni o‘z dargohida qabul qilsin. Manzil: DAEJEON 둔산서로 95 대전을지대학교병원 #ehson #koreya #koreya_yangiliklari #yordam #exson

Koreya Kompaniyasidagi “noqulay” holat Men ishlaydigan kompaniyada har oy umumiy majlis bo’ladi va qiziqarli o’tishi uchun “a
Koreya Kompaniyasidagi “noqulay” holat Men ishlaydigan kompaniyada har oy umumiy majlis bo’ladi va qiziqarli o’tishi uchun “activity” lar ham tashkil qilinadi. O’tgan yili aynan badminton o’ynash bo’yicha men va sherigim g’olib bo’lgandik. Tog’risi o’ynay olmayman deb o’ylagandim, ammo qolganlar mendan battar ekan 😆. Yutganimiz uchun asal sovg’a qilishgandi. Bu safar yutuq etib, Vodkani qo’yishibdi. Yutishga bo’lgan ishtiyoq ham yo’qolib qoldi mana. Keyingi uch oylikda men ma’sulman aynan shu majlislarga. Yutuq qilib, “joynamoz” qo’yaymikan? Nima deysizlar? Yutuq barchaga barobar keladimi yo’qmi hisobini olish - “elementar” odob ekanligini yana eslatib qo’yishimga tog’ri keladi shekil. #xulosa

Koreyada Hayit 21-mart deb e’lon qilindi. Shunday ekan, ertagacha iftorlik olib berish imkoningiz mavjud:) Aytim qo’ydimda 🤓 P.s. Bugun bir ukamiz iftorlik qilib berdi. Uzoq Dubay shahridan yo’qlab kelibdi..

Repost from Anvarbek Ziyodov
Nima uchun Janubiy Koreyada PhD bitiruvchilari kam maoshli ishlar tuzog‘iga tushmoqda So‘nggi yillarda Janubiy Koreyada doktorlik darajasini olganlar soni rekord darajaga yetdi. Biroq bu yuqori malakali mutaxassislarning ko‘pchiligi yaxshi haq to‘lanadigan ish topishda qiynalmoqda. Natijada ayrim PhD egalari juda past maoshli ishlarga majbur bo‘layotgani haqida xavotirlar ortmoqda. Avvallari doktorlik darajasi ilmiy faoliyat, universitet lavozimlari yoki yuqori darajadagi tadqiqot ishlari uchun mustahkam yo‘l hisoblanardi. Ammo hozirgi mehnat bozori bu darajadagi mutaxassislarni yetarlicha qabul qila olmayapti. Quyida bu muammoning asosiy sabablarini ko‘rib chiqamiz. 1. PhD bitiruvchilari sonining keskin oshishi 2025 yilda Janubiy Koreyada 19 831 kishi doktorlik darajasini oldi. Bu mamlakat tarixidagi eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi. Taqqoslash uchun 1999 yilda atigi 5 586 ta PhD bitiruvchisi bo‘lgan. 2010 yilda bu ko‘rsatkich 10 mingdan oshgan. 2025 yilga kelib esa deyarli 20 mingga yetgan. Demak so‘nggi 25 yil ichida PhD bitiruvchilari soni deyarli to‘rt baravar oshgan. Biroq mehnat bozori bu darajada tez kengaymagan. 2. Mehnat bozori PhD darajasidagi mutaxassislarni qabul qila olmayapti Mutaxassislarning ta’kidlashicha Janubiy Koreya mehnat bozori yiliga taxminan 2 000 yoki 3 000 ta PhD darajasidagi ish o‘rnini qamrab olishi mumkin. Ammo har yili deyarli 20 ming yangi doktorlik bitiruvchilari paydo bo‘lmoqda. Bu juda katta tafovutni yuzaga keltiradi. Natijada ko‘plab PhD egalari o‘z malakasiga mos kelmaydigan ishlarni qabul qilishga majbur bo‘lmoqda. 3. Past maoshli ishlar soni ortib bormoqda 2025 yilda ish topgan 7 005 nafar PhD bitiruvchisi orasida 10.4 foizi yiliga 20 million vondan kam maosh olgan. Bu taxminan 13 ming dollar atrofida. 2011 yilda bunday past maosh olgan PhD egalari ulushi 6.3 foiz edi. Demak bu muammo yildan yilga kuchayib bormoqda. 4. Muammo asosan non STEM sohalarda kuchli Past maoshli ishlar ayniqsa gumanitar va ijtimoiy fanlar bitiruvchilari orasida ko‘p uchraydi. San’at va gumanitar fanlar sohasida past maosh ulushi 26.8 foizni tashkil qiladi. Ta’lim sohasida bu ko‘rsatkich 19 foiz. Ijtimoiy fanlar va jurnalistika sohasida esa 14.9 foiz. 5. Universitet tizimi PhDlarni haddan tashqari ko‘p tayyorlamoqda Ko‘plab doktorantlar aslida professor yoki akademik bo‘lishni maqsad qiladi. Ammo universitetlarda yangi professorlik o‘rinlari juda cheklangan. Natijada ko‘plab PhD egalari vaqtinchalik tadqiqot ishlarida yoki kontrakt asosidagi o‘qituvchilikda ishlashga majbur bo‘lmoqda. Ba’zilar esa butunlay boshqa sohalarga o‘tib ketmoqda. 6. Ayrimlar PhDni maqsad sifatida ko‘radi Tadqiqotchilarning fikricha ba’zi odamlar doktorlik darajasini ish bozori talabi uchun emas balki darajaning o‘zi uchun tanlaydi. Bunga akademik qiziqish ijtimoiy nufuz yoki ish bozoriga kechroq kirish kabi omillar sabab bo‘lishi mumkin. Ammo bu ham PhD bitiruvchilari sonining ortishiga olib kelmoqda. Xulosa Janubiy Koreyada PhD bitiruvchilarining past maoshli ishlarga duch kelishi bir nechta omillarning birlashgan natijasidir. Doktorlik bitiruvchilari sonining keskin oshishi mehnat bozorining cheklanganligi va gumanitar sohalarga talabning pastligi bu muammoning asosiy sabablaridan biri hisoblanadi. Agar ilmiy tadqiqot sektori va yuqori texnologiyali sanoat kengaymasa bu muammo kelajakda yanada kuchayishi mumkin. Manba

Kino haqida qisqacha Tunov kuni ushbu kinoga tushgan edim. Tarixiy kino, faktlarga asoslangan ekan. Birinchi oyni o’zida 10 m
+1
Kino haqida qisqacha Tunov kuni ushbu kinoga tushgan edim. Tarixiy kino, faktlarga asoslangan ekan. Birinchi oyni o’zida 10 million tomoshabin to’play olishi bilan ham mashxur bo’lib ketdi. Vatanparvarlik ruhini oshirishda, sodiqlik va do’stlik borasida ham ko’p gap boradi. Koreyslar balki shunday tarixiy kinolarni “qoyillatib” qo’ygani uchun ham xalqi juda vatanparvar hisoblanadimi deb o’ylab qolasan kishi. Vaqtingiz bo’lsa va Koreys tilini bilsangiz, ko’rishni tavsiya qilaman. Tip: Yuqoriroqdan o’rtada bo’lgan joylardan band qiling, hozir tomoshabin biroz kamaygan. Bemalol diqqat bilan ko’ra olish imkoniga ega bo’lasiz. Kino nomi: 왕과 사는 남자 @Elyorbilan

Qanday band bo’lish muhim… Koreyada oxirgi kunlarda dilni xira qiladigan ijtimoiy muammolar ko’payib ketdi. Kimdur o’zini osgan, kimdur esa jinsiy tajjovuz qilib qamalgan boshqasi esa yuqori tezlikda avtohalokatga uchragan va h.k.lar. Ba’zan muammo qayerda deb o’yga toladi kishi. Nega bizni O’zbek diasporada bunday holatlar nisbatan ko’proq ? Fikru ojizimcha bu holatlarga sabab bo’layotgan omillardan biri bu o’zimizni qanday va qaysi ish bilan band qilayotganimizga bog’liq deb bilaman. Sababi bandsizlik (bo’shliq) mana shunday holatlarni yuzaga chiqaradi. Talaba do’stlarimiz o’zini to’liq o’qishga safarbar etsalar, zavodlardagi birodarlarimiz o’zlarini to’liq ishga safarbar etsalar o’ylaymanki yomon ishlarni hayollariga keltirishlariga ham vaqt topa olishmaydi. @mansurbek_blog

Repost from Anvarbek Ziyodov
Nima uchun Janubiy Koreya voni juda tez qadrsizlanmoqda So'nggi yillarda Janubiy Koreya voni boshqa yirik valyutalarga nisbatan sezilarli darajada qadrsizlanmoqda. Bu holat iqtisodchilar, investorlar va oddiy fuqarolar orasida ko'p savollar tug'dirmoqda. Ilgari Koreya iqtisodiyoti kuchli eksport, rivojlangan texnologiya sanoati va barqaror moliyaviy tizimi bilan mashhur edi. Ammo hozirgi global iqtisodiy sharoitda bir nechta omillar birlashib, vonning zaiflashishiga olib kelmoqda. Quyida bu jarayonning asosiy sabablarini ko'rib chiqamiz. 1. AQSh va Koreya o'rtasidagi foiz stavkalari farqi AQSh foiz stavkasi taxminan 4 foiz, Koreyada esa taxminan 2.5 foiz. Investorlar yuqoriroq daromad beradigan mamlakatlarga pul kiritadi, shuning uchun kapital AQShga oqmoqda. Bu foiz farqi 41 oydan beri davom etmoqda. Natijada xorijiy investorlar Koreya bozoriga kirsa ham, ko'pincha dollarni vonlarga almashtirmasdan dollarda saqlamoqda. 2. Koreyada pul massasi tez o'smoqda 2022 yildan beri AQShda pul massasi taxminan 3 foizga oshgan bo'lsa, Koreyada u taxminan 20 foizga oshgan. Bu Koreyada pul hajmi AQShga qaraganda ancha tez o'sayotganini ko'rsatadi. Pul massasi ko'payganda valyutaning qadri odatda pasayadi. 3. Eksport kompaniyalari dollarni sotmayapti Odatda eksport qiluvchi kompaniyalar mahsulot sotgandan keyin dollarni vonlarga almashtiradi. Ammo hozir ko'plab kompaniyalar dollarni saqlab turmoqda. Sababi AQSh foiz stavkalari yuqori, Koreyada esa past. Natijada bozorga dollar taklifi kamaymoqda va bu valyuta kursining oshishiga olib kelmoqda. 4. Milliy pensiya jamg'armasining dollar sotib olishi Janubiy Koreyaning Milliy Pensiya Xizmati dunyodagi eng yirik pensiya fondlaridan biri hisoblanadi. Fond investitsiyalarining katta qismini xorijiy aktivlarga yo'naltirmoqda va dollar aktivlari ulushini 50 foizdan yuqori darajaga oshirmoqda. Bu esa dollar talabini yanada kuchaytiradi. 5. Valyuta bozorini himoya qilish imkoniyatlari kamaygan Oldin Koreya Markaziy Banki va Milliy Pensiya Xizmati o'rtasida valyuta almashuv kelishuvlari mavjud edi. Bu tizim zarur paytda dollar likvidligini ta'minlashga yordam berardi. Keyinchalik AQSh Moliya vazirligi buni valyuta bozoriga aralashish deb baholab, bunday amaliyotlarga qarshi chiqdi. Natijada valyuta bozorini himoya qilish imkoniyatlari kamaydi. 6. Davlat byudjeti taqchilligi Koreyada fiskal taqchillik bo'yicha xavotirlar ortmoqda. Bu davlat obligatsiyalari foiz stavkalarining oshishiga olib keladi va xorijiy investorlarning kapitalni olib chiqib ketishiga sabab bo'lishi mumkin. Natijada dollarga talab oshadi. 7. AQShga katta hajmdagi investitsiyalar Koreyaning valyuta zaxiralari taxminan 428 milliard dollar. Shunga qaramay mamlakat har yili taxminan 20 milliard dollarni AQShga investitsiya qilmoqda. Bu ham Koreyadan dollar chiqib ketishini kuchaytiradi. 8. Foiz stavkalarini oshirish nega qiyin Nazariy jihatdan valyutani mustahkamlash uchun foiz stavkalarini oshirish kerak. Ammo Koreyada korporativ kreditlar bilan bog'liq xavflar yuqori. Ipoteka kreditlarida qarzni to'lamaslik darajasi taxminan 0.3 foiz bo'lsa, korporativ kreditlarda 0.73 foiz, kichik biznes kreditlarida esa 0.89 foiz. Agar foiz stavkalari keskin oshirilsa, ko'plab kompaniyalar qarzlarini to'lay olmay qolishi mumkin. Xulosa Koreya vonining qadrsizlanishi bir nechta omillarning birlashgan natijasidir. Bular orasida AQSh va Koreya foiz stavkalari farqi, pul massasi o'sishi, eksport kompaniyalarining dollarni ushlab turishi, pensiya fondining dollar sotib olishi va kapitalning AQShga oqimi mavjud. Shu sababli yaqin kelajakda vonning tez tiklanishi oson bo'lmasligi mumkin.

Hijolatli vaziyat bo’ldi Boya Daisoning avtoturargohiga ulovimni qo’ygani kirayotsam, Volvo ning “do’dasi” to’xtab yo’lni to’sib turgan ekan. Men sekin orqasiga taqadimda, qachon olasan-o’? degandek bo’ldim. Mashinaning orqa eshigidan bir hola tushdilarda 45% egilib uzur so’ragan holda, hozir hozir degandek bir joyga yugurib qoldi. Qayerga ketayabdilar desam, orqadagi yon eshikka borib, chamasi 95 yoshli buvijonni tezda shoshiltirib tushurayabdilar, orqada kutib qolishdi deb. Men bo’lsa ming hijolat bilan sekinroq harakat qiling degandek bo’ldimu, ammo soqollik bir bola uzoqdan “tezlashlaring” degandek tuyuldimi, yanada shoshiltirdilar. Keyin hola bilan buvijon yana 45% ga egilib uzur so’rab Daiso tomon yuzlandilar. Avto ulovni bir yerga olishdi, yoniga men “parkovka” qildim. Mashinadan tushishga betim chidamadi, sababi Volvoni egasi aka ham uzur so’rash uchun kutib turgan ekan. Shu shu azizlar, bir necha yil deganda juda hijolat bo’lib, vijdonim ham ozgina qiynalib qo’ydi. Toshkentda bo’lganimda, allaqachon kutib tur deb kamiga so’kish eshitib olishim mumkin edi. Ajoyib xalq bu.. @Elyorbilan

Erondan keyin navbat kimga kelar ekan? Yadroviy qurolga ega bo’lish qanchalik muhim ekanligi, hozirgi vaziyatlarda oydinlashayabdi.

Men adminlik qiladigan guruhlarda, Nelegal yurtdoshlarimiz muammosi aktual va juda jiddiy hisoblanadi. Har doim qaltis vaziyat, sog’liq bilan muammo va deport bo’lib ketish holatlari muhokama qilinadi. Shunday holatlardan biri aynan farzandga oid bo’lgani uchun, qatnashishingizni tavsiya qilaman. Agar siz nelegal muhojir bo’lsangiz, yohud shunday tanishingiz bo’lsa bu qisqa muddatli suxbat ancha tajriba olib kelishiga ishonaman.

Bugun suhbatning birinchi sonini "Koreyadagi chet ellik nolegal bolalarning maktabga borib ta'lim olishi va viza masalasi" haqidagi murojaat asosida qilamiz. Hamma tanishlarga va hamjamiyat faollariga yetkazib qo'yaylik, foydali bo'ladi.
Ramazondagi murojaatlar bo'yicha birinchi onlayn suhbat 22-fevral (yakshanba) kuni soat 22:30 da (Koreya vaqti bilan). 👉 https://t.me/salomkoreya?videochat