cookie

Ми використовуємо файли cookie для покращення вашого досвіду перегляду. Натиснувши «Прийняти все», ви погоджуєтеся на використання файлів cookie.

Рекламні дописи
1 603
Підписники
Немає даних24 години
-107 днів
+74630 днів

Триває завантаження даних...

Приріст підписників

Триває завантаження даних...

Фото недоступнеДивитись в Telegram
#diniy_taʻlim #Oʻzbekiston ❗️ O‘zbekistonda bolalarga noqonuniy diniy ta’lim berish taqiqlanmoqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga bola huquqlarini yanada mustahkamlash bo‘yicha o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonun loyihasini birinchi o‘qishda ko‘rib chiqdi. Qonun loyihasiga ko‘ra, ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan bolani qonunga xilof ravishda diniy ta’lim olish jarayoniga jalb qilganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilash, bunda O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasini qo‘shimcha bandlar bilan to‘ldirish taklif etilmoqda. Ya’ni, ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan bola qonunga xilof ravishda diniy ta’lim olish jarayoniga jalb qilinsa, BHMning 10 baravaridan 15 baravarigacha jarimaga tortiladi. Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilsa, BHMning 15 baravaridan 25 baravarigacha jarima yoki 15 sutkagacha ma’muriy qamoq jazosini tayinlash belgilanmoqda. Majlisda bir qancha deputatlar va taklif etilgan mutaxassislar qonun loyihasi bo‘yicha o‘z qarashlarini bayon qilishdi. IIV-o‘rinsbosari Ramazon Ashrapov ota-onalar va ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan o‘z bolalarini umumiy o‘rta, yoki professional ta’limni tamomlasamasdan hujralarga yoki ta’lim berish lisenziyasiga ega bo‘lmagan shaxslarga berish holatlari kun sayin ko‘payayotganini aytdi. «Milliy Tiklanish» partiyasi fraksiyasi rahbari Alisher Qodirovning fikricha, hozir yosh bolaga diniy tarbiya beruvchi mutaxassislarning yo‘qligi dolzarb masala. A. Qodirov qonun loyihasiga dinni o‘rganish taqiqlanayotganidek qaramaslik, bu loyiha dinni noto‘g‘ri o‘rgatayotganlarga qarshi ekanini aytdi. U, dinni o‘rgatish davlat qaramog‘iga olinishi va maktablarda diniy tarbiya bo‘yicha darslar qo‘yilishi haqida gapirdi. Diniy idora tomonidan chiqarilgan, ma’qullangan adabiyotlarni yosh bolalar o‘qishi, Qur’on o‘qishiga hech monelik yo‘qligini ta’kidlab o‘tdi. Maktab tarbiya darsligida barcha diniy konseptual nuqtalar qamrab olingan. Bolaning professional diniy ta’lim bilan shug‘ullanishi 18 yoshdan keyin mumkin, lekin 18 yoshgacha davrdagi bu ehtiyojini maktabdagi “Dinlar tarixi” kabi darsliklardan olishi, diniy idoraning videorolik shaklidagi darslaridan foydalanish maqsadga muvofiqligi A. Qodirovning chiqishida aytib o‘tildi. Deputat Doniyor Gʻaniyev: “Amaldagi qonun bo‘yicha bolaga professional diniy ta’lim berish mumkin emas. Ota-onalar tomonidan uyda noprofessional tarzda o‘rgatilishiga taqiq yo‘q. Lekin taklif etilayotgan qonun loyihasi, afsuski, mana shu teshikni ham berkitib qo‘yyapti. Sizlar qonunga xilof ravishda diniy ta’limga jalb qilish deyapsizlar. Hech qayerda qonunga xilof ravishda tashkil etilgan muassasa yoki tashkilotga deyilmayapti. Ya’ni bu berayotgan normalaring bilan uydagi ota-ona farzandiga diniy ta’lim bersa ham javobgarlikka tortiladigan normaga aylanyapti. ... Qonunga xilof ravishda degandan keyin qonuniysi bormi degan savol kelib chiqyapti. Shuning uchun noqonuniy faoliyat yuritayotgan diniy muassasaga jalb qilish deyilsa, to‘g‘riroq bo‘ladi. Ikkinchi masala, o‘zlaring statistika beryapsizlar, hujrada o‘qiyotganlar sonining oshib borayotgani haqida. Biz ko‘pincha qonunlarning oqibati bilan kurashishga o‘rganib olyapmiz. Xo‘p, mana shuncha hujralar aniqlanayotgan ekan, mana shuncha noqonuniy ta’lim berilyapti ekan, buniyam sabai o‘rganib, tahlili berilyaptimi? Shuncha bola o‘qitilyapti ekan, demak diniy ehtiyoj bor ekan. Sababini ta’minlashning o‘rniga oqibat bilan kurashaversak, buning tagiga yeta olishga ishonchlaring komilmi?” So‘z olgan deputat Umida Rahmonova:
“Bugungi kunda qonunga katta ehtiyoj bor. Diniy ta’lim masalasi 18 yoshdan keyin professional ta’lim berishga davlatimizda ruxsat borligi va ota-onalar uylarida farzandlariga o‘zlari o‘rgatishlari bo‘yicha qonunda hech qanaqa taqiq yo‘q”, deb fikrlarini bildirdi.
Batafsil Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube
Показати все...
😡 23
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#matbuot #Oʻzbekiston 🔻 "Maqtov – tiz cho'kib qilinadigan qaroqchilikdir" – Karim Bahriyev matbuot erkinligi va bu yo'ldagi vazifalar haqida Matbuot rasman emas, faqat qog‘ozlardagina emas, real hayotda boshqa uchta hokimiyat bilan bo‘ylasha oladigan chinakam to‘rtinchi hokimiyat bo‘la olishiga ishonchni ommada shakllantirish uchun nima qilmoq kerak? Matbuot, ommaviy axborot vositalari Konstitusiyamizni jiddiy o‘qigan va tafakkur qilgan inson uchun haqqoniy to‘rtinchi hokimiyatdir. Bilasiz, shunday kasblar borki, yuz minglab, millionlab insonlar u bilan shug‘ullanadi, lekin ularning kasb-kori Konstitusiyada tilga olinmagan. Konstitusiyada Prezident va Vazirlar Mahkamasi, Sud va kuch ishlatar tizimlari hamda Ommaviy axborot vositalari alohida ins­titutlar tarzida tilga olingan. Ommaviy axborot vositalariga alohida bob bag‘ishlangan. Nari borsa, mingta atrofida OAV bo‘lsa va ularda besh-o‘ntadan odam ishlasa, besh yo o‘n ming kishining faoliyati Kons­titusiyaga kirgan. Ikkinchi tomondan, jurnalistika xuddi shifokorlik va muallimlik kabi ijtimoiy kasbdir, adolat va haqiqat uning o‘zagi bo‘lishi shartligidan kelib chiqib, unga Konstitusiyaviy institut maqomi berilgan. Yangi O‘zbekistondagi yangi islohotlar davrida ommaviy axborot vositalari yana o‘z vazifasini halol bajarishga taraddudlanmoqda. «To‘rtinchi hokimiyat» istilohiga kelsak, uch hokimiyat nima qiladi: qonun chiqaruvchi hokimiyat — davlat va jamiyat faoliyatiga asos bo‘ladigan qonunlarni ishlab chiqadi va qabul qiladi, ijro hokimiyati va xalq shu qonunlar asosida ishlaydi, yashaydi va faoliyat yuritadi, sud hokimiyati davlat mansabdorlari va xalqning qonunlarni buzgan hollariga hakamlik qiladi va jazo beradi. «To‘rtinchi hokimiyat» — ommaviy axborot vositalari esa bu uchta hokimiyat va jamiyatning hayotini shaffoflashtiradi, ularning o‘z vazifalarini amalga oshirishlariga ko‘maklashadi, kamchiliklarini oshkor qiladi, muammolarining yechimi saylovlarda qatnashganda, tafakkur bilan ovoz berishi uchun jamoatchilik fik­rini shakllantiradi. Matbuotning hokimiyati — xalq fikriga ta'sir o‘tkaza olish kuchidadir. OAVning to‘rtinchi hokimiyatga aylanishi qator omillarga bog‘liq. 🔸 Eng avvalo, siyosiy iroda kerak. Bu iroda davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev tomonidan aytilmoqda va qayta-qayta da'vat etilmoqda. 🔸 Ikkinchidan, OAVga oid qonunlar takomillashuvi lozim. Masalan, tuhmat va haqorat degan jinoyatlarni g‘ayrikriminallashtirish taklifi amalga oshishi kerak. Bu qonunbuzarliklarning ma'muriy va fuqarolik kodekslarida bo‘lishi yetarlidir. So‘z uchun, fikr uchun qamoq jazosi bo‘lishi mamlakatda fikr erkinligiga hech qachon yo‘l bermaydi. Biror bir taraqqiy qilgan, madaniy xalqda va davlatda bunday modda mavjud emas, u faqat avtoritar va totalitar davlatlarda qolgan. Uni mansabdorlar tanqiddan qo‘rqqani uchun ushlab turadi va xalqqa esa shunday deydi: «Nahotki, sizga gazetada yoki internetda tuhmat yo haqorat qilishsa va jazosiz qolsa?!» Avvalo, jazosiz qolmaydi — ma'muriy va fuqarolik kodekslariga ko‘ra jazolanadi, jarima to‘laydi, OAV yopilishi mumkin, qolaversa, OAV qonunchiligiga ko‘ra yolg‘on ma'lumotlar raddiya qilinadi va fikrlarga javob bera oladi. Faqat so‘z uchun qamoq jazosi bo‘lmaydi, xolos. Agar bir jurnalist so‘zi uchun qamalar ekan, qolgan minglab jurnalistlar tanqiddan tiyiladi, jim o‘tirishni yoki maqtashni afzal ko‘radi. Maqtov esa «tiz cho‘kib qilinadigan qaroqchilikdir». 🔸 Uchinchidan, OAV menejmenti bozor iqtisodi sharoitiga o‘tishi kerak. Qonunchilikka ko‘ra, istalgan sohaga sarmoya kirita olasiz, lekin OAV sohasida chegara bor, nizom jamg‘armasida xorij sarmoyasi 30 foizdan oshmasligi kerak, bevosita biror matbuot xorijdan mablag‘ jalb eta olmaydi, avval «umumiy o‘ra»ga — Fondga tushishi kerak va u kimga berishni hal qiladi. Sarmoyador esa muayyan, aniq loyihaga pul beradi. Ko‘ryapsizki, matbuot sohasi bozor iqtisodining raqobat sharoitiga kira olmaydi. Batafsil 👤 Karim Bahriyev, jurnalist. Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube
Показати все...
👍 11
#diniytalim 🔰 Rossiyada diniy ta’lim 16 yildan ortiq vaqt mobaynida Moskvada yashadim. So‘nggi paytlarda O‘zbekiston va Rossiya munosabatlari juda yuqori darajaga ko‘tarildi. Ko‘plab sohalarda Rossiyadan na’muna olayapmiz. Qonunlarimiz ham bir-biriga yaqin. Biz ulardan o‘rnak olsak arziydigan yana bir soha bu diniy ta’lim. Rossiya Federatsiyasi “Vijdon erkinligi va diniy birlashmalar to‘g‘risida” gi ((Федеральный закон от 26.09.1997 N 125-ФЗ "О свободе совести и о религиозных объединениях") qonunining 5-moddasi diniy ta’lim haqida. Unga ko‘ra: 🗄 Har kim o‘zi tanlagan diniy ta’limni yakka tartibda yoki boshqalar bilan birgalikda olish huquqiga ega; 🗄 Diniy tashkilotlar o‘z nizomlariga va Rossiya Federatsiyasi qonunchiligiga muvofiq ta’lim muassasalarini yaratish huquqiga ega; 🗄 Ota-onalar yoki vasiylarning yozma iltimosiga ko‘ra va bolalar roziligi bilan davlat yoki shahar ta’lim muassasalari, ushbu ta’lim tashkiloti kollegial boshqaruv organi qarori asosida, diniy birlashmaga ta’lim dasturidan tashqarida bolalarga dinni o‘rgatish imkoniyati berishi mumkin; 🗄 Diniy birlashmalar ichki nizomlari bilan belgilangan shakllarda Rossiya Federatsiyasi qonunchiligida belgilangan tartibda diniy ta’lim va o‘z izdoshlarining diniy ta’limini amalga oshirish huquqiga ega; 🗄 Dinni o‘rgatish va diniy tarbiya ta’lim faoliyati hisoblanmaydi. Bizdagi qonunga ham aynan shunday modda kerak. Diniy ta’lim berish uchun 10 ta doimiy yashovchi fuqaro birlashib, diniy jamoat tashkiloti tuzishi (МРОМ – местная религиозная организация мусульман) va tashkilot nizomida diniy ta’lim va tarbiya berishni ko‘rsatib o‘tishi, hamda tashkilotni adliya vazirligidan ro‘yxatdan o‘tkazishi kifoya. Bunday ta’lim berish uchun ta’lim vazirligi, muftiyat yoki boshqa bir organlardan ruxsat yoki lisenziya talab qilinmaydi. Ta’lim dasturini biror joy bilan muvofiqlashtirish ham shart emas. Yandeks xarita birgina Moskva shahrida pravoslav diniga oid 172 ta yakshanba maktablari (воскресная школа) borligini ko‘rsatdi. Ularda bolalar 1,5 yoshdan diniy ta’lim va tarbiya olishlari mumkin. Barcha masjidlar qoshida madrasalar tashkil qilingan bo‘lib, ularda yosh bolalar, ayollar va kattalar uchun diniy ta’lim darslari mavjud. Undan tashqari, o‘nlab MROM lar tomonidan pullik va bepul kurslar tashkil qilingan. Moskva shahrining o‘zida “ДАР”, “Седьмое поколение”, “Shayx Muhammmad Sodiq Muhammad Yusuf”, “Imom Buxoriy” nomidagi madrasalar, “Oysha” ayollar klubi va o‘z ichiga musulmon bolalar uchun bog‘cha, maktab va madrasani qamrab olgan “Risolat” diniy birlashmalari faoliyat ko‘rsatmoqda. 2010-yildan boshlab Rossiya umumta’lim maktablarining 4 va 5 - sinflarida “Diniy madaniyat va dunyoviy etika asoslari”(Основы религиозных культур и светской этики) kursi o‘tilishi yo‘lga qo‘yilgan. Kurs quyidagi 6 moduldan iborat: 🗄 Pravoslav madaniyati asoslari; 🗄 Islom madaniyati asoslari; 🗄 Buddizm madaniyati asoslari; 🗄 Iudaizm madaniyati asoslari; 🗄 Jahon dinlari madaniyati tarixi; 🗄 Dunyoviy etika asoslari. O‘quvchi ota-onasining tanlovi asosida yuqoridagi modullardan biri bo‘yicha dars oladi. Darslar diniy tashkilotlar xodimlari emas, maktab pedagoglari tomonidan o‘tiladi. Hujjatlarda yozilishicha, kursning asosiy maqsadi - o‘quvchilarda din jahon madaniyatining eng muhim tarkibiy qismi ekanligi haqidagi tushunchani shakllantirish, ularda tolerantlikni tarbiyalash, o‘z-o‘zini aniqlash va dunyoqarashni ongli tanlash qobiliyatini rivojlantirish. Ko‘rib turganingizdek, diniy ta’limdagi shuncha erkinliklar, yosh bolalarning masjidga bemalol borishlari yoki diniy ta’lim olishlari oqibatida Rossiyada estremizm yoki boshqa salbiy holatlar ko‘payib ketgani yo‘q. Biz ham mutasaddilardan bu sohada jahon tajribasini o‘rganib, O‘zbekistonga ham tadbiq qilishlarini so‘rab qolamiz. 👤 Botirjon Shermuhammad Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube
Показати все...
👍 22
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#tarvuz #Oʻzbekiston ❓ Tarvuzning foydalari va uning kaloriyasi qancha? Yozning haqiqiy ramzi bo'lgan tarvuz tetiklantiruvchi, mazali va, albatta, foydalidir. Tarvuzda qancha kaloriya bor? Tarvuzning asosiy qiymati, ayniqsa issiq kunlarda, etining 90% dan ko‘prog‘ini o‘z ichiga olgan suvdir. Bundan tashqari, biz minimal kaloriya bilan vitaminlar va minerallar to‘plamini ham iste’mol qilamiz. Tarvuzning kaloriyasi 100 g uchun atigi 30 kkal. Tarvuzdagi foydali moddalar Vitamin C. Sog‘lom teri va immunitet uchun zarur bo‘lgan antioksidant tarvuzda 8,1 mg / 100 g. Karotinoidlar. Tarvuzda topilgan yana bir kuchli antioksidant karotinoid likopendir. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, yangi tarvuz sharbati qondagi likopen va beta-karotin darajasini samarali oshiradi. Tana bu moddalarni o‘sish va ko‘payish, immunitet va ko‘rish uchun muhim bo‘lgan A vitaminiga aylantiradi. Karotinoidlar, shuningdek, fotoprotektiv xususiyatlarga ega va erta ajinlar hamda kiruvchi teri pigmentatsiyasining oldini oladi. 100 g tarvuz mevasida quyidagilar mavjud: likopen - 4530 mkg (pomidorga qaraganda ko‘proq), beta-karotin - 303 mkg, beta-kriptoksantin - 78 mkg, A vitamini - 28 mkg, lyutein - 8 mkg. Folatlar. Tarvuzda ham bo‘lgan B9 vitamini va uning hosilalari nuklein kislotalar va aminokislotalar almashinuvida ishtirok etadi, ya’ni ular hujayra o‘sishi va bo‘linishi uchun zarurdir. Kaliy. Tarvuz qon bosimi va yurak sog‘lig‘ini nazorat qilish uchun muhim bo‘lgan ushbu mineralga boy. Muhim aminokislotalar. Tarvuz sitrulinning yaxshi manbai hisoblanadi - umumiy og‘irlikning 28,5 mg / 1 g gacha va asosan qobig‘ining oq qismida mavjud. Organizmda sitrulin argininga aylanib, qon bosimini pasaytirishga va mashqdan keyin mushak og‘rig‘ini kamaytirishga yordam beradi. Tarvuz zararli bo‘lishi mumkinmi? Umuman olganda, tarvuz ko‘pchilik tomonidan yaxshi qabul qilinadi. Biroq, ba’zilar uchun bu meva ayrim muammolarga olib kelishi mumkin. Ovqat hazm qilish buzilishi Tarvuz fermentatsiya qilinadigan qisqa zanjirli uglevodlar - ingichka ichakda deyarli so‘rilmaydigan fruktoza ichak kasalliklari bo‘lgan odamlarda noqulaylik tug‘dirishi mumkin. Tarvuzga allergiya Tarvuz allergiyasi kam uchraydi va odatda changga sezgir bo‘lgan odamlarda og‘iz allergiyasi sindromi bilan bog‘liq. Bu og‘iz va tomoqdagi qichishish, shuningdek, lablar, og‘iz, til, tomoq va / yoki quloqlarning shishishi ko'rinishida namoyon bo‘lishi mumkin. Shunday qilib, tarvuz tarkibidagi vitaminlar va mikroelementlar tufayli nafaqat foydali, balki u suyuqlikning ajoyib manbai bo‘lib, ayniqsa issiq kunlarda muhimdir. Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube
Показати все...
👍 2
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#fojia #Saudiya_Arabiston 🔻 Saudiya Arabistoni Haj ziyoratida halok bo‘lganlar sonini ma’lum qildi Saudiya Arabistonining ma'lum qilishicha, haj vaqtida kamida 1301 kishi halok bo‘lgan. Ularning aksariyati qattiq jaziramada uzoq masofani bosib o‘tgan ruxsatsiz ziyoratchilar edi. Bu yilgi Haj ibodati o‘ta issiq ob-havo sharoitida bo'lib o'tdi, harorat ba'zan 50C (122F) dan oshib ketdi. O'lganlarning to'rtdan uch qismidan ko'prog'i u yerda bo'lishga rasmiy ruxsatga ega bo‘lmagan va jaziramada himoyasiz yurgan, deya xabar beradi Saudiyaning rasmiy SPA axborot agentligi. Agentlikning qo‘shimcha qilishicha, halok bo‘lganlarning ba’zilari keksalar yoki surunkali kasal bo‘lgan. Tibbiyot muassasalari yarim millionga yaqin ziyoratchilarni, shu jumladan ruxsati bo‘lmagan 140 mingdan ortig‘ini davolashgan. Saudiya Arabistoni Milliy meteorologiya markazi maʼlumotlariga koʻra, Makkada havo harorati 51,8°C gacha koʻtarilgan. AFP axborot agentligi arab diplomati so‘zlariga tayanib, 658 misrlik halok bo‘lganini xabar qildi. Indoneziya 200 dan ortiq, Hindiston esa 98 nafar fuqarosi halok bo'lganini aytdi. Pokiston, Malayziya, Iordaniya, Eron, Senegal, Sudan va Iroq Muxtor Kurdistoni ham halok bo‘lganlarni tasdiqladi. Saudiya Arabistoni maʼlumotlariga koʻra, bu yil hajda 1,8 millionga yaqin kishi qatnashgan. Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube
Показати все...
😢 2
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#statistika #eksport #Oʻzbekiston ❗️ O‘zbekiston qaysi davlatlarga ko‘proq eksport qilmoqda? Statistika agentligi 2024-yilning yanvar-may oylarida O‘zbekiston eksportida yuqori ulushga ega bo‘lgan davlatlarni e’lon qildi. Mamlakatimiz eng ko‘p Rossiyaga – 1,4 mlrd AQSH dollari miqdorida eksport qilgan. Bu o‘tgan yilgi ko‘rsatkichdan (986,3 mln) ko‘paygan. Qolgan o‘rinlarni quyidagi davlatlar egalladi: 🗄 Xitoy – 822 mln AQSH dollari (2023 yilda 823 mln); 🗄 Turkiya – 494 mln AQSH dollari (2023 yilda 536,3 mln); 🗄 Qozog‘iston – 486 mln AQSH dollari (2023 yilda 576,7 mln); 🗄 Afg‘oniston – 372 mln AQSH dollari (2023 yilda 325,6 mln); 🗄 Fransiya – 320 mln AQSH dollari (2023 yilda 160,6 mln); 🗄 Tojikiston – 199,4 mln AQSH dollari (2023 yilda 235,3 mln); 🗄 Qirg‘iz R. – 195 mln AQSH dollari (2023 yilda 306 mln); 🗄 Litva – 131,3 mln AQSH dollari; 🗄 Pokiston – 128,3 mln AQSH dollari. Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube
Показати все...
👍 2
📢 Muhojirlarimiz uchun foydali saytlar: 🗓 Aviasales — arzon aviachiptalarni sotib olish uchun ishonchli xizmat. Aviasales orqali ishonchli aviakompaniyalarni narxlarini solishtirib, aviachiptalarni onlayn harid qilish imkoni mavjud. Aviachipta xarid qilish 👉 https://aviasales.tp.st/MLeaSUxG 📝 Яндекс Путешествия — aviachiptalar, poyezd va avtobus chiptalari, mehmonxonalarni qidirish va bron qilish xizmati. Platformada narxlarni solishtirish imkoniyati mavjud: 👉 https://yandex.tp.st/CJkjNtDj 🌐 Tutu ru — №1 rus onlayn sayohat xizmati. Bundan tashqari saytda samolyot, poyezd, avtobus, elektropoyezd, aeroekspress chiptalarini bir joydan sotib olish, mehmonxona, ekskursiya yoki turni bron qilish mumkin. Turizm xizmatidan foydalanish: 👉 https://tutu.tp.st/dHGVdAL2 ➡️ Poezd ru — Poyezd chiptalarini onlayn band qilish uchun qulay platforma. Platformadan poyezdlar jadvali, jo‘nash manzillari haqida ma’lumot olish va eng arzon narxdagi chiptalarni xarid qilish mumkin. Onlayn chipta xarid qilish 👉 https://poezd.tp.st/yaU5vuOh 💳 DrimSIM — 190 mamlakatda muammosiz ishlovchi, faol sayohatchi va migrantlar uchun qulay aloqa operatori. Ushbu sim-karta bilan safarga otlanishda aloqa borasida muammoga uchramaysiz, yangi raqam olishga hojat qolmaydi. Sim karta buyurtmachiga 1-2 kun ichida yetkazib beriladi. Sim kartani ushbu havola onlayn rasmiylashtiring: 👉 https://drimsim.tp.st/3OsGj1TI Yaqinlaringizga ulashing! Obuna bo‘ling👇 https://t.me/migrantuz
Показати все...
👍 2
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#tarix #Oʻzbekiston ❔ Shayboniyxon «sahroyi» bo‘lganmi? Ayrim tarixchilar, badiiy asarlarning ta’sirida o‘zbekning buyuk xoni Shayboniyxon sahroyi, salkam yovvoyi qilib tasvirlangan. Shayboniyxon aslida qanday kishi edi? Muhammad Shayboniyxon tarixda ko‘chmanchi o‘zbeklar davlati asoschisi degan nom olgan, Tura (Gʻarbiy Sibir) xoni Abulxayrxonning nabirasi Budoq sultonning o‘g‘li edi. Abulxayrxon esa aslan turkiynajod bo‘lmish Chingizxon o‘g‘li Jo‘jining beshinchi o‘g‘li Shaybon (Shabon) naslidan, Abulxayrxon 1462-yili Ulug‘bekning qizi Robiya Sultonbegimni nikohlab olgan edi. Tug‘ilganda unga turkiylar odatiga ko‘ra ikki ism – Muhammad (arabcha) va Shayboniyxon (turkiycha) ismlari qo‘yilgan. Abulxayrxon unga Shohbaxt deb laqab qo‘ygan. Shayboniyxon g‘oyat katta jismoniy kuchga, harbiy tashkilotchilik qobiliyatiga ega edi. «Boburnoma» asarida esa u «Shayboqxon», ya’ni «kuch-qudrat egasi» deb ataladi. Shayboniy yollanma qo‘shin boshlig‘idan xon darajasiga ko‘tarilgan tarixiy shaxsdir. U nafaqat sarkarda balki, Shohbaxt, Shoyboq, Sheboni, Shohibek, Shayboniy taxalluslari bilan g‘azal, ruboiylar bitgan shoir hamdir. Shayboniyxonning adabiy me’rosidan bizgacha bir nechta o‘zbekcha g‘azal, ruboiy va «Bahr-ul xudo» (1508ғyil 14-may Bastom, Domg‘omda yozib tugallangan) nomli dostoni va 1507-1508ғyillarda yozilgan o‘g‘li valiaxd Temur sultonga atalgan pand-nasihatlardan iborat kitobi mavjud (uning yagona nusxasi hozir Turkiyada saqlanadi). U yoshligida otasi Budoq sulton va onasi Qo‘zibegimdan yetim qolgach, otasining sodiq xizmatkori Qorachabek oilasida tarbiyalanadi. Keyinchalik Shayboniyga Turkiston va O‘tror hukmdori Muhammad Mazid tarxon homiylik qiladi. Shayboniy yoshligida Buxoro madrasasida ta’lim oladi. Shayboniyxon ruhoniy ulamolariga katta hurmat, hatto bolalarcha itoat qilib, barcha urush safarlarida o‘zi bilan barobar kichkina go‘zal kutubxonasini olib yurar, Temur kabi bu ham Damashq va Halab ulamosi bilan diniy munozaralarga qatnashgan. Qur’onning ba’zi bir oyatlari haqida Hirotning peshqadam tafsirchilari bo‘lgan Qozi Ixtiyor va Muhammad Yusufga e’tiroz bildirgan edi. Shayboniyxoning islom dini borasida yaxshi bilimga ega ekanligini hatto Bobur ham tan oladi. Shuning uchun bo‘lsa kerak Shayboniyxon o‘zini chin musulmonlar, ya’ni sunna mazhabidagi musulmonlarning boshlig‘i va ularning ximoyachisi deb hisoblardi. Shuning uchun ham Shayboniylar davrida yashagan olimlar xususan, shoir va tarixchilar uni “Xalifa ur-Rahmon” va “Imom az-Zamon” ya’ni “davr imomi” va “tangrining yerdagi xalifasi” deb ulug‘laganlar. Bu nom Shayboniyxonga Hirot olingan yili (1506) berilgan. Shayboniyxon maorif va madaniyat haqida o‘z davrining ruhidan to‘la xabardor va hatto maorif jihatidan oldinga Temur shahzodalarning aksaridan past emas edi. Zamonasidagi tengdosh shoirlarning aksariyatidan ortiq darajada qalam sohibi bo‘lgan. Chunki uning she’rlari buyuk bir iqtidor va go‘zal tabiatga molik ekanini, u ham turkiy ham forsiy ham arabiy tillardan asosli suratda voqif ekanini ko‘rsatmoqda. Sulton Husayn Boyqaroning vafotidan keyin bir siqim donga muxtoj qolgan ko‘pgina ulamolar Shayboniydan panoh topdilar. U ulamolarni xizmatga olib, munosib vazifalar berdi. Buxoro, Samarqand, Toshkentda masjidlar, madrasalar solishga amr etdi. Hatto harbiy yurishlarda ham o‘z atrofida bir necha ulamo bo‘lgan va bular unga hurmat hamda sadoqat ko‘zi bilan qarashgan. O‘tmishda hukmronlik qilgan buyuk ajdodlarimiz Amir Temur, Bobur, Shayboniyxon va ko‘pdan-ko‘p xonlarimiz, amirlarimizni birini biridan ortiq ko‘rmay barchalarini ezgu ishlarini xotirlab, ularning hayoti, ishlaridan o‘rnak olishimiz lozim. Shundagina Vatan va millat kelajagiga boshqacha nazar bilan qarashimiz mumkin bo‘ladi. Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube
Показати все...
👍 16
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#ilmiy_yigʻilish #Yaponiya #Oʻzbekiston ⚡️ Osakada o'zbek talabalarining ilmiy yig'ilishi bo'lib o'tdi Xorijda yashayotgan, ayniqsa ilm olayotgan yoshlarimiz tez-tez uchrashib, muloqot qilib turishadi. Yaponiyada tahsil olayotgan o‘zbekistonlik yoshlar ham bu an’anani kanda qilishmaydi. Uchrashuv bir tomondan hamyurtlarning bir-birining holidan boxabar bo‘lish, ikkinchi tomondan ilmiy bahs-munozaralar tufayli bilmagan narsalarni o‘rganish, bilganlarini boshqalarga tarqatishdir. Nagoya va Tokiodan keyingi Yaponiyaning katta ilm o’chog’i bu - shubhasiz Osaka, Kioto va Kobe shaharlari joylashgan Kansai hududidir. Kuni kecha ilk bor nomdor Osaka universitetida yurtdosh talabalar va tadqiqotchilar bilan sof ilmiy bahs-munozara uchun yig’ildik. Tarkib odamni qo’rqitadigan darajada kuchli. Bu loyihani Kansai hududiga kech tanishtirganimizdan pushaymon bo’lsamda, bunday kuchli millat oqillari bilan ko’p yaxshi marralarni zabt etishga ishonaman. Uzoq-yaqindan kelgan barcha vatandosh talaba-tadqiqotchilarimizga rahmat aytaman. Yig’ilish sardori, Sardor Eshqobilov janoblariga esa alohida tashakkur. Keyingi ilmiy davramiz Avgust oyida bo’lib o’tadi. Unda so’z iqtisodchilarimizga beriladi. Ritsumeikan Va Kwansei universitetlari talabalari chiqishlarini men hozirdanoq kutyapman. 👤 Alisher Umirdinov, Nagoya Iqtisodiyot universiteti professori Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube
Показати все...
👍 3
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#aeroport #Oʻzbekiston ✈️ Urganch xalqaro aeroporti vaqtincha faoliyatini to'xtatadi Uzbekistan Airports telegram kanali Urganch aeroporti vaqincha yopilishi haqida xabar berdi. Bunga uchish-qo‘nish yo‘lagini kapital ta’mirlash ishlari boshlanishi sabab qilib ko‘rsatilgan. Aeroport 2024-yil 20-iyul Toshkent vaqti bilan soat 00:01 dan 2024-yil 7-avgust 23:59 gacha faoliyatini to‘xtatadi. Uzunligi 3000 m va eni 16 m bo‘lgan uchish-qo‘nish yo‘lagi yuzasini butunlay almashtirish va mustahkamlash rejalashtirilgan. Shuningdek, ikkinchi va uchinchi yurish yo‘laklari kapital ta’mirlanadi. Urganch aeroportining uchish-qo‘nish yo‘lagi kapital ta’mirdan so‘ng Boyeing 787 va Airbus A330 kabi keng fyuzelyajli samolyotlarni cheklovlarsiz qabul qila oladi. Urganch shahridagi uchish-qo‘nish yo‘lagini kapital rekonstruksiya qilish oxirgi marta 1997-yilda, shikastlangan qismlarini qisman ta’mirlash esa 2018-yilda amalga oshirilgan edi. Rekonstruksiya davrida barcha rejalashtirilgan reyslar Nukus xalqaro aeroportiga yo‘naltiriladi, yo‘lovchilar Nukus va Urganch aeroportlari o‘rtasida transferlar bilan ta’minlanadi. Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube
Показати все...
👍 3
Оберіть інший тариф

На вашому тарифі доступна аналітика тільки для 5 каналів. Щоб отримати більше — оберіть інший тариф.