cookie

Ми використовуємо файли cookie для покращення вашого досвіду перегляду. Натиснувши «Прийняти все», ви погоджуєтеся на використання файлів cookie.

avatar

Professor Vonelk

Kitoblar haqida taqrizlar, tanqidlar beraman. Ba'zan olam haqida fikrlar ham. Spoyler bo'lmaydi hisob. Ko'p kitob o'qimayman. Kitob o'qishda professor bo'ling, mayli, lekin hayotda akademik bo'ling. Hurmat bilan akademik Klenov. @professor_vonelk_bot

Більше
Таджикистан9 195Мова не вказанаКатегорія не вказана
Рекламні дописи
260
Підписники
Немає даних24 години
-37 днів
+330 днів

Триває завантаження даних...

Приріст підписників

Триває завантаження даних...

Показати все...
SHAKA - OQ ODAM.mp37.41 MB
1
270 ta odam bor hozir kanalda. Demak, 268 ta odam bilmaydigan narsani bilarkanmanda) (bittasi botim)
Показати все...
👍 1 1
Qaysi "nomard" tushundim deb bosdi? Manga yozsinchi, ishotlasin, tarjimasini tashasin. Gugllamay. @professor_vonelk_bot
Показати все...
🤣 9👎 1🤬 1
Men nanay pakegi genaman, ange bu! Yuqoridagi gapimni tushunganlar bormi? Yo‘q bo‘lsa, qiziqqanlar olov bossin, yaqinda bilvoladi.Anonymous voting
  • Ha, tushundim.
  • Tushunmadim.
0 votes
🔥 33👍 1🤣 1
“Ayrilmas er” haqida (2-qism) “Ayrilmas er” asarini o‘qish davomida “Anna Karenina” romanidagi yana bir xiyonat qurboni bo‘lgan er Janob Karenin esimga tushdi. U haqida Tolstoyning shunday degan edi: “Aleksey Aleksandrovich bir umr hayotni aks ettiruvchi xizmat sohalarida ishladi va yashadi. U har safar hayotga to‘qnash kelganda o‘zini chetga olardi. Hozir u jar ustidagi ko‘prik ustidan xotirjam ketayotgan va birdan bu ko‘prik buzib tashlangani, oldidan chiqqan girdobni ko‘rgan odam tuygan tuyg‘ularni his etdi. Girdob hayotning o‘zi, ko‘prik esa, Aleksey Aleksandrovich yashab o‘tgan o‘sha soxta hayot edi”. Darhaqiqat, bizning qahramonlar Velchaninov va Trutsotskiy ham o‘zgacha holatga duchor bo‘lgach asl hayotni his etishni boshlashgan edi. Hatto biri (Velchaninov) o‘zligi ustida bosh qotira boshlagan, hadeb mayda-chuyda, arzimas narsalar haqida emas, ulkan g‘oyalar, buyuk ezguliklar haqida sal-sal o‘ylay boshlagan ham edi. Ikkinchisi (Trutsotskiy) esa, ichish va chekish kabi zararli odatlarga berilgan bo‘lsa-da, u ham o‘z ichida hayot ta’mini his eta boshlagan edi. Chunki uning ham hayot yo‘lida to‘fon uchragandi. Yana shu o‘rinda falsafadagi ekzistensiya – mavjudlik masalasi ham yodimga tushadi. Ekzistensiya ma’lum manoda inson o‘zligi bilan uchrashuv jarayoni bo‘lishi mumkin. Inson o‘zligi nima, u mavjudlikmi? Faylasuf Kyerkegorning fikricha, inson o‘zligi bilan uchrashishi mumkin, ya’ni insonning “o‘zligi” mavjud. Bu shunday mohiyatki, uning mavjudligi inson o‘limiga bog‘liq emas. Inson hayotida o‘zining o‘zligi (mavjudligi) bilan uchrashishi to‘fonli davrlarda sodir bo‘ladi. Masalan, aytaylik urushda ishtirok etish to‘g‘risidagi xabar, yoki inson bir lahzada bor-budidan judo bo‘lishi. Ana shunday lahzalarda, tanlash zaruriyati paydo bo‘lganda, ekzistensiya ro‘y beradi. Ana shunday vaziyatda inson o‘z mavjudligini his etadi. Biroq ekzistensiya holatining oliy shakli inson o‘z o‘limini his qilganda, o‘layotgan lahzalarda o‘z mavjudligini yaqqol his etadi. Asarni o‘qish davomida voqealar rivoji keskinlashadi, asardagi komediya bu kukold Trutsotskiydir. Tragediya esa…, buni asarni o‘qib bilasiz. Ikki qahramon ham shubhasiz, u qadar yaxshi odamlar emas, ammo Velchaninov baribir yaxshiroqdir. Xo‘sh, asar oxirida nimalar bo‘ladi? O‘zlikni izlash, teran narsalar haqida o‘ylash davom etadimi, g‘alayonli vaziyatda hayot ta’mini his etish nimalarga eltadi? Yoki hammasi “iziga tushgach”yana eski hammom eski toz bo‘ladimi? Asarni o‘qishni barcha adabiyot muhlislariga tavsiya etaman. @professor_vonelk
Показати все...
👍 12 2🔥 2👏 1
“Ayrilmas er” haqida (1-qism) Sevimli adibim Dostoyevskiyning asarlarini shu qadar yaxshi ko‘ramanki, atayin ayrim asarlarini o‘qishni keyinga surib yuraman, o‘qisam, keyin tugab qoladi-da. Lekin bu gal o‘zim uchun mutlaqo notanish asarining tarjimasi qilinganini ko‘rdimu, darrov sotib olib o‘qiy boshladim. Har galgidek, Dostoyevskiyning ushbu asarini mohir tarjimon Ibrohim G‘afurov qilgan. Gap “Ayrilmas er” haqida borayapti. Tarjima menga juda yoqdi, eski davrlardagi yaxshi tarjimalarni o‘qigandek bo‘lganim dilimni sarafroz etdiyu, ammo imloviy xatolarning haddan ortiq ko‘pligi hafsalamni pir qildi. Mayli, endi asar haqida fikrlarimni bayon etsam. Doimgidek, Dostoyevskiyni o‘qir ekansiz, yaxshi bir psixologik kitobni o‘qigandan ham ko‘proq foydaga ega bo‘lasiz. Ajoyib, teran tahlillar, uzun va mazmunli monologlar, yuqori saviyadagi adabiy dialoglar – bular Dostoyevskiyning tashrif qog‘ozlaridir. Bir qarashda qissa mavzusi maishiydek tuyuladi, lekin syujetdan ko‘ra, adabiy tadqiqotning teranligi uni falsafiy va psixologik, pishiq asar darajasiga ko‘taradi. Ushbu tradikomedik asarning bosh qahramonlari ikkita, biri Velchaninov, ikkinchisi Trutsotskiy – jazman va “ayrilmas er”. Xotini o‘lgach, Pavel Pavlovich Trutsotskiy xotinining jazmanlariga yozgan maktublarini topib oladi. Shunda tamoman hayratda qolgan aldangan erning ongu-shuurida kuchli g‘alayonlar to‘lqini boshlanib ketdi – u nega bunday bo‘lganini anglamoqchi yoki qasd olish uchunmi jazmanlarni izlab Peterburgga yo‘l oladi… Peterburgda mol-mulk nizosi bo‘yicha adog‘i ko‘rinmas sud ishlari bo‘yicha yugur-yugur qilib yurgan 38-39 yoshlardagi Velchaninov hayotida ham hozir inqiroz davri, bu ehtimol, yo qariyotgani uchun, yo doimgi to‘kin-sochin hayotidan anchayin ayrilib qolib, abgorroq vaziyatga tushib qolganidanmi, yoki bularni bari qo‘shilib, xotirasi ham xira tortib, jigarida xastalik borligidanmi, bilish qiyin, harqalay u ham ravon hayotidan, komfort zonasidan chetda edi hozir. Shu sabab bo‘lsa kerak, o‘zi haqida, o‘tmishidagi fisq-fujurli hayoti haqida, gunohlari haqida eslab, tashvishlanib, o‘ziga tanqidiy ko‘z bilan qaray boshlagandi. Kutilmaganda Velchaninov ko‘chada motam hoshiyasi taqilgan shlyapa kiygan janobni ko‘rib qoldi. Shunisi yetmay turgandi o‘zi. Xotirasi pand berib uning aynan kim ekanini eslolmasa-da, uni tanishini his qilar, uni ko‘rganida nohush holatga tushardi. Nihoyat ma’lum bo‘ladiki, bu o‘sha “ayrilmas er” edi. Eski do‘stlar o‘rtasida dahanaki jang boshlanadi, qiziq suhbatlar ketadi. davomi bor... @professor_vonelk
Показати все...
👍 6 2🔥 1👏 1🤔 1
Ijtimoiy yovuzliklarning ildizi eng avvalo, bilimsizlikda, xurofot va jaholatda, shu bilan birga mistik irim-sirimlardadir. Diniy fanatizm (diniy aqidalar) har qanday erkinlikning asosi bo‘lmish so‘z va vijdon erkinligini o‘z iskanjasiga oladi va halok qiladi. Inson ijtimoiy muhit mahsuli. Agar ijtimoiy muhit inson talablariga javob bera olmasa, u jamiyatda axloqsizlik, buzuq niyatlar, johillar ko‘payadi. Shu sababli bunday yaramas jamiyatni boshqa takomillashgan jamiyat bilan almashtirish lozim. Bu vazifa faqat ma’rifatning rivoji orqali amalga oshadi. Volter — fransuz faylasufi @professor_vonelk
Показати все...
🔥 6😱 1
Anchadan beri yozmadim, men olamda borman. Shu kunlarda kamina «Yevropa falsafasi», «Lev Tolstoy» va Markesning hikoyalarini o‘qib yuribman. Ushbu alg‘ov-dalg‘ovli kunlarimda ingliz tilini ham o‘rganishga yana vaqt sarflagan edim, afsus, yana boshqa ishlar ham chiqib qoldi, hozir ingliz tilida o‘zimning sohamga oid videodarslar va kitoblarni o‘rganyapman. Bu ishimni listeningni oshirib, bir o‘q bilan ikki qarg‘ani (ha, qarg‘a, negadir quyon otgim kelmadi, bu safar) otyapman mana deb o‘zimni ovutyapman. Bilimga chanqoq odamman deb maqtanmoqchi emasmanu, lekin yashirib nima qildim, aslida ham shundayman. Dasturxonda nozu-ne’matlar mo‘l bo‘lsa, qaysi biridan boshlashni bilmay qiynalasizmi? Shu kabi o‘rganishim haqiqatan kerak bo‘lgan va o‘rganishni o‘zim ham xohlaydigan narsalar ko‘p. Shulardan biri, shubhasiz bu ingliz tili. Ingliz tilini o‘zim mustaqil o‘rganganman. Lekin ancha yillar oldin dastlabki turtki va maslahatlarni o‘z opamdan olganman, bu til o‘rganishimda asqotgan. Hozir ham o‘rganyapman, IELTS olishim kerak. Bunda menga bir kuchli ustozning maslahatlari kerak edi, o‘ylab o‘tirmay o‘z do‘stim Tohir Isroilovdan so‘radim. Ancha foydali maslahatlar berdi, kino ko‘rishim kerakligini, qaysi kitoblardan ishlasam samaradorlik yuqori bo‘lishini va hokazolarni aytdi. Tohir ingliz tiliga azaldan mehr qo‘ygan, talantli inson. Kanaliga qo‘shilib, siz ham undan o‘rganing, kechqurun men ham ovozli chatda o‘shayda bo‘laman. @professor_vonelk
Показати все...
😁 3 2👍 1👏 1
00:39
Відео недоступнеДивитись в Telegram
«Choliqushi» haqida taqriz kutganlar bo‘lsa, asarni o‘qimaganman hali. Kinosini uyoq-buyog‘idan ko‘rganman bolalikda. Hozir muzikasini chaldim, eshitib ko‘ring, yoqsa, yurakchali laykni bosing. Fondagi dang‘illatib turgan bolaniyam musiqadan sal-pal xabari bor) @professor_vonelk
Показати все...
15.93 MB
26👏 3👍 1🔥 1😁 1
Stiv Jobs – raqamli eraning buyuk dahosi. Buyuk insonlarning hayot yo‘llari haqida hikoya qiluvchi biografik asarlarning foydalari talaygina. O‘quvchini ilhomlantiradi. Tarbiyaviy ahamiyatga ega. Turli madaniyatlarni yaqindan o‘rganishga va dunyoqarashni kengaytirishga xizmat qiladi. Muayyan soha haqida batafsil tushunchaga ega bo‘lish va bir insonning butun hayotini “tepadan turib” kuzatish imkonini beradi, bu esa o‘z navbatida o‘z hayotining ham chegaralanganligi, uni behuda sovurmasligi haqida o‘qish davomida yana va yana jiddiy o‘ylab ko‘rishga undaydi. Bolalikdan buyuk insonlar haqida ishlangan hujjatli filmlarni, ko‘rsatuvlarni sevib tomosha qilardim, jumladan, Leonardo da Vinchi haqidagi film qalbimdan joy olgan. O‘tgan yili o‘zbek matematigi, pedagogi, akademigi T. N. Qori-Niyoziyning “Hayot maktabi” nomli tarjimayi holini o‘qib chiqib, ancha narsani o‘rgangan edim. Mana endi zamonaviy dunyoning yetuk arbobi bo‘lgan, barchamizga tanish, afsonaviy Stiv Jobs haqidagi biografik asarni o‘qib tugatdim. Kitobda Stivning bolalik yillari, ulg‘ayishi, shon-sharafga burkanishi, o‘zi asos solgan kompaniyadan haydalishi kabi muvaffaqiyatsizliklari va yana g‘alaba qilishda davom etishlari haqida batafsil yoziladi. Stivning g‘ayrioddiy fe’li, badjahlligi, ichida kelgan fikrni tashqariga filtrsiz shunday chiqarib tashlashlari haqida samimiy hikoya qilinadi. Stiv Jobs va uning do‘stlari, komandasi, raqiblari hozirgi zamonimizning raqamli qiyofasini qanday yaratishganini bilib olasiz. Kitobda yengil yumor doimiy hamroh bo‘ladi, hikoyalarning xilma-xilligi ammo muayyan izchillikni saqlashi kitobga bo‘lgan qiziqishni oxirigacha ushlab turadi. Stiv Jobs Doktor Xaus kabi taqdimotni hamisha doskaga yozib ko‘rsatardi. U narsalarni oq-qoraga ajratar, siz qilgan ishni “ajoyib” yoki “axlat”ga chiqarar, o‘zingizni esa daho yoki dumbulga chiqarishi mumkin edi. Kuni bilan faqat olma yoki sabzi yeb yurishi mumkin edi. Sizni gipnoz qilgandek boshqarishi, qila olmasligingizga ishonchingiz komil bo‘lgan ishni ham mantiqni o‘chirib qo‘ygancha qila olishingizga ishontirib qo‘yishi va haqiqatan bor imkoniyatingizni ishga solishga majburlashi mumkin edi. Unga biror g‘oyani aytsangiz, u: “axlat” deyishi, lekin ertasiga xuddi shu g‘oyani ommaga chiqib o‘ziniki qilib aytib o‘tirgan bo‘lishi ham mumkin edi. Undagi perfektsionizm, minimalizm, rassomlarga xos qaysarlik olamshumul va yashovchan kompaniya yaralishiga sabab bo‘ldi. U san’at va texnologiyani uyg‘unlashtirdi, u hamma narsani nazorat ostida ushlashni yoqtirardi, bu esa olamga boshdan-oyoq integratsiyalangan san’at asarlarini taqdim etdi. Jobs nima qilib bo‘lsa ham ko‘p pul topishni emas, balki mukammal, odamlarga kerak bo‘ladigan, yorqin mahsulotlar yaratishni asosiy maqsad qilgandi. U nimaga qo‘l urmasin, o‘sha narsada yaxshigina inqilob qila olgan inson edi. Boshqa ko‘plab kompaniyalar chiqitga chiqib ketayotgan bir paytda “Apple” hamon olamni qoyil qoldirishda davom etmoqda, masalan, yaqinda premyerasi bo‘lgan “Vision pro”ni eslang. Kitobda Jobs va Geytsning qiziqarli suhbatlari ham sizni befarq qoldirmaydi. Uzoq vaqt uning raqibi bo‘lgan Geyts ham Stivga tan beradi: Men Jobsdek didli bo‘lish uchun bor budimni bergan bo‘lardim. Stiv Jobs deganda hamma “Apple”ni eslaydi, lekin u o‘z davridagi eng muvaffaqiyatli kompaniyalardan yana biri bo‘lgan – “Pixar”ga ham asos solgandi. Bolaligimda sevib tomosha qilgan “O‘yinchoqlar tarixi” animatsion multfilmi “Pixar” va “Disney” hamkorligida yaratilgan bo‘lib, bu tarixdagi ilk to‘liq metrajli animatsion multfilmdir. Jobsni o‘zi asos solgan “Apple” dan haydashganida ham u bekor yurmay “Next” va “Pixar”ga asos solgandi. Bular haqida kitobda batafsil yoziladi. Asarni o‘qish bizning mana shu hayotimizdagi ko‘plab o‘zgarishlar va qulayliklar yaratilishiga ulkan hissa qo‘shib ketgan, uzoqni ko‘ra olgan raqamli era dahosiga o‘ziga xos hurmat va ehtirom ham bo‘lsa ajab emas. P.S. Shunday ajoyib asarni a’lo sifatda va ajoyib tarjimada bizga taqdim etgan @asaxiybooks jamoasiga minnatdorchilik bildiraman. @professor_vonelk
Показати все...

👍 8 5🔥 4👎 1
Оберіть інший тариф

На вашому тарифі доступна аналітика тільки для 5 каналів. Щоб отримати більше — оберіть інший тариф.