cookie

Ми використовуємо файли cookie для покращення вашого досвіду перегляду. Натиснувши «Прийняти все», ви погоджуєтеся на використання файлів cookie.

avatar

Amudaryo tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi | Rasmiy kanali

Amudaryo tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limining rasmiy telegram kanali!

Більше
Рекламні дописи
810
Підписники
-124 години
-87 днів
-1830 днів

Триває завантаження даних...

Приріст підписників

Триває завантаження даних...

Repost from Xushnudbek.uz
Endi xususiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalari ham davlat granti taqsimotida ishtirok etishi mumkin. Buning uchun davlat oliy ta’lim muassasalari uchun o‘rnatilgan tartib va shartlar bo‘yicha talabalar qabulini amalga oshirishi kerak. Boshqacha aytganda UzBMB test sinovlari orqali talaba qabul qiladigan nodavlat OTMlarning talabalari ham xuddi davlat OTMlari talabalari kabi davlat grantiga teng huquqli da’vogarlik qilishi mumkin. Bunda tegishli bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bir talaba uchun ajratiladigan mablag‘ moliyaviy mustaqillik berilgan davlat oliy ta’lim muassasalarida bir talaba uchun to‘g‘ri keladigan o‘rtacha xarajat miqdoridan oshmagan hajmda moliyalashtiriladi. 👉 @xushnudbek 👈
Показати все...
Repost from Xushnudbek.uz
⚡️Qabul 5-iyundan boshlanadi!!! 2024/2025 o‘quv yilidan boshlab davlat oliy va professional ta’lim muassasalariga (kasb-hunar maktabi bundan mustasno) qabul qilish bo‘yicha imtihonlar “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiq bir vaqtda o‘tkazilishi belgilansin. Bunda: a) abituriyentlar o‘z tanloviga ko‘ra test sinovi natijasida to‘plagan balidan kelib chiqib, dastlab oliy ta’limning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga, so‘ng professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tanlovda ishtirok etadi; b) davlat oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga qabul jarayoni quyidagi ikki bosqichda amalga oshiriladi: birinchi bosqichda abituriyentlar har yili 5-iyundan 25-iyunga qadar (25-iyun kuni ham) test sinovi topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tadi hamda test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topshirish hududini hamda kirish imtihonlari tarkibida kasbiy (ijodiy) imtihon bo‘lsa, ushbu imtihonni topshiradigan davlat oliy ta’lim muassasasini tanlaydi. Bunda bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha yagona kasbiy (ijodiy) imtihonlar dasturlari va baholash mezonlari tegishli vazirliklar (idoralar) tomonidan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi; o‘qishga qabul qilish bo‘yicha kirish imtihonlari iyul–avgust oylarida o‘tkaziladi; ikkinchi bosqichda abituriyentlar test sinovlari to‘liq yakunlanganidan so‘ng 15 kun davomida oliy ta’lim muassasasi, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlaydi. 👉 @xushnudbek 👈
Показати все...
Repost from Xushnudbek.uz
2025/2026 o‘quv yili qabulidan boshlab fanlar majmuasida chet tili birinchi fan sifatida belgilangan ta’lim yo‘nalishlariga qabul xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikat asosida amalga oshiriladi. ❓Bu nima degani? Ya’ni kelasi yildan boshlab, qaysi yo‘nalishda chet tili birinchi fan (3,2 ball) bo‘lsa, o‘sha yo‘nalishga faqat sertifikati borlargina hujjat topshira oladi. 👉 @xushnudbek 👈
Показати все...
Repost from Xushnudbek.uz
Oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilish va davlat buyurtmasini joylashtirish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida Prezideni farmoni qabul qilindi. https://president.uz/uz/lists/view/7256 Farmon bilan tizimda katta o’zgarishlar bo’ladi. Bu haqda birin-ketin tushuntirish beramiz. 👉 @xushnudbek 👈
Показати все...
Repost from Xushnudbek.uz
2024/2025 o‘quv yili qabulidan boshlab: davlat buyurtmasi parametrlarini davlat oliy ta’lim muassasalari kesimida taqsimlash amaliyoti bekor qilinib, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kunduzgi ta’lim shaklida tasdiqlash tartibi joriy etiladi, bundan oliy harbiy va harbiylashtirilgan ta’lim muassasalari mustasno; davlat buyurtmasi bo‘yicha kvotalar taqsimotida muhandislik, tibbiyot, aniq va tabiiy fanlar bilim sohalariga ustuvorlik beriladi. ❓Bu nima degani? Ya’ni endi davlat grantlari falon universitet uchun berilmaydi, balki yo‘nalish uchun ajratiladi. Masalan, Toshkent davlat yuridik universiteti uchun aniq grant o‘rni bo‘lmaydi, balki yurisprudensiya yo‘nalishi uchun umumiy grant kvotasi ajratiladi. Bunda respublikadagi barcha OTMlardagi yurisprudensiya yo‘nalishiga topshirgan abituriyentlar orasida kvota doirasida eng yuqori ball to‘plaganlari, qaysi OTMga topshirganidan qat’i nazar, grantga kiradi. Bu degani endi ayrim OTMlarda grantga kirgan bironta talaba bo‘lmasligi mumkin. Rejaga ko‘ra, davlat grantining barcha kvotasini bitta OTM olib qo‘yishining oldini olish maqsadida OTM uchun 50% lik cheklov qo‘yiladi. 👉 @xushnudbek 👈
Показати все...
👍 1
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#TAYINLOV ✅ Matqurbanov Ramatulla Yerdashovich - Amudaryo tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 12-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori lavozimiga “Direktorlar kengashi” tavsiyasiga asosan 2024-yil 20-may sanasidan tayinlandi. 📌 Bunga qadar Matqurbanov Ramatulla Yerdashovich Amudaryo tumani 27-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi o'quv ishlari bo'yicha direktor o'rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan. 🗂 Endilikda yangi tartib boʻyicha maktab direktorlarini lavozimiga tayinlash “Direktorlar kengashi” tavsiyasiga asosan amalga oshirilib, direktorlikka nomzodlarning menejerlik sertifikatiga ega boʻlish talabi qoʻyilgan. Yangiliklarni biz bilan kuzatib boring:
Показати все...
👍 10👌 1
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#TAYINLOV ✅ Raximbayev Azimjon Oybekovich - Amudaryo tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 49-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori lavozimiga “Direktorlar kengashi” tavsiyasiga asosan 2024-yil 20-may sanasidan tayinlandi. 🗂 Endilikda yangi tartib boʻyicha maktab direktorlarini lavozimiga tayinlash “Direktorlar kengashi” tavsiyasiga asosan amalga oshirilib, direktorlikka nomzodlarning menejerlik sertifikatiga ega boʻlish talabi qoʻyilgan. Yangiliklarni biz bilan kuzatib boring:
Показати все...
👍 9
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#TAYINLOV ✅ Raximbayev Azimjon Oybekovich - Amudaryo tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 49-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori lavozimiga “Direktorlar kengashi” tavsiyasiga asosan 2024-yil 20-may sanasidan tayinlandi. 🗂 Endilikda yangi tartib boʻyicha maktab direktorlarini lavozimiga tayinlash “Direktorlar kengashi” tavsiyasiga asosan amalga oshirilib, direktorlikka nomzodlarning menejerlik sertifikatiga ega boʻlish talabi qoʻyilgan. Yangiliklarni kuzatib biz bilan kuzatib boring: | Facebook | YouTube | Telegram |
Показати все...
👍 1
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#TAYINLOV ✅ Matqurbanov Ramatulla Yerdashovich - Amudaryo tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 12-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori lavozimiga “Direktorlar kengashi” tavsiyasiga asosan 2024-yil 20-may sanasidan tayinlandi. 📌 Bunga qadar Matqurbanov Ramatulla Yerdashovich Amudaryo tumani 27-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi o'quv ishlari bo'yicha direktor o'rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan. 🗂 Endilikda yangi tartib boʻyicha maktab direktorlarini lavozimiga tayinlash “Direktorlar kengashi” tavsiyasiga asosan amalga oshirilib, direktorlikka nomzodlarning menejerlik sertifikatiga ega boʻlish talabi qoʻyilgan. Yangiliklarni kuzatib biz bilan kuzatib boring: | Facebook | YouTube | Telegram |
Показати все...