cookie

Ми використовуємо файли cookie для покращення вашого досвіду перегляду. Натиснувши «Прийняти все», ви погоджуєтеся на використання файлів cookie.

avatar

IMA Urganch shahar 1-son IMI

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Urganch shahar 1-son IMI ning matbuot xizmati. 🏢Urganch 1-son IMI faoliyati; 🏆Erishilgan yutuqlar; 📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar; 👍Maktab, viloyat va Respublika Tel: +998622232031

Більше
Рекламні дописи
1 940
Підписники
+124 години
-267 днів
-18730 днів

Триває завантаження даних...

Приріст підписників

Триває завантаження даних...

Repost from N/a
🤩 7👍 4
Repost from N/a
#tanishing_kelajak O'ngdan birinchi qizimiz Jumanazarova Diana Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 11-sinf o'quvchisi, STEM fanlar olimpiadasida biologiya fanidan Viloyat bosqichida birinchi, Respublika bosqichida 2-o'rinlarni egallagan, biologiya fanidan milliy sertifikat egasi; Uning yonida shu maktabning 7-sinf o'quvchisi O'ktamboyeva Zarina-matematika fanidan SEAMO-2019, Xalqaro IMAS 2024 matematika olimpiadasi, Khiso olimpiadasi, STEM fanlari olimpiadasida matematika fanidan Respublika bosqichi 2-o'rin sohibasi; O'rtadagi qizimiz-Sharipboyeva Bonuxon Urganch shahar 1-son IMIning 8-sinf o'quvchisi, kimyo fanidan Al-Xorazmiy olimpiadasi Respublika bosqichi ishtirokchisi, Khiso olimpiadasi,Hokim olimpiadasi 1-2-o'rinlar sovrindori, STEM fanlari olimpiadasida kimyo fanidan Respublika bosqichi 2-o'rin sohibasi; Chapdagi qizimiz-Sharipova Asalxon Urganch tumanidagi 27-sonli maktabning 11-sinf o'quvchisi, biologiya fanidan milliy sertifikat egasi, asosiy fan olimpiadasining bir necha bor Viloyat bosqichi g'olibi, Abu Ali Ibn-Sino nomidagi xalqaro biologiya olimpiadasi bronza medal sovrindori. Hozirda esa ular Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligining  iqtidorli yoshlar uchun tashkil etilgan "Renessans" bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida yozgi ta'tilni maroqli o'tkazmoqdalar! Bu qizlarimizning yutuqlari hali Inshaalloh ko'p va xo'p davomli bo'ladi! Biz ularga ishonamiz! Nasib, yana 10-15 yillardan keyin bu qizlarimizning Nobel mukofotini olganliklari haqida post joylarman! @Joresmian88
Показати все...
👍 18
#Bitiruvchilar_qurultoyi ✅ Kecha Toshkent shahridagi Simpoziumlar saroyida Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktablarning bitiruvchilari uchun ilk marotaba “III Renessans bunyodkorlari” shiori ostida bo‘lib o‘tgan Bitiruvchilar qurultoyida Xorazm viloyati bo‘yicha: ➖Xiva shahridagi Prezident maktabidan 20 nafar, Ogahiy nomidagi ijod maktabidan 5 nafar va ➖ Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlaridan 7 nafar bitiruvchi yoshlar ustozlar hamrohligida ishtirok etdilar. 🌐 Telegram | Facebook
Показати все...
👍 3
Assalomu alaykum! Hurmatli ota-onalar! Aziz oʻgʻil-qizlarimiz! Sizlar bilan yana bir muhim xabarni boʻlishmoqchiman.
Kuni kecha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrida boks va gimnastika sport turlariga ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini tashkil etish bo‘yicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmoni qabul qilindi.
Mazkur farmonga koʻra tizimimizda Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabi hamda Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabi tashkil etildi. Hech shubhasiz, Davlatimiz rahbarining ushbu farmoni Agentligimizga boʻlgan yuksak ishonchni ifodalaydi. Shu bilan bir qatorda, bunday ulkan ishonchni oqlash, ixtisoslashtirilgan sport maktablarini zamon bilan hamnafas, eng soʻnggi ta’lim va sport metodlari hamohangligida ham bilimda ham bilakda baquvvat boʻlgan yoshlarni kamolga yetkazishdek zalvorli mas’uliyatni anglatadi. Qolaversa, Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarimiz safiga ixtisoslashtirilgan sport maktablarining qoʻshilgani zimmamizga har tomonlama salohiyatli, xalqaro talablarga mos yosh sportchilarni jahon arenalarida Vatanimiz bayrogʻini yuqori koʻtaradigan, millatimiz faxri boʻlajak yigit-qizlarimizni kashf etishdek jiddiy vazifani yuklaydi. Albatta, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bilan birgalikda ushbu farmonda koʻrsatib oʻtilgan, oldimizda turgan oʻta mas’uliyatli va shu bilan birga sharafli boʻlgan vazifalarning ijrosini oʻz vaqtida, sifatli bajarish uchun bor kuch-gʻayratimizni sarflaymiz. Endilikda bilimli, iqtidorli, ulkan yutuqlarga erishayotgan oʻgʻil-qizlarimizdan iborat “Oltin fond”imiz Alpomishdek zabardast hamda Toʻmarisdek yovqur sportchi yoshlarimiz bilan ham yanada boyishi shubhasiz. Alisher Ubbiyev, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Показати все...
👍 2
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Матбуот ва оммавий ахборот воситалари ходимларига табрик Поздравление работникам печати и средств массовой информации Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Показати все...
#Renessans_oromgohi ⏩ Viloyatimizdagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalarining olimpiadalarda g'olib bo'lgan bir guruh o'quvchilari: ▫️Abdullayev Jaloliddin - Xiva shahridagi Prezident maktabi ▫️O‘ktamboyeva Zarina - Urganch shahar 1-son IMI ▫️Farhodov Oybek - Bog'ot tumani IM ▫️Sheripboyeva Bonu - Urganch shahar 1-son IMI ▫️Jumanazarova Diana - Urganch shahar 1-son IMI ▫️Kamulboyev Diyorbek - Bog'ot tuman IM ▫️Sadullayeva Gulasal - Xiva shahar 2-son IM ▫️Rustambekova Nigina - Ogahiy ijod maktabi ▫️Otaboyeva Mumtozxon -Ogahiy ijod maktabi ▫️Rajabov Dilshodbek - Hazorasp tumani IM Shuningdek, lider ustozlar: ▫️Egamberdiyev Atabek - Hazorasp tumani IM ▫️Kuchkarov Abdulla - Shovot tuman IMI ▫️Qutlimuratov Davul - Hazorasp tumani IM ▫️Eshchanov Siroj - Hazorasp tumani IM ▫️Sadullayev Shoxrux - Yangiariq tumani IM ▫️Rozzoqov Anvar - Bog‘ot tumani IM ▫️Sabirov Ravshanbek - Bog‘ot tuman IM 🏕 Toshkent viloyatidagi “Renessans” sog'lomlashtirish oromgohida hordiq chiqarmoqdalar. 🌐 Telegram | Facebook
Показати все...
👍 5🔥 1👏 1🤩 1
Repost from Xushnudbek.uz
❗️Test sinovlari 14–28-iyul kunlari o‘tkazilishi kutilmoqda #abituriyent Shuningdek, rejaga ko’ra, 1–25-iyul kunlari ijodiy imtihonlar o‘tkaziladi. Abituriyentlar ijodiy imtihonda to‘plagan balini o‘sha kunning o‘zida, testda to‘plagan balini ertasiga bilishi mumkin. ✅ Ijodiy imtihon va test sinovlari to‘liq yakunlangandan so‘ng, ro‘yxatdan o‘tishning ikkinchi bosqichida abituriyentlar 15 kun davomida test ballaridan kelib chiqib, 5 tagacha yo‘nalishni, ta’lim shaklini (kunduzgi, kechki, sirtqi), tanlov ustuvorligini tanlaydi. Shundan so’ng mandat chiqadi. Yiqilganlarga esa kollej yoki texnikumga kirishga imkoniyat beriladi. 👉 @xushnudbek 👈
Показати все...
👍 5
#Bitiruvchilar_qurultoyi ⚡️ BITIRUVCHILAR QURULTOYI BO'LIB O'TDIBugun Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktablarning bitiruvchilari uchun ilk marotaba “III Renessans bunyodkorlari” shiori ostida Bitiruvchilar qurultoyi bo’lib o’tdi. 📍Agentlik tizimidagi maktablar bitiruvchilarini hаr tomonlama qoʻllab-quvvatlash va ulаr bilan doimiy hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, bitiruvchilarning takliflari asosida taʼlim jarayonini takomillashtirish, maktab taʼlimidan keyingi faoliyatidagi tajribalarini oʻquvchilarga yetkazish maqsadida tashkil etilgan ushbu yirik maʼnaviy-maʼrifiy tadbirda mingdan ziyod bitiruvchi yoshlar ishtirok etdi. Tadbirni Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova kirish so’zi bilan ochib, Davlatimiz rahbari tomonidan barcha jabhalarda bo’lgani kabi ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan keng islohotlar, qurultoyning ahamiyati haqida to’xtalib, bitiruvchilarga oq yo’l tiladi. ✔️Maʼlumot oʻrnida, bugungi kunda Agentlik tizimida 14 ta Prezident maktabi, 9 ta ijod maktabi hamda 182 ta ixtisoslashtirilgan maktab faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. 📆 Joriy o‘quv yilida Prezident maktablarini 319 nafar, ijod maktablarini 260 nafar, ixtisoslashtirilgan maktablarni 5 856 nafar o‘quvchi tamomlayotgan boʻlsa, oʻtgan oʻquv yilida Prezident maktablarini 326 nafar, ijod maktablarini 233 nafar, ixtisoslashtirilgan maktablarni 3 927 nafar o‘quvchi tamomlagan. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Показати все...
👍 7
👏 28👍 7🔥 2🥰 1
Перейти до архіву дописів
Оберіть інший тариф

На вашому тарифі доступна аналітика тільки для 5 каналів. Щоб отримати більше — оберіть інший тариф.