Xojatxonadan butunlay tashqariga chiqsam hech kim yoʻq ekan, zinadan chiqib kelayotgan Asadga koʻzim tushdi. U bilan shu oʻquv markazda tanishganmiz, keyin bitta ijaraga uy olishni boshlaganimizda doʻstlashdik. Hozir u menga ishxonadan hammadan koʻp qaygʻuradigan odam edi. Qand kasalim borligini hammaga ham aytishni istamasdim. Menga achinish koʻzlari bilan qarashlari yoqmaydi. Bu umuman yoqimsiz holat.
— Darsing tugadimi?, — qoʻl soatiga qarab soʻradi Asad.
— Ha ozgina qoldi, — xonaga qaytarkanman javob berdim.
— Boʻla qol, hali 2-smena oʻquvchilarimiz kelguncha tushlikka chiqib kelishga ulgurishimiz kerak. Ayniqsa sen och qolishing mumkin emas.
— Yaxshi.
— Dorimni qabul qilib olay deb boya kirib ketgan eding-ku, oʻzi, — u menga zimdan qaradi, — Yo mazzang qochib oʻzingga kelguncha oʻtirdingmi? Mendan yashirma!
— Yoʻq, hammasi joyida, — u ortiqcha vahima koʻtarmaslik uchun toʻgʻrisini aytishga toʻgʻri keldi, — Bir qiz ichkarida dugonasi bor deb oʻylab tashqarida rossa ertak aytib turdi.
— Ertak?, — Asad menga gʻalati qaradi.
— Ha. Kesatyapman.
Qachon u kesatganimga joyida anglar ekan-a?
— Oʻshani eshitib turdingmi sen?
— Agar chiqqanimda u uyalib qolardi. Uyaltirishni xohlamadim.
— Bunchalar oliyjanobsiz-a!
Mana shu yerda doʻstim aniq koʻrsatdi.
— Shuni ayt! Sen ham mendan oʻrgan, qizlarga qanday mulozamatli boʻlishni.
— Kim ekan u qovun qiz?
— Bilmadim, — darsga kirishimdan oldin yolgʻon soʻzlab dedim, — 10 daqiqadan keyin chiqaman kutib tur.
Uch smena darsdan yoʻq, har kungidek uyga charchab qaytdik. Dars oʻtayotganimda bu azob bilinmasdi. Bu kechasi bilinardi. Kechasi bilan miyamda misol yechib chiqishimni bilardim, lekin oʻngimda alahsirashimni Asad aytib ustimdan kulganida hayron qolgandim. Shu kuni oʻtgan kuni alahsiraganim eslab qoldi.
— Kechasi Pifagor teoremasini nega yodlamading, deb baqirding!, — Asad oʻziga muzdek ichimlikdan quyarkan mazza qilib kuldi, — Yoningga borib, "Darsda emassan" degandim jim boʻlding.
— Ha, kul, kul, — unga stol ustidagi gʻijimlangan qogʻozlarni otdim, — Oʻzing uxlayotganda xurrak otasan bilasanmi? Keyingi safar paypog‘imni ogʻzingga tiqib qoʻyaman!
— Eh doʻstim, — u ichimlikdan simirib ichdi, — Senga mana bunday narsalar mumkin emas-da! Rohatini bilmaysan. Hayotingda birorta shirin narsa yoʻq, mumkin emas. Maslahatim tezroq uylan, oʻshanda shirini bitta boʻlsa ham boʻladi. Lekin, buning uchun ja uylanish ham shart emas, degandi kecha Suxrob.
U idishlarni yigʻishtirib oshxonaga oʻtib ketdi. Shiringa uylanishing nima aloqasi bor ekan?!
Uxlashga yotgan kishi boʻlib, noutbookimni qoʻlimga oldim. Qulay boʻlishim uchun oyogʻimga yostiq, uni esa yostiq ustiga qoʻydim.
Qani, bir oʻsha serialni koʻraychi?! Nima bemaʼnilik haqida toʻlib toshib gapirgan ekan.
Internetdan toʻliq qismlari chiqavermagani uchun qisqa qisqa vidoelarini koʻrib chiqdim. Uchta vidoesidan keyin kimni kim ekanini ajrata oldim. Latifa deb taʼriflangani agar toʻgʻri taxmin qilgan boʻlsam, shamlar yoqib arabcha libosda eriga raqsga tushayotgan edi.
Mana nimaga u zoʻr xotin unvoniga sazovor koʻrilibdi-da!
— Nima qilyapsan?, — orqamdan Asad paydo boʻlib qoldi, — Uylanishga tayyorlanyapsanmi?
— Ey, bor, uxla!, — noutbookimni yopib qoʻyib uni haydadim, — Kechasi tinch qoʻy.
— Yoʻq, yoʻq, och, — u yonimga oʻtirib oldi, — Zoʻr narsa koʻrayotgan eding.
Koʻzlarimni suzib noutbookimni qayta ochdim. U biroz qarab turib:
— Bu yoshligimizdagi serial-ku, — dedi, — Hamma koʻrardi. Boshlangan vaqti koʻchada hech kim qolmasdi, lekin yaxshi serial emas. Gʻirt boʻlmagʻur.
Buni tushunib boʻldim. Demak, u qiz shunaqa seriallar koʻrarkan-da. Menga nima?