cookie

Ми використовуємо файли cookie для покращення вашого досвіду перегляду. Натиснувши «Прийняти все», ви погоджуєтеся на використання файлів cookie.

avatar

FJSTI YOSHLAR ITTIFOQI rasmiy kanali

Doʻstlarning bir biriga boʻlmasa hech nifoqi, Yanayam kengayadi Yoshlarning Ittifoqi!!

Більше
Рекламні дописи
1 406
Підписники
Немає даних24 години
-107 днів
-4430 днів

Триває завантаження даних...

Приріст підписників

Триває завантаження даних...

02:55
Відео недоступнеДивитись в Telegram
Prezidentning Fargʻonaga tashrifi: yangicha fikrlash va ishlash, imkoniyatlardan unumli foydalanish – xalqimizni rozi qilish, iqtisodiyotimiz raqobatbardoshligini oshirish garovi Kanalga ulanish:  @uzauz
Показати все...
rolik_fargona_tg_new2.mp437.22 MB
Repost from FJSTI | RASMIY 🏛
02:50
Відео недоступнеДивитись в Telegram
#Tashrif O'zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo'mitasi raisi Yusupaliyev Baxodir Qahramonovich boshchiligidagi delegatsiya Fargʻona jamoat salomatligi tibbiyot institutiga tashrif buyurdi. ✅Tashrif davomida delegatsiya tarkibiga institutimiz professor-oʻqituvchilari hamda talabalari uchun yaratilgan imkoniyatlar, xalqaro aloqalar, tibbiy taʼlim sifati haqida batafsil ma'lumotlar berildi va ular oliygohimizdagi barcha shart-sharoitlar bilan bevosita tanishdi. ©️Farg'ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti Matbuot xizmati Web-site | Telegram | Facebook Instagram| YouTube | Twitter
Показати все...
69.99 MB
00:29
Відео недоступнеДивитись в Telegram
Prezident Qoʻqon universiteti faoliyati va Fargʻona turizm xalqasi loyihasi bilan tanishdi Kanalga ulanish:  @uzauz
Показати все...
reels_universitet_tg.mp425.58 MB
Prezidentimiz universitet yonidagi Tepaqoʻrgʻon arxeologiya yodgorligini ham koʻzdan kechirdi. Ushbu yodgorlik 2019-yilda moddiy madaniy meros obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan. 2022-yilda olib borilgan arxeologik qazuv ishlari natijasida yodgorlik arkining tuzilishi aniqlangan. Davlatimiz rahbari mazkur arxeologik yodgorlikni rekonstruksiya va konservatsiya qilib, “ochiq osmon ostidagi muzey”ga aylantirish tashabbusini bildirdi.
— Ziyorat oʻzi xayrli ish. Lekin millat tarixini ziyorat qilish yanada ulugʻ neʼmat. Bu yerda ana shunday sharoit yaratish kerak. Bu odamlarga, ayniqsa, yoshlarimizga ham bilim, ham gʻurur beradi. Qoʻrgʻon haqida chet ellardagi manbalarni oʻrganib, maʼlumotlarni boyitib borish ham zarur,
— dedi Prezident. Kanalga ulanish:  @uzauz
Показати все...
Prezident Shavkat Mirziyoyev Qoʻqon universitetida yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Ushbu taʼlim maskani 6 ming 400 oʻringa moʻljallangan. Oʻquv binolari, 500 oʻrinli 2 ta talabalar turar joyi hamda axborot-kutubxona markazida yoshlar uchun barcha sharoit yaratilgan. Talabalarga 233 nafar professor-oʻqituvchi saboq bermoqda. 80 ga yaqin xorijiy universitet bilan shartnomalar imzolangan. Universitet Turkiy tilli davlatlar universitetlari kengashi aʼzosi. Oʻtgan oʻquv yilida Kengashning taʼlim grantlari asosida 22 nafar oʻqituvchi Turkiya, Ozarbayjon, Qozogʻistonda malaka oshirib qaytdi. 15 nafar xorijlik oʻqituvchi esa Qoʻqon universitetida malaka oshirdi. Hududda olti qavatli, ikki ming oʻringa moʻljallangan yangi oʻquv binosi qurilmoqda. Bu yerda oʻquv xonalari, fan laboratoriyalari, tipografiya joylashadi. Shuningdek, ikki qavatli “Yoshlar IT akademiyasi” barpo etilmoqda. Ularni shu yil sentyabrda foydalanishga topshirish rejalashtirilgan. Kanalga ulanish:  @uzauz
Показати все...
00:33
Відео недоступнеДивитись в Telegram
Fargʻonada yirik sanoat va energetika loyihalari ishga tushirildi, yangilarini qurish boshlandi Kanalga ulanish:  @uzauz
Показати все...
reels_zapusk_tg.mp425.34 MB
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Sohadagi yana bir yoʻnalish – suv resurslaridan samarali foydalanish. Soʻnggi yetti yilda 630 million dollar investitsiya hisobiga 400 megavattdan ortiq yangi quvvatlar barpo etilib, gidroelektr stansiyalar quvvati 2,2 gigavattga yetkazildi. Izlanishlar davom ettirilib, yurtimizda 56 megavatt quvvatli 200 ta kichik va mikro GESlar qurish imkoniyati aniqlandi. Bu borada alohida dastur qabul qilindi. Uning doirasida Fargʻona tumanining cheka hududlarida 2 ta kichik GES barpo etildi. Birinchisi, Shohimardon qishlogʻida qurilgan 2,2 megavattli, ikkinchisi, Yuqori Vodil qishlogʻidagi 430 kilovattli stansiyalardir. Ular yaqin mahallalardagi aholini uzluksiz elektr energiyasi bilan taʼminlaydi. Kanalga ulanish:  @uzauz
Показати все...
Фото недоступнеДивитись в Telegram
▫️Fargʻonaning Beshariq tumanida Germaniyaning “Hyper Partners” kompaniyasi bilan 500 megavattli quyosh elektr stansiyasi qurilishi boshlanmoqda. 350 million dollarlik mazkur loyihaning dastlabki 200 megavatti shu yilning oʻzida tarmoqqa ulanib, kelgusi yilda toʻliq ishga tushiriladi. Unda yiliga 1 milliard 600 million kilovatt soat yoki 675 ming xonadonning bir yillik isteʼmoliga teng “yashil” energiya ishlab chiqariladi. Natijada 466 million metr kub tabiiy gaz tejaladi. ▫️Oʻzbekiston tumanida 144 million dollar xorijiy investitsiya hisobiga 150 megavattli ilk elektr energiyasini saqlash tizimi barpo etiladi. Xitoyning “Gezhouba Group” kompaniyasi bilan hamkorlikdagi ushbu majmua shu yil yakuniga qadar ishga tushiriladi. U elektr energiyasiga talab ortgan vaqtda avtomatik ishga tushib, energetika tizimi barqarorligini taʼminlaydi. Kanalga ulanish:  @uzauz
Показати все...
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Marosimdagi yana toʻrtta loyiha energetika sohasida. Ular – Beshariq tumanida quyosh elektr stansiyasi, Oʻzbekiston tumanida elektr energiyasini saqlash tizimi, Fargʻona tumanida kichik gidroelektr stansiyalari. Soʻnggi uch yilda 2 milliard dollar xorijiy investitsiya hisobiga quvvati 2,4 gigavatt boʻlgan 10 ta quyosh va shamol elektr stansiyasi tarmoqqa ulandi. Yil yakuniga qadar yana 12 ta stansiyaning qariyb 2,6 gigavatt quvvatlari ulanadi. Shuningdek, hozirgi kunda jami 19 milliard dollarlik, 18,3 gigavattli 32 ta “yashil” loyiha amalga oshirilmoqda. Muhimi, bunday loyihalar har bir viloyatda bor. Kanalga ulanish:  @uzauz
Показати все...
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Ilgari viloyatda 6 ta loyiha qilish amri mahol edi. Bugun 6 milliard dollarlik loyihalar haqida gapirayapmiz. Nima uchun? Oʻsdik, rivojlandik, investorlarni ishontirdik, sharoit yaratdik. Bunday ishlarni yana davom ettiramiz,
— dedi Shavkat Mirziyoyev. Birgina “Qoʻqon” erkin iqtisodiy zonasida 370 million dollarlik yuzga yaqin loyiha bajarilib, 9 mingta yangi ish oʻrni yaratildi. Ular tomonidan joriy yilning birinchi yarmida 1 trillion 500 milliard soʻmlik mahsulot ishlab chiqarilib, 60 million dollarlik eksport qilindi. Kuni kecha qabul qilingan Prezident qaroriga koʻra, ushbu sanoat zonasi Quvasoy shahri boʻylab 210 gektarga kengaytiriladi. Unda qiymati 1 milliard dollarlik 185 ta loyiha joylashtirilib, 12 mingta ish oʻrni yaratiladi. Bundan tashqari, Qoʻqon shahrida 230 gektar maydonda “Oʻzbekiston – Xitoy” maxsus sanoat zonasi tashkil etiladi. Kanalga ulanish:  @uzauz
Показати все...
Оберіть інший тариф

На вашому тарифі доступна аналітика тільки для 5 каналів. Щоб отримати більше — оберіть інший тариф.