cookie

Ми використовуємо файли cookie для покращення вашого досвіду перегляду. Натиснувши «Прийняти все», ви погоджуєтеся на використання файлів cookie.

avatar

Germany Rasmiy🇩🇪🛫

Більше
Рекламні дописи
337
Підписники
Немає даних24 години
Немає даних7 днів
Немає даних30 днів

Триває завантаження даних...

Приріст підписників

Триває завантаження даних...

Показати все...
Germaniya ilm uchun 75,2 mlr yevro sarfladi.

Германия илм учун 75,2 миллиард евро сарфлади 2021 йилда Германияда илмий тақдиқотлар ва изланишлар учун 75,2 миллиард евро маблағ сарфланди, деб хабар берди dpa ахборот агентлиги. Таъкидлаш жоизки, бу дунёдаги ўнлаб мамлакатларнинг йиллик ЯИМдан ҳам юқори кўрсаткичдир. Анъанага кўра, Stifterverband маркази Германия таълим ва илмий тадқиқотлар федерал вазирлиги буюртмасига биноан давлат ва хусусий секторда илмий изланишлар, инновациялар соҳасида сарфланган харажатларни ўрганиб чиққан. Таҳлиллар жараёнида 2021…

Фото недоступнеДивитись в Telegram
#germany #work_and_travel ❗️Work and Travel qilishni xohlovchilar diqqatiga!!! ✅️Talablar: Kamida A2, B1 daraja, talaba oxirgi kurs bo'lmasligi kerak, sog'lom, mehnatkash, halol bo'lishi kerak. ✅️Ish soati: Haftasiga 40 soat. ✅️Ish haqi: Soatiga 15€ ( pravasi bo'lsa 20€ gacha bo'ladi. ✅️ Ish turi: Brief- und Paketzustellung und für die Verladung Xat va posilkalarni yetkazib berish va yuklash uchun. ✅️Ish joyi: Deutsche Post ✅️ Muhumi ishonchli, nemis kompaniya vakili bilan suhbat bo'ladi hujjat topshirgandan so'ng 10 ish kunida. Shuning uchun nemistilini biladiganlar murojaat qilsin iltimos! Ro'yxatdan o'tish va batafsil ma'lumot olish uchun: @sanjar_aloqabot @Germaniyadagi_Uzbeklar
Показати все...
Aupair vizasi uchun kerakli hujjatlar haqida eslatma. Bunda siz Aupair uchun barcha kerakli hujjatlarni to'play olasiz. @Germany_rasmiy 🛫
Показати все...
Davomi.... Au-Pair programmasi Au-pair programmasi orqali siz 6 oydan 12 oygacha Germaniya davlatida borib u yerda Nemis oilasida ishlab, o’z nemis tili darajangizni oshirib va Au-pair programmasidan keyin Germaniyada o’qib ishlab qolish imkoniyatiga ega bo’lasiz. Bu imkoniyat 18-26 yoshdagi yigit qizlar uchun. Buning uchun qo’yiladgan talablar. • Nemis tilidan kamida A1 zertifikatiga ega bo’lishingiz (Bu sertifikatni Goethe Institutining Toshkentdagi Filialidan olishingiz mumkin) Germaniyada oilada siz quyildagi vazivalarni bajarasiz • Kuniga 6 soatdan oilada ishlash (bolalarga qarash, ular bilan o’ynash, sayrga chiqish, Maktab yoki Bolalar bo’g’chasiga olib borish yoki olib kelish, kiyimlarni yuvish, dazmollash, va boshqa qiyin bo’lmagan uy yumushlari) • Xaftasiga 5 kun 6 soatdan 30 soat ishlaniladi • Yilda 11 oy ishlanib 12 oy to’liq sizga mehnat ta’tili beriladi. (Mehnat ta’tilida albatta xaq to‘lanadi) • Siz oilada ishlagan davringizda albatta nemis tilidan kurs qilish imkoniga ega bo’lasiz. Oila bunga imkon yaratib beradi. Oila sizga yaratib beradigan sharoitlar va sizning ish xaqingiz. • Oila sizga 9 m2 dan kichgina bo’lmagan xona ajratadi • Ovqatlanishingiz oila bilan birga va bu xarajatlarni xam xammasini oila oz zimmasiga oladi. • Sizning Germaniyada bo’lgan vaqtingizda xar oyiga sizga tibbiy sug’urta pulini xam oila to’laydi, Agarda davolanishishga extiyoj tug’ilgan xolatda o’sha tibbiy sug’urta xarajatlarni qoplaydi. • Oila yana sizga oylik yo’l chiptasini xam olib beradi, agarda oila extiyojiga sizning mashinada yurishingiz kerak bo’lsa sizga avtomobil va unga ketadigan yoqilg’I xarajatlarini xam to’lab beradi. • Sizga til Kursi qilishingizga vaqt ajratib beradi va bunga xar oyiga 50,0€ dan ajratadi • Siz kuniga olti soat, xaftasiga 5 kun jami o’ttiz soat ishlaysiz va buning uchun oila sizga 300,0€ to’laydi Oilani qanday topaman? Oilani Facebook dan va Googledan izlaysiz. Facebook ga Aupair in Deutschland deb yozsangiz bir qancha guruhlar chiqib keladi. Va yana Google dan aupair.com saytidan topasiz. Va bir qancha nemis agentura E-Maillarini qoldiraman ularga yozib kòrishlaring mumkun. Bular ishonchli. [email protected] aupairworld.com [email protected] aupair.com guetegemeinschaft-aupair.de [email protected] [email protected] Au-pair-agentur-chance.de [email protected] [email protected] Aupair-zubke.de [email protected] Aupairdeutschland.eu [email protected] @Germany_rasmiy 🛫
Показати все...
#germaniyaga_ketishning_eng_oson_yoli «Au Pair» yoshlarning madaniy almashinuv dasturi bo’lib, ishtirokchilarga yangi do’stlar orttirish, Yevropa yoshlarining hayotini o‘rganish; G’arbiy Yevropada 50 yildan buyon mavjud an’analar bilan tanishish hamda nemis oilasi bilan yashab til o’rganish imkoniyatini beradi. Ushbu dastur doirasida agentliklar Germaniya Mehnat Vazirligi bilan kelishgan holda yoshlarni «Au Pair» sifatida ish bilan ta’minlaydi. «Au Pair» dasturi bo’yicha yoshlarni Germaniyaga ishga jo’natuvchi agentliklar haqida internet orqali qidirib, batafsil ma’lumot topishingiz mumkin. „Au Pair“ sifatida siz Germaniyada yashash, nemis madaniyati va hayot tarzi bilan tanishish, undan tashqari o’zingizning nemis tili bilimingizni yanada yaxshilash imkoniga ega bo’lasiz. Dasturda ishtirok etish qoidalari „Au Pair“da qatnashish uchun yoshingiz 18 dan 26 gacha bo’lishi va nemis tilini boshlang’ich (bazali) darajada bilishingiz kerak. Siz nemis oilasiga oila a’zosi sifatida qabul qilinasiz va siz ular uchun mehmon yoki ishchi emas, balki „farzandlari uchun katta opa yoki aka“, shuningdek, „uy bekasining yordamchisi“ bo’lib hisoblanasiz. „Au Pair“ vazifalariga ota-onaning roziligi bilan ularning farzandlariga qarash, g’amxo’rlik qilish kiradi. G’amxo’rlikka uyda, uy bog’chasida va o’yin maydonchasida turli-tuman o’yinlarda qatnashish, bolalarga kitob o’qib berish, cho’miltirish va ovqatlantirish, rasm chizish, uxlatish, kiyintirish va yechintirish, bolalar xonasini yig’ishtirish, ovqat tayyorlash, doimiy nazorat va parvarish kabi vazifalar kiradi. Bundan tashqari, “Au Pair” vazifasiga uy ishlarida yordamlashish ham kiradi. “Au Pair”ning vaqtinchalik ish tartibi oila bilan kelishilgan holda bo’ladi. Uy ishlarida yordamlashish “Au Pair” haftalik ish kunining 50 foizigacha yetishi mumkin. “Au-Pair”ning haftalik ish soati umumiy 30-35 soatni tashkil etadi. Bunga yana hafta ichida 2-3 marotaba bolalarga kechqurungi qarov ham kiradi. O’z navbatida, “Au Pair” o’zi uchun alohida xona, ovqat va oylik puli (ko’pi bilan 260 yevro) oladi. “Au Pair” yana xorijliklar uchun ochilgan nemis tili kursiga qatnashishi mumkin. Ba’zi oilalar nemis tili kursi badalini to’lab berishadi. Bu yana bir katta imkoniyatdur. “Au Pair” uchun har oyda eng kamida 1,5 bo’sh kun, boshqa kunlarda ota-onalarning bo’sh vaqtiga qarab dam olish kuni beriladi. Undan tashqari, mahalliy jamoat transporti uchun oylik chipta oila tarafidan olib beriladi yoki oila mashinasi bo’lsa, undan foydalanishga ruxsat beriladi. Agar ish 10 oy bo’lgan taqdirda, “Au Pair”ga to’lanadigan 2 haftalik, 12 oylik ishda esa 4 haftalik to’lanadigan ta’til beriladi. Qolish muddati Har qanday vaqtda “Au-pair” sifatida ishlash muddati 12 oydir. Talab etiladigan malakalar Germaniyada “Au Pair” ish joyiga bolalarga qarash tajribasiga ega farzandsiz va oilasiz yoshlar ega bo’lishlari mumkin. Zaruriy shartlardan yana biri bu nemis tilini bilish va jiddiy ruhiy va jismoniy kasalliklarlardan forig’ bo’lish kerak. Sug’urta Nemis oilasi “Au Pair” tibbiy va boshqa turdagi sug’urta bilan ta’minlaydi. Cho’ntak puli “Au Pair” 30-35 soatli maksimal haftalik ish vaqtida cho’ntak xarajatlari uchun har oyda 260 yevro oladi. Germaniyaga kirish va yashash qoidalari Nemis oilasi “Au Pair”ning Germaniyaga kelish va yashashga bog’liq barcha rasmiyatchilik ishlarini o’z bo’yniga oladi. “Au Pair”likka da’vogarlik qilayotganga esa viza olish uchun barcha kerakli hujjatlarni taqdim qiladi. Germaniyaga borish uchun yo’l xarajatlari Yo’l xarajatlarini “Au-Pair”ning o’zi to’laydi. Ba’zi hollarda nemis oilasi yo’l xarajatlarining bir qismini o’z bo’yniga olishi mumkin. Bu juda kam hollarda bo’ladi. Bu nemis oilasining himmatiga bog’liq. Viza Bu ish yoki sayyohlik vizasi emas, bu aslida hatto viza ham emas, balki “Au Pair” qayerga taklif qilingan bo’lsa va nemis oilasi rozi bo’gan muddatga vaqtinchalik beriladigan yashash huquqidir. Davomi pastda. @Germany_rasmiy 🛫
Показати все...
📍Germaniyaga borish orzusidagilarga qanday talablar bor Hamma ham Germaniyaga ketishni, u yerdagi go'zal manzaralarni ko'rishni yoki nufuzli oliygohlarda o'qishni orzu qiladi, lekin Germaniyaga qanday boriladi va talablar qanday degan savollarga ko'pchilikda savol tug'ulishi tabiiy. ✅Hozir shu haqidagi bir nechta savollarga javob beramiz. 1⃣Germaniyaga qanday ketishim mumkin? Albatta buning uchun siz nemis tilini bilishinggiz shart. Tilni o‘rganganinggizdan keyin Germaniyadan ish beruvchini topib shartnoma olasiz va undan keyin elchixonadan viza olish uchun harakatni boshlaysiz. 2⃣Germaniyaga til bilmasdan borishni iloji yo'qmi? Yo'q. Nemis tilini bilishingiz kerak. Lekin Bakalavr yoki Magistraturani Ingliz tili bilan o'qisa bo'ladi. 3⃣Rus yoki Ingliz tilini yaxshi bilganlar viza olishlari imkoniyati qanday? Germaniyaga kelish uchun til bilishinggiz zarur va boshqa chet tillari bilan kelishning umuman iloji yo'q. 4⃣ Til bilish sertifikat zarurmi? Albatta zarur.Istisno hollar ham bor. 5⃣Viza olgunimgacha qancha xarajat qilaman? Agarda siz o‘zinggiz ish beruvchini topsanggiz, siz 500 - 1000 $ atrofida xarajat qilasiz. Agarda biror bir firma yoki agentlik xizmati orqali bo'lsa bu sizga yana qo‘shimcha 2000$ xarajatga olib keladi. Bu tahmin. 6⃣ Germaniyaga ishlashga borsa bo‘ladimi? Germaniyaga ishchi vizaga xarakat qilganinggizni foydasi yo'q, agarda siz IT yoki meditsina sohasi mutaxasisi bo'lmasanggiz va B2 sertifikatingiz bo'lmasa. 7️⃣ Qanday programmalar orqali borsam bo'ladi? Siz FSJ, BFD, Ausbildung, Aupair, Studium (bakalavr), Master (magistr), Weiterbildung, Praktikum, Studienkolleg, Sprachkurs, va grant yutish orqali. Bu programmalar haqida barcha ma'lumotlar @Germaniyadagi_Uzbeklar kanalida pin (qadalgan xabar) da turubdi. @Germany_rasmiy
Показати все...
Оберіть інший тариф

На вашому тарифі доступна аналітика тільки для 5 каналів. Щоб отримати більше — оберіть інший тариф.