cookie

Ми використовуємо файли cookie для покращення вашого досвіду перегляду. Натиснувши «Прийняти все», ви погоджуєтеся на використання файлів cookie.

avatar

Yoshlar ovozi

✅ “Yoshlar ovozi” gazetasining telegramdagi rasmiy kanali 🔖 Ijodiy ishlaringiz, taklif va murojaatlaringizni @yoshlarovozigazetasibot manziliga yuborishingiz mumkin • www.yoshlarovozi.uz

Більше
Рекламні дописи
12 183
Підписники
-3524 години
-3067 днів
+2 46230 днів

Триває завантаження даних...

Приріст підписників

Триває завантаження даних...

Фото недоступнеДивитись в Telegram
#yetakchi_tajribasi ✨ Bir liderning oʻn yutugʻi
O‘lmasjon Pardayev – 30 yoshda, Qashqadaryo viloyati Muborak tumani “Bo‘ston” mahallasi yoshlar yetakchisi. 2023-yili “Eng namunali mahalla yoshlar yetakchisi” ko‘rik tanlovining respublika bosqichi g‘olibi. 30-iyun Yoshlar kuni arafasida faol yosh sifatida e’tirof etilib, “Kelajak bunyodkori” medali bilan mukofotlandi.
“Karving” – meva va sabzavotlarda gulli shakllar yasash O‘lmasjon Pardayevning hobbisi. Bu san’atni mahalladoshlariga o‘rgatib kelmoqda. “Umid uchqunlari” loyihasini yo‘lga qo‘yib, 11 nafar imkoniyati cheklangan yoshning uyiga borib “karving” san’atini o‘rgatib kelmoqda. Bu orqali yoshlar bandligi ta’minlanib, daromad topishi ham mumkin. – Kelgusida bu loyihani yanada rivojlantirib, imkoniyati cheklangan va ehtiyojmand nogiron yoshlarga uyida turib kasb o‘rganishi uchun sharoitlar yaratishni maqsad qilganmiz, – deydi O‘lmasjon. Batafsil: https://yoshlarovozi.uz/oz/news/bir-liderning-on-yutugi Bizning manzil: https://t.me/yoshlarovozi
Показати все...
👍 9 3
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#dolzarb ‼️Energetika vazirligiga! Aholida e’tiroz bor “O‘zbekenergo, 200 kVt limitni bekor qilinglar!” Bu jumlalar sizga tanish bo‘lib qolgani aniq. Aholining fikricha, 200 kVt mutlaqo asossiz limit, mas’ullar bu normani qanday belgilaganini tushuntirib berishlari kerak. Energetik Sarvar Qurbonov aholi iste’moli belgilangan normadan bir necha baravar yuqori ekanini isbotlab berdi.
“Bir kunda 4-5 kishilik oilada televizor, yoritish tizimi 1 kVt dan, dazmol, kir yuvish mashinasi 0,5 kVT dan, suv isitish uskunasi 3,6 kVt, konditsioner 15 kVt, tefal 1,5 kVt, muzlatkich 1-2 kVt energiya sarflasa, bu bir oyda 773 kVt degani. Agar konditsioner yo‘q bo‘lsa ham o‘rtacha 320 kVt sarflanadi. 8-10 kishi yashaydigan oilalarda energiya sarfi 1000 kVt dan ham oshib ketadi”.
O‘tkazgan so‘rovnomalarimizda ham bir oyda 200 kVt yetadi, degan odamni uchratmadik. Batafsil: https://yoshlarovozi.uz/oz/news/energetika-vazirligiga Bizning manzil: https://t.me/yoshlarovozi
Показати все...
🔥 19👍 14 10👏 8🤩 8
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#bepul_obuna 🤓 “Yoshlar ovozi” gazetasining yangi sonida sizni bir-biridan qiziqarli va dolzarb maqolalar kutib turibdi: 🔸Bir liderning o‘n yutug‘i 🔸Yer bor, ishsiz yo‘q 🔸O‘qishni ko‘chirish: 10 savolga10 javob 🔸Turkistondan maktub: Hech bir yosh og‘ir kunida tashlab qo‘yilmaydi 🔸O‘zbekcha kredit-modul 🔸Energetika vazirligiga! Aholida e'tiroz bor 📥Yuklab olish ✅ Maqolalar yuzasidan fikr-mulohaza va takliflaringizni @yoshlarovozigazetasibot ga yozib qoldirishingiz mumkin! Bizning manzil: https://t.me/yoshlarovozi
Показати все...
👏 3👎 1🔥 1
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#statistika 💸 O‘zbeklar 1 million dollar topishi uchun 277 yil-u 8 oy ishlashi kerak Picodi.com 1 million dollar ishlash uchun necha yil mehnat qilish kerakligi turli mamlakatlarning o‘rtacha ish haqi misolida hisoblab chiqdi. Reytingga 102 ta davlat kiritilgan. Birinchilikni egallagan Shvetsariya fuqarolari 1 million dollarni 14 yil-u 3 oyda topadi. Singapurlar esa 16 yil 11 oyda, 3- o‘rinni band qilgan Lyuksemburg aholisi — 17 yil 4 oyda million dollarni ishlab topa oladi. Reytingda O‘zbekiston 91-o‘rinni egallagan, o‘zbeklar o‘rtacha 277 yil va 8 oy ishlasa, 1 million dollar topa oladi. Ro‘yxat so‘nggidan Nigeriya (519 yil va 1 oy), Uganda (523 yil 3 oy), Misr (603 yil 6 oy) va Pokiston (621 yil 3 oy) joy olgan. Bizning manzil: https://t.me/yoshlarovozi
Показати все...
😢 9🤔 3👍 1😁 1
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#foydali 📌 Abituriyentlar uchun muhim eslatmalar: ▪️ Joriy yilgi test sinovlari 14-iyuldan 28-iyulgacha 2 ta smenada bo‘lib o‘tadi. Abituriyentlar testga kamida 1 soat vaqtliroq borgani o‘zlari uchun foydali. Kechikkan abituriyentlar test sinovlariga qo‘yilmaydi. ▪️ Testga kirish uchun 2 ta hujjat kifoya qiladi: 1) pasport; 2) abituriyent ruxsatnomasi. Pasport nusxasi (kopiya), haydovchilik yoki harbiy guvohnoma kabi hujjatlar o'tmaydi. Abituriyent ruxsatnomasini printer orqali qog‘ozga chop etib olish kerak. ▪️ Testga kirish uchun talab etilgan aniq bir kiyim (forma) yo‘q. Abituriyentlar o‘ziga qulay ko‘rinishda kiyinishlari mumkin, kiyim rangi ham muhim emas. ▪️ Bu yil jami 90 ta test bo‘ladi va ularni ishlash uchun jami 3 soat vaqt beriladi. 3 ta majburiy fanlar uchun — 60 daqiqa (1 soat); 2 ta mutaxassislik fanlari uchun — 120 daqiqa (2 soat). Jami: 180 daqiqa (3 soat). Bizning manzil: https://t.me/yoshlarovozi
Показати все...
👍 5🤩 1
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#mulohaza ⏳ U Xonimlar va janoblar, qarshi oling: “U”. U Ali. 5 yoshda. Bog‘chaga borishni yomon ko‘radi, o‘yinchoqlaridan tez zerikadi, tezroq katta bo‘lsa-yu akasi Doniyorga o‘xshab maktabga borib, matematik mashqlarni bajarsa. U Doniyor. 13 yoshda. Maktabdan nafratlanadi. Telefon o‘yinlarini sevadi, qani endi maktabi yopilib ketsa-da, tinmay telefon o‘ynasa, xuddi akasi Sarvarga o‘xshab. U Sarvar. 19 yoshda. O‘qishga shu yil ham kira olmaganidan alami kelib, kompyuter va telefon o‘yinlariga berilib ketdi. Marjonani sevib qolgan yoki shunchaki unga tuni bilan uxlamay xabar yozib chiqishni yaxshi ko‘radi. Batafsil: https://yoshlarovozi.uz/oz/news/u Bizning manzil: https://t.me/yoshlarovozi
Показати все...
👍 8🔥 5👏 1
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#imkoniyat 🇩🇪“Ausbildung” – Germaniyada qonuniy o‘qish va ishlash uchun imkoniyat Yoshlar ishlari agentligi va Germaniyaning “Pappenburg” korxonasi o‘rtasida shartnoma tuzilgan bo‘lib, o‘qish uchun borgan barcha yoshlar stipendiya, turar joy va o‘qishni muvaffaqiyatli tamomlagach, yuqori maoshli ish o‘rni bilan ta’minlanadi. Shuningdek, loyihada qatnashayotgan yoshlarni nemis tiliga o‘qitish yo‘lga qo‘yilgan, unda yoshlarning o‘quv kursi xarajatlari Yoshlar ishlari agentligi hamda “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi. Batafsil: https://yoshlarovozi.uz/oz/news/ausbildung Bizning manzil: https://t.me/yoshlarovozi
Показати все...
4👍 2🔥 1
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#achchiq_tosh 🧨 “Ijtimoiy balo” Taraqqiyotga tushov, shaffoflikka g‘ov, boshimizni eggan, belimizni bukkan, nochorlikka, kambag‘allikka ham shu korrupsiya sabab ekanligini yaxshi bilamiz. Ammo uning oyog‘ini chalishga, mamlakatdan quvib chiqarishga qancha harakat qilmaylik, bu “yuzi qalin” qilmish hech ketay demaydi. Yoki o‘zimiz ham “ichimda jon-jon, ustimda baqlajon” qabilida ish ko‘ramiz... Har xolda esimni tanigandan beri korrupsiya hech tugamaydi... Xuddi qaynar xumcha topib olganmiz-u, ichidan faqat poraxo‘r, muttahamlar chiqadi.
📌 Korrupsiyaga qarshi samarali kurashni tiyib turuvchi sabablar: ▪️ Korrupsiyani bartaraf etish masalasida shakllangan pessimistik munosabat; ▪️Qasos olish qo‘rquvidan kelib chiqqan ishonchsizlik tufayli korrupsiya haqida xabar berishga fuqarolar tayyorligi darajasining pastligi.
Batafsil: https://yoshlarovozi.uz/oz/news/ijtimoiy-balo Bizning manzil: https://t.me/yoshlarovozi
Показати все...
👍 4🔥 2👌 1
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#boqiy_soʻz
Tushkunlik va xarobligimizning sabablaridan biri ilmsizlik va harakatsizlikdir.
©️ Abdurauf Fitrat Bizning manzil: https://t.me/yoshlarovozi
Показати все...
👍 9
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#muhim ⁉️ Bugundan ijodiy imtihonlar boshlandi: abituryentlar nimalarni bilishi kerak? Joriy yilda kasbiy/ijodiy imtihonlar 5–19-iyul kunlari o‘tkazilishi tasdiqlandi. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi axborot xizmati rahbari Nazokat Abduqunduzova quyidagi savollarga javob berdi: ▪️Imtihonga kirish uchun ruxsatnomalarni qayerdan olsa bo‘ladi? ▪️Ro‘yxatdan o‘tgan telefon sim kartasi yo‘qolib qolsa, qanday qilib ruxsatnoma olinadi? ▪️ Kechikib kelgan abituriyentlarga imtihonga kirishga ruxsat beriladimi? ▪️Test sinovi kuni ayrim sabablarga ko‘ra boshqa viloyatda bo‘lib qolgan abituriyent o‘sha viloyatda test sinovidan o‘tsa bo‘ladimi? Batafsil: https://yoshlarovozi.uz/oz/news/ijodiy-imtihonlar Bizning manzil: https://t.me/yoshlarovozi
Показати все...
👍 5🤔 1
Оберіть інший тариф

На вашому тарифі доступна аналітика тільки для 5 каналів. Щоб отримати більше — оберіть інший тариф.