cookie

Ми використовуємо файли cookie для покращення вашого досвіду перегляду. Натиснувши «Прийняти все», ви погоджуєтеся на використання файлів cookie.

avatar

Huquqiy_ong | Yurist Muhammadayub 🇺🇿🕵‍♂

Oʻz huquqi va imkonyatlardan foydalana bilish va foydalanish bu faqirlik yoki sotqinlik sanalmaydi. tg://settings 👈shu insonga jannat tilayman

Більше
Рекламні дописи
276
Підписники
Немає даних24 години
-47 днів
-630 днів

Триває завантаження даних...

Приріст підписників

Триває завантаження даних...

202 prim 1-modda. Hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo'lish Hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo'lish, ya'ni g'arazli yoki boshqa past niyatlarda ularni qiynoqqa solish yohud ularga azob byerish ularning o'limiga yoki mayib bo'lishiga olib kyelsa, shunday harakatlar uchun ma'muriy jazo qo'llanilganidan kyeyin sodir etilgan bo'lsa, — bazaviy hisoblash miqdorining yigirma byesh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yuz qirq soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki bir yilgacha ahloq tuzatish ishlari yohud olti oygacha ozodlikni chyeklash yoki olti oygacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Kanalga ulanish 👇👇👇👇 https://t.me/huquqiy_ongYuristMuhammadayub
Показати все...
Huquqiy_ong | Yurist Muhammadayub 🇺🇿🕵‍♂

Oʻz huquqi va imkonyatlardan foydalana bilish va foydalanish bu faqirlik yoki sotqinlik sanalmaydi. tg://settings 👈shu insonga jannat tilayman

👍 1
❗️Hafta davomida qabul qilingan qonunchilikdagi yangiliklar bilan tanishing: 🔰 Eng namunali bog'chalarda gimnastika xonalari tashkil qilinadi ➖ Manba: (PF–94-son, 22.06.2024 y); 🔰 Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti tashkil etiladi ➖ Manba: (PQ-231-son, 21.06.2024 y.); 🔰 Maktabgacha va maktab ta'limi tashkilotlari xodimlarini kasbiy rivojlantirishning vertikal tizimi yo'lga qo'yiladi ➖ Manba: (PQ-231-son, 21.06.2024 y.); 🔰 “Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy institutini tashkil etish to'g'risida”gi Prezident Qarori qabul qilindi ➖ Manba: (PQ-232-son, 21.06.2024 y.); 🔰 “Farzand tarbiyasida ota-onaning mas'uliyati” mavzusida tarbiya haftaliklari o'tkaziladi ➖ Manba: (PQ-232-son, 21.06.2024 y.); 🔰 Hukumat Qarori bilan “Tazyiq va zo'ravonlikka uchragan xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlariga ijtimoiy xizmat ko'rsatishning ma'muriy reglamenti” tasdiqlandi ➖ Manba: (354-son, 25.06.2024 y.); 🔰 “Har bir fuqaro uchun – bir daraxt” ko'rik-tanlovi tashkil etiladi ➖ Manba: (PQ-233-son, 24.06.2024 y.); 🔰 Parranda go'shtini eksport qilishda mavjud barcha cheklovlar bekor qilinadi ➖ Manba: (PQ-238-son, 27.06.2024 y.); 🔰 Yoshlar ishlari agentligiga qo'shimcha funksiyalar yuklandi ➖ Manba: (PQ-239-son, 27.06.2024 y.); 🔰 Ayrim yoshlar til o'rganganligi uchun moddiy rag'batlantiriladi ➖ Manba: (PQ-239-son, 27.06.2024 y.); 🔰 Xorijiy tilni C1 darajada biladigan talabalarga ishlashga ruxsat etiladi ➖ Manba: (PQ-239-son, 27.06.2024 y.). Kanalga ulanish 👇👇👇👇 https://t.me/huquqiy_ongYuristMuhammadayub
Показати все...
Huquqiy_ong | Yurist Muhammadayub 🇺🇿🕵‍♂

Oʻz huquqi va imkonyatlardan foydalana bilish va foydalanish bu faqirlik yoki sotqinlik sanalmaydi. tg://settings 👈shu insonga jannat tilayman

🔥 2👍 1
DADAM BILAN FAXRLANAMAN! Kino tarixida ulkan iz qoldirgan komedik aktyor Charlz Chaplin aytadi: "Kichkinalik paytimda dadam bilan sirk tomoshasini ko‘rgani bordik. Chipta olish uchun kassa oldida navbatda turdik. Bizdan oldinroqda bir oila olti bolasi bilan navbatda turgan edi. Ko‘rinishidan ular faqirga o‘xshar edi. Kiyimlari eski, ammo toza edi. Bolalari xursand bo‘lib sirk tomoshasi haqida zavqlanib gapirishar edi. Navbatlari kelgach ularning otasi kassa oldiga bordi va chipta narxini so‘radi. Chipta sotuvchi narxni aytganida u kalovlanib qoldi. U tashvishlangani yuzidan ko‘rinib turgani holda xotiniga bir nimalar deb pichirladi. Shu payt dadam cho‘ntagidan yigirma dollar chiqarib yerga tashladi. So‘ngra uni o‘zi olib haligi kishining yelkasiga qoqib dedi: - Janob pulingiz tushib qoldi. Haligi kishi ko‘zida yosh bilan: - Rahmat sizga janob, dedi. So‘ngra dadam mening qo‘limdan tortib navbatda turganlar safidan chiqarib oldi. Ikkimiz uyga qaytdik. Chunki dadamning o‘sha yigirma dollardan boshqa puli yo‘q ekan. Ana shundan beri dadam bilan faxrlanaman Kanalga ulanish 👇👇👇👇 https://t.me/huquqiy_ongYuristMuhammadayub
Показати все...
Huquqiy_ong | Yurist Muhammadayub 🇺🇿🕵‍♂

Oʻz huquqi va imkonyatlardan foydalana bilish va foydalanish bu faqirlik yoki sotqinlik sanalmaydi. tg://settings 👈shu insonga jannat tilayman

3
Proporsional saylov tizimi Italiyada mafiyaning kuchayishiga 1993-yilgacha mavjud bo‘lgan saylov tartibi ham qulay sharoit tug'dirgan. 1993-yilgacha Italiyada parlamentga saylov proporsional saylov tizimi asosida o‘tkazilgan. Bu saylov tizimida saylovchilar aniq bir shaxs uchun emas, u yoki bu partiya uchun ovoz berardilar. Parlamentdagi o‘rin partiyalarning olgan ovoziga proporsional ravishda bo‘linardi. Qaysi partiyadan kimning deputatlik o‘rnini egallashi partiya rahbarlari orasida hal etilardi. Bu hol, o‘z navbatida, korrupsiyaning kuchayishiga yo‘l ochdi. Mafiya esa bundan ustalik bilan foydalandi va jamiyatning hamma sohalariga kirib bordi. U, ayniqsa, Sitsiliyada, Neapolda va boshqa janubiy viloyatlarda rivojlandi. U shantaj, talonchilik, qotillik yo‘li bilan jamiyatni tahlikaga soldi. Davlat organlari xodimlarini sotib olish (korrupsiya) mafiya faoliyatining asosini tashkil etadi. O'z izmiga yurmaydiganlarni ta'qib etadi va ularning qotiliga aylanadi. Kanalga ulanish 👇👇👇👇 https://t.me/huquqiy_ongYuristMuhammadayub
Показати все...
Huquqiy_ong | Yurist Muhammadayub 🇺🇿🕵‍♂

Oʻz huquqi va imkonyatlardan foydalana bilish va foydalanish bu faqirlik yoki sotqinlik sanalmaydi. tg://settings 👈shu insonga jannat tilayman

👍 1🔥 1
Ish beruvchilar ikki turga bo'linadi: Insofli - Asosiy xizmat vazifangizga kirmaydigan ishlarni yuklamaydi, qo'shimcha ish topshirgan taqdirda ham xizmatingizga yarasha haq to'laydi; Noinsof - Asosiy xizmat vazifangizga kirmaydigan ishlarni doimiy ravishda zimmangizga yuklaydi va buning uchun hech qanday qo'shimcha haq to'lamaydi, to'lamagan va bundan keyin ham to'lamaydi. Sizning ish beruvchingiz qaysi toifaga kiradi? Kanalga ulanish 👇👇👇👇 https://t.me/huquqiy_ongYuristMuhammadayub
Показати все...
Huquqiy_ong | Yurist Muhammadayub 🇺🇿🕵‍♂

Oʻz huquqi va imkonyatlardan foydalana bilish va foydalanish bu faqirlik yoki sotqinlik sanalmaydi. tg://settings 👈shu insonga jannat tilayman

👍 2🔥 1
239-modda. Surishtiruv yoki dastlabki tyergov ma'lumotlarini oshkor qilish Surishtiruv yoki dastlabki tyergov ma'lumotlarini surishtiruvchi, tyergovchi yoki prokurorning ruhsatisiz oshkor qilish — bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha ahloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni chyeklash yohud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Kanalga ulanish 👇👇👇👇 https://t.me/huquqiy_ongYuristMuhammadayub
Показати все...
Huquqiy_ong | Yurist Muhammadayub 🇺🇿🕵‍♂

Oʻz huquqi va imkonyatlardan foydalana bilish va foydalanish bu faqirlik yoki sotqinlik sanalmaydi. tg://settings 👈shu insonga jannat tilayman

👍 1🔥 1
Prokurorning vakolatlari Prokuror qonunlarning ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish jarayonida o‘z vakolatlari doirasida: vazirliklar, idoralarning, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning, harbiy qismlarning hududi va xonalariga moneliksiz kirishga, hujjatlar va materiallarni ko‘rishga, tekshirishlar o‘tkazishga, tekshirish uchun qarorlar, farmoyishlar, buyruqlar va boshqa hujjatlarni, qonuniylikning holati to‘g‘risidagi va uni ta’minlashga doir chora-tadbirlar haqidagi ma’lumotlarni talab qilishga; davlat organlari, harbiy qismlar, vazirliklar va idoralarning harbiy tuzilmalari rahbarlari va boshqa mansabdor shaxslaridan ular tasarrufidagi korxonalar, muassasalar, tashkilotlar faoliyatini tekshirish, taftish o‘tkazishni, idoraviy va noidoraviy tekshirishlar o‘tkazish uchun mutaxassislar ajratishni talab qilishga; mansabdor shaxslar va fuqarolardan qonun buzilishi xususida og‘zaki yoki yozma tushuntirishlar talab qilishga haqlidir. Manba: Yurisprudensiya Kanalga ulanish 👇👇👇👇 https://t.me/huquqiy_ongYuristMuhammadayub
Показати все...
Huquqiy_ong | Yurist Muhammadayub 🇺🇿🕵‍♂

Oʻz huquqi va imkonyatlardan foydalana bilish va foydalanish bu faqirlik yoki sotqinlik sanalmaydi. tg://settings 👈shu insonga jannat tilayman

⚖️ Oliy ma'lumotga ega bo‘lgan shaxslarni yuridik mutaxassislikka qayta tayyorlash (6 oylik) kurslari haqida Oliy ma'lumotga ega bo‘lgan barcha shaxslar hujjat topshirishlari hamda suhbat tarzidagi kirish imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tib,  qayta tayyorlash kursiga o‘qishlari mumkin. Kurs bitiruvchilariga davlat namunasidagi diplom berilib, ular davlat organlari va boshqa tashkilotlarda bosh yuriskonsult, Ichki ishlar organlarida, Adliya organlari va muassasalarida, YXKM ( markaz boshlig'i) , Davlat xizmatlari markazlarida (DXM direktori, bo'lim boshlig'i, bosh mutaxassis, yetakchi mutaxasis, katta mutaxassis), shuningdek fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida ishlash huquqiga ega bo‘ladilar (FHDYO mudiri, 1- va 2-toifali inspektor). Kanalga ulanish 👇👇👇👇 https://t.me/huquqiy_ongYuristMuhammadayub
Показати все...
Huquqiy_ong | Yurist Muhammadayub 🇺🇿🕵‍♂

Oʻz huquqi va imkonyatlardan foydalana bilish va foydalanish bu faqirlik yoki sotqinlik sanalmaydi. tg://settings 👈shu insonga jannat tilayman

🔰 Siyosiy partiyalar ✅ XDP(O'zbekiston xalq demokratik partiyasi) - 1991-yil 15-noyabr ✅ Oʻzbekiston "Adolat" sotsial demokratik partiyasi- 1995-yil 18-fevral ✅ Oʻzbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasi - 1995-yil 3-iyun ✅ O'zLiDep - Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi - 2003-yil 15- noyabr ✅ O'EP- Oʻzbekiston Ekologik partiyasi - 2019-yil 22-yanvar. Kanalga ulanish 👇👇👇👇 https://t.me/huquqiy_ongYuristMuhammadayub
Показати все...
Huquqiy_ong | Yurist Muhammadayub 🇺🇿🕵‍♂

Oʻz huquqi va imkonyatlardan foydalana bilish va foydalanish bu faqirlik yoki sotqinlik sanalmaydi. tg://settings 👈shu insonga jannat tilayman

👍 1🔥 1
🔰Oila kodeksiga muvofiq, aliment sud tomonidan belgilanganda aliment to'lovchining har oydagi ish haqi va (yoki) boshqa daromadining: 🔸 bir bolaga – to'rtdan bir qismi; 🔸 ikki bolaga – uchdan bir qismi; 🔸 uch va undan ortiq bolaga – yarmisi miqdorida undiriladi. 💰 Har bir bola uchun undiriladigan aliment miqdori mehnatga haq to'lash eng kam miqdorining 26,5 foizi (hozirgi kunda 259 700 so'm)dan kam bo'lmasligi kerak. 🔺 Davlat ijrochisi aliment bo'yicha pul mablag'larining qarzdorning ish haqidan to'g'ri ushlab qolinishi va o'z vaqtida o'tkazilishi yuzasidan undiruvchining arizasiga ko'ra yoki o'z tashabbusi bilan tekshirish o'tkazishi mumkin. ✅ Shu sababli, Siz aliment pullari to'g'ri ushlab qolinayotganligini tekshirish uchun davlat ijrochisiga murojaat qilishga haqlisiz. ⚠️ Qarzdorning daromadlari va mulkiy ahvoli haqida noto'g'ri ma'lumotlar berganlik yoki qarzdor o'zining ish joyi va boshqa daromadlar olish joyi haqida ma'lum qilmaganligi javobgarlikka tortishga asos bo'ladi. 𝘒𝘢𝘯𝘢𝘭𝘨𝘢 𝘶𝘭𝘢𝘯𝘪𝘴𝘩 👇👇👇👇 https://t.me/huquqiy_ongYuristMuhammadayub
Показати все...
Huquqiy_ong | Yurist Muhammadayub 🇺🇿🕵‍♂

Oʻz huquqi va imkonyatlardan foydalana bilish va foydalanish bu faqirlik yoki sotqinlik sanalmaydi. tg://settings 👈shu insonga jannat tilayman

1
Оберіть інший тариф

На вашому тарифі доступна аналітика тільки для 5 каналів. Щоб отримати більше — оберіть інший тариф.