cookie

Ми використовуємо файли cookie для покращення вашого досвіду перегляду. Натиснувши «Прийняти все», ви погоджуєтеся на використання файлів cookie.

avatar

Rabbimov Jasur (𐱅𐰇𐰼𐰜‎)

“Har qanday millatning, har qanday xalqning tirikligini va parvozini uning ikki qanoti – tarixi va tili ta’minlaydi.” ©️Odil Yoqubov

Більше
Рекламні дописи
297
Підписники
Немає даних24 години
-27 днів
-530 днів

Триває завантаження даних...

Приріст підписників

Триває завантаження даних...

Фото недоступнеДивитись в Telegram
#Kitobdan_parchalar «Tinchlik» so‘zini ishlatayotganlarning barchasi ham ozodlik va odillikni ko‘zda tutuvchi tinchlikka intilishayotganlari yo‘q. Shafqatsiz istibdodga tobe bo‘lish va minglab odamlarga yirtqichlarcha munosabatda bo‘lgan diktatorlarga yon berish haqiqiy tinchlik bo‘lolmaydi. Gitler bir necha bor tinchlikka da’vat qilgan. Lekin u buni o‘z izmiga bo‘ysindirish deb tushungan. Diktatorlar uchun tinchlik ko‘pincha qamoqxona yoki qabr tinchligidan bo‘lak narsani anglatmaydi. - Jin Sharp: Diktaturadan Demokratiyaga ----------------------------- © Jasur Rabbimov Kanal: @RabbimovJasur
Показати все...
#Kitobdan_parchalar Telekranlar kecha-kunduz qulog‘ingni odamlar to‘yib ovqatlanayotgani, kiyim-kechak ko‘paygani, uylar yaxshilangani, ko‘ngilochar tadbirlar yanada quvnoqlashgani, odamlar uzoqroq yashayotgani, kam ishlayotgani va o‘zlari ham kattalashayotgani, sog‘lomlashgani, kuch-quvvatga to‘lib borayotgani, ellik yil oldingidan baxtliroq, aqlliroq, ma’rifatliroq ekani haqidagi statistik hisobotlar bilan to‘ldiradi. Bu yerda biror so‘zni isbotlab yoki inkor etib bo‘lmaydi. Partiya, masalan, shuni ta’kidlaydiki, bugun voyaga yetgan prollarning qirq foizi savodli, inqilobdan oldin savodlilar bor-yo‘g‘i o‘n besh foiz edi. Partiyaning da’vosicha, bugun bolalar o‘limi bor-yo‘g‘i tug‘ilgan har ming bolaga 160 ta bo‘lib, inqilobgacha 300 ta edi ... va hokazo. Bu ikkita noma’lumli bitta tenglamaga o‘xshaydi. Katta ehtimol-la, tarix kitoblaridagi deyarli har bir so‘z – unutilgan, yolg‘on haqiqatga aylangan. Manba: Jorj Oruell. "1984"dan 👉 @RabbimovJasur
Показати все...
🔥 2
Men haqimda bildirilgan ijobiy fikrlar☺️
Показати все...
audio_1631494349_164296410176.ogg0.72 KB
🤣 4
#Kitobdan_parchalar Bizning kattadan-kichigimizning topqan-tutqanimiz faqat bosh olish...  Biz o‘ylaymizki, go‘yo bosh olish bilan olam tinchiydir va biz o‘z xohlag‘animizni qila olamiz.  Tuzik, jallod aytkanidek, yomonning boshini olmoqqa men ham qarshi emasman va lekin buning nozik shartlari bor: avvalo manfaati shaxsiyasidan kechib, faqat el baxti uchun bosh tikkanlar jamoasi kerak va bu jamoaning o‘z maslaki yo‘lida kuzatkan ma’lum bir nishonasi bo‘lmog‘i zarur. Ana shundan keyin haligi nishonaga qarab intilishda oyog‘ ostig‘a elashkan cho‘p-xaslarni supira borish lozim. Mana shundagina to‘kilgan qonlar o‘rinlik va mashru’, berilgan boshlar chin qurbon hisoblanadirlar. Yo‘qsa, sizning bosh olishingiz ham anovilarning qirg‘inidan farqlik bo‘lolmas. Shu yoshg‘a yetib bu xalq orasida haligi jamoani uch-to‘rt nafardan ortiq uchratolmadim, afsus. - Abdulla Qodiriy. "O‘tkan kunlar"dan
Показати все...
Фото недоступнеДивитись в Telegram
🤷‍♂ 4🔥 2
01:09
Відео недоступнеДивитись в Telegram
Millatchilik qilishdi va buni ulardan kutish mumkin edi.
Показати все...
7.13 MB
🤬 5 1
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Eksportga – uzum, importga - quvur “Buni qarangki, 400 tonna uzum, 150 tonna piyoz va 150 tonna mevaning evaziga keltiriladigan quvur bilan uchta qishloq xonadonlarini gazlashtirib olish mumkin ekan” “Xalq soʻzi” gazetasining 1999-yil 27-may sonidan
Показати все...
🇺🇿☣ O‘zbekistonda AES (atom elektr stansiyasi) qurilishiga qanday munosabat bildirasiz?Anonymous voting
  • Qarshiman
  • Qarshi emasman
0 votes
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Bizda esa xalqning qanday fikrda ekanligiga tupurib qo‘yishgan va xalqni AES qurish borasida manipulyatsiya qilishadi😏
Показати все...
💯 6
#Iqtibos «​Qoʻylardan iborat millat boʻrilar hukumatini yaratadi.»   Edvard R. «Ed» Marrou
Показати все...
💯 6 1