cookie

Ми використовуємо файли cookie для покращення вашого досвіду перегляду. Натиснувши «Прийняти все», ви погоджуєтеся на використання файлів cookie.

avatar

Qachon?

❓️ Qachon bo'lamiz odam ❓️ Qachon qilamiz tovba ❓️ Qachon qilamiz zikr 👤 @Musulmon

Більше
Країна не вказанаМова не вказанаФакти6 476
Рекламні дописи
189
Підписники
Немає даних24 години
Немає даних7 днів
Немає даних30 днів

Триває завантаження даних...

Приріст підписників

Триває завантаження даних...

Фото недоступнеДивитись в Telegram
«MARVEL UZ» kanali qayta tiklandi, pastdagi LINK orqali asosiy kanalimizga o'ting: LINKhttps://t.me/+BqSTifwxJU8yNDYy
Показати все...
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Telegram qachon tashkil topgan? — Telegram 2013-yilda aka-uka Nikolay va Pavel Durovlar tomonidan ishlab chiqilgan. 2014-yil dekabr oyida Telegram kunlik 1 milliard xabar yuboradigan 50 million foydalanuvchisi borligini va auditoriyasi haftasiga bir millionga koʻpayayotganini eʼlon qildi. — 2018-yil martida Telegram 200 millionlik oylik faol foydalanuvchiga erishdi. O'tgan yili, 2020-yil aprel oyida 400 million faol foydalanuvchiga erishganligini maʼlum qildi. 2021-yil yanvar oyi esa bu ko'rsatkich 500 milliondan oshdi. — 2013-yil 14-avgustda Apple kompaniyasi ios foydalanuvchilariga "Telegram" dasturini taqdim qildi. Shu yili 22-avgustda esa Android foydalanuvchilari bu dasturdan foydalana boshlashdi. P.s: Telegram bo'lmaganida siz ushbu postni o'qimayotgan bo'lardingiz. 👉 @Qachon — kanalini kuzatib boring!
Показати все...
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Eng katta sunami qachon bo'lgan? — Tarixdagi eng katta sunami 1958-yilda Alyaskada sodir bo'lgan. To'lqinlarning balandligi esa 524 metrga yetgan. 👉 @Qachon — kanalini kuzatib boring!
Показати все...
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Internet qachon kashf qilingan? — 1950-yillar davomida barcha kompyuterlarni yagona tarmoqqa ulash ehtiyoji tugʻildi. Bu ehtiyoj markazlashmagan toʻr va shu kabi sohalarda tadqiqotlarni olib borishga olib keldi. Bu voqealarning natijasida AQShda ARPANETning paydo boʻlishi voqealarning keyingi rivojlanishiga turtki boʻldi — Dastlabki TCP/IP protokoliga asoslangan tarmoq tizimi 1984-yil AQSh MFAda yaratilib, keyinchalik u NSFNet loyihasiga aylandi. 1995-yil internetning tijorat versiyalari paydo boʻla boshladi — 1991-yil CERN Butunjahon oʻrgimchak toʻri loyihasini eʼlon qildi. Bu voqea Tim Berners-Lee tomonidan HTML, HTTPlarning yaratilishi va CERNda dastlabki veb-sahifalarni paydo boʻlishidan 2 yil keyin sodir boʻldi. — 1993-yil birinchi internet brauzer Mosaicning 1.0 versiyasi paydo boʻldi va 1994-yilda internetga ommaviy qiziqish tugʻila boshladi. 1996 yildan internet soʻzidan keng foydalana boshlandi, biroq u asosan, Butunjahon oʻrgimchak toʻrini anglatadi. 👉 @Qachon — kanalini kuzatib boring!
Показати все...
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Islom dini qachon paydo bo’lgan? — Islom dini 7-asrda Hijoz (Gʻarbiy Arabiston)da paydo boʻldi. Uning asoschisi Muhammad s.a.v sanaladi. Islom dinining paydo boʻlishi xususida Islom manbalariga asoslangan diniy anʼanada u ilohiy hodisa, insonlarni toʻgʻri yoʻlga solish uchun Alloh tomonidan yuborilgan oxirgi taʼlimot deb uqtiriladi. — Alloh insonlarga oxirgi payg'ambar etib Muhammad s.a.vni tanladi, unga oʻzining kalomi — Qurʼoni Karimni nozil qildi. Muhammad s.a.vga, 40 yoshida (milodiy 610-yil) vahiy (ilohiy koʻrsatma) kelishni boshladi. — Islom dini 5 „asos“ yoki „ustun“ dan iborat: 1) Kalimai shahodat. 2) Namoz oʻqish. 3) Zakot berish. 4) Roʻza tutish. 5) Imkoniyat topilsa haj qilish. 👉 @Qachon — kanalini kuzatib boring!
Показати все...
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Velosiped qachon ixtiro qilingan? — Birinchi velosiped 1818 - yilda Karl Drais tomonidan yasalgan. — Hozirgi ikki gʻildirakli oddiy velosipedlarning tezligi 10-30 km/soat, ogʻirligi 8-16 kg. 👉 @Qachon — kanalini kuzatib boring!
Показати все...
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Redmi qachon ixtiro qilindi? Redmi – Xitoyning Xiaomi elektronika kompaniyasiga tegishli sub-brend. U budjetli smartfon tarmogʻi sifatida Xiaomi tomonidan 2013-yil iyul oyida taqdim etildi. 2019-yilga kelib Xiaomiʼning alohida sub-brendiga aylandi, u oʻrta darajali va sifati nisbatan past qurilmalarni oʻz ichiga oladi, Xiaomiʼning oʻzi esa yuqori darajadagi flagmani Mi turkumidagi qurilmalarga eʼtibor qaratadi. Redmi telefonlari Androidning oʻzgartirilgan varianti MIUI foydalanuvchi interfeysidan foydalanadi. Modellarni odatda 6" gacha bo'lgan displeyli sifati pastroq Redmi telefonlariga va 5" dan kattaroq displeyli Redmi Note seriyasining oʻrta va yuqori darajali qurilmalarga ajratish mumkin. Redmi A seriyali va Redmi Go seriyalari Osiyo va Evropaning bir qator mamlakatlari uchun ishlab chiqarilgan. Boshqa Xiaomi smartfonlaridan eng katta farq shundaki, ular arzonroq tarkibiy qismlardan foydalanadi va shuning uchun iqtisodiy jihatdan foydaliroq. 2014-yil avgust oyida The Wall Street Journal gazetasi 2014 yilining ikkinchi choragida Xiaomi Xitoyda smartfonlar etkazib berish reytingida 14 foiz bozor ulushiga ega ekanligini xabar qildi. ❓️ @qachon – Eng sara ma'lumotlar
Показати все...
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Walt Disnep qachon tashkil topgan? Walt Disney (1901.5.12, Chikago - 1966.15.12, Berbank) — AQSH kinorejissyor-multiplikatori, rassom va prodyuser. 1919-yildan kino sohasida ishlagan. Qisqa metrajli "Villi kemasi" (1928) ovozli multfilmi bilan AQSH kinemato-grafiyasida tovush va harakatni sinxronlashtirish usulini ishlab chiqqan. D. birinchilardan boʻlib qaxramonlari (oʻrdak Donald Dak, sichqon Mikki Maus va boshqalar) boʻlgan qisqametrajli filmlarni suratga oldi. 1933-yilda AQShda birinchi boʻlib uch rangli film yaratdi. Uning yirik filmlari: "Oppoqoy va yetti mittivoy", "Bembi", "Uyqudagi goʻzal", "101 it" va boshqa D. folklor va etnografiyaga, hayvonlar va oʻsimliklar dunyosiga oid hujjatli filmlarning ham muallifi. Filmlari Oʻzbekistonda ham namoyish etilgan. D.ning Anaxaym sh. (Kaliforniya)da ochgan "Disneylend" (1955) bolalar bogʻi juda mashhur. Undagi qator texnik attraksionlar D. filmlaridagi obrazlarni aks ettiradi. ❓️ @qachon – Eng sara ma'lumotlar
Показати все...
Фото недоступнеДивитись в Telegram
🏆 Guinnes records kitobi qachon ilk bor chop etilgan? – Guinness rekordlar kitobi yoki Guinness jahon rekordlari (Inglizcha: Guinness World Records), 1955-yildan 2000-yilgacha The Guinness Book of Records deb nomlangan, jahonda kiritilgan rekordlar va eng gʻaroyib narsalar haqida maʼlumotlar kiritilgan kitob. Ushbu kitob 1954-yil avgust oyida Londonning Fleet Street koʻchasida aka-uka Norris va Ross McWhirter tomonidan tashkil qilindi. ❓️ @qachon – Eng sara ma'lumotlar
Показати все...
Фото недоступнеДивитись в Telegram
JAVA dasturlash tili qachon yaratilgan? Java dasturlash tili 1991-yilda James Gosling, Patrick Naughton, Chris Warth, Ed Frank va Mike Sheridanlar tomonidan Sun Microsystems kompaniyasida yaratilgan. Tilning birinchi versiyasini yaratish uchun 18 oy vaqt ketgan. Bu til boshida „Oak“ (eman) deb nomlangan edi, lekin keyinchalik 1995-yilda „Java“ ga oʻzgartiligan. „Oak“ ning 1992-yilning kuz oylaridagi birinchi tadbiq etilishi va 1995-yilning bahorida „Java“ ning ommaga eʼlon qilinishidagi vaqt oraligʻida koʻplab odamlar bu tilning dizayni va evolyutsiyasiga oʻz hissalarini qoʻshishgan. Bil Joy, Arthur van Hoff, Jonathan Payne, Frakn Yellin va Tim Lindhom javaning asl prototipiga asosiy hissa qoʻshuvchilar hisoblanadi. ❓️@qachon – Eng sara ma'lumotlar
Показати все...