PDP University | 🇬🇧🇺🇿
Відкрити в Telegram
University specialized on IT education Chat group👉🏻 https://t.me/pdpuniversitycommunity More info: @PDPUniversityBot +998 78 777 77 47
Показати більше3 619
Підписники
-224 години
+237 днів
+830 днів
Архів дописів
🎉 Ice Breaking — emotsiyalar!
🔥 Orientation Week’ning 5-kuni ikkinchi yarmida talabalar o‘rtasida qiziqarli ice breaking o‘yinlari va musobaqalar tashkil etildi.
🤝 Jamoaviylik, chaqqonlik va ko‘tarinki kayfiyatga boy bellashuvlar barchaga unutilmas taassurotlar ulashdi.
🏆 Musobaqa g‘oliblari esa maxsus sovg‘alar bilan taqdirlandi!
☎️ | 78-777-77-47
Telegram |Instagram |Youtube
🚀 Startaplar kuni!
💡 Orientation Week’ning 5-kunida jamoalar bir hafta davomida ishlab chiqqan startap loyihalarini taqdim etishdi.
🔥 Talabalar o‘z g‘oyalarini namoyish etib, jamoaviy ishlash, ijodkorlik va muammolarga innovatsion yechim topish ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazishdi.
☎️ | 78-777-77-47
Telegram |Instagram |Youtube
🎤 4-kun: Talant shou
🔥 Orientation Week’ning 4-kunida talabalarimiz o‘z iste’dodlarini namoyish etib, barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashishdi.
⚡️ Kun davomida talantlar shousi bilan birga bitiruvchilarimiz bilan samimiy suhbat ham tashkil etildi. Ular o‘z tajribalari, talabalik xotiralari va erishgan yutuqlari bilan o‘rtoqlashishdi.
☎️ | 78-777-77-47
Telegram |Instagram |Youtube
🎉 Bayram muborak, aziz ustozlar!
🏆 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan PDP University’da ustozlarimizni taqdirlash marosimi tashkil etildi.
🫡 Tadbir davomida universitetimiz rivojiga hissa qo‘shayotgan, talabalarga bilim va tajribasini ulashayotgan ustozlarimizga ehtirom ko‘rsatildi.
😇 Taqdirlash marosimidan so‘ng bayram dasturxoni yozilib, jamoamiz a’zolari bayramni samimiy va ko‘tarinki kayfiyatda davom ettirishdi.
💚 Barcha ustoz va murabbiylarimizni bayram bilan yana bir bor tabriklaymiz! Mehnatingiz va fidoyiligingiz uchun rahmat!
☎️ | 78-777-77-47
Telegram |Instagram |Youtube
Hurmatli ustoz va murabbiylar!
Sizning mehnatingiz va fidoyiligingiz har bir talabaning kelajagida o‘z aksini topadi.
Har bir bergan bilimingiz, har bir aytgan maslahatingiz - kelajak sari qo‘yilgan yana bir qadam.
💙 Sizlarni 1-oktabr - O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan samimiy muborakbod etamiz!
Hurmatli ustoz va murabbiylar!
Sizning mehnatingiz va fidoyiligingiz har bir talabaning kelajagida o‘z aksini topadi.
Har bir bergan bilimingiz, har bir aytgan maslahatingiz - kelajak sari qo‘yilgan yana bir qadam.
🥳 Sizlarni 1-oktabr - O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan samimiy muborakbod etamiz!
🎉 2-kun qanday o‘tdi?
🔥 Bugungi kun ham yangi tanishuvlar, ko‘tarinki kayfiyat va unutilmas emotsiyalarga boy bo‘ldi.
⚡️ Shuningdek, tadbir doirasida talabalar uchun “Startup qanday quriladi?” mavzusida maxsus seminar tashkil etildi.
📣 Orientation Week davom etmoqda!
☎️ | 78-777-77-47
Telegram |Instagram |Youtube
Repost from Student Affairs PDPU
⚽️ BIZDA MUHIM O‘YIN! 🔥
28-sentabr kuni PDP University jamoasi KIUT jamoasiga qarshi maydonga tushadi! 💪
🏆 Maqsadimiz — g‘alaba!
🔥 Jamoamizga kuchli qo‘llab-quvvatlash kerak!
📅 28.09.2026
⏰ 16:00
⚽️ PDPU 🆚 KIUT
Bir jamoa. Bir maqsad. Birga — g‘alaba sari! 💚
🏆 10 mln so‘mlik grant sohibi!
⚡️ PDP University hamkorlari tomonidan tashkil etilgan Rektor grantida Abdullayev Muhammadali 10 mln so‘mlik grantni qo‘lga kiritdi!
👏 Muhammadalini ushbu yutug‘i bilan tabriklaymiz! Kelgusi o‘qishlarida ham katta muvaffaqiyatlar tilaymiz!
☎️ | 78-777-77-47
Telegram |Instagram |Youtube
❓ Eng ko‘p berilgan savollarga javoblar!
ℹ️ PDP University’da yangi o‘quv yilini boshlayotgan talabalar uchun muhim ma’lumotlarni bir joyga jamladik.
📆 Eslatib o‘tamiz, Orientation Week 28-sentabrdan 5-oktabrgacha davom etadi.
🥳 Barchangizni Orientation Week’da kutib qolamiz!
☎️ | 78-777-77-47
Telegram |Instagram |Youtube
🏆 30 mln so‘mlik grant sohibi!
🔥 PDP University hamkorlari tomonidan tashkil etilgan Rektor grantida Bazarov Javohir 30 mln so‘mlik grantni qo‘lga kiritdi!
👏 Javohirni ushbu yutug‘i bilan tabriklaymiz! Kelgusi o‘qishlarida ham katta muvaffaqiyatlar tilaymiz!
☎️ | 78-777-77-47
Telegram |Instagram |Youtube
