uk
Feedback
NmaGap

NmaGap

Відкрити в Telegram

Bu suhbat/podcast vakillari bilan yaqindan aloqa✌️ https://taplink.cc/nmagap Hamkorlik masalasi bo‘yicha - @nmagapadmin Donat uchun: https://tirikchilik.uz/nmagap Telegram Premium kanali: https://t.me/monifi_bot/app?startapp=jr0gjc

Показати більше
9 252
Підписники
-724 години
-557 днів
-5730 день
Архів дописів
NmaGap
9 253
🇺🇿 Erkin fikrlaydiganlar uchun Jamiyatni nima birlashtiradi? Iqtisodiyot va siyosatni ajratish mumkinmi? Nega ayrim g‘oyalar rivojlanadi, boshqalari esa yo‘qoladi? "NmaGap" loyihasining Bu galgi mehmoni — iqtisodchi, auditor, biznes maslahatchisi va bloger Jamshid Muslimov. Suhbat davomida iqtisodiyot, jamiyat, ta'lim, falsafa, milliy o‘zlik, kitob mutolaasi, zamonaviy texnologiyalar, sun'iy intellekt, neojadidlar,haqiqatni aytishning mas'uliyati va bugungi dunyoda insonni o‘ylantiradigan yana ko‘plab muhim mavzular haqida ochiq va samimiy fikr almashdik. 📹 Endi esa YouTubega o'tamiz: 👉 https://youtu.be/8H04c5xZj_k 📌 NmaGap - Keling, miriqib suhbatlashamiz! @nmagapsuhbat YouTube | Instagram | TikTok

NmaGap
9 253
Відеоповідомлення00:20

NmaGap
9 253
Відеоповідомлення00:28

NmaGap
9 253
🦾 Abyuzermas, mag’rurman! Bir paytlar ozg‘inligi uchun o‘ziga ishonmagan, qizlar e’tibor bermagan yigit. Keyin esa vazni 133 kiloga yetib, hayotini butunlay o‘zgartirishga majbur bo‘lgan inson. Bugun u minglab odamlarni sportga ilhomlantirayotgan trener, motivator va bloger. “NmaGap”ning navbatdagi mehmoni Axad Xudayarov. Oxirgi vaqtlarda uning qarashlari bahslar markazida: ayollar nega uni tanqid qilishyapti? Nega uning fikricha “erkaklar baxtsiz bo‘lib qolyapti”? Muhabbat, qaynana-kelin munosabatlari, mahr, tarbiya va zamonaviy munosabatlar haqida qanday fikrda? 📹 Hammasi haqida hozir gaplashamiz: 👉 https://youtu.be/5oTJJvt7c_k 📌 NmaGap - Keling, miriqib suhbatlashamiz! @nmagapsuhbat YouTube | Instagram | TikTok

NmaGap
9 253
🤬Iplooos Agar taksi chaqirsangiz-u, to’lashga pulingiz yetmasa, bizga donat qiling, biz yetmayotgan qismini qayta tashlab beramiz. Faqat 1 ta shart: donat qilgan summangiz, sizga yetmayotgan summadan ko’p bo’lishi kerak😉 Bizda shunaqa gaplar. Donat esdan chiqmasin: https://tirikchilik.uz/nmagap 📌 NmaGap - Keling, miriqib suhbatlashamiz! @nmagapsuhbat

NmaGap
9 253
🇺🇸 Amerikada konkurensiya katta! Bugun suhbatlashadigan mehmonimiz Westdagi qadrdonlarimizdan biri. O‘zaro suhbatlarimizda tuyilgan g‘oya mana "NmaGap" studiyasiga amalga oshish uchun yetib keldi. "NmaGap"ning navbatdagi mehmoni Amerikada yashaydigan logist Sunnat Abduhakimov. Bu suhbat uchun ortiqcha spoylerni o'qishdan ko‘ra tezroq YouTubega o‘tgan ma'qul: https://youtu.be/p9lOOoilR1Y?si=NdQbIeZhjU4-v-5h 📌 NmaGap - Keling, miriqib suhbatlashamiz! @nmagapsuhbat

NmaGap
9 253
Uchta savol mavjud: 1. Siz nechun bundasiz(Men nechun bundaman)? 2. O'limdan qo'rqasizmi (O'limdan qo'rqamanmi)? 3. Hayotdan
Uchta savol mavjud: 1. Siz nechun bundasiz(Men nechun bundaman)? 2. O'limdan qo'rqasizmi (O'limdan qo'rqamanmi)? 3. Hayotdan rozimisiz (Hayotdan rozimanmi)? Bobur Yo’ldoshev tavsiya qilgan kitob «Yer chekkasidagi qahvaxona» Jon Strekeli Asosiy obraz sifatida yozuvchining oʻzi gavdalangan. Kitobning asosiy maʻnosi esa mavjudlikning maʻnosi bilan bogʻliq. Ertadan kechgacha yelib-yugurib roʻzgʻor tebratamiz, har sekundda qonunlar chiqaramiz, ularni buzamiz, poraxoʻrlik va adolat ishlari bilan shugʻullanamiz, ammo bulardan qanchalik darajada foyda koʻryapmiz, hammasi sarob emasmi? Nega tugʻildik, kimmiz? Oʻz "men"imizni anglab yetdikmi? Yashayotganimizning asosiy sababi nima? Bilmaymiz, bilganimizda hozirgi hayot qurboni boʻlmagan boʻlardik.. Yuqoridagi 3ta savolga javob topganmisiz? 📌 NmaGap - Keling, miriqib suhbatlashamiz! @nmagapsuhbat

NmaGap
9 253
🎭 Aktyor tanlamaydi, tanlanadi! Ko'pchilikning sevimli o'zbek kinolarida yorqin chiqishlari bilan esda qolgan, zamonaviy kino san;atini usiz tasavvur qilib bo'lmaydigan iste'sodli ustazoda aktyor Bobur Yo‘ldoshev "NmaGap"ning navbatdagi qahramoni. Bugun u shunchaki aktyor emas, Bobur Yo'ldoshev "Diydor" teatr-studiyasiga rahbarlik qiladi, yosh aktyorlar bilan ishlaydi, sahna va ekran uchun yangi loyihalar yaratadi. Suhbat davomida zamonaviy teatrning holati, bugungi tomoshabin, ijodkorning mas’uliyati, yosh avlod bilan ishlash, kino sanoatidagi o‘zgarishlar, hozirgi faoliyati va kelajak rejalari haqida gaplashdik. 📹 Suhbatni to’liq ko’rish uchun: https://youtu.be/LMOdFNb4i7k 📌 NmaGap - Keling, miriqib suhbatlashamiz! @nmagapsuhbat YouTube | Instagram | TikTok

NmaGap
9 253
😎 Marketologlar dunyoni o’zgartiradi! Kuryerlikdan boshlangan yo‘l. Million dollarlik qarz. Bankrotlik. O’nlab yirik loyihalar. Va bugungi kunda O‘zbekistonning eng yirik marketing agentliklaridan birini boshqarayotgan inson. “NmaGap”ning navbatdagi mehmoni — Azizbek Yusufov. Suhbat davomida: ▪️ Marketingdagi 20 yillik tajriba; ▪️ AKFA davridagi eng qimmat xato; ▪️ 1 million dollarlik moliyaviy inqiroz va undan chiqish yo‘li; ▪️ O‘zbekistonda reklama va marketing bozorining ichki oshxonasi; ▪️ Sheriklik, biznes va ishonch; ▪️ Oila va ish o‘rtasidagi muvozanat haqida batafsil gaplashamiz. 📹 Suhbatni to’liq ko’rish uchun: 👉 Marketologlar dunyoni o’zgartiradi! Azizbek Yusaufov | NmaGap https://youtu.be/rR7xvxugvD0 📌 NmaGap - Keling, miriqib suhbatlashamiz! @nmagapsuhbat YouTube | Instagram | TikTok

NmaGap
9 253
😎 Olg’a, to’xtamanglar! Bizga keladigan har bir donatdan motivatsiya olamiz, motivatsiyaning katta yoki kichkinaligi esa donatlardagi sonlarning nollariga bog’liq😉 Xullas, biz davom etamiz, siz ham bizni qo’llab-quvvatlashni unutmang: 👉 https://tirikchilik.uz/nmagap 📌 NmaGap - Keling, miriqib suhbatlashamiz! @nmagapsuhbat

NmaGap
9 253
💯 “Devorlar - odamlardan jasurroq!” Bugungi qahramonimizning asarlarini Toshkent ko‘chalarida ko‘rgan bo‘lishingiz mumkin. Ammo rassomning o‘zini ko‘rmagan bo‘lishingiz ehtimoli yuqori. Inkuzart — O‘zbekiston strit-art madaniyatiga yangi nafas olib kirgan, xalq orasida “Chilonzorlik Benksi” nomi bilan tanilgan ijodkor. Pandemiya davrida boshlangan oddiy g‘oya qanday qilib butun boshli ijtimoiy hodisaga aylandi? Nega u hanuzgacha anonim qolishni afzal ko‘radi? Nima uchun reklama va tijorat loyihalaridan voz kechadi? Bugungi suhbatda: ▪️ strit-art va vandalizm o‘rtasidagi farq; ▪️ ko‘cha san’ati orqali jamiyat bilan muloqot qilish; ▪️ senzura, tanqid va o‘chirib tashlangan asarlar; ▪️ anonimlikning ijodkor uchun ahamiyati; ▪️ O‘zbekiston strit-artining buguni va kelajagi haqida suhbatlashdik. 📹 “NmaGap”ning Inkuzart bilan suhbati shu yerda: 👉 https://youtu.be/3Fr0lYG_tY8 📌 NmaGap - Keling, miriqib suhbatlashamiz! @nmagapsuhbat YouTube | Instagram | TikTok

NmaGap
9 253
😎 Aqli yoshidan katta! Ba'zida shunday insonlarni uchratasizki, ularning ko'rinishi bola, ammo aqli va farosati kattalarnikidan qolishmaydi. Bolalar bilan gaplashishni xushlamaydganlar ham bundaylar bilan soatlab gaplashishadi, hattoki vaqt qanday o'tganini sezmay ham qolishadi. "NmaGap" 1-iyun — Bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan obunachilari uchun maxsus sovg'a tayyorladi. Loyihamizning bugungi mehmoni 13 yoshli bloger Olloberdi Azimov! 📹 Ortiqcha spoyler berish niyatimiz yo'q, tezroq YouTubega o'ting: 👉 https://youtu.be/sNGibHy2I54 📌 NmaGap - Keling, miriqib suhbatlashamiz! @nmagapsuhbat YouTube | Instagram | TikTok

NmaGap
9 253
💌Qarindoshlar guruhi uchun maxsus jo’natma!

NmaGap
9 253
Qurbon Hayit ayyomingiz muborak bo’lsin, men va mening do’stlarim!🥳

NmaGap
9 253
Desertni yumshog‘i, shirini — voobshem DODASI Bu nima? Bu — Moti. Bilasizlar, biz Yandex Lavka ni ko‘p tavsiya qilamiz. Endi
+3
Desertni yumshog‘i, shirini — voobshem DODASI Bu nima? Bu — Moti. Bilasizlar, biz Yandex Lavka ni ko‘p tavsiya qilamiz. Endi u yerda men shaxsan kutgan yaponcha desert — Moti paydo bo‘ldi. Rostan tamini bilmoqchimiz? Bittasini buyurtma qilib ko‘ring — o‘zingiz tushunasiz. ⚠️ Eng qiyini — o‘zingizni keyingisidan to‘xtatish. Har birida ~100 kaloriya — sportchilar, inobatga oling. Yetib kelishi esa — atigi 15 daqiqa atrofida. Bosamiz. 🍡🚀

NmaGap
9 253
Yaratishning kayfi boshqacha! 13 yoshida pul topishni boshlagan, 15 yoshida mashina olgan, 23 yoshida ilk million dollarini ishlab topgan quruvchi tadbirkor — Xurshid To‘rayev bugun “NmaGap” mehmoni. Urgutdagi oddiy qishloqdan boshlangan yo‘l uni millionlab dollarli qurilish loyihalari, savdo markazlari va biznes imperiyasigacha olib keldi. Ammo katta muvaffaqiyat bilan birga katta tavakkal, yo‘qotishlar, qarzlar va odamlarning e’tirozlari ham keladi. Bugun biznesmenning millionlarini emas, ichki dunyosi, orzulari va qarashlarini gaplashamiz. Suhbatni to‘liq ko‘rish uchun: 👉 https://youtu.be/iQqrK8SWJas 📌 NmaGap — Keling, miriqib suhbatlashamiz! @nmagapsuhbat

NmaGap
9 253
“Boshqachalik” aybmi? O’zbekistonda atrofdagilardan tashqi ko’rinish, fikrlash, oila jihatdan ajralib tursangiz, yashash qiyinlashadi. Ammo shuncha narsaga chidab, muvaffaqiyatga chiqqanlar ham bor. Model va bloger Juhaina Lango shundaylardan biri. Afro-o’zbek model bugun “NmaGap” mehmoni. Suhbatni to’liq ko’rish uchun👉🏻 https://youtu.be/aFgrPl8emW0 📌 NmaGap - Keling, miriqib suhbatlashamiz! @nmagapsuhbat YouTube | Instagram | TikTok

NmaGap
9 253
“Sochimni bo’yadim - Yevropaga ketaman!” Hammamiz boshimizdan kechirgan, uyga qamagan Karona virus vaqtida Tik tokda bong urib, qizil kapeshoni bilan chiqqan va kayfiyat bag’ishlagan Liil endi ancha ulg’aygan. Maqsadlari, qarashlari va qabul qilishlarida ancha yuksalish bor. “NmaGap” loyihasining navbatdagi mehmoni model va aktyor Ozodbek Hurramov! 📹 Suhbatni to’liq ko’rish uchun: 👉 https://youtu.be/yJW03-boFXw 📌 NmaGap - Keling, miriqib suhbatlashamiz! @nmagapsuhbat YouTube | Instagram | TikTok

NmaGap
9 253
😎”Ajoyib=p**des” Obunachilarimizdan keladigan donatlarning ikkita yaxshi tomoni bor: birinchisi - nollarning ko‘pligini, ikkinchisi - loyihamiz haqida pozitiv emotsiyalar. Siz ham shu ikkalasidan bizga ko‘p-ko‘p yuborsangiz bo‘ladi, asosiysi biz xursand bo‘lamiz, sizda ham “faxrlanadigan” ish paydo bo‘ladi. 👉 Donat yuborish uchun: https://tirikchilik.uz/nmagap 📌 NmaGap - Keling, miriqib suhbatlashamiz! @nmagapsuhbat

NmaGap
9 253
🏇126 ta otli chavanzod! Bundan 150 yil oldin otlar maishiy hayotimizning ajralmas qismi bo’lgan: xo’jalik ishlaridagi yordamchilikdan tortib transport masalasigacha otlar bilan hal bo’lgan. Bugun esa ot va ot sporti martabaning, yana ham aniqrog’i boylikning nishonasi sifatida qaraladi. Bugungi mehmonimiz bilan otlar va ot sporti haqida gaplashamiz. “NmaGap” loyihasining navbatdagi mehmoni O’zbekistondagi ot sporti dunyoga tanitayotgan inson Baxromjon Gaziyev. 📹 Suhbatni to’liq ko’rish uchun: 👉 https://youtu.be/lcq6PFla8rI 📌 NmaGap - Keling, miriqib suhbatlashamiz! @nmagapsuhbat YouTube | Instagram | TikTok

NmaGap - Статистика та аналітика Telegram каналу @nmagapsuhbat