Dr. Algorithm
Відкрити в Telegram
Saidolim Djuraev’ning turli ma'lumotlar kanali. Savollar va takliflar uchun: @DrAlgorithmBot
Показати більше4 716
Підписники
-524 години
-217 днів
+36930 день
Архів дописів
4 717
Repost from Khumoyun Codes
⚠️ QALLOBLARGA ALDANIB QOLMANG!!! ⚠️
Hali ham Asror Zokirov ismli shaxsning qarmog'iga ilinib chuv tushib yurganlar bor ekan. 20-yanvar kuni TUIT kanalida yozilgan xabarlarni jo'natib qolishdi. 22 yoshli onasi xasta bir yigitimiz, pul to'lab tajriba olaman deb "stajirovka"ga Zokirovning "ABCSDEFGHIJKLMNOPQRSTUVXYZ"Soft degan kompaniyalaridan biriga 400 ming so'mni amallab topib ishga kirib, aldanib qolibdi. Ushbu link TUIT Online kanalida to'liq xabarni o'qishingiz mumkin: https://t.me/tuit_online/18656
Asror haqida, ko'p kanallarda ko'p postlar yozilgan, uning hiylalari orqali ko'p insonlar aldangan, gap tushuntirib bo'lmas bu chala dasturchi qarmog'iga tushib qolmasligi uchun necha yildan beri ko'p kanallar egasi bilan harakat qilib kelamiz. 2018-yilda OKS Technologies kompaniyasida ishlayotgan paytimda, ensklopediyadek varoqlari ko'p rezyumesini opkelib ishga kirgan Asrorni kompaniyadan quvilishiga ham sababchi bo'lgan edim. Muhammadjavohir akani "U" bilan tortishuvlarini esa alohida kitob qilib yozsa bo'ladi. Soxada 4-5 yildan beri yurganlar bu nomni biladi va hardoim qolganlarni ogohlantiradi, bilmay qolganlar esa hali ham talaygina ekan.
Do'stlar shu va shunday qalloblarga aldanib qolmaslik uchun quyidagi narsalarni qiling:
1. Hech qachon SIZ pul to'lab "stajirovkaga" bormang! Bunday narsa bo'lmagan va aldamchi yo'l, undan ko'ra amallab birovni ishini tekinga qilib bo'lsa ham tajriba orttiring, Ustoz-Shogird kabi kanallarda, ishchi yoki sherik qidirayotganlar talaygina. Asli tog'ri holatda "stajer" bo'lsa ham unga kompaniya pul to'lashi kerak, aksincha emas. Lekin bizda, ba'zi bir chala dasturchilar ochgan kompaniyalarda pul ber - tajriba ol mantig'i bilan, "bizness" qilishyabdi.
2. Tajribani o'zingiz, kichik loyiha qilib bo'lsa ham, tekin API lardan foydalanib, o'zingiz oling.
3. Hardoim biron bir xujjatga qo'l qo'ymasdan oldin, uni o'qib chiqing, xujjat nima haqida, sizga qanday talablar bor, sizga qanday jarimalar bor, siz nima qilishga majbur qilinasiz. Barcha punktlarni sinchkovlik bilan tekshirib chiqing.
4. Agar ja kompaniyada pul to'lab ishlamasam, tajriba orttira olmayman desangiz va oilangizni rizqini qalloblarga oborib bermasdan oldin, dasturchilar guruhlarida, ko'proq tajribaga ega, oz-ko'pni ko'rgan dasturchilardan so'rang. Mana bu X kompaniya/shaxs dan mana bunday taklif bo'lyapti, bu haqida bilganlar o'qiganlar, eshitganlar, sotib olganlar bormi, nima deysizlar deng. Ja bo'lmasa, shu o'zimizning kanal guruhiga yozing. Albatta boshidan o'tkazgan yoki eshitgan, ko'zi ochilgan insonlar chiqib keladi.
5. Agar umuman Asror Zokirov ismli shaxs haqida kompaniya yo taklifda yozilgan bo'lsa, betiga qaramay qoching.
Bu ma'lumotlar boshqalarga ham yetib borish uchun, o'z kanallaringizda tarqating. Aldanib qolmang!!!
@khumoyun_codes
4 717
Vaqtni qaytarish
Siz havfsizlikka doir video tomosha qilyapsiz. Tasvirdagi vaqt belgilari buzilganini sezib qoldingiz.
Bu roʻyxatda soat qiymatlari ketma-ketlikda berilgan va 24 soatlik uslub (format) ishlatilgan.
Nima xato ketganini va to'g'ri vaqt qiymatlari qanday bo'lishi kerakligini ayta olasizmi?
Savol raqami: 50131
Javob topmasdan izohlarni ochmang. Javobini koʻrib qolsangiz qizzigʻi qolmaydi. Iltimos: javobni topgan boʻlsangiz koʻrinmas hira (spoiler) qilib tashlang. Boshqalar ham urinib koʻrishsin!https://t.me/DrAlgorithm/415
4 717
Shubhali Token
Siz bir necha yil oldin kripto valyutasi haqida ma'lumotga ega bo`ldingiz. Sarmoya kiritdingiz va investitsiyangizni isbotlash uchun ikkita tanga token oldingiz.
Odatda ular xavfsiz joyda saqlanadi, lekin siz tokenlardan biri soxta ekanligini bilib qoldingiz. Siz ularni nazorat qilib ko'rish uchun oldingiz.
Sizga tekshirib ko`rishni maslahat bergan odam ishonchli ko'rinadi - tangalar aniq bir xil emas. Ularni aylanishidan tashqari, sakkizta vizual farqni topa olasizmi?
Savol raqami: 40126
https://t.me/DrAlgorithm/413
4 717
Zanjir xat
Bir necha hafta avval siz sinov tariqasida spam email yubordingiz: dunyo boʻylab qanday harakat qilishini va kimlar yuborishini nazorat qilmoqchi edingiz. Email ga josus file (spyware) qoʻshib qoʻydingiz va nazorat qilish imkoni paydo boʻldi. Email shunday tuzilgan-ki, uni faqat bitta odamga va asl shaklida birovga ulashish (forward) mumkin. Bu esa email kimlardan oʻtganini masofadan turib nazorat qilishga yordam beradi.
Bugun kimdur sizga emailni yubordi, siz bosh ekaningini bilmagan holda va zanjirni yakunladi.
Endi eng qizziq joyi boshlandi: email qayerlarda boʻlib kelganini koʻrish. Rasdagi tugun nuqtalar har bir emailni olgan foydalanuvchini bildiradi. Chap yuqori nuqtadan boshlanadi.
Barcha nuqtalarni bitta uzilmas zanjirga aylantira olasmi?
Zanjir yoʻlida yoki biror nuqtada kesishishi mumkin emas. Har bir nuqtadan faqat bir marta oʻtish kerak. Tugun nuqtalarni faqat vertikal va gorizontal ulash mumkin. Baʼzi kesmalar ulab boʻlingan.
Savol raqami: 40124
https://t.me/DrAlgorithm/411
4 717
Ziyrak muhlis
Bu kabi mantiqiy masalalarni koʻp yechgan boʻlsangiz kerak. Keling yana bir eslashimiz.
Oʻng tomonda berilgan rasmlardan qaysi biri boʻsh turgan katakka mos keladi?
Savol raqami: 40123
Yordam: Har bir qismning oʻzgarishiga alohida eʼtibor bering.
https://t.me/DrAlgorithm/411
4 717
Burib ula
Mexanik mashinalar davrida shunga oʻxshash oʻyinlar boʻlar edi. Turli shakllarga ega doiralarni burish orqali izlarni bir-biriga ulash kerak edi.
Shunga oʻxshash oʻyin tayyorladik. Har bir doirani 90° dan burishingiz mumkin. Shunday qiling-ki, barcha boʻllamalar ulansin.
Yasab koʻrishingiz uchun yonida bitta boʻsh kataklar taxtasini ham berdik. Bemalol ishlashingiz uchun.
Agar yechim topilmasa, biroz dam olib. Qaytadan boshlang. Qayta boshlash (Restart) koʻpincha yordam beradi.
Savol raqami: 40122
https://t.me/DrAlgorithm/409
4 717
Assalomu alaykum!
Haftani yaxshi boshlab oldingizmi?
Kuningizni qizziq boshqotirma bilan boshlashga nima deysiz?
Miyyani zanglatib qoʻymaydigan ziyolilarga havas qilaman. Kuniga 200 bet kitob oʻqiydiganlarga ham.
Lekin, hech kim birdaniga maktab yoshiga yetib qolmaydi. Albatta, 7 yil yashab oʻtishi kerak. Demak hamma narsa qadamma-qadam. Kichik qadamlar bilan boʻladi. Faqat, esdan chiqarmang, doimiy qadamlar bilan.
Ahir siz yakshanba kuni toʻyib ovqatlanib olsam, keyin 1 hafta vaqtimni ovqatlanishga sarflamayman, - deb aytmaysizku. Shunday emasmi?
Koʻp gapirib yubordim-a?
Kuningiz xayrli oʻtsin!
https://t.me/DrAlgorithm/408
4 717
Alphabet Xplorer
Farhod yangi mobil telefonida "Alphabet Xplorer" o'yinni o'ynab turib, bir qiyinchilikka duch keldi. Geografiya fanini yaxshi bilmasligi uni tushkunlikka tushirdi. Unga yordam bera olasmi?
Rasmda berilgan har bir oval shakl A dan K gacha harflar bilan toʻldirilishi kerak. Joylashuvni topish uchun roʻyxatdagi maslahatlardan foydalanishingiz mumkin. (Maslahatlarda "yoʻnalishida" deb kelgan boʻlsa, gorizontal yoki vertikal ixtiyoriy ovalda boʻlishi mumkin)
1. A ning gʻarbiy yoʻnalishida B boʻlib, u J ning yonida va shimoliy yoʻnalishida.
2. E esa D dan koʻra uzoq sharqda.
3. E dan shimoliy yoʻnalishda va C dan gʻarbiy yoʻnalishda G joylashgan.
4. F va C dan shimolroqda joylashgan H ning qoʻshnisi va shimoliy yoʻnalishda I bor.
5. K esa D dan shimoliy yoʻnalishda va F dan gʻarbiy yoʻnalishda joylashgan.
Savol raqami: 50120
Javob topmasdan izohlarni ochmang. Javobini koʻrib qolsangiz qizzigʻi qolmaydi. Iltimos: javobni topgan boʻlsangiz koʻrinmas hira (spoiler) qilib tashlang. Boshqalar ham urinib koʻrishsin!https://t.me/DrAlgorithm/407
4 717
Oltiburchak oʻyini
Sodda masala bilan dam olish kunlariga yaqinlashib olamiz.
Dizayner Emmanuel oʻzining nevarasi uchun oʻyinchoq tayyorladi.
Oʻyin sharti oddiy. Oltiburchaklarni oʻrtadagi taxtaga qoʻyish kerak. Har bir oltiburchak qalin chiziqlar ichida boʻlishi, bir biri bilan bir xil sonlarda toʻqnashishi va aylantirilmasligi kerak.
Bitta urinishda (60 soniya) topa olamizmi?
Javob topmasdan izohlarni ochmang. Javobini koʻrib qolsangiz qizzigʻi qolmaydi.
Iltimos: javobni topgan boʻlsangiz koʻrinmas hira (spoiler) qilib tashlang. Boshqalar ham urinib koʻrishsin!
Savol raqami: 40119
https://t.me/DrAlgorithm/405
4 717
Ichimdagi gaplarni yozishibdi.
Ingliz tilini hamma kasb egasi bilishi kerak. Imkon qadar kuchli darajada. Manga texnik Ingliz tili yetadi, - deb o`ylamang.
Hech qachon ishlatmasangiz ham IELTS dan 8 olib qo`ying.
https://t.me/DrAlgorithm/402
4 717
Repost from 🇺🇿 Learn .NET
8
8 yil oldin IELTS imtihonini topshirib, 8 ballni qo'lga kiritgan edim. Ko'pchilik aytishi mumkin, dasturchi uchun yuqori ball nima uchun kerak? - deb, lekin ingliz tilini kuchli bilish - siz uchun katta eshiklarni ochilishiga sabab bo'ladi. Masalan, hozirda Ustozim Hassan Habib bilan ishlayman va bir kunda kamida 3 soat video-uchrashuvda bo'lamiz. Jamoadoshlarim va o'zim uchun ham fikrimni to'g'ri va tushunarli yetkaza olishim ishni silliq kechishini ta'minlaydi.
Shuning uchun dasturlashni endi boshlayotgan do'stlarimizga Ingliz tilini kuchaytirishni maslahat beraman.
#ITalk #EnglishForIT
Telegram | YouTube | Linkedin
4 717
Ichimdagi gaplarni yozishibdi.
Ingliz tilini hamma kasb egasi bilishi kerak. Imkon qadar kuchli darajada. Manga texnik Ingliz tili yetadi, - deb o`ylamang.
Hech qachon ishlatmasangiz ham IELTS dan 8 olib qo`ying.
https://t.me/DrAlgorithm/402
4 717
Javoblarni yozish.
To`g`ri javobni izohlarda qoldirilgani uchun katta rahmat. Ko`pchilik to`g`ri javob yuborishdi.
Afsuski hamma uchun qizziq bo`lishi uchun sizning izohlaringizni o`chirdim. Buning uchun uzr so`rayman.
Agar javobingizni yuborish niyatingiz bo`lsa, sploiler qilib yashirin yuborsangiz, ham siz hotirjam bo`lasiz, ham keyingi odamlar uchun qizziqligi yo`qolmasdi.
Rahmat hammaga. Ochiq savollarimiz hali ko`p kanalda, javoblaringizni kutib qolamiz.
4 717
Ignabargli daraxtlar bogʻi.
Camp Conifer - dam olish uchun keng maydonli ajoyib bogʻ. Har bir dam oluvchi uchun soya salqin joylar mavjud boʻlib, jazirama issiqda ham vaqtni maroqli oʻtkazishadi. Bogʻning haritasiga qarasak, daraxtlar joylashuvini koʻramiz.
Har bir daraxt yonida chodir qurish kerak. Chodirni daraxtning yonida (tepasi, tagi, chap va oʻng tomonda) qurish mumkin. Faqat chodirlar yondosh qoʻshni boʻlishi mumkin emas, hatto diagonal tomondan ham.
Har bir satr va ustundagi raqamlar shu qator yoki ustunda nechta chodir boʻlishi kerak ekanligini koʻrsatadi.
Chodirlarni joylashtira olamizmi?
https://t.me/DrAlgorithm/400
4 717
Assalomu alaykum,
Bu savol javobi koʻpchilik uchun qiziq boʻlsa kerak.
Bizga bitta usul kerak.
Qadamlari aniq bo`lishi kerak. Ehtimollik bilan topish bizga yarashmaydi.Demak, bitta yoqgichni olamiz. Uni yuqoriga qaratamiz. Keyingisiga o`tamiz. 1. Agar pastga tushgan boʻlsa, sanoqqa 1 qoʻshib davom etamiz. 2. Agar yuqoriga qaragan boʻlsa, sanoqni yozib qoʻyib. Buni pastga tushiramiz. Yoʻnalishimizni (orqaga) almashtiramiz. Orqaga qaytishni boshlaymiz. Yoʻlda yuqoriga qaragan yoqgich chiqadi. Chunki oradagilarni hammasini pastga tushirganmiz (oʻchirganmiz). Qancha yurganimizni yozib qoʻyamiz. Yo`nalishimizni almashtirib, boshqattan boshlaymiz.
Endi savol qachon toʻxtashda. Qogʻozda oxirgi marta yozgan (maksimal) sonimizcha yuramiz. Agar orada yuqoriga qaragan yoqgich chiqmasa, demak shu yozganimiz yoqgichlar soni boʻladi.Masalan, faraz qilamiz, 100 ta yoqgich bor va 1 tasi tepaga qaragan. 20 qadam yurib ilk tepaga qaraganni topdik. Shu biz uchun hatboshi boʻladi. Oldingga qarab sanab ketamiz. 100 tadan oʻtgandan keyin yana shunga kelib qolgan boʻlamiz. 100 ni yozib, pastga tushirib, orqaga ketamiz. 100 qadamdan keyin hali ham hammasi pastga qaragan. Bilamizki 100 ta ekan. Bu N=1. Endi faraz qilamiz 2 tasi yuqoriga qaratilgan. Birinchi yuqoriga qaragandan boshladik. 40 qadam yurib, yana yuqoriga qaraganni topdik. Buni pastga tushiramiz va orqaga qaytamiz. 40 tadan keyin yuqoriga qaraganga keldik. Demak hatboshidamiz. Endi boshqattan boshlaymiz. 100 ta yoqgichdan o`tganda yuqoriga qaraganga kelamiz. Buni o`chiramiz va orqaga 100 ta yuramiz. Shunda hammasi o`chiq bo`ladi. Demak maksimal 100 ta. Bu N=2. Qolgan ixtiyoriy N uchun ham shu shaklda amalga ochiriladi. Izohlar va javoblar uchun katta rahmat! Pattern orqali ham ko`p izohlar bo`ldi, lekin aniqlik kerakligi uchun uni tasdiqlamadim.
4 717
Javob emas
Bu savol qiziqarli va ayni vaqtda murakkab bo`lib chiqdi deb o`ylayman.
O`zim ham yechimga yondashuvni o`ylaganimda 1 ta narsani hisobga olmaganim uchun javobim 100% to`g`ri ekaniga ishonmagan edim.
Javobini bilaman, masala unda emas :) o`zi ham bilmas ekan-ku deb shoshilib qo`ymela :)
Bu savolning javobini aniq qilish uchun, sizda ehtimolligi bor gumonlardan qutilib olish kerak. Bitta yordam etib bermoqchiman:
Javobni topish uchun, tunelda 2 tomonga oldinga va orqaga harakatlanish mumkin ekanini esdan chiqarmang.Bu linked list ni double side connected variantiga o`zshash. elementlar orasida ham oldinga ham orqaga harakatlana olasiz. Chiroq holatini almashtirib ketayorganizda orqaga qaytishingiz, siz aniq o`zingiz qilgan narsani ko`rib ketayotganingizdan darak beradi. Oldinga yurib, "shunaqa bo`lishi kerak" deb o`ylasangiz, xato qilish ehtimolingiz bor. Yana bir urinib ko`ramizmi? Javob topilmasa, keyin yakshanba kuni aniq javobni etaman. P.S. Javobni topganlar va bot orqali yuborganlar bor. Ular ham ikki tomonga harakatlanish orqali topishdi. https://t.me/DrAlgorithm/398
4 717
Dasturchimisiz?
Bu savolni kecha TheGuardian.com da oʻqib qoldim. Dasturchilarni ishga qabul qilishda tekshirish uchun ishlatishar ekan.
Bir urinib koʻrasmi? Dasturchimisiz?Qorongʻu tuneldasiz. Tunel yoʻlagi burilib boradi va uchlari tutashgan (doira kabi aylanib yurvurasiz). Devorda bir xil masofada chiroq yoqgich (switch) bor. Har bir yoqgich tepaga yoki pastga holatiga qoʻyilishi mumkin. Lampa yonmidi :) faqat yoqadigan bor holos. Sizning qoʻlingizda fonar (yoʻlni koʻrib, devorga urilib ketmis), qogʻoz va qalam bor. Devor va yoqgichga belgi qoʻyish yoki yozish mumkin emas. Qogʻozga yozsangiz boʻladi. Vazifa: shu tenelda nechta chiroq yoqgich (switch) bor ekanini sanash. Sonini topish. Savol raqami: 40110 P.S. Rasm MS Copilotda yasaldi. https://t.me/DrAlgorithm/397
4 717
Kub 5
Rasmda 5 oʻlchamli kub koʻrsatilgan. Keling ungagi kichik kub boʻlaklari sonini sanab koʻramiz. Koʻrinmayotgan kub boʻlagi bor deb hisoblaymiz.
Savol: Nechta kub boʻlagi olib tashlangan?
Savol raqami: 40109
https://t.me/DrAlgorithm/396
4 717
Etish esdan chiqibdi. Bu sitedan foydalanib Notebook yutib olsa ham bo`ladi.
https://itboom.uz/lotto/
Yo`li oson. Har bir yecha olgan masalangiz uchun sizga "Oltin chipta" beriladi. Shuni ishlatib son aytasiz. Agar soningiz eng kichik bo`lib chiqsa:
* 1,000,000 so`m
* yoki Notebook yutib olsangiz bo`ladi.
