Dr. Algorithm
Відкрити в Telegram
Saidolim Djuraev’ning turli ma'lumotlar kanali. Savollar va takliflar uchun: @DrAlgorithmBot
Показати більше4 361
Підписники
-524 години
+367 днів
+15630 день
Архів дописів
4 361
Repost from murodalidev />
Barcha yosh dasturchilar tezroq o'zlariga komfort zona qilishni xohlashadi ammo tajribali dasturchilar bu zona xavfliligini bilishadi, hech qachon bunday zonaga tushib qolmang!!!
@murodalidev ✅
4 361
Qudrat aka yaxshi gap etibdilar.
Boshlamgʻich sinfda oʻqib yurganimda
Yaxshi dam mehnatga hamdamdegan yozuv turardi. Na hamdam soʻzini na bu gap maʼnosini tushunardim. Endi bildim... deydi-ku. Vaqtida dam olishni unutmaylik.
4 361
Juda ayojib loyiha oʻylashibdi. DevOps shunaqa soha-ki. Unda dasturlashdan koʻra koʻproq sozlashni, konfiguratsiya qilishni, bilishingiz va turli tizimlarni bir biriga ulab ishlata olishingiz yetarli.
Biznesga ham yaqin boʻlasiz, yani biznes egasini odami boʻlasiz. Tanish-bilish loyihasini rivojlantirib berish uchun zoʻr imkoniyat.
Tavsiya qilaman.
https://t.me/DrAlgorithm/433
4 361
Repost from Nuruddin Blogs
DevOps Journey - DevOps sayohatini boshlang
Hozirgi kunda rivojlanib talab ortayotgan sohalardan biri DevOps Engineering sohasi hisoblanadi, lekin afsuski bu soha bo'yicha o'zbekistonda kurslar juda kam va qimmat, shu sababli bu soha o'zimizda rivojlanishi juda sekin, ko'pchilik dasturchilarni bu sohaga ishi tushgani va ma'lum bir qiyinchiliklar bo'lgani aniq.
Yuqoridagi muammolar sabab biz DevOps Journey open source loyihasini ishga tushirdik. Ushbu loyiha bepul DevOps qo'llanmalar va amaliyotlarni o'z ichiga oladi. Bu loyiha o'zbek tilida yuritiladi va qo'limizdan kelganicha sifatli kontentlar bilan to'ldirib boryapmiz. Maqsadimiz o'zimizning Infrastrukturalarimizni yaxshilash, rivojlantirish, sifatli kerakli contentlarni ko'paytirish va boshqalar.
Ushbu loyiha open source hisoblanadi siz ham loyihaga o'z hissangizni qo'shishingiz contibutorlik qilishingiz mumkin.
Platforma: devops-journey.uz
Github: https://github.com/ismoilovdevml/devops-journey.git
Yangiliklar: @Otabek_Ismoilov
@nuruddinblogs
4 361
Belgili Sudoku
Har bir ustun va satr oltita belgining biridan bittasini va faqat bittasini o'z ichiga olishi uchun jadvalni to'ldira olasizmi? Bu boshqotirma xuddi an'anaviy raqamli sudoku kabi ishlaydi, faqat raqamlar ko'rsatilgan oltita belgi bilan almashtirildi.
Savol raqami: 40202
Javob topmasdan izohlarni ochmang. Javobini koʻrib qolsangiz qizzigʻi qolmaydi. Iltimos: javobni topgan boʻlsangiz koʻrinmas hira (spoiler) qilib tashlang. Boshqalar ham urinib koʻrishsin!https://t.me/DrAlgorithm/422
4 361
Turli usullar bilan rasmlarni yasab ko´rdim. MS Copilot loyihasi ham ancha yaxshi ishlamoqda. Eng qizzig´i tekinga ishlavotti.
E'tibor bersam, odamlarning barmoqlari soni to´g´rilanishni boshlabdi. AI ancha katta bo´lib qolibdi-de, a?
https://t.me/DrAlgorithm/421
4 361
MS Copilot vs Imzo
Copilotga etdim: Rasm chiqib ber, o`qimasdan shartnomaga qo`l qo`yayotgan xodim deb. Cartoon style.
Shuni chizib berdi. Chiroyli chiqdi.
Nima deb o`ylaysiz. Copilot xato qildimi yoki Imzo qo`yayotgan odammi?
https://t.me/DrAlgorithm/420
P.S. Oyog`i osmondan turgan Contract so`zini ko`rgan bo`lsangiz, masala ham shunda. Odam o`qimasa, shartnoma so`zi qanaqa yozilishini ham bilmas ekan.
4 361
Toshoynalar ketma-ketligi
Dizayner Davron bu toshoynalarni mijozining o´yin xonasi uchun yasab berdi. Mijoz Javlon esa qiziqarli video-o´yinlar ishlab chiqarish bilan shug´ullanadi. Javlon toshoynalarni qanday to´g´ri ilish bo´yicha Davronga ko´rsatmalarni berdi.
Berilgan ko´rsatmalar asosida Davronga toshoynalarni to´g´ri joylashtirishga yordam bera olasizmi?
* Oq shakllar qo´shni emas
* Yulduz faqat bitta xonaga siljidi
* Kvadrat endi aylana va yundiz orasida
Savol raqami: 40201
Javob topmasdan izohlarni ochmang. Javobini koʻrib qolsangiz qizzigʻi qolmaydi. Iltimos: javobni topgan boʻlsangiz koʻrinmas hira (spoiler) qilib tashlang. Boshqalar ham urinib koʻrishsin!https://t.me/DrAlgorithm/419
4 361
Bu jumlani eshitib, yaramga tuz sepilgandek bo`ldi.
Birnecha yil avval aynan shu ism bilan bog`liq @UstozShogird kanalida tortishuvlar bo`lgan edi.
Shunga Asror oz`ini ofisiga chaqirgan edi, bora olmagan edim.
Bir tomondan imkoniyat yaratish uchun turli kanallar qilamiz, odamlarni og`irini yengil qilishga harakat qilamiz.
Boshqa tomondan buni suiste'mol qilib, odamlarni soddaligidan foydalanishadi.
Yana bir voqeani aytib bermoqchi edim. Bu @UstozShogird kanaliga online dars beradiganlarni e'loni bor vaqtlar sodir bo`lgandi.
Bir bola (viloyati va ismini etmiman) online dars o`taman deb, odamlarda 100k so`mdan pul yig`ib yurgan. Keyin IIB ga ham tushib chiqqan. Odamlar pulini ham qaytarmadi, dars ham o`tmadi.
Ko`pchilik manga chiqib, biror narsa qilishimni so`ragandi. Telefonlashib u bola bilan gaplashib, 1 hafta vaqt ichida hech nima qila olmagandik.
⚠️ Iltimos, sodda bo`lmaylik.
Yevropada taraqqiyot ishonch ustiga qurilgan. Mayda narsalar bilan aldashmaydi. Aldasa kattaroq pul bilan aldashi mumkin. Lekin oddiy odamlar bir biriga ishonadi. Hujjatingizni telefonda rasmini ko`rsatsangiz bo`ldi. Hech kim uni photoshop ekanini gumon ham qilmaydi.
Hammaga o`zi insof bersin.
Bizga ham ishonch ustiga qurilgan rivojlanish qaytib kelsin.
4 361
Repost from Khumoyun Codes
⚠️ QALLOBLARGA ALDANIB QOLMANG!!! ⚠️
Hali ham Asror Zokirov ismli shaxsning qarmog'iga ilinib chuv tushib yurganlar bor ekan. 20-yanvar kuni TUIT kanalida yozilgan xabarlarni jo'natib qolishdi. 22 yoshli onasi xasta bir yigitimiz, pul to'lab tajriba olaman deb "stajirovka"ga Zokirovning "ABCSDEFGHIJKLMNOPQRSTUVXYZ"Soft degan kompaniyalaridan biriga 400 ming so'mni amallab topib ishga kirib, aldanib qolibdi. Ushbu link TUIT Online kanalida to'liq xabarni o'qishingiz mumkin: https://t.me/tuit_online/18656
Asror haqida, ko'p kanallarda ko'p postlar yozilgan, uning hiylalari orqali ko'p insonlar aldangan, gap tushuntirib bo'lmas bu chala dasturchi qarmog'iga tushib qolmasligi uchun necha yildan beri ko'p kanallar egasi bilan harakat qilib kelamiz. 2018-yilda OKS Technologies kompaniyasida ishlayotgan paytimda, ensklopediyadek varoqlari ko'p rezyumesini opkelib ishga kirgan Asrorni kompaniyadan quvilishiga ham sababchi bo'lgan edim. Muhammadjavohir akani "U" bilan tortishuvlarini esa alohida kitob qilib yozsa bo'ladi. Soxada 4-5 yildan beri yurganlar bu nomni biladi va hardoim qolganlarni ogohlantiradi, bilmay qolganlar esa hali ham talaygina ekan.
Do'stlar shu va shunday qalloblarga aldanib qolmaslik uchun quyidagi narsalarni qiling:
1. Hech qachon SIZ pul to'lab "stajirovkaga" bormang! Bunday narsa bo'lmagan va aldamchi yo'l, undan ko'ra amallab birovni ishini tekinga qilib bo'lsa ham tajriba orttiring, Ustoz-Shogird kabi kanallarda, ishchi yoki sherik qidirayotganlar talaygina. Asli tog'ri holatda "stajer" bo'lsa ham unga kompaniya pul to'lashi kerak, aksincha emas. Lekin bizda, ba'zi bir chala dasturchilar ochgan kompaniyalarda pul ber - tajriba ol mantig'i bilan, "bizness" qilishyabdi.
2. Tajribani o'zingiz, kichik loyiha qilib bo'lsa ham, tekin API lardan foydalanib, o'zingiz oling.
3. Hardoim biron bir xujjatga qo'l qo'ymasdan oldin, uni o'qib chiqing, xujjat nima haqida, sizga qanday talablar bor, sizga qanday jarimalar bor, siz nima qilishga majbur qilinasiz. Barcha punktlarni sinchkovlik bilan tekshirib chiqing.
4. Agar ja kompaniyada pul to'lab ishlamasam, tajriba orttira olmayman desangiz va oilangizni rizqini qalloblarga oborib bermasdan oldin, dasturchilar guruhlarida, ko'proq tajribaga ega, oz-ko'pni ko'rgan dasturchilardan so'rang. Mana bu X kompaniya/shaxs dan mana bunday taklif bo'lyapti, bu haqida bilganlar o'qiganlar, eshitganlar, sotib olganlar bormi, nima deysizlar deng. Ja bo'lmasa, shu o'zimizning kanal guruhiga yozing. Albatta boshidan o'tkazgan yoki eshitgan, ko'zi ochilgan insonlar chiqib keladi.
5. Agar umuman Asror Zokirov ismli shaxs haqida kompaniya yo taklifda yozilgan bo'lsa, betiga qaramay qoching.
Bu ma'lumotlar boshqalarga ham yetib borish uchun, o'z kanallaringizda tarqating. Aldanib qolmang!!!
@khumoyun_codes
4 361
Vaqtni qaytarish
Siz havfsizlikka doir video tomosha qilyapsiz. Tasvirdagi vaqt belgilari buzilganini sezib qoldingiz.
Bu roʻyxatda soat qiymatlari ketma-ketlikda berilgan va 24 soatlik uslub (format) ishlatilgan.
Nima xato ketganini va to'g'ri vaqt qiymatlari qanday bo'lishi kerakligini ayta olasizmi?
Savol raqami: 50131
Javob topmasdan izohlarni ochmang. Javobini koʻrib qolsangiz qizzigʻi qolmaydi. Iltimos: javobni topgan boʻlsangiz koʻrinmas hira (spoiler) qilib tashlang. Boshqalar ham urinib koʻrishsin!https://t.me/DrAlgorithm/415
4 361
Shubhali Token
Siz bir necha yil oldin kripto valyutasi haqida ma'lumotga ega bo`ldingiz. Sarmoya kiritdingiz va investitsiyangizni isbotlash uchun ikkita tanga token oldingiz.
Odatda ular xavfsiz joyda saqlanadi, lekin siz tokenlardan biri soxta ekanligini bilib qoldingiz. Siz ularni nazorat qilib ko'rish uchun oldingiz.
Sizga tekshirib ko`rishni maslahat bergan odam ishonchli ko'rinadi - tangalar aniq bir xil emas. Ularni aylanishidan tashqari, sakkizta vizual farqni topa olasizmi?
Savol raqami: 40126
https://t.me/DrAlgorithm/413
4 361
Zanjir xat
Bir necha hafta avval siz sinov tariqasida spam email yubordingiz: dunyo boʻylab qanday harakat qilishini va kimlar yuborishini nazorat qilmoqchi edingiz. Email ga josus file (spyware) qoʻshib qoʻydingiz va nazorat qilish imkoni paydo boʻldi. Email shunday tuzilgan-ki, uni faqat bitta odamga va asl shaklida birovga ulashish (forward) mumkin. Bu esa email kimlardan oʻtganini masofadan turib nazorat qilishga yordam beradi.
Bugun kimdur sizga emailni yubordi, siz bosh ekaningini bilmagan holda va zanjirni yakunladi.
Endi eng qizziq joyi boshlandi: email qayerlarda boʻlib kelganini koʻrish. Rasdagi tugun nuqtalar har bir emailni olgan foydalanuvchini bildiradi. Chap yuqori nuqtadan boshlanadi.
Barcha nuqtalarni bitta uzilmas zanjirga aylantira olasmi?
Zanjir yoʻlida yoki biror nuqtada kesishishi mumkin emas. Har bir nuqtadan faqat bir marta oʻtish kerak. Tugun nuqtalarni faqat vertikal va gorizontal ulash mumkin. Baʼzi kesmalar ulab boʻlingan.
Savol raqami: 40124
https://t.me/DrAlgorithm/411
4 361
Ziyrak muhlis
Bu kabi mantiqiy masalalarni koʻp yechgan boʻlsangiz kerak. Keling yana bir eslashimiz.
Oʻng tomonda berilgan rasmlardan qaysi biri boʻsh turgan katakka mos keladi?
Savol raqami: 40123
Yordam: Har bir qismning oʻzgarishiga alohida eʼtibor bering.
https://t.me/DrAlgorithm/411
4 361
Burib ula
Mexanik mashinalar davrida shunga oʻxshash oʻyinlar boʻlar edi. Turli shakllarga ega doiralarni burish orqali izlarni bir-biriga ulash kerak edi.
Shunga oʻxshash oʻyin tayyorladik. Har bir doirani 90° dan burishingiz mumkin. Shunday qiling-ki, barcha boʻllamalar ulansin.
Yasab koʻrishingiz uchun yonida bitta boʻsh kataklar taxtasini ham berdik. Bemalol ishlashingiz uchun.
Agar yechim topilmasa, biroz dam olib. Qaytadan boshlang. Qayta boshlash (Restart) koʻpincha yordam beradi.
Savol raqami: 40122
https://t.me/DrAlgorithm/409
4 361
Assalomu alaykum!
Haftani yaxshi boshlab oldingizmi?
Kuningizni qizziq boshqotirma bilan boshlashga nima deysiz?
Miyyani zanglatib qoʻymaydigan ziyolilarga havas qilaman. Kuniga 200 bet kitob oʻqiydiganlarga ham.
Lekin, hech kim birdaniga maktab yoshiga yetib qolmaydi. Albatta, 7 yil yashab oʻtishi kerak. Demak hamma narsa qadamma-qadam. Kichik qadamlar bilan boʻladi. Faqat, esdan chiqarmang, doimiy qadamlar bilan.
Ahir siz yakshanba kuni toʻyib ovqatlanib olsam, keyin 1 hafta vaqtimni ovqatlanishga sarflamayman, - deb aytmaysizku. Shunday emasmi?
Koʻp gapirib yubordim-a?
Kuningiz xayrli oʻtsin!
https://t.me/DrAlgorithm/408
4 361
Alphabet Xplorer
Farhod yangi mobil telefonida "Alphabet Xplorer" o'yinni o'ynab turib, bir qiyinchilikka duch keldi. Geografiya fanini yaxshi bilmasligi uni tushkunlikka tushirdi. Unga yordam bera olasmi?
Rasmda berilgan har bir oval shakl A dan K gacha harflar bilan toʻldirilishi kerak. Joylashuvni topish uchun roʻyxatdagi maslahatlardan foydalanishingiz mumkin. (Maslahatlarda "yoʻnalishida" deb kelgan boʻlsa, gorizontal yoki vertikal ixtiyoriy ovalda boʻlishi mumkin)
1. A ning gʻarbiy yoʻnalishida B boʻlib, u J ning yonida va shimoliy yoʻnalishida.
2. E esa D dan koʻra uzoq sharqda.
3. E dan shimoliy yoʻnalishda va C dan gʻarbiy yoʻnalishda G joylashgan.
4. F va C dan shimolroqda joylashgan H ning qoʻshnisi va shimoliy yoʻnalishda I bor.
5. K esa D dan shimoliy yoʻnalishda va F dan gʻarbiy yoʻnalishda joylashgan.
Savol raqami: 50120
Javob topmasdan izohlarni ochmang. Javobini koʻrib qolsangiz qizzigʻi qolmaydi. Iltimos: javobni topgan boʻlsangiz koʻrinmas hira (spoiler) qilib tashlang. Boshqalar ham urinib koʻrishsin!https://t.me/DrAlgorithm/407
Вже доступно! Дослідження Telegram за 2025 — головні інсайти року 
