cookie

Ми використовуємо файли cookie для покращення вашого досвіду перегляду. Натиснувши «Прийняти все», ви погоджуєтеся на використання файлів cookie.

avatar

Xolmatov KIMYO kursi

Більше
Рекламні дописи
267
Підписники
+224 години
+117 днів
+2930 днів

Триває завантаження даних...

Приріст підписників

Триває завантаження даних...

🔄 “Perevod” qilish tartibi bo‘yicha kengroq tushuntirish #perevod Quyidagi tushuntirishlarning asosi: 2022-yil 15-iyunda imzolangan PQ-279-son Prezident qarori. 1️⃣ Bir davlat OTMdan boshqa davlat OTMga o‘qishni ko‘chirish Bunday holda faqat 2 ta vaziyatda ruxsat beriladi: 1) talaba oila qursa va turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan hududdagi OTMga ko‘chmoqchi bo‘lsa; 2) davlat xizmatchisi ish yuzasidan boshqa hududga ko‘chsa va turmush o‘rtog‘i yoki voyaga yetmagan farzandining o‘qishini o‘sha hududga ko‘chirmoqchi bo‘lsa (ishga kirgan vazirlik xati asosida). ❌Boshqa holda “ichki perevod”ga ruxsat yo‘q. Boshqa hududga ham, o‘z hududidagi boshqa OTMga ham. 2️⃣ Xorijdan o‘qishni ko‘chirish Bunda o‘tgan yilgi tartib saqlanib qolgan: 1) mos va turdosh yo‘nalishga test yoki ijodiy imtihon topshiradi hamda o‘tish balini to‘plash talab etiladi. 2023-yilgi o’tish ballari bu yerda: https://t.me/xushnudbek/20079 2) o‘tish balini to‘play olmasa, super-kontrakt shartlari asosida o‘qishini ko‘chirishga ruxsat beriladi; 3) xorijdan mos va turdosh bo‘lmagan yo‘nalishga o‘qishni ko‘chirishga ruxsat berilmaydi. 2023-yilgi turdosh yo’nalishlar ro’yxati bu yerda: https://t.me/xushnudbek/20258 ‼️ Test o’tgach, har bir talabaning hujjati qayta tekshiriladi. Kimdir “xorijda o’qiyapti degan soxta hujjat tayyorlagan bo’lsa, natijalar bekor qilinadi va prokuraturaga soxta hujjat tayyorlash fakti yuzasidan murojaat etiladi. 3️⃣ O‘zbekistondagi xorijiy va nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirish Bunda ham o‘tgan yilgi tartib saqlanib qolgan: 1) mos va turdosh yo‘nalishga test yoki ijodiy imtihon topshiradi hamda o‘tish balini to‘plash talab etiladi. 2023-yilgi o’tish ballari bu yerda: https://t.me/xushnudbek/20079 2) o‘tish balini to‘play olmasa, super-kontrakt shartlari asosida o‘qishini ko‘chirishga ruxsat beriladi; 3) mos va turdosh bo‘lmagan yo‘nalish uchun esa bir martalik “super-kontrakt” to‘lab ko‘chirishi mumkin. 2023-yilgi turdosh yo’nalishlar ro’yxati: https://t.me/xushnudbek/20258 2023-yilgi super-kontrakt narxlari: https://t.me/xushnudbek/21116 4️⃣ Davlat OTMdan nodavlat OTMga o‘qishni ko‘chirish Buni davlat nazorat qilmaydi, buning tartibini nodavlat OTMlar o‘zi mustaqil belgilaydi. Nodavlat OTMga o‘qishni ko‘chirish mumkin yoki mumkin emasligini o‘sha OTMning o‘zidan aniqlashtiring. 5️⃣ Nodavlat OTMdan nodavlat OTMga o‘qishni ko‘chirish Buni ham davlat nazorat qilmaydi, tartibini nodavlat OTMdan aniqlashtirish kerak. 6️⃣ Xorijdan nodavlat OTMga o‘qishni ko‘chirish Buni ham davlat nazorat qilmaydi, tartibini ko‘chirmoqchi bo‘linayotgan nodavlat OTMdan aniqlashtirish kerak. 7️⃣ Bir davlat OTM ichida bir yo’nalish yoki fakultetdan boshqa yo’nalish yoki fakultetga o‘qishni ko‘chirish Ushbu masala OTM rektori tomonidan hal qilinadi, ariza ham rektor nomiga yoziladi (transfer.edu.uz yoki my.uzbmb.uz sayti orqali emas). Bunda ko’chirilayotgan yo’nalishning mos va turdoshligi, ko’chirilish sababi, OTM imkoniyatlari va boshqa faktorlar inobatga olinishi mumkin. 8️⃣ Bir OTM va hatto bir yo’nalish doirasida ta’lim shaklini yoki tilni o’zgartirish Ushbu masala ham OTM ma’muriyati tomonidan hal qilinadi. Bunda ham ko’chirish maqsadi, OTMning imkoniyati (masalan, auditoriya sig’imi, professor-o’qituvchilari soni va hk) va boshqa faktorlarga qaralishi mumkin. Masalan, sirtqidan kunduzgiga o’tkazish deyarli imkonsiz, bu haqda o’ylamasa ham bo’ladi. Lekin kunduzgidan sirtqiga ko’chirish muammosiz hal bo’ladigan masala. *** Arizalar quyidagicha qabul qilinadi: ➡️ transfer.edu.uz — respublikaning bir OTMdan boshqa OTMga yoki bir OTM doirasida; ➡️ my.uzbmb.uz — xorijiy va nodavlat oliy taʼlim muassasalaridan davlat OTMlariga; ➡️ rektor nomiga yozma yoki OTMda mavjud elektron tizim orqali — bir davlat OTM ichida yo’nalish, fakultet, ta'lim shakli yoki tilini ko‘chirish. ☝️Arizalar 15-iyuldan 5-avgustgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi. Kerakli hujjatlar: ◾️ ariza (onlayn tarzda); ◾️ transkript yoki reyting daftarchasi (JPEG yoki Pdf shakli); ◾️ akademik maʼlumotnoma (o‘qishni tiklovchilar uchun). 👉 @xushnudbek 👈
Показати все...
Xushnudbek.uz

“Perevod” bo‘yicha 2023-yilgi o‘tish ballari tasdiqlandi #perevod Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan 2023/2024-o‘quv yilida davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishni ko‘chirish uchun o‘tish ballari tasdiqlandi. Jadvaldan ko’rish mumkinki, o’tgan yilgi o’tish ballari bilan deyarli farq yo’q. Faqat 2 ta yo’nalishda o’zgarish bo’lgan: 🔻 Veterinariya — 60 ball (o’tgan yili 80 ball edi); 🔺 Transport xizmati — 104 ball (o’tgan yili 94 ball edi). Yuqoridagi o’tish ballari quyidagilarga taalluqli: 1️⃣ xorijdagi OTMlardan yurtimizdagi davlat OTMlariga o’qishini ko’chirmoqchi bo’lganlarga; 2️⃣ yurtimizdagi nodavlat OTMlar hamda xorijiy OTMlarning filiallaridan davlat OTMlariga o’qishini ko’chirmoqchi bo’lganlarga. O’qishni ko’chirishda o’tish ballarini o’tgan yilgi kirish imtihonlaridagi o’tish ballari bilan tenglashtirishga oid taklif bu yil ham qabul qilinmabdi. Menimcha, bunday qilinsa, “kasha” bo’lib ketadi, yaxshisi umumiyroq va tushunarliroq yagona ball belgilay qolaylik, deyishgan bo’lsa kerak. ESLATMA: o’qishni ko’chirish bo’yicha arizalar 15-iyuldan onlayn qabul qilinadi. 👉 @xushnudbek 👈

👍 5🔥 1
Repost from Kimyogarlar maktabi
300 g olmos tarkibida nechta atom bor?Anonymous voting
  • 25
  • 25•NA
  • 150,5•10²²
  • 25•u
0 votes
👍 2
Repost from Kimyogarlar maktabi
1 mol H2 massasi 1 molekula H2 massasidan necha marta ogʻir?Anonymous voting
  • 6,02•10²³
  • 1/NA
  • 1•u
  • 1
0 votes
👍 2
Repost from Kimyogarlar maktabi
HNO3 tarkibidagi N ning Valentligi va ekvivalent qiymatini aniqlang.Anonymous voting
  • 5; 2,8
  • 4; 3.5
  • 4; 2,8
  • 5; 3,5
0 votes
👍 1
Repost from Kimyogarlar maktabi
X % li CuSO4 eritmasi tuz tugaguncha elektroliz qilinganda X% li eritma hosil boʻldi. X ning qiymatini aniqlang.Anonymous voting
  • 66,7
  • 77,5
  • 80
  • 64
0 votes
👍 1
Repost from Kimyogarlar maktabi
Qaysi kislota eritmasini shisha idishga solish mumkin emas?Anonymous voting
  • HCl
  • HF
  • HBr
  • HI
0 votes
👍 2
Repost from Kimyogarlar maktabi
Qaysi gaz havoda oʻz-oʻzidan alangalanib yonib ketadi?Anonymous voting
  • CH4
  • SiH4
  • Cl2
  • O3
0 votes
👍 1
Repost from Kimyogarlar maktabi
H3PO2 ning ekvivalent qiymatini aniqlangAnonymous voting
  • 66/3
  • 66/2
  • 66/1
  • 33/2
0 votes
👍 1
Repost from Kimyogarlar maktabi
A(g)+nB(g)=.... ushbu reaksiya boʻyicha bosim uch marta oshirilganda toʻgʻri reaksiya tezligi 27 marta ortdi. n qiymatini aniqlang.Anonymous voting
  • 2
  • 1
  • 3
  • 4
0 votes
👍 2
Repost from Kimyogarlar maktabi
100 g oʻsimlik moyini toʻliq gidrogenlanganda 101 g salomos olingan boʻlsa shu massadagi moy bromli suv bilan taʼsirlashganda necha g mahsulot hosil boʻladi?Anonymous voting
  • 160
  • 180
  • 200
  • 220
0 votes
Оберіть інший тариф

На вашому тарифі доступна аналітика тільки для 5 каналів. Щоб отримати більше — оберіть інший тариф.