2 844
Підписники
-1024 години
-557 днів
-13730 днів
Триває завантаження даних...
Схожі канали
Хмара тегів
Немає даних
Виникли проблеми? Будь ласка, оновіть сторінку або зверніться до нашого support-менеджера.
Вхідні та вихідні згадування
---
---
---
---
---
---
Залучення підписників
вересень '26
вересень '26
+4
в 2 каналах
серпень '26
+29
в 0 каналах
Get PRO
липень '26
+30
в 0 каналах
Get PRO
червень '26
+38
в 2 каналах
Get PRO
травень '26
+132
в 10 каналах
Get PRO
квітень '26
+13
в 0 каналах
Get PRO
березень '26
+1 780
в 6 каналах
Get PRO
лютий '26
+322
в 0 каналах
Get PRO
січень '26
+1 295
в 0 каналах
Get PRO
грудень '25
+3 531
в 6 каналах
Get PRO
листопад '25
+69
в 4 каналах
Get PRO
жовтень '25
+128
в 5 каналах
Get PRO
вересень '25
+36
в 2 каналах
Get PRO
серпень '25
+31
в 2 каналах
Get PRO
липень '25
+28
в 1 каналах
Get PRO
червень '25
+66
в 4 каналах
Get PRO
травень '25
+78
в 7 каналах
Get PRO
квітень '25
+35
в 4 каналах
Get PRO
березень '25
+47
в 2 каналах
Get PRO
лютий '25
+42
в 4 каналах
Get PRO
січень '25
+48
в 2 каналах
Get PRO
грудень '24
+32
в 4 каналах
Get PRO
листопад '24
+26
в 2 каналах
Get PRO
жовтень '24
+33
в 2 каналах
Get PRO
вересень '24
+59
в 2 каналах
Get PRO
серпень '24
+27
в 1 каналах
Get PRO
липень '24
+38
в 1 каналах
Get PRO
червень '24
+141
в 5 каналах
Get PRO
травень '24
+82
в 7 каналах
Get PRO
квітень '24
+85
в 5 каналах
Get PRO
березень '24
+129
в 4 каналах
Get PRO
лютий '24
+310
в 4 каналах
Get PRO
січень '24
+886
в 7 каналах
Get PRO
грудень '23
+77
в 1 каналах
Get PRO
листопад '23
+49
в 3 каналах
Get PRO
жовтень '23
+38
в 0 каналах
Get PRO
вересень '23
+230
в 0 каналах
Get PRO
серпень '23
+40
в 0 каналах
Get PRO
липень '23
+26
в 0 каналах
Get PRO
червень '23
+36
в 0 каналах
Get PRO
травень '23
+48
в 0 каналах
Get PRO
квітень '23
+89
в 0 каналах
Get PRO
березень '23
+52
в 0 каналах
Get PRO
лютий '23
+101
в 0 каналах
Get PRO
січень '23
+15
в 0 каналах
Get PRO
грудень '22
+42
в 0 каналах
Get PRO
листопад '22
+446
в 0 каналах
| Дата | Залучення підписників | Згадування | Канали | |
| 06 вересня | 0 | |||
| 05 вересня | +1 | |||
| 04 вересня | +1 | |||
| 03 вересня | 0 | |||
| 02 вересня | 0 | |||
| 01 вересня | +2 |
Дописи каналу
🎓 ANGREN SHAHAR IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABI — XALQARO TA’LIM SARI QADAM!
🌍 Angren shahar ixtisoslashtirilgan maktabida Cambridge xalqaro ta’lim dasturi asosida zamonaviy dars jarayonlari yo‘lga qo‘yilgan.
📚 Mazkur dastur doirasida matematika, fizika va informatika fanlari ingliz tilida o‘qitilmoqda. Bu esa o‘quvchilarga nafaqat fanlarni chuqur o‘zlashtirish, balki ilmiy va akademik ingliz tilida erkin fikrlash, xalqaro ta’lim muhitiga moslashish imkonini bermoqda.
🚀 Cambridge dasturining muhim afzalliklaridan biri — o‘quvchilarni xalqaro darajadagi A-Level imtihonlariga puxta tayyorlashdir. Ushbu yo‘nalishdagi bilim va ko‘nikmalar kelgusida yoshlarning dunyoning TOP universitetlariga kirish imkoniyatlarini yanada kengaytiradi.
💡 Bugun ingliz tilida matematika, fizika va informatika o‘rganayotgan o‘quvchi — ertaga xalqaro maydonda o‘z bilimini namoyon eta oladigan mutaxassisga aylanadi.
✨ Maqsadimiz — bilimli, mustaqil fikrlaydigan, zamonaviy kasblarni egallagan va dunyoning nufuzli universitetlarida tahsil olishga tayyor yoshlarni tarbiyalash!
🇺🇿 Maktab kelgusida KIMYO va BIOLOGIYA fanlarini ham ingliz tilida o'qitishni reja qilmoqda.
@AngrenIMUz
| 2 | #kutubxona
✅Toshkent viloyati Angren shahar ixtisoslashtirilgan maktabida bu yil o‘qishga qabul qilingan 5-b sinf o‘quvchilarini, maktab kutubxonasiga ekskursiya tashkillashtirdik.
📚O‘quvchilarga kutubxona qoidalari, kitob o‘qish madaniyati, badiiy va sohaga oid kitoblar bilan tanishtirildi.
@AngrenIMUz | 839 |
| 3 | #Ixtisoslashtirilgan_maktab
#Birinchi_qoʻngʻiroq
🔔 YANGI O‘QUV YILI — YANGI ORZULAR!
📎 Angren shahar Ixtisoslashtirilgan maktabida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib yangi hayot va kelajak yaratamiz!" shiori ostida yangi o‘quv yiliga bag‘ishlangan “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbiri ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazildi.
📢 Tadbirni maktab direktori Nazirov Abror Urinbayevich ochib berib, o‘quvchilarni yangi o‘quv yili bilan tabrikladi.
➖ Tadbir mehmoni, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Toshkent viloyati bo‘limi rahbari Anarbayev Salim Mahmudovich O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining bayram tabrigini o‘qib eshittirdi.
🔰 Tadbirda o‘quvchilarga yangi o‘quv yilida ulkan zafarlar, yuqori natijalar va yorqin kelajak tilaklari bildirildi. Unda ota-onalar hamda jamoatchilik vakillari ham faol ishtirok etdilar.
📍 Bayramona tadbir badiiy chiqishlar bilan davom etib, barcha ishtirokchilarga unutilmas taassurot va ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.
🔔 Birinchi qo‘ng‘iroq — yangi bilimlar, yangi marralar va katta orzular sari ilk qadam!
@AngrenIMUz | 1 099 |
| 4 | O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz maktablari o‘quvchilari va ustoz-murabbiylariga tabrigi
Aziz farzandlarim!
Qadrli ustoz va murabbiylar!
Hurmatli ota-onalar!
Barchangizni Vatanimiz mustaqilligining 35 yillik qutlug‘ bayramiga uyg‘un va hamohang holda o‘tayotgan Bilimlar kuni bilan chin dildan samimiy muborakbod etaman.
Ushbu quvonchli ayyomda beg‘ubor nigohlarida hayrat va hayajon uchqunlari porlab, katta orzu-intilishlar bilan maktab ostonasiga qadam qo‘yayotgan 800 ming nafarga yaqin o‘g‘il-qizlarimizga, ota-onalar va pedagoglar jamoatchiligiga o‘zimning ezgu tilaklarimni bildiraman.
Yangi o‘quv yili mamlakatimizning butun ta’lim tizimida, maktab, litsey, texnikum va oliygohlarimiz hayotida yangi ma’rifiy yuksalish yili bo‘lsin!
Hurmatli bayram ishtirokchilari!
Keyingi yillarda ta’lim-tarbiya sohasida amalga oshirayotgan keng ko‘lamli islohotlarimiz tufayli Yangi O‘zbekiston maktablari butunlay yangicha qiyofa kasb etib, ta’lim sifati takomillashib borayotganini barchamiz ko‘rib turibmiz.
Ana shunday muhitda ulg‘ayib, kamolga yetayotgan, o‘qish, kasbiy ta’lim, “Ay-ti”, ijodiy izlanishlar, sport, jamoat ishlarida dastlabki yutuqlari bilan ota-onalar va ustozlarni xursand qilayotgan o‘g‘il-qizlarimiz – bizning nurli kelajagimiz, oltin fondimizdir.
Bunday bilimli, zukko, tirishqoq va intiluvchan, saflari yil sayin kengayib borayotgan farzandlarimiz timsolida biz Uchinchi Renessans nihollarini ko‘ramiz. Ularning har birini gurkirab o‘sadigan azim daraxt, yorug‘ istiqbolimiz ustunlari etib tarbiyalash – muqaddas vazifamizdir.
Hech shubhasiz, bunday ulug‘ maqsadlarga yetishda mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qiladigan ta’lim-tarbiya sohasini rivojlantirishga biz bundan buyon ham ustuvor ahamiyat qaratamiz. Maktab bag‘ridan katta hayotga yo‘llanma oladigan farzandlarimiz puxta bilim bilan birga, albatta kamida bitta zamonaviy kasb-hunarni egallab chiqishi uchun barcha sharoitlarni yaratamiz. Buning uchun hududlarda “Kasblar shaharchalari”ni yaratib, zamonaviy tajriba hamda ilg‘or mutaxassislarni jalb etamiz.
Aziz farzandlarim, sizlarga baxtli va saodatli hayot eshiklarini ochadigan kalit ham, umr yo‘llaringizda paydo bo‘ladigan murakkab savollarning yechimi, sinov va mashaqqatlarni yengib o‘tishning kafolati ham faqat bilim, bilim va bilimdir. Go‘zal yoshlikning har bir daqiqasini qadrlab, yangi ilm, g‘oya va innovatsiyalarni, kasb va hunarlarni, ona tilimiz, boy tariximiz va madaniyatimiz asoslarini puxta egallang. Jahon tarixi va xorijiy tillarni ham astoydil o‘rganing. Izlanish va harakatdan hech qachon to‘xtamang.
Ajdodlarimizdan meros bo‘lgan tabarruk zaminimizni butun qalbingiz, yuragingiz bilan seving, xalqimiz va Vatanimizga cheksiz sadoqat tuyg‘ulari bilan yashang!
Shu yo‘lda mehribon ustozlaringiz, ota-onalaringizni eng yaqin do‘st va maslahatchi deb biling!
Sizlarga yangi o‘quv yilini a’lo baholar bilan boshlab, har bir o‘quv choragini muvaffaqiyatli yakunlashni, sihat-salomatlik, omad va zafar yor bo‘lishini tilayman.
Bilimlar bayrami barchangizga muborak bo‘lsin, aziz farzandlarim!
Shavkat Mirziyoyev,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X | 1 015 |
| 5 | #Ustozlar_milliy_forumi
#Taqdirlash
✍️Viloyatimiz faxri — bilimda, sportda va iqtidorda yuksak natijalar!
➡️ O‘tgan o‘quv yilida Toshkent viloyatida 37 382 nafar o‘quvchi 11-sinfni tamomladi. Ularning 811 nafari oltin, 175 nafari kumush medal sohibi bo‘ldi. Quvonarlisi, 1 789 nafar bitiruvchi muddatidan oldin talaba bo‘ldi.
🔵 O‘tgan yili TOP-100 talikka kiruvchi nufuzli xorijiy oliy ta’lim muassasalariga 9 nafar Prezident maktabi bitiruvchisi o‘qishga kirgani bo‘lsa, bu yil esa mazkur marrani 13 nafar umumta’lim maktabi o‘quvchisi ham zabt etdi.
📎 Jumladan, Qibray tumanidagi 6-maktabning 11-sinf bitiruvchisi Ergashev A’louddin muddatidan oldin Angliyaning TOP-100 talikka kiruvchi 5 ta nufuzli universiteti — University of Nottingham, University of Manchester, University of Birmingham, University of Sheffield va University of York talabasi bo‘ldi.
O‘quvchilarimiz nafaqat ta’limda, balki turli tanlov va musobaqalarda ham viloyatimiz sharafini munosib himoya qilmoqda.
🏆 “Turon yo‘lbarslari” ko‘rik-tanlovida Zangiota tumani ixtisoslashtirilgan maktabi — Respublikada 1-o‘rin;
🥈 “Siz ekologiyaga oid qonunlarni bilasizmi?” tanlovida O‘rta Chirchiq tumanidagi 72-maktab — Respublikada 2-o‘rin;
🥉 “Vatanparvarlar” musobaqasining Respublika bosqichida Angren shahridagi 28-maktab — 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Sportdagi yutuqlarimiz ham tahsinga sazovor.
🥇 Yangiyo‘l tumani 1-maktabining 11-sinf o‘quvchisi Ablyazov Nafe taekvondo bo‘yicha Osiyo chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritdi.
⚽️ Qibray tumani 1-maktabining 11-sinf o‘quvchisi Murodov Amirxon O‘zbekiston U-17 terma jamoasi safida Osiyo chempionligini qo‘lga kiritib, Prezident sovg‘asi — avtomobil bilan taqdirlandi.
Olmaliq shahridagi 5-soni umumta’lim maktabi o‘quvchilari kuni kecha Prezident sovrini uchun xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab ko‘rik-tanlovida 3-o‘rinni egalladi.
Fan olimpiadalarida ham o‘quvchilarimiz yuksak natijalarni qayd etmoqda.
📚 Toshkent davlat agrar universiteti qoshidagi Akademik litseyning 11-sinf o‘quvchisi Yunusova Munira Rustam qizi asosiy fan olimpiadasida ona tili va adabiyot fani bo‘yicha Respublikada 1-o‘rinni egalladi.
🌍 Parij shahrida 55 ta davlat vakillari ishtirokida o‘tkazilgan Yevropa Qizlar matematika olimpiadasida Bo‘ka tumani ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchisi Nihola Yo‘ldosheva bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
➖ Eng muhimi, bu yutuqlar ortida katta mehnat, izlanish va fidoyilik bor.
Shu bois tantanali tadbir davomida mazkur yutuqlarni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar Toshkent viloyati hokimining pul mukofotlari va qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandi.
⭐ Ularning muvaffaqiyatiga munosib hissa qo‘shgan, har bir natija ortida turgan ustozlariga ham viloyat hokimligi tomonidan pul mukofotlari hamda xorijiy sayohat yo‘llanmalari taqdim etildi.
Bugun ularning har bir yutug‘i — nafaqat oilasi, maktabi, balki butun Toshkent viloyatining faxri!
🇺🇿 Bunday yoshlar bor ekan, ta’limdagi yangi marralar, yangi g‘alabalar va yangi yutuqlar hali oldinda!
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
❤https://t.me/toshkentv_xtb | 🌐Facebook|
🔎Veb-sayt | 🌐Instagram|▶️YouTube
👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot | 1 889 |
| 6 | Bizda ajoyib natija! 🎓🔥
2025–2026-o‘quv yilida Angren shahar ixtisoslashtirilgan maktabini 94 nafar bitiruvchi tamomladi. Bu — Angren shahridagi maktablar orasida eng ko‘p bitiruvchiga ega bo‘lgan natija! 😎
Xo‘sh, natija qanday bo‘ldi, deb o‘ylaysizlar?
94 nafar bitiruvchidan 81 nafari OTM talabasi bo‘lish baxtiga muyassar bo‘ldi! 🎉
Eng quvonarlisi esa — 59 nafar bitiruvchimiz toza GRANT asosida talaba bo‘ldi! 🏆🔥
Bu natija ortida katta mehnat, izlanish va fidoyilik bor.
Avvalo, ana shunday ajoyib natijaga erishgan bitiruvchilarimizni chin qalbimdan tabriklayman! 👏
Ularning bilimli, salohiyatli va raqobatbardosh bo‘lib yetishishida munosib hissa qo‘shgan barcha ustozlarimizga, farzandlarini doimo qo‘llab-quvvatlab kelgan ota-onalarimizga samimiy minnatdorlik bildiramiz! 🙏 | 2 958 |
| 7 | 🎓 Rossiyaning TOP muhandislik universitetida o‘qish imkoniyati endi Toshkentda!
Agar siz IT, axborot texnologiyalari yoki elektronika yo‘nalishlarida tahsil olishni istasangiz, bu imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-276-son qarori asosida N.E. Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universitetining Toshkent filiali ilk bor abituriyentlar uchun qabulni boshladi.
📅 Hujjatlar 28-avgustga qadar qabul qilinadi.
📚 Bakalavriat yo‘nalishlari:
▫️ Informatika va hisoblash texnikasi
▫️ Axborot tizimlari va texnologiyalari
▫️ Elektron vositalarni loyihalash va ishlab chiqarish texnologiyasi
📝 Kirish imtihonlari:
✔️ Matematika
✔️ Rus tili
📍 Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, 2-Chimboy ko‘chasi, 96-uy.
🌐 Batafsil ma'lumot:
🌍 Rasmiy sayt
📎 Hujjat topshirish
🚀Telegram
📷Instagram
Murojaat uchun:
☎️ +998 50 074 40 80
☎️ +998 97 712 10 30
⚡️ Muhandislik sohasida xalqaro darajadagi ta'lim olishni istasangiz, hujjat topshirishni kechiktirmang!
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram | 2 307 |
| 8 | Dear debaters of Angren 📢📢📢
We are glad to announce our next session. Topic of our debate: Should students who study abroad come back and work for their country❓️❓️❓️
🕟 at 5 pm 1st August
📍Youth Park
This session will be picnic themed so you can bring some snacks along with your precious ideas.
We look forward to seeing you 🫵🫵🫵 | 2 031 |
| 9 | Hurmatli stipendiat!
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi Boshqaruv kengashi qaroriga ko'ra, 2026-yil 1-ochiq stipendiya tanlovida gʻolib boʻlganingiz bilan Sizni samimiy muborakbod etamiz!
Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, “Yoshlar uchun, ularning istiqboli uchun bugun kiritilgan mablagʻ, investitsiya ertaga albatta oʻn, yuz, ming barobar boʻlib qaytadi”.
“El-yurt umidi” jamgʻarmasining stipendiati boʻlish — bu nufuzli xorijiy universitetda taʼlim olish imkoniyati bilan bir qatorda, Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotiga bevosita hissa qoʻshishdek katta masʼuliyat hamdir. Bugun siz zamonaviy bilim va jahon tajribasini oʻzlashtirib, ertaga uni Vatan taraqqiyoti yoʻlida qoʻllaydigan mutaxassis, bunyodkor va islohotchi sifatida ulugʻ maqsadlar sari yoʻl olyapsiz.
Siz — kelajakning yangi tafakkur egasi, Uchinchi Renessans poydevorini barpo etayotgan fidoyilar safidasiz.
Bu gʻalaba — sizning bilimingiz, yillar davomida qilgan mehnatingiz samarasi, ona Vatanga boʻlgan muhabbatingiz va sadoqatingiz namunasidir.
Ishonamizki, xorijda olgan bilim va koʻnikmalaringiz, keng fikrlash doirangiz va liderlik salohiyatingiz bilan zamonaviy va milliy qadriyatlarni uygʻunlashtirgan yangi avlod vakillaridan biri boʻlib yetishasiz.
Sizga mustahkam iroda, kuch-gʻayrat va doimiy faollik tilaymiz. Barcha saʼy-harakatlaringizda jamgʻarma hamisha siz bilan birga boʻladi. Vatanimiz Siz kabi farzandlarga ishonadi va tayanadi. “El-yurt umidi” jamgʻarmasi oilasiga xush kelibsiz!
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Istiqbolli kadrlarni tayyorlash boʻyicha “El-yurt umidi” jamgʻarmasi
| 2 463 |
| 10 | Немає тексту... | 1 870 |
| 11 | 🎓 Учителя Педагогической смены-2026 получили удостоверения о повышении квалификации!
За время образовательной программы педагоги прошли 4 учебных блока, приняли участие в творческих мастерских, обменялись профессиональным опытом, а также помогали студентам совершенствовать их исследовательские проекты.
Педагогическая смена стала площадкой для новых знаний, профессионального общения и совместного творчества, объединив участников из разных регионов Узбекистана.
💬 Какими для педагогов стали эти дни в России? Какие впечатления они увезут с собой? Смотрите в нашем видео!
Педагогическая смена проходит в филиале Центра международного сотрудничества – Международной школе «Интердом» им. Е.Д. Стасовой.
#педсмена | 1 789 |
| 12 | ❗️Muhim e'lon
Tibbiyot va farmatsevtika sohasi xodimlari farzandlari uchun 30% ta'lim granti
Tibbiyot va farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi tomonidan tibbiyot va farmatsevtika sohasida faoliyat yuritayotgan xodimlarning farzandlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2026–2027-o‘quv yili uchun 30% ta'lim granti ajratiladi.
Mazkur grant doirasida Pharmaceutical Technical Universityga qabul qilinadigan talabalarga kontrakt to‘lovining 30% miqdorida chegirma taqdim etiladi.
Ushbu universitet O'zbekiston Respublikasi prezidenti PQ-4574 raqamli qaroriga muvofiq tashkil etilgan Davlat xalqaro universiteti hisoblanadi.
Quyidagi yo'nalishlar bo'yicha arizalar qabul qilinmoqda:
*Farmatsiya
*Biokimyo
*Biotibbiyot
*Sanoat farmatsiyasi va Kosmetika
*Biznes menejmet
*Biznes data analitika
Bitiruvchilar xalqaro tan olingan Britaniya universitetlari diplomini oladi.
Ushbu tashabbus tibbiyot va farmatsevtika tizimida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar oilalarini qo‘llab-quvvatlash, ularning farzandlari uchun xalqaro standartlar asosidagi oliy ta'lim imkoniyatlarini kengaytirish hamda soha uchun raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga xizmat qiladi.
Ushbu chegirma xususiy sektor vakillariga ham amal qiladi
Arizalar SHU YERDA qabul qilinmoqda.
📞 Murojaat uchun: +998 55-900-05-00
🌐 www.ptu.uz | 1 717 |
| 13 | 🔴 DIQQAT, HURMATLI NOMZODLAR!
🎓 O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2026-yil 8-iyuldagi 245-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan Nizom talablari asosida hududlar kesimida pedagog xodimlar tanlovining ikkinchi bosqichi – test sinovlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
🖱️ Test sinovlari:
🖱️ 21–22-iyul, 2026-yil
🖱️ Reja-grafikda belgilangan sana va soatlarda
🖱️ Test sinovlari quyida ilova qilingan reja-grafikda ko‘rsatilgan manzillarda tashkil etiladi.
Hurmatli nomzodlar!
Test sinoviga kelishda shaxsingizni tasdiqlovchi hujjatni o
Bizni kuzating
💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor | 1 851 |
| 14 | #Rasmiy
TAYINLOV
⚡️⚡️⚡️ Nazirov Abror Urinbayevich – Angren shahar ixtisoslashtirilgan maktab direktori lavozimiga tayinlandi.
📌 A.Nazirov – 1984-yilda Toshkent viloyati Angren shahrida tavallud topgan. Ma'lumoti - oliy.
✅ Ushbu lavozimga tayinlanguniga qadar Nurafshon shahridagi Prezident maktabining ijrochi direktori lavozimida faoliyat yuritgan.
⭕️ Maktab jamoasi Nazirov Abror Urinbayevichning kelgusi faoliyatida omad va zafarlar tilab qoladi.
Kanalga ulanish👇
https://t.me/AngrenIMUz | 4 000 |
| 15 | 🇺🇿🇷🇺Уважаемая Мавлюда Шакировна! Поздравляем!
Вы успешно прошли онлайн-тестирование, представили видеовизитку и вошли в число 30 учителей Узбекистана, которые примут участие в Педагогической смене-2026. в г.Москве и Иваново
Ищите свою фамилию в списке (файл прикреплён) ⬆️
✉️ При возникновении вопросов пишите нам на электронную почту: ve.zaharova@cic-edu.ru | 2 550 |
| 16 | 🇷🇺🇺🇿 Учителя из Узбекистана прибыли в Россию на Педагогическую смену-2026
В Международной школе «Интердом» им. Е.Д. Стасовой
с 11 по 20 июля 30 педагогов из Узбекистана в рамках Педагогической смены пройдут программу повышения квалификации, разработанную Российским государственным педагогическим университетом им. А. И. Герцена.
✅ Педагогическая смена станет площадкой для профессионального обмена опытом и укрепления сотрудничества между российскими и узбекскими педагогами.
#ЦМС_новости #педсмена | 2 648 |
| 17 | 📢 SEMINAR ISHTIROKCHILARI DIQQATIGA!
🎓 11.07.2026 kuni Angren shahrida bo‘lib o‘tadigan “ZPRR — miya gapirmayaptimi yoki quloq eshitmayaptimi?” hamda “Koxlear implantatsiya: nima, kimga va qachon?” mavzularidagi interaktiv seminarda ishtirok etish uchun to‘lov qabul qilinmoqda.
💳 To‘lov uchun karta raqami: 9860010128856654
💰 Seminar narxi: 300 000 so‘m
✅ To‘lov amalga oshirilgandan so‘ng chek yoki skrinshotni yuboring.
🔒 Seminar ishtirokchilari uchun maxsus yopiq guruh tashkil etilgan. To‘lov tasdiqlangach, guruh havolasi yuboriladi.
Seminar ishtirokchilarini:
📚 bebaho bilimlar,
🏅 sertifikat,
📒 surdoreabilitolog kitobchasi,
☕ kofe-brek,
🎁 sovg‘alar va foydali tajribalar kutmoqda.
✨ Bilim va tajriba sari yana bir qadam tashlang!
🌷 Hurmat bilan, seminar tashkilotchilari. | 1 |
| 18 | #Angren_IM
#Xalqaro_olimpiada
#ICO_2026
❇️ O’zbekiston milliy terma jamoasi ICO-International Cybersecurity Olimpiad (Xalqaro kiberxavfsizlik olimpiadasi)da muvaffaqiyatli ishtirok etdi.
❇️ Angren ixtisoslashtirilgan maktabi o’quvchisi Jamshidbek Maxmuraliyev ushbu olimpiadada milliy jamoa tarkibiga kirib YURTIMIZ sha’nini himoya qildi.
❇️ O’quvchimizning bunday yutuqlarga erishishida sababchi bo’layotgan OTA-ONASI va USTOZLARIga minnatforlik bildiramiz va unga kelgusida bu kabi nufuzli xalqaro olimpiadalarda g’oliblar safida bo’lib, yurtimiz bayrog’ini ko’klarga ko’tarishini tilab qolamiz.
Kanalga ulanish👇
https://t.me/AngrenIMUz | 3 569 |
| 19 | #Angren_IM
#IELTS_natijalar
✅Angren shahar ixtisoslashtirilgan maktabi o'quvchilari xalqaro IELTS imtihonlarini topshirib yuqori natijalarga erishmoqdalar.
✅11-sinf o'quvchisi Mamadaliyev Bekzod- 7.5 ball
11-sinf o'quvchisi Usmonov Jasurbek - 6.5 ball.
O'quvchilarimizning bunday natijalarga erishishlarida mehnati singgan OTA-ONALARI va USTOZLARIga minnatdorchilik bildiramiz.
Kanalga ulanish👇
https://t.me/AngrenIMUz | 2 205 |
| 20 | Немає тексту... | 101 |
