cookie

Ми використовуємо файли cookie для покращення вашого досвіду перегляду. Натиснувши «Прийняти все», ви погоджуєтеся на використання файлів cookie.

avatar

Zakovat: Andijon

Andijon viloyatidagi “Zakovat” klubining rasmiy kanali. Kanalda Andijon viloyatidagi mavsumiy o‘yinlarga oid yangiliklar va boshqa ma’lumotlar berib boriladi. Manzil: @Nurmuhammadamin

Більше
Рекламні дописи
1 191
Підписники
-424 години
-17 днів
-3430 днів

Триває завантаження даних...

Приріст підписників

Триває завантаження даних...

“Hududgaztaʼminot” AJ xodimlari ishtirokida Zakovat musobaqasi o‘tkazildi “Hududgaztaʼminot” AJ hamda Zakovat klubi hamkorligida 30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan “Hududgaztaʼminot” AJ va uning hududiy filiallaridagi ishchi-xodimlar oʻrtasida Zakovat intellektual oʻyinining final bosqichi oʻtkazildi Murosasiz kechgan bahs yakunida quyidagi jamoalar sovrinli o‘rinlarni egalladi: 🥇1-oʻrin: “Hududgaztaʼminot” AJ Ijro apparati 🥈2-oʻrin: “Hududgaz Surxondaryo” GTF 🥉3-oʻrin: “Hududgaz Qashqadaryo” GTF Mazkur jamoalarga “Hududgaztaʼminot” AJ tomonidan maxsus kubok, medal va pul mukofotlari topshirildi. Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Показати все...
Repost from Zakovat harakati
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Zakovat xodimi Baymurza Bazarbayev – “Umid uchquni” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi! Zakovat klubining Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi koordinatori yordamchisi Baymurza Bazarbayev Jo‘qorg‘i Kenges tomonidan “Umid uchquni” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. Baymurza Bazarbayevni ushbu yuksak e’tirof bilan tabriklaymiz va kelgusida yanada katta yutuqlarga erishishiga tilakdoshmiz! Biz Zakovat nafaqat o‘yin ekanligini ta’kidlaganda, bilimdonlarimiz nafaqat muvaffaqiyatli, balki jamiyat uchun foydali bo‘lishi mumkinligini ham nazarda tutamiz. Mana shunday jonkuyar xodimlarimiz borligidan faxrlanamiz! #zakovatliman @zakovatharakati
Показати все...
❤‍🔥 1👍 1🙏 1
Repost from Zakovat harakati
Samarqandda Global Youth Festival Uzbekistan-2024 doirasida Zakovat o‘yini bo‘lib o‘tdi Zakovat xalqaro doiraga chiqqanini yana bir isbotladi! Biz endi Zakovatni xalqaro fenomen darajasiga olib chiqish ustida ishlayapmiz! 🌍 Butunjahon yoshlar festivali doirasida dunyo yoshlari ishtirokida ingliz tilida bo‘lib o‘tgan o‘yinda Malayziya, Hindiston, Germaniya, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Ozarbayjon, Turkiya, AQSh, Zambiya kabi o‘nlab davlatlardan kelgan yoshlardan tuzilgan jamoalar 8 ta jamoaga bo‘lingan holda ishtirok etishdi 🤩 Zakovatdagi savollar va o‘yin atmosferasi xorijlik yoshlarda katta qiziqish uyg‘ota oldi @zakovatharakati
Показати все...
🔥 2🤩 2
Repost from Zakovat harakati
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Zakovatchi Bahodir Anorov “Kelajak bunyodkori” medali bilan taqdirlandi! O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlar kuni munosabati bilan yurtimizning faol va tashabbuskor yosh avlod vakillaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida"gi farmoni e’lon qilindi. Farmonga ko‘ra, Zakovat klubining faol a’zosi Bahodir Anorov “Kelajak bunyodkori” medali bilan taqdirlandi. Bahodir Anorovni ushbu yuksak e’tirof bilan tabriklaymiz va kelgusida bundan ham katta yutuqlarga erishishiga tilakdoshmiz! Biz klubimizda shunday bilimdonlar borligidan faxrlanamiz va bundan keyin ham klub a’zolarining muvaffaqiyatlarini yoritishda davom etamiz. #zakovatliman @zakovatharakati
Показати все...
👍 9👏 2 1
00:14
Відео недоступнеДивитись в Telegram
Zakovatchilar yana nimani boshlashdi? 🤫🧐 Bu videoda nima sodir bo‘layotganini birinchi bo‘lib topgan bilimdonimizga kichik sovg‘amiz bor 🙌🏻😉😃 Javoblarni izohlarda yozib qoldiring 😉 Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Показати все...
4.81 MB
👍 4🔥 1
Kecha Zakovat yozgi mavsumi doirasida shou o‘yini bo‘lib o‘tdi. O‘yin davomida teletomoshabinlar uchun birinchi bor maxsus tanlov o‘tkazildi. Tanlovda ishtirok etgan teletomoshabinlarimiz tomonidan yuborilgan javoblar ko‘pligidan yaxshi ma’noda hayratda qoldik, aftidan Telegram ham. Chunki Telegramda efir vaqtida botdan foydalanuvchilar soni keskin oshib ketganidan so‘ng kichik texnik muammolar kuzatildi. Ammo bu muammolar tezda bartaraf etildi va barcha javoblar vaqtida qabul qilindi. Zakovat butun mamlakatda shunday qiziqishga sabab bo‘lganidan xursandmiz va buning uchun siz — aziz muxlislarimizdan minnatdormiz. Hozirda tanlov g‘olibi kim bo‘lganligiga aniqlik kiritish maqsadida javoblarni o‘rganish jarayoni boshlandi. Tez orada biz g‘olib bilan bog‘lanamiz. G‘olib nomi Zakovat teleo‘yinining keyingi efirida e’lon qilinadi. Shu sababli keyingi juma kunida efirga beriladigan o‘yinni o‘tkazib yubormang. Tanlov qoidalarida yozilganidek, savollar uchun javoblar o‘yin efirga ketganidan boshlab 24 soat davomida qabul qilinadi, bot bu vaqt davomida ishlab turadi. Ko‘rsatgan faolligingiz uchun sizga yana bir bor minnatdorchilik bildiramiz. @zakovatharakati
Показати все...
👍 3
Repost from Zakovat harakati
00:55
Відео недоступнеДивитись в Telegram
Oila yoki karyera. Bittasini tanlash kerakmi? 🧐 “Diqqat, savol!” podkastining bu sonida mashhur zakovatchi Rushana Rajabova hamda tadbirkorlar - “Testo” kafesining asoschisi Nargiza Ulugova hamda agroeksportchi Dildora Otajonova bilan ayollarning tadbirkorlikdagi o‘rni, sohadagi muammolar va O‘zbekistonda ayollar tadbirkorligining kelajagi haqida so‘z yuritdik. 👉🏻 To‘liq videoni ko‘rish @zakovatharakati
Показати все...
12.46 MB
👍 3
🔔 Shanba ya'ni 29-iyun kuni Andijon Zakovat klubida o'tkaziluvchi o'yinlar. 15:00 - "Birinchi liga" 4-tur o'yini. 16:30 - "Shaxsiy oʻyin" 4-tur oʻyini 18:00 - Prof liga 4-tur oʻyini(sinxron tarzda boʻlib, Savollar soni 36 ta) Ertaga Andijon zakovat klubida Yozgi Mavsum Birinchi liga, Shaxsiy o'yin va Professional liga 4-tur o'yinlari bo'lib o'tadi. Havaskor jamoalar ham kelib qatnashishlari mumkin. 📌 Manzil: Andijon Mashinasozlik instituti. Transport va Logistika fakulteti faollar zali. 🔥 Zakovat NNT Andijon viloyati Zakovat klubi rasmiy kanali: https://t.me/Andijon_ZakovatNNT
Показати все...
👍 4🎉 1
Bugun Andijon viloyatida Yoshlar oyligi doirasida O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Andijon viloyat Kengashi, “Kokand Universtiy” Andijon filiali hamda “Zakovat intellektual klubi” NNT Andijon viloyat hududiy bo‘limi hamkorligida Zakovat o'yini tashkil etildi. Tadbirda partiya viloyat Kengashi xodimlari, universtitet jamoasi, hamkor tashkilotlar hamda viloyatdagi faol yoshlardan tashkil etilgan ishtirokchi jamoalar qatnashdilar. @Andijon_ZakovatNNT
Показати все...
👍 1🔥 1
Yoshlar kubogidan lavhalar @Andijon_ZakovatNNT
Показати все...
Перейти до архіву дописів
Оберіть інший тариф

На вашому тарифі доступна аналітика тільки для 5 каналів. Щоб отримати більше — оберіть інший тариф.