cookie

Ми використовуємо файли cookie для покращення вашого досвіду перегляду. Натиснувши «Прийняти все», ви погоджуєтеся на використання файлів cookie.

avatar

Psixolog Dildora Ulmasova

Instagramdagi sahifamiz https://www.instagram.com/dildorakhon_ulmasova?igsh=YzljYTk1ODg3Zg== Psixologik konsultatsiya va kurslar haqida ma'lumot uchun @Dil0104 ga murojaat qiling.

Більше
Рекламні дописи
1 439
Підписники
-1524 години
-197 днів
+18630 днів

Триває завантаження даних...

Приріст підписників

Триває завантаження даних...

#psixologkundaligi Davomli konsultatsiya oladigan mijozlar ham seanslar davomida ma'lum rivojlanish bosqichlarni bosib o'tishadi. Mijozlar ko'pincha konsultatsiyaga ilk bora murojaat qilishganida, o'zi va hamda jamiyat orasidagi ziddiyatlar haqida to'lib gapirishadi. Turmush o'rtoq, qaynona, farzandlar, hamkasblar v.h. bilan bo'ladigan ziddiyatli holatlarni so'ylashadi. Bunday paytlarda ular muammoga yechimdan ko'ra tushunilish, tinglanish, qabul qilinishga ehtiyoj sezishadi. O'zini yaqinlari tomonidan izolyatsiya qilingandek/tashlab ketilgandek/kamsitilgandek his qilayotgan mijozlar bilan ishlashda ulardagi aybdorlik hisini oshirvormaslik kerak. Mabodo psixolog shunday xatoga yo'l qo'ysa, mijoz battar tushkun holatga tushib qolishi mumkin. Aksincha, ushbu davrdan muvvafiqatli o'tilsa, mijozda oldin hayotida foydalanmagan yangi ko'nikmalar(konstuktiv muloqot, yordam so'rash, sglhaxsiy chegaralar o'rnatish v.h) shakllantirilsa, davomli konsultatsiyaning keyingi bosqichiga o'tiladi. Navbatdagi bosqichda endi mijoz 3-shaxslarga emas o'ziga urg'u bera boshlaydi. O'zi haqida gapiradi. Xuddi bo'sh yerini gulzorga aylantirish uchun harakat boshlagan insonga o'xshab yoqimli hislar tuyishni boshlaydi. Psixologik konsultatsiya kishini dunyodagi eng baxtli odamga aylantirib qo'ymasligi mumkin. Lekin davomli psixologik konsultatsiyaning samarasi mijozda - o'zini refleksiya qilish malakasi shakllanayotganligi; - Triggerlarini tanib, ularning kelib chiqish sabablarini aniqlashga harakat qilayotgani; - Ojiz va kuchli tomonlarini anglashni boshlayotganidan; - Hayotini resurs hamda imkoniyatlariga muvofiq tashkillashtirishga intilayotganida namoyon bo'ladi. Bunday paytda mijozdan ham ko'ra ko'proq mening ko'zim yonadi. Faoliyatingning samarasini ko'rish zavqli.🌸 @farzandruhiyati
Показати все...
🔥 4👍 1 1🥰 1
#bolatilidan Sa'diya: -Oyi, Safiyagayam (bog'chadagi dugonasi) ochki oberin. Uniki yo'qolib qopti. Manikini oynab tur desam, yo'q keremas dedi. Men: -hop, qizim bozorga borsam obkelaman. -Dilsora: -siz obermen o'zini oyisi boru. O'zini oyisi obersin. -Sa'diya: Oberalla oyim. Alloh bizani yaratgan. Menimcha, Sa'diya so'nggi gapini yaxshilik qilish kerakligini dalillash ma'nosida gapirdi. Bolalarning dialogi juda ham qiziq. 😂 @farzandruhiyati
Показати все...
🤣 16
Bolalar yelkasidagi ortiqcha yuk qanday muammolarni keltirib chiqaradi? - Singlingga qara! Men seni nega tug'ib katta qilib qo'yganman; - Dadang ham meni o'ylamasdi, endi sen ham shunday qilyapsan; -endi sen yonimga kirib, ishlab pul topishing lozim. -oyi, nega ajrashib keta qolmaysiz? -nega xafasiz nima qilsam xursand bo'lasiz, oyijon? - iltimos, faqat yana dadam bilan urushmang. Men o'zim sizga yordam beraman. Ota-ona va farzand orasida shu kabi dialoglar quloqqa chalinib turadi. Ba'zan oilada rollar almashganini, kichkinagina bolalar muhim maishiy ishlarga mas'ul qilib qo'yilgani yoxud oila tinchligi uchun mas'ul shaxsga aylanib qolganini ko'rishimiz mumkin. Xo'sh bu holat psixologiyada nima deyiladi? Uning qanday nozik jihatlari mavjud? Perentifikatsiya psixologik jarayon bo'lib ota-onalar o'zi bajarishi kerak bo'lgan vazifalarni hali voyaga yetmagan farzandiga yuklab qo'yishi. Yoki shunchaki ota-onalar o'z burchlarini ado eta olmagani uchun bolalar ushbu mas'uliyatli vazifani bo'yniga olishga majbur bo'lib qolishi. XX asrning 70-yillarida AQShda oilaviy psixoterapiya rivojlanishni boshladi. Oilaning har bir a'zosi o'zining psixologik funksiyalarini mos ravishda bajarishining ahamiyati, rollarning almashib qolishining salbiy oqibatlari borasida kitoblar yozila boshlandi. Argentinalik psixoterapevt Salvador Minuxin ilk bora fanga "perentifikatsiya" atamasini kiritdi. Perentifikatsiyani boshqacha qilib bolaning ekstremal ravishda ulg'ayib qolishi deyish mumkin. Psixologlar uning ikki turini ajratishadi: 1. Instrumental perentifikatsiya. Bolaga yoshi uchun og'irlik qiladigan ko'p vazifalarni (uy tozalash, ovqat qilish, ukasiga qarash, oilaning moddiy ta'minlash v.h.) yuklanishi; Oilada farzandlar ota-onasiga yordam berishi salbiy hodisa emas. Lekin bolaga yuklangan vazifalar uning jismoniy, psixologik imkoniyatlari bilan mos bo'lishi muhim. 10yoshli boladan doimiy ukasiga qarashni so'rash, 8-sinfli bola darsdan keyin kechgacha pul topishga harakat qilishi uning psixikasi uchun ham jismoniy salomatligi uchun ham og'irlik qilishi mumkin. Instrumental perentifikatsiyada yumushlar har doim ham ota-onalar tomonidan yuklab qo'yilmaydi. Ba'zan ota-onalar o'zini shunaqa tutadiki, bola mas'uliyatni o'z bo'yniga olishga majbur bo'ladi. Masalan, oilasini moddiy ta'minlamaydigan alkogolik otaning o'g'li pul topish uchun o'zi harakat qilishga majbur bo'lishi mumkin. 2. Emotsional perentifikatsiyada farzand oilaning tinchligi, ota-onasining kayfiyatiga o'zini mas'ul deb idrok qilishni boshlaydi hamda shunga monand harakat qiladi. Emotsional perentifikatsiya ko'proq hissiy noyetuk ota-onalar farzandlarida uchraydi. Ota-onasi ajrashgan farzand doimo onasining kayfiyatini ko'tarishga intilishi, uyda urush chiqmasligi uchun bola ehtiyojlarini ko'rsatmaslikka intilishi emotsional perentifikatsiyaga misol bo'ladi. Perentifikatsiyaning shaxs ruhiyatiga ta'siri: 1.Bola kelajakda ham munosabatlar o'rnatishda shaxsiy chegaralarni saqlashga qiynaladi. Gipperg'amxo'rligi bilan yaqinlarini bo'g'ishi mumkin. Yoki askincha, o'zining shaxsiy chegaralarini himoyalay olmasligi mumkin; 2. Bola har doim qutqaruvchi rejimida yurgani uchun keyinchalik ham o'z ehtiyojlarini eshitmasligi, ko'p vaqti, energiyasi boshqalar hayotini yaxshilashga sarf etilishi; 3. O'ziga yuqori talablar qo'yish, nazoratni kuchayishi natijasida xavotir darajasini ortib ketishi; 4. Tezda ulg'ayib qolish natijasida ulg'ayganda ham tengdoshlari bilan munosabatga kirishishda qiyinchilikka duch kelishi; 5. Ota-onaga qattiq bog'lanib qolish, ulardan hissiy ajrala olmaslik. Perentifikatsiyadan qanday chiqish mumkin? 1.Avvalo, inson o'zida shu muammo borligini tan olishi va unda perentifikatsiyaning qanday ko'rinishlari ustuvor ekanligini aniqlab olishi kerak; 2. Hayotini resurslari hamda imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda tashkil qilishni boshlashi; 3. Shaxsiy chegaralarni aniqlab olish, ularni himoya qilishga iltilishi; 4.Yuqoridagilarni mustaqil bajarishga qiynalsa, psixolog ko'magidan foydalanishi mumkin. @farzandruhiyati
Показати все...
👍 12 1👏 1😢 1
00:06
Відео недоступнеДивитись в Telegram
Показати все...
3.16 MB
😢 9 1
00:04
Відео недоступнеДивитись в Telegram
1.86 KB
00:20
Відео недоступнеДивитись в Telegram
Bir kanalda shu videoga ko'zim tushib qoldi. Ko'pchilik shunchaki ijobiy holatdek idrok qilgan. Afsuski, kichkinagina bola yelkasiga shu kabi yuklarning ortilishi uning psixikasi uchun og'irlik qilishi mumkin. Perentifikatsiya mavzusini birga tahlil qilishimiz lozimga o'xshaydi. Hozircha video shu yerda tursin. @farzandruhiyati
Показати все...
2.58 MB
👍 13😢 5 1
Ahil aka-uka orasiga sovuqchilik tushirayotgan yomon kelin, yaaaxshi eri nima qilsa ham qadriga yemayotgan noshukr rafiqa, ayoliga mehr ko'rsatib, onasini tashlab qo'ygan og'illar tasvirlanadigan, faqat sutdek oq va ko'mirdek qora personajlardan iborat vaynlar faqat menda chiqadimi? Shu vaynlardan o'zini tanib qolib, vijdoni uyg'onib qolgan biror kimsa bo'lsa, "hoy", deb yuborsin.😂 @farzandruhiyati
Показати все...
🤣 37
O'tgan safar sizlarga taqdim etgan ovozli podkastimiz sizlarga ma'qul keldimi? Kanalga yana shunday ovozli postlar joylashinizni istaysizmi? Javoblaringizni izohlarda yozib qoldiring, reaksiyalar orqali bizga bidiring. 👍 - ha yoqdi. 🤯 - matnli postlarni ma'qul ko'raman. @farzandruhiyati
Показати все...
👍 40🤯 14 3🔥 1
Quyida telegram platformasidagi bir-nechta foydali kanallarni siz bilan boʻlishmoqchiman: @mia_gapiradi ​​— tanqidiy fikrlashni oʻstirish uchun @with_Fabesha ​​— muvaffaqqiyat uchun blog! @gullayotganyurak ​​— afsus, hayot faqat kitoblardan iborat emas @sanduvoch_uz ​​— hikmat izlaganga hikmatdir dunyo @usmonosphere ​​— kitoblar, sanʼat, tarjima, koʻngil, musiqa va hokazo haqida @Mohinur Xasanova (XASMA) ​​— arab tilini bepul oʻrganish uchun @farzandruhiyati – imiy psixologiyani amaliyotga tatbiq etishni oʻrganish uchun blog @boqiy_darbadarr – Kitoblar va she’riyat @Zakirovna_blog — AQShdagi universitet talabasining hayoti
Показати все...
👍 2 1
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Ha - 👍 Yo'q -😢 Qiziqarli post kutayotganlar bormi? -🔥 Reaksiyalarni 60taga yetkazamiz. Keyin sizlarga yaxshi yangilik aytamiz. 🌸 @farzandruhiyati
Показати все...
👍 84 5🔥 4🥰 1😢 1