cookie

Ми використовуємо файли cookie для покращення вашого досвіду перегляду. Натиснувши «Прийняти все», ви погоджуєтеся на використання файлів cookie.

avatar

O‘zbekiston iste'molchilar federatsiyasi

O‘zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining rasmiy kanali Murojaat uchun: 📞1091 https://murojaat.istemol.uz @PotrebitelUz_bot

Більше
Рекламні дописи
642
Підписники
Немає даних24 години
+67 днів
+3330 днів

Триває завантаження даних...

Приріст підписників

Триває завантаження даних...

282 474 000 so'm pul mablag'i iste'molchiga qaytarildi Xorazm viloyati Xazorasp tumani "Oshar qishlog'i" "Istiqlol" mahallasida yashovchi iste'molchi M.Y. tomonidan Urganch shahar jamiyatiga murojaat kelib tushgan. Unda bayon etilishicha, fuqaro 2024-yil 28-mart kuni Urganch shahar "Xonqa" ko'chasida joylashgan "Aminmulla" avtosalonidan "Tracker 2" rusumidagi avtomashinani 282 474 000 so'mga xarid qilgan. Ammo nuqsoni borligi sababli, mas'ullardan avtomobilni yangisiga almashtirib berishni yoki pulini qaytarishni so'ragan. Holat bo'yicha Urganch shahar jamiyati tomonidan o'rganish ishlari olib borildi va  salon xodimlariga O'zbekiston Respublikasi "Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish to'g'risida"gi qonunining tegishli moddalari tushuntirildi. Natijada, "Tracker 2" moshinasiga to'langan 282 474 000 so'm pul iste'molchiga qaytarib berildi. Federatsiyaning rasmiy sahifalari👇 Telegram | Facebook | YouTube | Istemol.uz
Показати все...
O‘zbekiston iste'molchilar federatsiyasi

O‘zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining rasmiy kanali Murojaat uchun: 📞1091

https://murojaat.istemol.uz

@PotrebitelUz_bot

👍 4🔥 1
Фото недоступнеДивитись в Telegram
6 million so'mlik temir darvoza buyurtmachiga yetkazildi Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 1091 qisqa raqamli ishonch telefoni orqali Fargʻona shahar  "Yangisoy" koʻchasida istiqomat qiluvchi fuqarodan murojaat kelib tushdi. Keltirilishicha, fuqaro Uychi tumanida faoliyat yuritayotgan tadbirkorga temir darvoza yasab berish uchun buyurtma bergan.  Tadbirkor buyurtmachiga oldindan 6 million so'm to'lov qilishini va 10 kun muddatda darvozani tayyorlab berishi aytgan. Ammo oradan 1 oy vaqt oʻtsa ham, buyurtma oʻz vaqtida bajarilmagan. Fuqaroning ushbu murojaati Uychi tuman ijro etuvchi apparati tomonidan oʻrganilib, tadbirkor tomonidan fuqaroning yashash xonadoniga temir darvozasi yetkazib berilishiga erishiladi. Federatsiyaning rasmiy sahifalari👇 Telegram | Facebook | YouTube | Istemol.uz
Показати все...
O‘zbekiston iste'molchilar federatsiyasi

O‘zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining rasmiy kanali Murojaat uchun: 📞1091

https://murojaat.istemol.uz

@PotrebitelUz_bot

🔥 3 2👍 1
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Фото недоступнеДивитись в Telegram
OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGI — MILLAT SALOMATLIGI Oziq-ovqat bilan bog‘liq har qanday nomaqbul hodisalar butun dunyoda aholi sog‘lig‘i uchun salbiy oqibatlarga olib keladi. Sifatsiz oziq-ovqatlar esa 200 ga yaqin kasallikning, jumladan saraton kasalligining kelib chiqishiga sabab bo‘lishi aniqlangan. Umuman olganda, oziq-ovqat mahsulotining sifati deganda oziq-ovqat mahsulotining iste’mol xossalarini belgilab beradigan va uning odamlar hayoti va sog‘lig‘i uchun xavfsizligini ta’minlaydigan mezonlar tushuniladi. Xo‘sh, bugun hududlarda bu borada ahvol qanday? Bozorlarda, do‘konlarda, marketlarda, umumiy ovqatlanish shahobchalarida aholining kundalik ehtiyoji uchun sotilayotgan oziq-ovqat mahsulotlari talabga javob beradimi? Mahsulotlarni tayyorlash, realizatsiya qilish, saqlash, sotish talablariga amal qilinayaptimi? Aholini sifatli iste’mol tovarlari bilan ta’minlashga qaratilgan, shuningdek sertifikatlanmagan, saqlash muddati o‘tib ketgan, kontrafakt va iste’molga yaroqsiz tovarlarning realizatsiya qilinishi holatlariga chek qo‘yish borasidagi chora-tadbirlarning ijrosi va natijadorligi qay darajada? O‘zbekiston Respublikasining “Oziq ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligi to‘g‘risida”gi qonunida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari hamda ommaviy axborot vositalari oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligini ta’minlashga doir normalar va qoidalar bajarilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishga haqli ekanliklari belgilab qo‘yilgan (8-modda). 7-iyun — Butunjahon oziq-ovqat xavfsizligi kuni munosabati bilan, shuningdek, O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi rahbarining 2024-yil 5-iyundagi 03-01/77-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida federatsiyaning Navoiy viloyat hududiy birlashmasi ishchi guruhi tomonidan viloyatning Nurota tumanida jamoatchilik nazorati tartibida o‘rganish ishlari olib borilmoqda. O‘rganishlarda aniqlangan holatlar va ularning tahlili to‘g‘risida qo‘shimcha ma’lumot beriladi. Federatsiyaning rasmiy sahifalari👇 Telegram | Facebook | YouTube | Istemol.uz
Показати все...
O‘zbekiston iste'molchilar federatsiyasi

O‘zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining rasmiy kanali Murojaat uchun: 📞1091

https://murojaat.istemol.uz

@PotrebitelUz_bot

👍 4🔥 1
👍 3
⚡️Bugun O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasi raisi J.Sarimsoqov hamda Samarqand viloyati Samarqand shahar hokimi F.Umarov ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda qator farmon va qarorlar ijrosi yuzasidan kelgusidagi rejalar muhokama qilindi.  Samarqand shahrida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish borasida qilinishi zarur bo‘lgan ishlar xususida fikr almashildi. Shahar hokimi federatsiya tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlab, fuqarolarning muammolarini tizimli o‘rganish va ularni aniq hal etilishida samarali jamoatchilik nazoratini o‘rnatish, fuqarolarning iste’mol madaniyatini oshirish yuzasidan amalga oshiriladigan barcha loyihalarda hamkorlik qilishga tayyor ekanini bildirdi. Federatsiyaning rasmiy sahifalari👇 Telegram | Facebook | YouTube | Istemol.uz
Показати все...
O‘zbekiston iste'molchilar federatsiyasi

O‘zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining rasmiy kanali Murojaat uchun: 📞1091

https://murojaat.istemol.uz

@PotrebitelUz_bot

🔥 6👍 3
13 400 000 so`mlik mebellar jamlanmasi qaytadan yasab berildi Xalqimiz orasida mijoz har doim haq degan fikr bor. Tovar va mahsulotlar xaridida va turli xizmatlardan foydalanish mobaynida mijozning talabi, fikri asosiy o`rinda turishi esa savdo sohasining oltin qoidalaridan biri sanaladi. Afsuski, besh qo`l barobar bo`lmaganidek oramizda mijozning didi va istaklari bilan o`rtoqlashmay qaror qiladigan o`zboshimcha tadbirkorlar ham uchrab turadi. Bunday holatlar esa shubhasiz sotuvchi va xaridor o`rtasida bir qancha kelishmovchiliklarning yuzaga kelishiga sabab bo`ladi. Boysun tuman "Ariq-usti" mahallasida yashovchi fuqaro T. B.ning tuman jamiyati nomiga qilgan yozma murojaatida ham shu kabi muammo tilga olinadi. Boysun tuman hududida joylashgan mebel yasash ustaxonasiga 13 400 000 (o`n uch million to'rt yuz ming ) so`mga oshxona mebellar jamlanmasi yasab berish uchun buyurtma berilgan va buyurtmachiga ustalar tomonidan boshqa turdagi mebel yetkazib berilgan. Ushbu yasalgan mebellar buyurtmachi tomonidan aytilganidek mebel bo'Imaganligi sababli, tadbirkor va iste'molchi o'rtasida kelishmovchilik yuzaga kelgan. Jamiyat xodimlari aralashuvi bilan ariza muallifi talabi ijobiy qondirilib, iste`molchiga 13 400 000 (o'n uch million to`rt yuz ming ) so`mga oshxona mebellar jamlanmasi qaytadan yasab berildi va ariza iste`molchi foydasiga ijobiy hal qilindi. Federatsiyaning rasmiy sahifalari👇 Telegram | Facebook | YouTube | Istemol.uz
Показати все...
O‘zbekiston iste'molchilar federatsiyasi

O‘zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining rasmiy kanali Murojaat uchun: 📞1091

https://murojaat.istemol.uz

@PotrebitelUz_bot

👍 2