cookie

Ми використовуємо файли cookie для покращення вашого досвіду перегляду. Натиснувши «Прийняти все», ви погоджуєтеся на використання файлів cookie.

avatar

Muzrabot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

Maktabimizning tarmoqlardagi rasmiy sahifalari: 🌐 https://instagram.com/PTMA_MTIM 🌐 https://t.me/PTMA_MTIM 🌐 https://www.facebook.com/groups/ptma.muzrabot.im ▶️ https://www.youtube.com/@Muzrabot_tuman_IM Murojaat uchun: +998(93)5418097

Більше
Рекламні дописи
542
Підписники
+124 години
+17 днів
+3830 днів

Триває завантаження даних...

Приріст підписників

Триває завантаження даних...

Фото недоступнеДивитись в Telegram
"Hech qachon orzu qilishdan to‘xtamang, katta maqsadlar yo‘lida imkoniyatlaringizni sinab ko‘rishdan, bu yo‘lda xato qilish va ulardan saboq olishdan qo‘rqmang. Chunki xalqimiz sizlarga katta umid va ishonch bilan qaramoqda. Sizlarning yangi g‘oya va tashabbuslaringiz, ishtiyoqingiz va kuchingiz nafaqat O‘zbekistonni, balki butun dunyoni o‘zgartirishi mumkin. Shuning uchun har qanday holatda ham o‘z oldingizga qo‘ygan ezgu maqsadingizdan ortga chekinmang. Har biringiz ustozlaringiz va ota-onangiz qalbingizga singdirgan qadriyatlarga hamisha sodiq bo‘lib, xalqimizning bebaho merosini yanada boyitishga, yurtimizning yorug‘ kelajagiga hissa qo‘shishga intiling".
Shavkat Mirziyoyevning maktab bitiruvchilariga tabrigidan. Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish: ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Показати все...
👍 2
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Мамлакатимиз мактабларини битирувчи ўғил-қизларимизга табрикПоздравление выпускникам школ нашей страны Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Показати все...
👍 1
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#Qabul_2024 #Ixtisoslashtirilgan_maktablar ❓IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARGA QAYSI SINFGA NECHA NAFARDAN OʻQUVCHILAR QABUL QILINADI?
➖Umumtaʼlim muassasalarining 4-sinfini tamomlagan oʻquvchilar ixtisoslashtirilgan maktablarning aniq fanlar yo‘nalishi boʻyicha 5-sinfiga, 6-sinfni tamomlagan o‘quvchilar esa tabiiy fanlar yoʻnalishi boʻyicha 7-sinfga belgilangan yillik qabul kvotasi doirasida 24 nafardan qabul qilinadi. Shuningdek, yangi tashkil etiladigan ixtisoslashtirilgan maktablarga birinchi o‘quv yili uchun aniq fanlar yo‘nalishiga 5-, 6-,7-,8-,9-,10-,11-sinflarga, tabiiy fanlar yo‘nalishiga 7-,8-,9-,10-,11-sinflarga o‘quvchilar qabul qilinadi.
O‘QUVCHI RESPUBLIKADAGI XOHLAGAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABGA HUJJAT TOPSHIRA OLADIMI?
➖ O‘quvchilar faqat o‘zlari o‘qiyotgan umumta’lim muassasasi joylashgan hudud (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri)dagi ixtisoslashtirilgan maktablarga o‘qishga qabul qilinadi. Shuningdek, Respublikaning turli hududlaridagi talabgorlar Agentlik tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 5-sinfiga hamda Mirzo Ulug‘bek va Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktablarning 7-sinfiga parallel ravishda hujjat topshirishlari mumkin.
IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARGA HUJJAT TOPSHIRISH UCHUN OʻQUVCHINING BAHOLARIGA QANDAY TALAB QOʻYILADI?
➖Ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjat topshiradigan talabgorning baholariga hech qanday talab qo‘yilmaydi. Misol uchun, fanlar boʻyicha yillik baholari 5 (aʼlo), 4 (yaxshi) yoki 3 (qoniqarli) boʻlgan talabgor hujjat topshirishi mumkin.
🕊HUDUDLARDAGI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLAR Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Показати все...
👍 1
#Muzrabot_ixtisoslashtirilgan_maktabi #ochiq_eshiklar_kuni ☑️  To'g'ri tanlov - yorqin kelajak poydevori! 🔰Bugun Muzrabot tuman ixtisoslashtirilgan maktabida umumta'lim maktablarining 4 va 6-sinf o'quvchilari va ularning ota-onalari uchun "Ochiq eshiklar" kuni tashkil etildi.
❗️Tadbirga tashrif buyurganlar maktabda o'quvchilarning ta'lim-tarbiya olishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar, o’quv binosi, fan va laboratoriya xonalari, kutubxona hamda sport zali bilan yaqindan tanishib, hujjatlar qabuli to'g'risida ma'lumot olishdi.
🌍 Maktabning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:👇 Telegram | Instagram | Facebook | Youtube
Показати все...
👍 1
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Surxondaryolik oʻquvchilar diqqatiga!!! 🏆 #Bugun 23-may payshanba kuni soat ⏰ 15:00 dan boshlab “Zakovat intellektual klubi” NNT tomonidan oʻtkazilib kelinayotgan “Oʻquvchilar ligasi” musobaqasining bahorgi mavsum 8-tur oʻyini oʻtkaziladi.
✅ Ligada viloyatimizdagi barcha umumiy oʻrta taʼlim va ixtisoslashtirilgan maktablar, akademik litseylar, kasb-hunar maktablari hamda texnikum (kollej) jamoalari ishtirok etishlari mumkin.
🔔 Viloyatimizdagi oʻquvchilarga qulaylik yaratish maqsadida oʻyinlar sinxron ravishda barcha tuman(shahar)larda boʻlib oʻtadi va quyidagi oʻzingizga yaqin hududdagi masʼul shaxslar bilan bogʻlanib turnirda ishtirok etishingiz mumkin: 📍Termiz shahri, Yoshlar markazi 📞Maʼsul: @Iskandar023 📍Angor tumani 1-maktab 📞Masʼul: Shohista Madiyeva 📍Bandixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 📞Masʼul: @XudoyberdiyevUktam 📍Boysun tumani 13-maktab 📞Masʼul: @Safarov_Shuhrat 📍Boysun tumani 30-maktab 📞Masʼul: Poʻlat Eshqobilov 📍Boysun tumani 35-maktab 📞Masʼul: @Azamat_Murtazoyev 📍Denov tuman 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati 📞Masul: @Sher_Buronov 📍Denov tumani 27-maktab 📞Masul: @OybekUrunov1990 📍Jarqoʻrgʻon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 📞Masʼul: @Nurqobil 📍Muzrabot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 📞Masʼul: @Nuriddin_Abduraximov 📍Oltinsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 📞Masʼul: Dilmurod Xoʻjaqulov 📍Oltinsoy tumani 12-maktab 📞Masʼul: @AnvarMengnorov1965 📍Qumqoʻrgʻon tumani 82-maktab 📞Masʼul: Mehriddin Xudoyorov 📍Qiziriq tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 📞Masʼul: @Behruzbek_Usanov 📍Sariosiyo tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati 📞Masʼul: @Abdulohzoda 📍Uzun tumani 12-maktab 📞Masʼul: @Muyassar_Suvonova 📍Sherobod tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 📞Masʼul: @Rauf_Hamrayev 📍Shoʻrchi tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 📞Masʼul: Akmal Nazirov 📲 @Surxondaryo_ZakovatNNT
Показати все...
🗣Hurmatli ota-onalar! 🔘Xabaringiz bor, 2022-2023-o'quv yili yakunlangandan so'ng viloyatimizdagi 429 ta maktabni joriy ta'mirlash uchun 7 turdagi qurilish mahsulotlari xaridiga Surxondaryo viloyati hokimi tashabbusi bilan 11 mlrd 195 million so'm mablag' ajratildi va maktablar joriy ta'mirlandi. ➖2023-2024-o'quv yili yakunida ham maktablar ta'miri uchun viloyat hokimligi tomonidan mablag' ajratilishi ko'zda tutilgan. Ayni kunlarda ta'mirga muhtoj maktablar va ta'lim muassasalariga zarur qurilish mahsulotlarini aniqlash maqsadida viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi tomonidan o'rganish ishlari olib borilmoqda. ✔️Shunday ekan, hurmatli ota-onalardan maktab ma'muriyati tomonidan turli sabablar bilan pul yig'imlari amalga oshirilayotganligidan xabardor bo'lishsa, Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining ishonch telefoni (+99876-227-35-45) hamda @svmmtb_bot murojaatlar boti orqali boshqarma mas'ullariga murojaat qilishlarini so‘raymiz. ✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
Показати все...
👍 2
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#Qabul_2024 #Ixtisoslashtirilgan_maktablar ⚡️AGENTLIK TIZIMIDAGI STEM FANLARI INGLIZ TILIDA OʻQITILADIGAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLAR
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ini kengaytirish va ularning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmoni qabul qilindi.
📝 Farmonga koʻra, 2024/2025-oʻquv yilidan boshlab quyidagi 13 ta ixtisoslashtirilgan maktabda STEM fanlarini bosqichma-bosqich ingliz tilida oʻqitish yoʻlga qoʻyiladi: Andijon shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati; ➖ Buxoro tuman ixtisoslashtirilgan maktabi; ➖ Qoʻqon shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktabi; ➖ Zomin tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati; ➖ Yangi Namangan tuman ixtisoslashtirilgan maktabi; ➖ Tomdi tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati; ➖ Dehqonobod tuman ixtisoslashtirilgan maktabi; ➖ Xoʻjayli tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati; ➖ Samarqand shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati; ➖ Yangiyer shahar ixtisoslashtirilgan maktabi; ➖ Muzrabot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi; ➖ Angren shahar ixtisoslashtirilgan maktabi; ➖ Xonqa tuman ixtisoslashtirilgan maktabi. 📶 Mazkur maktablarda STEM fanlari ingliz tilini mukammal biladigan malakali oʻqituvchilar tomonidan toʻliq ingliz tilida olib boriladi. 🪪 Bunda, imtihon asosida qabul qilingan 5-sinf aniq hamda 7-sinf tabiiy fanlar yoʻnalishidagi oʻquvchilar belgilangan sinovlar asosida ingliz tilida oʻqitiladigan sinflarga saralab olinadi. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Показати все...
👍 4
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#Muzrabot_ixtisoslashtirilgan_maktabi #Ochiq_eshiklar_kuni ☑️ Aziz yurtdoshlar! Sizlarni Muzrabot tuman ixtisoslashtirilgan maktabda bo‘lib o‘tadigan "Ochiq eshiklar" kuniga taklif etamiz. Ochiq eshiklar kunida siz: ➖ Maktab hayoti; ➖ Dars jarayonlari; ➖ 2024-2025 o'quv yili qabuli; ➖O‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lasiz. 🗓 23-may ⏰ 10:00 dan 15:00 gacha 📍Manzil: Muzrabot tuman, Obi hayot mahallasi Nur diyor ko'chasi, 11-uy ➡️ Mo'ljal: Yangiobod Madaniyat markazi yonida. 🌍 Maktabning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:👇 Telegram | Instagram | Facebook | Youtube
Показати все...
02:20
Відео недоступнеДивитись в Telegram
#qabul_2024 #1_iyun_20_iyun 📣📣📣📣📣 🔔 HURMATLI OTA-ONALAR VA OʻQUVCHILAR! ⚡️IXTISOSLASHTIRILGAN TAʼLIM MUASSASALARI AGENTLIGI TIZIMIDAGI MAKTABLARGA HUJJATLAR QABULI EʼLON QILINDI! 🗺 Respublikamizdagi barcha Prezident, Ijod, Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga hujjatlar qabuli 2024-yilning 1-iyun sanasidan 20-iyun sanasigacha davom etadi. 🪪 Hujjatlar qabuli ariza.piima.uz sayti orqali faqat ONLAYN tarzda amalga oshiriladi. #Prezident_maktablari #Ijod_maktablari #Ixtisoslashtirlgan_maktablar Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Показати все...
👍 2
#Muzrabot_ixtisoslashtirilgan_maktabi #mahorat_darsi ⚗️🧪📚 MAHORAT DARSLARI DAVOM ETMOQDA ☑️ Bugun Muzrabot tuman ixtisoslashtirilgan maktabida kimyo fanidan  navbatdagi "Mahorat darsi"  tashkil etildi.
❗️Ushbu darsda o'quvchilar o'zlarining darslarda egallagan nazariy bilimlarini qiziqarli metodik o'yinlar hamda laboratoriya mashg'ulotlari orqali sinovdan o'tkazishdi.
🌍 Maktabning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:👇 Telegram | Instagram | Facebook | Youtube
Показати все...
👍 5