cookie

Ми використовуємо файли cookie для покращення вашого досвіду перегляду. Натиснувши «Прийняти все», ви погоджуєтеся на використання файлів cookie.

avatar

Kitoblarda(n)..

Hayotdan va kitoblardan sahifalarga ko'chgan satrlar... ©️ Kitobxon kundaligi Kitoblardan iqtiboslar.✍️ Taqrizlar📗 Shaxsiy fikrlar va izohlar 🤍 Personal channel :https://t.me/+S1KjonaygVVlYzIy Ijodxona : @bookhnoor_view Admin 🤖 : @bookhnoor_nomabot

Більше
Рекламні дописи
291
Підписники
Немає даних24 години
-67 днів
-1930 днів

Триває завантаження даних...

Приріст підписників

Триває завантаження даних...

Odamlar butun umr kutishadi. Yangi hayotni kutishadi, so‘ng o‘limni kutishadi. Hojatxona qog‘ozi uchun navbat kutishadi. Pul uchun navbat kutishadi. Agar pul bo‘lmasa, navbatlar uzayib ketadi. Uxlashni kutishadi, so‘ngra uyg‘onishni kutishadi. Turmush qurishni kutishadi, keyin esa ajrashishni. Yomg‘ir yog‘ishini kutishadi, keyin uning tinishini... ©️Bukovski #nazm @booktional
Показати все...
😢 11❤‍🔥 4 3 3💊 2👍 1🤩 1💔 1
Repost from N/a
Kitob-sen qanchalar yaxshisan📚🩵 Bilasanmi shuni?! Meni o'zgartirganing uchun, meni menga anglatganing uchun, meni har qanday holatda yolg'iz qoldirmaganing uchun, meni so'zsiz tushuna olganing uchun, men sendan ba'zan xabar olmasam ham mendan ranjimaganing uchun, menga nasib qilganing uchun, menga bir dunyoni emas, minglab dunyoni anglatganing uchun, menga barcha hislarni his qildirganing uchun senga tashakkur aytaman...) Alloh bizlarni uchrashtirgani uchun shukr📚🩵 Balki biz uchrashmaganimizda, hozirgi holatimdan boshqa holatda bo'larmidim, kim bilsin... #love | @biblioph1le
Показати все...
👍 6❤‍🔥 4 2 1🕊 1
Allohumma solli ala sayyidina Muhammad. @booktional
Показати все...
7🕊 4❤‍🔥 2👍 1 1
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Sukunat qarida nurayapman jim... Vodarig' bu g'amga yurak ko'nikmas.... 🤫🤫🤫
Показати все...
🤣 8 2👻 2🙊 2 2 2
#sarhisob #yanvar 1. Sivilizatsiyalar To'qnashuvi va yangi dunyo tartibi. | Samuel F. Hantington 2. Odam bo'lish qiyin  | O'lmas Umarbekov 📖 mutolaada: Islom ummatining 100 buyuk shaxsi Men's search for meaning (yaqin tugab qoldi) P/s; g'alati oylardan biri. Ya'ni, kitoblari kam o'qish bo'yicha. Oldingidek kitoblar bilan tez chiqishib keta olmayapman. Qidirgan narsalarim topolmay qolishidan qo'rqib yashamoqdaman..... @booktional
Показати все...
👏 4 2👍 1
Hali qiziq narsa bo'ldi. Shu postni yozib bo'lishim bilan bir daqiqa o'tmay, ikta reaksiya bosildi. Men hayron qoldim.
Qanaqqib qisqa vaqt ichida shularni o'qib bo'lish mumkin?!
Keyin o'quvchilarim sirini aytib qoldi. O'qimasdan ham reaksiya bosib qo'yaveradi. Hozir unaqa uzun narsalarni hech kim o'qimaydi deyishdi. Yana hayron bo'ldim.... O'zi aslida, (ularga ham aytdim) kimdir o'qishi uchun yozmayman. O'zimga shu narsa yoqadi. Yozsam, yaxshiroq tushunaman. Keyin mendan shu yoziqlar qoladi. Kitoblarni to'liqroq ochib berishga harakat qilaman. Yaxshiroq narsa yaratgim keladi... ba'zida soatlab qo'lim klaviatura ustida qolib ketadi, so'zlarni iloji boricha takrorlamay, ma'noni osonroq tushunadigan tilda yozishga urinaman... xullas, gapirsa gap ko'p... Lekin, hozir menga qiziq bo'lgani yuqoridagi postni kimlar to'liq o'qib chiqqani? Bilan ular ko'pchilik emas, balki umuman hechkimdir.... @booktional
Показати все...
👍 7 4 4 4🕊 1
🆕 Akademnashr nashriyoti yangi "Akademnasr" kitoblar to'plamini boshlabdi. Bu to'plam haqida oldinroq xabar bergandik.✨ Xulio Kortesar'ning kitoblari ilk bora o'zbek tilida va lotin yozuvida🔥 Aslida, adabiyotdan xabari bor odamga Kortesar haqida gapirishni hojati yo'q. Shunday kitoblar tarjimasi ko'paysin. 🆕 Zabarjad media nashriyoti esa, "Jadidlar to'plam"ini davomini chiqarishni boshlashibdi.🎉 "Jadidlar to'plami"- 2022- yilning shov-shuvlariga sabab bo'lgandi. Alixonto'ra Sog'uniy hazratlarini asarlari albatta o'qish kerak. Bundan tashqari bu to'plam ichidagi yana 4 ta kitob yaqin kunlarda kitobxonlar qo'lida bo'ladi.⚡️ #plan @booktional
Показати все...
3 2👍 1
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Kirlangan qalb bilan xijob o'rash mumkindir. Lekin toza qalb bilan ochiq yurib bo'lmaydi.
Показати все...
❤‍🔥 9 5 4👍 2🔥 2🎉 2🕊 1 1
📚"Odam bo'lish qiyin" asari haqida ozgina... Asar g'oya jihatidan nima demoqchi ekanligini hamma o'z holatidan kelib chiqib qabul qilishi aniq. Men tushunganim shu bo'ldiki, inson qarorlar qabul qilishda hamisha manfaatlarga suyanadi. Qanday qaror qilishimizdan qat'iy nazar, uning ortida bizning hali o'zimizga noma'lum bo'lgan, biz uchun belgilangan deb o'ylaydiganimiz "yaxshilik" yotadi. (Kimdir o'zim uchun emas, ular uchun deganidada, nimani mo'ljallab qiladi, yaxshiliknimi, demak bu masalada hammaning o'z qarishlari boricha "yaxshilik"lari bor ekan) Har bir qaror orqasida qanday natija berishidan qat'iy nazar, o'sha shaxsning o'zi javobgarligini ham anglash mumkin. Nima qilsakda, natijalariga javob beradigan bizning o'zimiz bo'lamiz. (qiynalsakda, xursand bo'lib, osmonlari quchsakda) Bundan tashqari sevgining sofligidan chiqib, vojeaga olib boradigan yo'lining ham juda sodda tasviri mavjud. To'g'ri qabl boshqarib bo'linadigan narsa emas,buni balki rad etib bo'lmas, ammo inson qalbining ramkasi bo'lashi kerak. Ya'ni, barcha harakatlarni boshqarib turiladigan e'tiqod, ishoniladigan nimadir bo'lishi shart. Barcha qoidalarimizni o'zimiz o'ylab topadigan bo'lsak, unda bu qoidalar juda ko'p o'zgarishga mahkum bo'ladi. (Masalan, 10 yoshli bola ishonadigan, u qat'iy deb o'ylaydigan, ota-onasi tomonidan o'rgatilgan va u bularga rioya qilish shart bo'lgan qoidalardan tashqariga chiqishi uchun uning ko'ngli aybdor bo'lmaydi. U qoidalarga rioya qilish orqali boshini bu masalani to'g'ri yoki noto'g'riligini anglashga sarflaydigan kuchini boshqa narsaga yo'naltiradi. Bu unga o'rgatilgan narsa narsa) Demoqchi bo'lganim, qalb haqiqatdan boshqarilmasa, unda uni tartibga solib turuvchi boshqa narsa bo'lishi kerak. Yo'ldagi to'g'ri va noto'g'rilar unga qisman o'rgatilgan bo'ladi. Bu hammamizni oddiy hayotimiz. Faqat o'sha chegaralarni oshib o'tmaslik kerak, o'tilsa, qalbni o'z holiga qo'yib, orqasidan ergashilsa, qanday oqibatlarga olib kelishini mumkinligini asar ochib bergan.... Keyin, menga syujet yoqdi. Ammo juda yengil. Men asarni yarmida (qisman) Gulchehra'ning vojeasini taxmin qilgandim. Bu unchalik murakkab emas. Keyin umuman chuqur his qilmadim(birinchi tundan tashqari). Tez chiqib ketdi aqlimdan. O'zi asarni o'qib borgan kitobxon voqealarni so'ngini ochiq taxmin qila oladi. Kimningdir aniq o'limi kerak edi. Biz uchun oxiri ma'lum ishlarning (garchi hali oxirini bilmasakda, taxminlarimizga tayanib shunday xulosa qilamiz, insono'g'illariga tarqagan azaliy kasallik) qizig'i bo'lmaydi. Balki, bizga hamisha yakuni sirli bo'lgan narsalar qiziq bo'ladi... Tavsiya masalasida biroz cho'chiyman, chunki propagandasi bor. O'smirlar o'qiganida balki, teskari ilhomlanib qolishlari mumkin. Harholda yana ko'ngilni ayblashlariga yana bir bahona paydo bo'lmasin deyman. Bundan tashqari jiddiy nimadir aytilinmaydi, o'rniga shu ketkizaladigan vaqtga munosib boshqa kitoblar ham bor, menimcha.... #taqriz @booktional
Показати все...
👍 4 4 3🕊 2🆒 1
Repost from N/a
Maktabda hamma sevgisini qor bilan izhor qilardi-ya....😁 Yoki, qor bilan urganni urib😂 @booktional
Показати все...
12🤣 5👏 2🙊 1
Оберіть інший тариф

На вашому тарифі доступна аналітика тільки для 5 каналів. Щоб отримати більше — оберіть інший тариф.