cookie

Ми використовуємо файли cookie для покращення вашого досвіду перегляду. Натиснувши «Прийняти все», ви погоджуєтеся на використання файлів cookie.

avatar

Telegram Premium

Telegram Premium – bu oʻnlab ekskluziv funksiyalardan foydalanish imkonini beradigan obunadir.

Більше
Рекламні дописи
70 143
Підписники
-10624 години
-8117 днів
-5 18230 днів

Триває завантаження даних...

Приріст підписників

Триває завантаження даних...

00:12
Відео недоступнеДивитись в Telegram
🆕 ⭐️ Shaxsiy xabar ruxsatlari Premium foydalanuvchilar ularga kimlar – Har kim yoki Kontaktlarim va Premium foydalanuvchilar xabarlar yuborishi mumkinligini tanlashi mumkin. Bu yoqilganida kontaktlarda yoki Premium obunasi boʻlmagan foydalanuvchilar siz bilan chatlarni boshlay olmaydi, lekin agar ularga birinchi boʻlib xabar yuborsangiz, javob berishi mumkin. Obuna boʻlishBarcha premium funksiyalar
Показати все...
00:11
Відео недоступнеДивитись в Telegram
🆕 ⭐️ Saqlangan xabarlar uchun teglar Premium foydalanuvchilar Saqlangan xabarlarga bir nechta teg qoʻshib, ulardan qidiruv filtrlari sifatida foydalanishi mumkin. Teglar xabarga reaksiya bildirish orqali tatbiq qilinadigan emojilarga asoslanadi. Koʻproq tavsif uchun teglarni nomlash ham mumkin. Obuna boʻlishBarcha premium funksiyalar
Показати все...
00:17
Відео недоступнеДивитись в Telegram
🆕 ⭐️ Bir tomonlama oxirgi faollik va oʻqish vaqtlari Oʻqish vaqtini berkitgan foydalanuvchilar boshqa foydalanuvchilarning oʻqish vaqtlarini koʻra olmaydi. Telegram Premium bilan oʻqish vaqtingizni berkitishingiz va shunda ham sizga oʻz oʻqish vaqtlarini ulashadigan foydalanuvchilarning oʻqish vaqtlarini koʻrishingiz mumkin. Agar foydalanuvchi oʻz oʻqish vaqtini berkitsa, u har doim barcha foydalanuvchilardan, jumladan, Premium foydalanuvchilardan berkitiladi. Obuna boʻlishBarcha premium funksiyalar
Показати все...
Фото недоступнеДивитись в Telegram
⚡️Kanal ovozlari haqida savol-javob Kanallar endi hikoyalar ulashishi, xabarlarini moslashtirishi va boshqa imkoniyatlardan foydalanishi mumkin. Agar Telegram Premium foydalanuvchisi boʻlsangiz, sevimli kanallaringizga ovoz berish orqali ularga yordam berishingiz mumkin. 🌟 Telegram Premium obunasi bilan boshqa imtiyozlar bilan bir qatorda 4 ta ovoz olasiz. Bu ovozlarni istalgan kanalga berishingiz mumkin. 1-darajaga yetgan kanallar kuniga bitta hikoya joylay oladi va har bir qoʻshimcha daraja bilan oshib boradi. Ular 5-darajada xabarlariga oʻziga xos koʻrinish beradigan kanal rangini tanlashi mumkin. S: Nega kattaroq kanallarga koʻproq ovozlar kerak? J: Hozirda 1-darajaga yetish uchun kanalga obunachilarining 0.1% qismi ovoz berishi kerak. Shuning uchun koʻproq obunachilar koʻproq jami ovozlar talab qilinishini bildiradi. S: Nechta daraja mavjud? J: 100 ta daraja mavjud. 100-darajali kanal kuniga 100 tagacha hikoya joylashi mumkin. S: Ovozim qancha muddat amal qiladi? J: Kanalga ovoz berganingizdan keyin ovozingiz Premium obunasi muddati tugaguncha yoki boshqa kanalga ovoz berishga qaror qilguningizcha amal qiladi. S: Ovozimni boshqa kanalga almashtira olamanmi? J: Ha, ovozingizni har 24 soatda boshqa kanalga koʻchirishingiz mumkin. Barcha kanal imtiyozlari roʻyxati bu yerda mavjud. Obuna boʻlishBarcha premium funksiyalar
Показати все...
00:16
Відео недоступнеДивитись в Telegram
⭐️ Siz va suhbatdoshingiz uchun fon rasmlari Premium foydalanuvchilar oʻzi va suhbatdoshi uchun bir vaqtda maxsus fon rasmini tatbiq qilishi mumkin. Obuna boʻlishBarcha premium funksiyalar
Показати все...
00:18
Відео недоступнеДивитись в Telegram
⭐️ Hisob ranglari Premium bilan hisobingiz uchun rang yoki ranglar kombinatsiyasini tanlashingiz mumkin. Bunda barcha guruhlarda, siz yuboradigan havolalarda va xabarlaringizga javoblarda ismingiz koʻrinishi oʻzgaradi. Shuningdek, xabarlaringizdan iqtiboslar yoki ularga javoblar uchun maxsus naqsh yaratish uchun belgi tanlashingiz mumkin. Bu sozlamalar foydalanuvchilardan ovoz toʻplab, 5-daraja yoki undan yuqoriroqqa erishgan kanallar ham foydalana oladi. Obuna boʻlishBarcha premium funksiyalar
Показати все...
00:10
Відео недоступнеДивитись в Telegram
🌟 Telegram Premium – Ajoyib 😊 Sevishganlar kuni hadyasi Suyukli insoningizga obuna hadyalariga 😍 40% gacha chegirma bilan Premium taassurot hadya qiling. Bu yerni bosing 👉 PREMIUM HADYA QILISH 💝. Bunga muqobil ravishda, Sozlamalardagi “Premium hadya qilish” ruknidan foydalanishingiz mumkin. Obuna boʻlishBarcha premium funksiyalar
Показати все...
00:08
Відео недоступнеДивитись в Telegram
⭐️ Profil ranglari Ism va xabarlariga qoʻshimcha ravishda, Premium foydalanuvchilar profil sahifasi uchun unikal ranglar kombinatsiyasini tanlashi va qoʻshimcha bezak uchun emoji qoʻshishi (bu va bu kabi) mumkin. Obuna boʻlishBarcha premium funksiyalar
Показати все...
⭐️ Telegram Premium: obuna boʻlish yoki toʻlov qilish S: Qanday obuna boʻlish mumkin? J: Obuna variantlari bilan tanishish va uni rasmiylashtirish uchun ushbu xabar ostidagi tugmani bosing. Yoki Sozlamalar > Telegram Premium rukniga kiring, keyin Obuna boʻlish tugmasini bosing. S: Qanday toʻlov usullari mavjud? J: App Store / Google Play yoki @PremiumBot orqali bank kartangiz yordamida obuna boʻlishingiz mumkin. Hozirda qanday ilovadan foydalanayotganingizga qarab tizim optimal toʻlov usulini avtomatik taklif qiladi. P.S.: Agar @PremiumBot botiga ilovangiz orqali kira olmasangiz, uni Telegram Web yordamida ochishingiz mumkin. S: @PremiumBot va App Store/Google Play orqali toʻlov orasida qanday farq bor? J: Bot istalgan xalqaro bank kartasini, shuningdek, Hindistondagi Paytm / UPI, Rossiya toʻlov kartalari hamda Oʻzbekistondagi Uzcard / HUMO kartalari kabi koʻplab mahalliy toʻlov provayderlarini qoʻllab-quvvatlaydi. S: Chegirma bormi? J: Albatta! Bizga ham chegirmalar yoqadi – yillik obunani4️⃣0️⃣🔤 gacha chegirma bilan sotib olish mumkin. Shuningdek, @PremiumBot orqali obuna boʻlish yanada arzonroq boʻladi, chunki u yerda Apple yoki Google komissiyalari mavjud emas. S: Kriptovalyuta bilan qanday toʻlashim mumkin? J: Telegram Premium obunasini bu yerda kriptovalyuta yordamida sotib olishingiz mumkin.
Показати все...
Telegram Premiumga obuna boʻlish
00:21
Відео недоступнеДивитись в Telegram
🆕 🌟 Telegram Premium obunachilari Telegramda hikoyalardan foydalanganda ekskluziv imtiyozlarga ega boʻladi. 1️⃣ Ustuvor namoyish Hikoyalaringiz roʻyxat boshida chiqarilishi hisobiga koʻproq koʻrishlar soniga ega boʻling. 🕶 Koʻrinmaslik rejimi Hikoyalarni anonim koʻrish imkoniyati. 👁 Koʻrganlar tarixini saqlash Hatto hikoyalar eskirganidan keyin ham ularni kimlar ochganini koʻring. ⏱ Namoyish muddatini tanlash Hikoyalaringiz uchun 6 yoki 48 soat kabi maxsus muddatlar belgilang. 💽 Hikoyalaringizni galereyaga saqlash Boshqalarning nusxa olishdan himoyalanmagan hikoyalarini saqlang. 📝 Uzunroq izohlar Hikoyalaringiz uchun 10 marta uzunroq izohlar yozing. 🔗 Havolalar va formatlash Hikoyangiz izohlariga havolalar va formatlash qoʻshing.
Показати все...