"UNIVERSAL" o'quv markazi
Відкрити в Telegram
"UNIVERSAL" o'quv markazi rasmiy kanali Instagram: https://www.instagram.com/unv_ntm?igsh=Y3JvNTlxdWZnbGpz
Показати більше1 298
Підписники
-124 години
-67 днів
+1 00830 днів
Архів дописів
Бугун худо хохласа, якшанба куни утказилган тест синови натижалари эълон килинади...
#ибрат
Китоб ҳақида буюкларнинг сўзлари
Яхши ёзадиган муаллифларнинг китобини ўқиб чиқсангиз, яхши гапиришга одатланасиз.
© Ф. Вольтаир
Маданият – ўқиган китобларнинг сони эмас, балки тушунганларнинг сонидир.
© Фазил Искандер
Китоб ўқиган одамлар доимо телевизорни томоша қилганларни назорат қиладилар.
© Ф.Жанлис
Қанча кўп ўқисангиз, шунча камроқ тақлид қиласиз.
© Жулес Ренард
Одамлар икки тоифага бўлинади: китоб ўқиган ва ўқиганларни тинглайдиганлар.
© Бербер Бернард
https://t.me/UNIVERSAL_knowledge1
❓Kimlar abituriyent sifatida o‘qishga topshira olishadi?
#abituriyent
Yuqoridagi savolga bittada javob berishga harakat qilaman. Demak, OTMlarning bakalavriat bosqichiga quyidagilar hujjat topshira olishadi:
1️⃣ Umumiy o‘rta taʼlimning 11-sinfini tugatganlar.
Bunda barcha maktablar, shu jumladan Prezident va ijod maktablari, ixtisoslashgan va harbiy maktablar, litseylar, gimnaziyalar, kasb-hunar maktablari, xullas barchasi kirib ketadi. Muhim jihati albatta 11-sinf negizida shahodatnoma bo‘lishi kerak, 10-sinfni tugatib topshirib, talaba bo‘lib o‘qish imkoni yo‘q;
2️⃣ Professional va o’rta maxsus taʼlim tashkilotini tugatganlar.
Bunda akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va texnikumlar kiradi. Faqat bir jihati, agar kollejga 9-sinfni tugatib kirganlar bo’lsa, hujjatni kollej diplomi bilan topshiradi, agar kollejga 11-sinfni tugatib kirgan bo’lsa, unda maktab shahodatnomasi bilan topshiradi;
3️⃣ Kasb-hunar kolleji va texnikumda o’qiyotganlar
Bugungi kunda professional ta’lim tashkilotida o’qiyotganlar garchi hali o’qishi tugamagan bo’lsa-da, bemalol hujjat topshira oladi. Faqat yuqorida aytganimdek, ular 11-sinf shahodatnomasi bilan topshiradi;
4️⃣ Oliy taʼlimda o‘qiyotgan talabalar.
Bunda hozirda O‘zbekistondagi davlat yoki nodavlat, shuningdek xorijdagi OTMlarda talaba bo‘lib o‘qiyotganlar maktab, litsey, kollej va h.k. diplomlari bilan o‘qishga hujjat topshirishlari mumkin. O‘qishga kirgan taqdirda qayerda o‘qishini o‘zi tanlaydi, xohlasa hozirgi talabaligini davom ettiradi, xohlasa yangi kirgan joyida o‘qiydi.
Talabalarning o‘qishga topshirishi hech qanday muammo (masalan, o‘qishdan chetlatish) olib kelmaydi. Ammo Sizlardan iltimosim, shunchaki o‘yin uchun topshirib o‘tirmang, mabodo o‘qishga kirsangizu, keyin tashlab ketsangiz, bitta abituriyent joyini behudaga band qilgan bo‘lasiz, keyinchalik bo‘shab qolgan o‘ringa hech kimni olishmaydi;
5️⃣ OTMlarni tugatgan diplomli oliy maʼlumotlilar.
Allaqachon bir marta oliy maʼlumot olib bo‘lgan shaxslar ham bemalol yana qayta bakalavriat bosqichiga hujjat topshirib ko‘rishlari mumkin. Ular ham xuddi hozirgi talabalar singari maktab, litsey, kollej va h.k. diplomlari bilan o‘qishga hujjat topshirishadi, universitet diplomi bilan emas. Bu yerda yana bir jihat, amaldagi qonunchilikka ko‘ra, bir marta oliy maʼlumot olib bo‘lganlarning (grant yoki kontraktda o‘qiganligidan qatʼi nazar) ikkinchi marta talaba bo‘lishi faqat to‘lov-kontrakt asosida bo‘ladi. Yaʼni ular grantga daʼvogarlik qila olmaydi, kirsa ham faqat kontraktda o‘qishadi.
Xullas, mana shu yuqoridagi 5 ta toifadagi shaxslar bemalol my.uzbmb.uz sayti orqali abituriyent sifatida hujjat topshirib ko‘rishlari mumkin. Barchaga omad!
Kanalga ulanish uchun 👇👇
https://t.me/UNIVERSAL_knowledge1
❓Tanlov ustuvorligini belgilash nima degani?
#abituriyent
Abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tishda davlat grantini ustuvorlik sifatida belgilashi mumkin.
👉 Bunda abituriyent ustuvorlik sifatida:
🔹 Davlat grantini tanlasa — tanlagan barcha taʼlim yo‘nalishlarida dastlab davlat granti, so‘ngra to‘lov-kontrakt asosida saralanadi;
🔹 Ta’lim yo’nalishini tanlasa — avval har bir taʼlim yo‘nalishida davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida ketma-ket tanlovda ishtirok etadi.
Yuqoridagi suratda buning ketma-ketligi ko’rsatilgan.
‼️Abituriyentlar ustuvorlikni belgilashda eʼtiborli bo‘lishlari kerak. Javoblar chiqqandan keyin, “voy, men bu yo’nalishda o’qimayman, ikkinchida o’qimoqchi edim, beshinchida o’qimoqchi edim” degan gaplar befoyda bo’ladi.
Kanalga ulanish uchun 👇👇
https://t.me/UNIVERSAL_knowledge1
Repost from "UNIVERSAL" o'quv markazi
🎓 "UNIVERSAL" ўқув маркази 3,4,5,6,7,8-синф ўқувчиларини
ЁЗГИ ТАЪТИЛ даври учун ўқув курсларига таклиф этади!
🏫 ТАЪЛИМДА БИРГАМИЗ
✅ Фарзандингизни ёзги таътил даврида бекор юриши, олган билимларидан узоқлашиб кетиши ёки ўйинқароқ бўлиб қолиши сизни хавотирга соляптими?!
Бу муаммоларни ечими албатта бизда мавжуд.
"UNIVERSAL" ўқув маркази ёзги таътил даври учун 3,4,5,6,7,8-синф ўқувчиларини қуйидаги фанларидан ўқув курсларига ТАКЛИФ ЭТАДИ.
▪️Математика
▪️Инглиз тили
▪️Кимё
▪️Биология
▪️Тарих
▪️7-10 ёшли болалар учун эса МЕНТАЛ АРИФМЕТИКА дарсларига қабул бошланмоқда.
❗️ШУНИНГДЕК:
✅ 3-4-5-6-синф ўқувчилари учун (математика, инглиз тили)
✅ 5-6-синф ўқувчилари учун (биология, инглиз тили ва математика) ихтисослаштирилган мактабларга тайёрлов курслари.
✅ Абитуриентлар учун барча фанлардан ўқув курслари давом этмоқда.
🙋♂️Барча ўқув курсларига илмга чанқоқ ўқувчи ёшларни
ТАКЛИФ ЭТАМИЗ!
👉 Батафсил:
📞 Тел:+998905999532
📍Манзил:Косонсой туман, Боғибаланд МФЙ
🎯Мўлжал:собиқ Намуна АЛ биноси рўпарасида
#15. Prezident maktablariga o'qishga kirish istagida bo'lgan talabgorlar uchun MATEMATIKA fanidan onlayn darslar.
❗️Unda mazkur maktablarga kirish imtihonlarining namunaviy savollari asosida misollar ishlash o'rgatiladi.
(manba: @piimauz)
Kanalga ulanish uchun 👇👇
https://t.me/UNIVERSAL_knowledge1
Repost from Xushnudbek.uz
❗️Maktab bitiruvchilari hujjat topshirishda shahodatnoma kiritishi shart emas
#abituriyent
Maktab bitiruvchilari bir qator elektron qulayliklardan foydalanishlari mumkin.
Eng avvalo ular maktab shahodatnomasini olish uchun maktabga borishi, qachon berilarkin deb kutishi shart emas. Shunchaki e-shahodatnoma.uz sayti orqali 20-iyun, ya’ni ertadan boshlab shahodatnomani onlayn yuklab olish mumkin. Elektron yuklab olingan shahodatnoma rasmiy hujjat sifatida huquqiy kuchga ega bo’ladi.
Ikkinchidan, bitiruvchi abituriyentlar hujjat topshirayotgan payti maktab shahodatnomasi ma’lumotlarini kiritishi shart emas.
Shahodatnomalar bazasi OTMlarga hujjat topshiriladigan my.uzbmb.uz saytiga integratsiya qilingan. Ya’ni bitiruvchilar o’qishga hujjat topshirish jarayonida pasport ma’lumotlarini kiritsa kifoya, shahodatnoma maʼlumotlari avtomatik tarzda o’zi chiqib keladi.
e-shahodatnoma.uz elektron platformasiga quyidagi umumiy o'rta ta'lim maktablari 11-sinf bitiruvchilarining shahodatnoma ma'lumotlari kiritilgan:
➖ Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tizimidagi umumiy o'rta ta'lim maktablari;
➖ Prezident maktablari, ijod maktablari va ixtisoslashtirilgan maktablar;
➖ Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari;
➖ Nodavlat ta'lim tashkilotlarining 11-sinf bitiruvchilari.
Ma’lumot uchun: joriy yilda umumta’lim maktablarini 390 mingdan oshiq bitiruvchilar tamomlaydi.
👉 @xushnudbek 👈
Repost from Xushnudbek.uz
❓“Bu telefon nomer oldin ro’yxatdan o’tgan” desa, nima qilish kerak?
#abituriyent
✅ JAVOB: Parolni tiklash kerak.
Ko’pchilik abituriyentlar o’tgan yili DTM saytida ro’yxatdan o’tgan telefon raqami bilan yana bir marotaba ro’yxatdan o’tishga urunishmoqda. Natijada ularga “Bu telefon nomer oldin ro’yxatdan o’tgan!!!” degan ogohlantirish chiqmoqda (1-rasm).
Bunday vaziyatda nima qilish kerak?
Eng avvalo shuni bilingki, agar telefon raqam tizimda bor bo’lsa, unda siz qayta ro’yxatdan o’tishingiz shart emas. Ko’pchilik hattoki boshqa yangi telefon raqam qidirishga ham tushib ketadi, bu ham shart emas.
Sizga “Tizimga kirish” yoki “Parolni tiklash” funksiyalari yordam beradi.
1-variant: o’tgan yilgi parolingizni yoddan bilsangiz, unda “Tizimga kirish” degan joydan telefon raqamingiz orqali qayta tizimga kiring.
2-variant: agar o’tgan yilgi parolni eslay olmasangiz, unda bu ham vahimali emas. Shunchaki, quyidagi amallarni bajaring:
a) “Parolni tiklash” sahifasiga kiring. Telefon raqamingizni va so’ralgan matematik amalni kiritib, “Parolni tiklash” tugmasini bosing (2-rasm);
b) 5100 raqamidan telefoningizga kelgan 6 ta simvolli parolni kiriting va “Tasdiqlash” tugmasini bosing (3-rasm).
c) yangi parol qo’ying va “Kirish” tugmasini bosing (4-rasm).
Bo’ldi, qarabsizki, siz o’z telefon raqamingiz bilan tizimga kirdingiz. Faqat yangi qo’ygan parolingizni yodda saqlang, u keyinchalik ham tizimga kirishda kerak bo’ladi.
👉 @xushnudbek 👈
#qabul_boshlandi
#qabul_2023
#20_iyun_10_iyul
📢 DIQQAT, E'LON!
❗️ Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi
➖Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabiga;
➖Mirzo Ulug'bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabiga;
➖Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabiga hujjatlar qabuli boshlandi.
⏰ Ushbu Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablariga 2023/2024-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli 20-iyundan – 10-iyulga qadar ONLAYN shaklda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi.
🎞 Maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qo‘llanma.
Kanalga ulanish uchun 👇👇
https://t.me/UNIVERSAL_knowledge1
⚡️ Abituriyentlar diqqatiga! Bugundan onlayn ro‘yxatdan o‘tish boshlandi
💻 My.gov.uz portali orqali abituriyentlarni (2023/2024-o‘quv yili uchun) oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga shaxsiy tashrifsiz, qog‘oz hujjatlar va hech qanday navbatlarsiz onlayn ro‘yxatga olish boshlandi.
📲 Ushbu jarayonda talabgor telefon raqamini avtorizatsiyadan o‘tkazib, pasport ma’lumotlari, doimiy yashash manzili va tugatgan ta’lim muassasasi bo‘yicha ma’lumotlarini kiritsa, shuningdek, imtiyozi mavjudlar ularni tekshirib, chet tilidan milliy yoki xalqaro sertifikati borlar bu haqdagi ma’lumotlarni yuklashsa kifoya.
Eslatma ❗️
👩💻 Ta’lim yo‘nalishini yangi o‘quv yili uchun qabul parametrlarining ta’lim tillari bo‘yicha taqsimoti tasdiqlanganidan so‘nggina tanlash mumkin bo‘ladi.
💰Test sinovlarida ishtirok etish uchun abituriyentlardan bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi (165000 so‘m) miqdorida to‘lov undiriladi.
👉🏻 Quyidagi toifaga kiruvchi abiturentlar to‘lovdan ozod etiladi:
⏺ Test sinovlari tashkil etilayotgan o‘quv yilida ta’lim muassasalarini bitirganlar;
⏺ I, II va III guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar;
⏺ “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslar va ularning farzandlari;
⏺ “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar;
⏺ To‘liq davlat ta’minotidagi shaxslar.
✅ Ro‘yxatga olish 20-iyulga qadar (20-iyul kuni ham) davom etishini hisobga olib, abituriyentlar oxirgi kungacha o‘z ma’lumotlarini o‘zgartirishi, chet tilidan milliy yoki xalqaro sertifikat olganlar ular haqidagi ma’lumotlarini keltirishi mumkin bo‘ladi.
Kanalga ulanish uchun 👇👇
https://t.me/UNIVERSAL_knowledge1
Repost from "UNIVERSAL" o'quv markazi
#qabul_2023
#10_iyun_30_iyun
"UNIVERSAL" o'quv markazidan ajoyib yangilik!
📢 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tasarrufidagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjat topshirish niyatida bo'lgan ota-onalar va o'quvchilar diqqatiga!!!
✅Xabaringiz bor, ushbu maktablarga
10-iyundan 30-iyungacha qabul boshlangani e'lon qilingan edi. Endi, Siz "UNIVERSAL" o'quv markazi yordamida ONLAYN shaklda xujjat topshirishingiz mumkin.
🗂 Quyidagi hujjatlar topshiriladi:
➖ Baholar tabeli nusxasi (direktor tomonidan tasdiqlangan);
➖ Fotosurat (oxirgi 2 oyda olingan);
➖ Tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi;
➖ Ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning pasport ma’lumotlari va telefon raqamlari (doimiy ishlab turgan telefon raqamlari).
👉 Batafsil ma'lumot:
https://t.me/UNIVERSAL_knowledge1
📞 Тел: +998907400471
📍Manzil: Bog'ibaland MFY, "UNIVERSAL" o'quv markazi.
🎯 Mo'ljal: Kosonsoy Ixtisoslashtirilgan maktabi (prezident maktab) ro'parasi.
Repost from Kosonsoyliklar - Rasmiy Kanal
Расман: Қурбон ҳайити 2023 йил 28 июнь куни нишонланади
Ўзбекистон мусулмонлари идорасининг ойни кузатиш бўйича Ишчи гуруҳининг илмий изланишлари, тажрибали астрономия марказлари ва нуфузли фатво ҳайъатларидан олган маълумотларига кўра, ҳижрий 1444 йил Зулҳижжа ойининг янги ой фазаси (ҳилоли) милодий 2023 йил 18 июнь куни қуёш ботгандан сўнг содир бўлган (туғилган).
Маълумки, ҳижрий-қамарий йил ҳисоби бўйича Зулҳижжа ойининг 10-куни Ийдул Азҳо – Қурбон ҳайитининг биринчи куни ҳисобланади.
Ўзбекистон мусулмонлари идораси Уламолар Кенгаши Ислом дини таълимотлари ва мазкур маълумотларга асосланган ҳолда диёримизда Қурбон ҳайитининг биринчи куни 2023 йил 28 июнь кунига тўғри келиши ҳақида қарор қабул қилди.
@KOSONSOY I Fatvo.uz
#bildirish
#qabul_2023
❗️DIQQAT E’LON
Hurmatli ota-onalar hamda aziz o‘quvchilar!
📆 2023-yil 19-iyun kuni soat 12:00 ga qadar ariza.piima.uz sayti ishlab chiquvchisi tomonidan mazkur saytning xizmatlar sifatini yanada oshirish maqsadida texnik ishlar olib boriladi.
⚠️ Ushbu vaqt mobaynida ariza.piima.uz saytida uzilishlar kuzatilishi mumkinligini maʼlum qilamiz.
Kanalga ulanish uchun 👇👇
https://t.me/UNIVERSAL_knowledge1
#prezident_maktabi
#qabul_2023
#10_iyun_30_iyun
❓ Prezident maktablariga qaysi sinfga necha nafar o‘quvchilar qabul qilinadi?
✅ Prezident maktablariga har yili 2 ta 5-sinfga 24 nafar o‘quvchilar qabul qilinadi.
❓ O‘quvchi Respublikadagi xohlagan Prezident maktabiga hujjat topshira oladimi?
✅ Hujjatlar faqat nomzod o‘qiyotgan umumta’lim muassasasi joylashgan hudud (viloyat)dagi Prezident maktabiga topshiriladi.
❓ Prezident maktablariga imtihonlar qaysi fanlardan bo‘lib o‘tadi?
✅ Prezident maktablariga kirish imtihonlarining 1-bosqichi matematika fanidan, 2-bosqichi esa fikrlash qobiliyatini aniqlash va ingliz tilidan bo‘lib o‘tadi.
☎️ Call-markaz: 1206
Kanalga ulanish uchun 👇👇
https://t.me/UNIVERSAL_knowledge1
Ассалому алайкум барчага, эртага ментал арифметика буйича илк дарсларимиз соат 8:00 да бошланади.
Repost from "UNIVERSAL" o'quv markazi
🧮 Endi bizda sizning farzandingiz o'z iqtidorini sinab ko'rishi mumkin...
🙋♀🙋♂ 7-10 yoshli bolalarning yozgi ta'til davrini mazmunli o'tkazish uchun
MENTAL ARIFMETIKA darslariga qabul boshlandi!
Mental arifmetika darslarida farzandingiz:
- Ongda tez hisob-kitob qiladi;
- Diqqati mustahkamlanadi;
- Xotirasi rivojlanadi;
- Maktab dasturini yaxshi o'zlashtiradi;
- Yangi qobiliyatlari paydo bo'ladi;
- Moslashuvchan fikrlash qobiliyatiga ega bo'ladi.
⚡️Hoziroq MENTAL ARIFMETIKA darslariga yoziling!
✅ Darslarni trener, mentor, Prezident Davlat xizmatlari markazi ARGOS psixologlar klubi a'zosi va bolalar iqtidoriga to'g'ri yondasha oluvchi magistr psixolog Bоzarova Shaxnoza olib boradi.
✅ Darslar haftasiga 3 kun, 2 soatdan olib boriladi.
🏫 "UNIVERSAL" o'quv markazi qabulxonasi
📞 +998905999532
📍Manzil: Kosonsoy tumani Bog'ibaland MFY. Sobiq 52-DIUM ro'parasida.
❗️"UNIVERSAL" o'quv markazi - intellektni rivojlantirish markazi!
👉 https://t.me/UNIVERSAL_knowledge1
#жараён
🎓 Президент ва ихтисослаштирилган мактабларга тайёрланаётган ўқувчилар учун "UNIVERSAL" ўқув марказида ТЕСТ СИНОВИ бўлиб ўтмоқда!
🏫 Унутманг!
ТАЪЛИМДА БИРГАМИЗ
✅ Бугун Президент ва ихтисослаштирилган мактабларга тайёрланаётган АНИҚ ФАНЛАР бўйича 3-4-5-6-синфлар ва ТАБИИЙ ФАНЛАР бўйича 5-6-синф ўқувчилари учун
ТЕСТ СИНОВИ ташкил этилди.
✅Тобора яқинлашаётган имтиҳон учун бундай тест синовлари муваффақият калити бўлиши аниқ!
🙋♂️Барча ўқувчиларни келгуси ТЕСТ СИНОВЛАРИГА ТАКЛИФ ЭТАМИЗ!
👉 Батафсил:
https://t.me/UNIVERSAL_knowledge1
📞Тел:+998905999532
Repost from "UNIVERSAL" o'quv markazi
#qabul_2023
#10_iyun_30_iyun
"UNIVERSAL" o'quv markazidan ajoyib yangilik!
📢 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tasarrufidagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjat topshirish niyatida bo'lgan ota-onalar va o'quvchilar diqqatiga!!!
✅Xabaringiz bor, ushbu maktablarga
10-iyundan 30-iyungacha qabul boshlangani e'lon qilingan edi. Endi, Siz "UNIVERSAL" o'quv markazi yordamida ONLAYN shaklda xujjat topshirishingiz mumkin.
🗂 Quyidagi hujjatlar topshiriladi:
➖ Baholar tabeli nusxasi (direktor tomonidan tasdiqlangan);
➖ Fotosurat (oxirgi 2 oyda olingan);
➖ Tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi;
➖ Ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning pasport ma’lumotlari va telefon raqamlari (doimiy ishlab turgan telefon raqamlari).
👉 Batafsil ma'lumot:
https://t.me/UNIVERSAL_knowledge1
📞 Тел: +998907400471
📍Manzil: Bog'ibaland MFY, "UNIVERSAL" o'quv markazi.
🎯 Mo'ljal: Kosonsoy Ixtisoslashtirilgan maktabi (prezident maktab) ro'parasi.
#qabul_2023
#10_iyun_30_iyun
❓Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining hammasi ham aniq va tabiiy fanlarga qabul qilmas ekan. Ushbu maʼlumotlarni maktablar kesimida qayerdan olsak bo‘ladi?
✅ 2023-2024-o‘quv yilida Agentlik tizimidagi Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining ro‘yxati portal.piima.uz saytiga joylashtirilgan bo‘lib, u bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin
🗂 Ro‘yxat
❓Yangi tashkil etiladigan ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari, ularning qaysi fanlardan nechinchi sinfga qabul qilishi haqida batafsil maʼlumot bera olasizmi?
✅ 2023-2024-o‘quv yilida Agentlik tizimida yangi tashkil etiladigan ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining ro‘yxati portal.piima.uz saytiga joylashtirilgan bo‘lib, u bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin
🗂 Ro‘yxat
☎️ Call-markaz: 1206
Kanalga ulanish uchun 👇👇
https://t.me/UNIVERSAL_knowledge1
