uk
Feedback
"UNIVERSAL" o'quv markazi

"UNIVERSAL" o'quv markazi

Відкрити в Telegram

"UNIVERSAL" o'quv markazi rasmiy kanali

Показати більше
288
Підписники
Немає даних24 години
-57 днів
+1230 день
Архів дописів
photo content

#Молодец #Рекорд Ўзбекистонда 10 ёшли бола инглиз тилидан CEFR олди😳 Фарғона вилояти олис Сўх туманидаги 4 синф ўқувчиси Мус
#Молодец #Рекорд Ўзбекистонда 10 ёшли бола инглиз тилидан CEFR олди😳 Фарғона вилояти олис Сўх туманидаги 4 синф ўқувчиси Мусоев Комронбек Асроржон ўғли Multi level CEFR имтиҳонидан инглиз тили бўйича Б2 сертификатига эга бўлди. Эътиборлиси шундаки ҳатто кўп ўқитувчилар қийналадиган бу имтиҳонда у осонлик билан, ёш бўлишига қарамай уддалади! Kanalga ulanish uchun 👇 https://t.me/UNIVERSAL_knowledge1

O'z-o'zini rivojlantirish haqida inkor etilmaydigan haqiqatlar. 🗯 Olingan bilim sizning o'sishingiz va rivojlanishingiz uchun kafolat bermaydi, asosiysi uni qo'llay olish. 🗯 Harakatsiz yaxshi g'oya hech narsa emas. 🗯 Imkoniyatlarni izlash kerak emas, balki yaratish kerak. 🗯 Bugun boshlamagan narsangiz ertaga tugamaydi, shuning uchun kechiktirmang. 🗯 Siz nima qilsangiz, shuncha qilishni davom ettirsangiz, siz olgan narsangizni olishga davom etasiz. 🗯 O'zgarishlardan qo'rqmang: aksariyat hollarda ular aynan kerakli paytda ro'y beradi. 🗯 Intizom kerak, shunda siz eng ko'p istagan narsangiz va hozirda xohlagan narsangiz, har doim birinchisini tanlaysiz. @domlajon t.me/domlajon

🔥 Imkoniyatni qo'ldan boy berdim deb o'ylaysizmi? Hamma narsadan afsuslanishni bas qiling. Bu taslim bo'lishga odatlangan za
🔥 Imkoniyatni qo'ldan boy berdim deb o'ylaysizmi? Hamma narsadan afsuslanishni bas qiling. Bu taslim bo'lishga odatlangan zaif odamlarning ishi. Sinab ko'ring, o'sing, rivojlaning! Hayot o'tmishdagi xatolardan saboq olish, intuitivligingizga ishonish, oldinga siljish, tavakkal qilish va baxtli daqiqalarni topish uchun berilgan. Siz sodir bo'lgan hamma narsa tasodifiy emasligini tushunishingiz kerak. O'tmishni qoldiring! Haqiqat bo'lmagan narsaga ergashmang. E'tiboringizni hozirgi kunga yo'naltiring, siz hali ham hamma narsani kutmoqdasiz. Yengilmang. Har bir lahza sizga yangi boshlanish va yangi yakun beradi. Har bir soniya - bu yangi imkoniyat! Kanalga ulanish uchun 👇 https://t.me/UNIVERSAL_knowledge1

⚡️Prezident maktablariga qabul qachonligi aniq bo'ldi ▪️Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktabla
⚡️Prezident maktablariga qabul qachonligi aniq bo'ldi ▪️Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga qabul jarayonlari iyun oyidan boshlanadi, imtihonlar esa iyul oyida o‘tkaziladi. Prezident maktablariga o‘quvchilar belgilangan yillik qabul kvotasi doirasida ikkita sinfga bir xil 12 nafardan jami 24 nafar o‘quvchi hamda ijod va ixtisoslashtirilgan maktablariga Agentlik tomonidan belgilangan kvota doirasida o‘quvchilar qabul qilinadi. ❗️Hujjatlar onlayn shaklda ariza.piima.uz orqali qabul qilinadi: ➡️o‘quvchilarning tegishli o‘quv yili natijasiga ko‘ra baholar tabelining maktab direktori tomonidan tasdiqlangan nusxasi; ➡️imtihon ruxsatnomasini shakllantirish jarayonida foydalanish uchun o‘quvchilarning oxirgi 2 oy davomida tushgan fotosurati; ➡️o‘quvchilarning tug‘ilganlik haqida guvohnomasi va ularning ota-onasi (qonuniy vakili) fuqarolik pasporti ma’lumotlari, bog‘lanish uchun mobil telefon raqamlari. ❕ Prezident maktabi kirish imtihonining 2-bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etib, o‘qishga kira olmagan o‘quvchilar hududdagi o‘zi tanlagan ixtisoslashtirilgan maktabiga belgilangan kvota doirasida, to‘plagan ballari ketma-ketligi bo‘yicha imtihonsiz qabul qilinadi. Edu - ta'lim yangiliklari✅️👇 https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy

Muvaffaqiyatli odamlarning 10 ta odati ✔️ Ular o'z ishlarini tahlil qiladi; ✔️ Nima ish bermagan va ish bermaganini ko'rib ch
Muvaffaqiyatli odamlarning 10 ta odati ✔️ Ular o'z ishlarini tahlil qiladi; ✔️ Nima ish bermagan va ish bermaganini ko'rib chiqadi; ✔️ Reja qilishadi; ✔️ To'siqlarni qabul qilib yechim izlaydi; ✔️ Ustuvorlikni belgilang; ✔️ Ular har bir ishni boshidan oxirigacha bajaradi; ✔️ Chegaralarni belgilashadi; ✔️ Yordam so'rashdan qo'rqmaydi; ✔️ Ular bir joyda turmaydi va doimo rivojlanadi; ✔️ Kerakli odat va sifatlarni shakllantiradi. Kanalga ulanish uchun 👇 https://t.me/UNIVERSAL_knowledge1

#ustozingizni_qadrlang! O‘qituvchilik kasbi qanday qiyinligi haqida "Tanaffus" podkastida Rasul Qusherboyev talqinida. Kanalga ulanish uchun 👇 https://t.me/UNIVERSAL_knowledge1

❗️Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga qabul iyun oyidan boshlanadi Prezident maktablariga ikki sinfga 12 nafardan jami 24 nafar o‘quvchi, ixtisoslashtirilgan va ijod maktablariga belgilangan kvota doirasida o‘quvchilar qabul qilinadi. Agentlik tizimidagi maktablarga o‘quvchilarning ota-onalari yoki qonuniy vakillari quyidagi hujjatlarni ariza.piima.uz veb-sayti orqali topshirishi kerak: ● baholar tabelining maktab direktori tomonidan tasdiqlangan nusxasi; ● o‘quvchining oxirgi 2 oy davomida tushgan fotosurati; ● o‘quvchining tug‘ilganlik haqida guvohnomasi va ota-onasining (qonuniy vakili) fuqarolik pasporti ma’lumotlari, bog‘lanish uchun telefon raqamlari. ✅ O‘quvchilarga hujjat topshirish jarayonida ixtiyoriy ravishda o‘z hududidagi ixtisoslashtirilgan maktablaridan birini qo‘shimcha tanlash imkoniyati beriladi. Bunda, Prezident maktabiga kirish imtihonining 2-bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etib, o‘qishga kira olmagan o‘quvchilar hududdagi o‘zi tanlagan ixtisoslashtirilgan maktabiga belgilangan kvota doirasida, to‘plagan ballari ketma-ketligi bo‘yicha imtihonsiz qabul qilinadi. Agar kvota doirasidan oshib ketsa imtiyoz qo‘llanilmaydi. Kanalga ulanish uchun 👇 https://t.me/UNIVERSAL_knowledge1

HARVARD universiteti professorlari talabalarni ruhlantirish uchun aytadigan gaplari! O'qing... -Qachonki sen hammasiga juda k
HARVARD universiteti professorlari talabalarni ruhlantirish uchun aytadigan gaplari! O'qing... -Qachonki sen hammasiga juda kech bo’ldi deb o’ylasang, aslida hali erta bo’ladi. -O’qish azobi vaqtinchalik. Bilmaslik azobi abadiy. -O’qish bu vaqt sarflash emas. O’qish harakat qilish. -Hayot faqat o’qishdan iborat emas. Hayotning mana shu qismini ham bosib o’ta olmasang, nimaga ham qodir bo’la olarding -Qiyinchilik va tinimsiz harakatdan rohatlan. -Kimki hammasini erta qilsa, o’zining muvaffaqiyatidan haqqoniy rohatlana oladi. -Hammasiga ulgurish imkoniyati barchaga berilmagan, lekin muvaffaqiyat o’z ustida ishlovchi va muammolarni tezda hal qiladiganlarga keladi. -Agar sen bugun piyoda yurishni xohlamasang, ertaga yugurishga majbur bo’lasan. -Sening topadigan puling olgan biliming darajasiga proporsional. -Bugun hech qachon qaytib kelmaydi. -Hozir xatto dushmanlaring ochlarcha kitoblarni varaqlamoqda. -Qiyinchiliklarsiz maqsadga yetib bo’lmaydi... Kanalga ulanish uchun 👇 https://t.me/UNIVERSAL_knowledge1

⚡️ Yirik o‘zgarish: endi grant faqat bir yilga beriladi — Ayrim abituriyentlar yuqori ball to‘plasa-da, topshirgan oliygohini
⚡️ Yirik o‘zgarish: endi grant faqat bir yilga beriladi — Ayrim abituriyentlar yuqori ball to‘plasa-da, topshirgan oliygohining kvotasi soniga qarab, o‘qishga kirolmay qolishi mumkin.  ✅ Batafsil o'qish: imtihonlar.uz/dwj Kanalga ulanish uchun 👇 https://t.me/UNIVERSAL_knowledge1

Mana statistika! Oʻzbekiston talabalari chet elda eng koʻp oʻqiyotgan 5-dunyo mamlakati, deb topilibdi. Gʻayrat qilinglar. Qo
Mana statistika! Oʻzbekiston talabalari chet elda eng koʻp oʻqiyotgan 5-dunyo mamlakati, deb topilibdi. Gʻayrat qilinglar. Qoyil, aholisi eng koʻp davlatlar bilan bitta beshlikdamiz. Kanalga ulanish uchun 👇 https://t.me/UNIVERSAL_knowledge1

👀 Kun tartibiga rioya etish qanchalik zarur? ✅ Kun tartibi tuzishning eng muhim jihati shundaki, inson kunlik vazifalarini a
👀 Kun tartibiga rioya etish qanchalik zarur? ✅ Kun tartibi tuzishning eng muhim jihati shundaki, inson kunlik vazifalarini aniq belgilab oladi, unga qat’iy amal qilish uchun o‘z sabrini ham rivojlantirib boradi. Agar inson qanchalik sabrini rivojlantirib borsa, unda hayotda bo‘ladigan ba’zi to‘siqlar oldida o‘zini yo‘qotib qo‘ymaslikka yordam beradi. 👉 Ertalab turishi bilan inson o‘zini yaxshi so‘zlar bilan siylashi lozim; 👉 Har kun uchun amal qiladigan iqtibosingizni oynaga qarab takrorlang; 👉 Berilgan imkoniyatni to‘g‘ri taqsimlang; 👉 Ertaga qilinadigan rejalar bir kun oldin boshlanishini unutmang; 👉 Ishlaringizni muhimliligiga ko‘ra vaqtlarga qo‘yib taqsimlang. Kanalga ulanish uchun 👇 https://t.me/UNIVERSAL_knowledge1

#NATIJA UNIVERSAL o'quv markazimizning #GRE matematika guruh o'quvchisi Abdusamatova Mamura matematika o’qituvchilari uchun G
#NATIJA UNIVERSAL o'quv markazimizning #GRE matematika guruh o'quvchisi Abdusamatova Mamura matematika o’qituvchilari uchun GRE halqaro sertifikatini oldilar. Natija bilan @UNIVERSAL_knowledge1 o'quv markazimiz tomonidan tabriklaymiz

Mana statistika! Oʻzbekiston talabalari chet elda eng koʻp oʻqiyotgan 5-dunyo mamlakati, deb topilibdi. Gʻayrat qilinglar. Qo
Mana statistika! Oʻzbekiston talabalari chet elda eng koʻp oʻqiyotgan 5-dunyo mamlakati, deb topilibdi. Gʻayrat qilinglar. Qoyil, aholisi eng koʻp davlatlar bilan bitta beshlikdamiz. Kanalga ulanish uchun 👇 https://t.me/UNIVERSAL_knowledge1

#jarayon ⚡️Bu o'quvchilar "UNIVERSAL" o'quv markazida matematika fanidan ustoz Shohista Yuldasheva tomonidan 6 oydan ko'proq
#jarayon ⚡️Bu o'quvchilar "UNIVERSAL" o'quv markazida matematika fanidan ustoz Shohista Yuldasheva tomonidan 6 oydan ko'proq bilim oldilar. Hozirda barcha mavzularni muvaffaqiyatli tugatganlari uchun markaz tomonidan ushbu sertifikat bilan taqdirlandilar. Bu iste'dodli o'quvchilarimizning oldilarida faqatgina asosiy imtihonlarning test jarayoniga puxta tayyorgarlik ko'rish qoldi xolos. Barchangizga imtihonlarda omad yor bo'lsin bilimdonlar! Kanalga ulanish uchun 👇 https://t.me/UNIVERSAL_knowledge1

ИМОМ БУХОРИЙГА ОНАСИНИНГ НАСИҲАТИ — Ўғлим, устозингизни илмидан, тақвосидан ва унинг гўзал одобидан таълим олинг. Қулоқларингиз устоз оғзидан чиқаётган дарсни тингласа, кўзларингиз унинг одоби, оғир вазминлиги, одамларга бўлган муомаласини кузатиб сабоқ олсин. Бугун ўқиган бир варағингиз сизни яхши томонга ўзгартирса, иккинчи варағини очиб ўқинг. Агар биринчи варақ сизнинг иймонингизни, тақвойингизни ва одобингизни зиёда қилмаса, асло иккинчи вараққа ўта кўрманг. Фойдаси кам, зиёни кўп бўлур. Ўғлим, сиз шаҳарда ном чиқараман, тенгдошларимни ортда қолдириб, ҳаммадан олдин бўламан, давралар тўрида ўтираман, одамлар диққатини ўзимга қаратаман, кимларнидир гап билан ўсал қиламан, деган мақсадда ўқиманг. Буларнинг бари шуҳратпарастлик дейилади. Шуҳратпарастлик одам ичига беркинган юқумли балодир. Иймони заиф, эътиқоди суст кимсаларга тез юқадиган вабодир. Шуҳратпарастлик ихлосга зиддир. Фикрингизни дунё ташвишлари билан чалғитманг. Сизнинг ёшингизда илм таҳсилидан ўзгаси дуруст бўлмас. БУХОРИЙ: — Хўп бўлади онажон. Сизнинг қимматли ҳар ўгитингиз мен учун йўлчи юлдуздир. Биҳамдилиллааҳким, сизнинг панд-насиҳатингизни олиб асло кам бўлган эмасман. — Аллоҳ тани жонингизни соғ, ризқингизни мўл қилсин, илоҳим манфаатли илм ато қилсин. — Айтганингиз келсин онажон. Сизга ҳам Холиқи яктодан соғлик-саломатлик, офият тилайман. Худованди карим сизга узоқ йиллар хизмат қилишимни насиб этсин. — Ўғлим... — Лаббай онажон. — Жавонингизга янги оқ кийим қўйиб эдим, уни киймай яна сиёҳ теккан кўйлакни кийиб олибсизда. — Ҳечқиси йўқ онажон. Абдуллоҳ ибн Муборак "аҳли илмлар кийимидаги сиёҳни куёвлар кийимидаги зийнат" деб айтган эканлар. Суфён Саврий "Сиёҳ (аҳли илм учун) катта сармоядир" деб айтганлар. — Ундоқ бўлса "куёв" ўғлим, сармоянгизнинг кўпроғини манфаъатли ишларга, яъниким дафтарингизга сарфлаб, озроғини кўйлагингизга чапланг, тоинки "сармоянгиз" тоғорада чириб кетмасин, - деди онаси ўғлининг ҳазиломуз айтган чин гапларига ҳазил мутойиба тариқасида ва хижолатдан ёноғи қирмизи тусига кирган ўғлини мадрасага кузатар экан, уни ҳижолатдан қутқариб ширин табассум ила хайрлашди. — Сўзингиз чин ўғлим, эркакларнинг безаги сиёҳдир. "من خدم المحابر خدمته المنابر" "сиёҳдонларга хизмат қилганларга минбарлар хизмат қилгай". Хайр энди, яхши ўқиб келинг. — Лутф этдингиз онажоним, миннатдорман. Устоздан рухсат бўлган ҳамоно ёнингизга чопгайман, хайр. "Ўн бир ёшли ворис" китобидан. Дўстларга юборинг ва каналимизга обуна бўлинг👇 https://t.me/UNIVERSAL_knowledge1

#tonggi_motivatsiya VAQT QADRI HAQIDA 8 FAKT 1️⃣ Agar bir umrning qadrini bilmoqchi boʻlsang – kapalaklardan soʻra. 2️⃣ Agar
#tonggi_motivatsiya VAQT QADRI HAQIDA 8 FAKT 1️⃣ Agar bir umrning qadrini bilmoqchi boʻlsang – kapalaklardan soʻra. 2️⃣ Agar 10 yilning qadrini bilmoqchi boʻlsang – 20 yoshida nogiron boʻlib qolgan 30 yoshli odamdan soʻra. 3️⃣ Agar 1 yilning qadrini bilmoqchi boʻlsang – imtihondan yiqilgan talabadan soʻra. 4️⃣ Agar 1 oyning qadrini bilmoqchi boʻlsang – farzandi 8 oyda tugʻilgan onadan soʻra. 5️⃣ Bir kunning qadrini bilmoqchi boʻlsang – hosili kuz yomgʻirida qolgan dexqondan soʻra. 6️⃣ Bir soatning qadrini bilmoqchi boʻlsang – uyiga bir soat kech kelgan tarbiyali farzanddan soʻra. 7️⃣ 5 daqiqaning miqdorini bilmoqchi boʻlsang – poyezdga kech qolgan yoʻlovchidan soʻra. 8️⃣ Bir daqiqaning oʻndan bir qadr-miqdorini bilmoqchi boʻlsang – bemorni kasalxonaga olib kelayotgan haydovchidan soʻra. 🚪 Barchaga ulashing Kanalga ulanish uchun 👇 https://t.me/UNIVERSAL_knowledge1

Илмли она... Мен қўрқоқ отадан ботир, илмсиз отадан доно, ёлғончи отадан ҳақгўй фарзанд дунёга келганини кўрдим, лекин бузуқ
Илмли она... Мен қўрқоқ отадан ботир, илмсиз отадан доно, ёлғончи отадан ҳақгўй фарзанд дунёга келганини кўрдим, лекин бузуқ онадан ҳаёли, илмсиз онадан донишманд, ўғри онадан тўғри фарзанд туғилганини кўрмадим. Миллатни юксалтиришни хоҳласак, аввало аёлларни ўқимишли қилайлик! Дўстларга юборинг ва каналимизга обуна бўлинг👇 https://t.me/UNIVERSAL_knowledge1

#UNIVERSAL ⚡️Va nihoyat Prezident maktabiga tayyorgarlik guruhi o'quvchilari uzoq va mashaqqatli tayyorgarlikdan so'ng oxirgi
#UNIVERSAL ⚡️Va nihoyat Prezident maktabiga tayyorgarlik guruhi o'quvchilari uzoq va mashaqqatli tayyorgarlikdan so'ng oxirgi bosqich kitobni ham boshlab oldilar😊 ✔️Bu o'quvchilarga oldinda turgan imtihonlardan muvoffaqiyatli o'tib olishlarini Allohdan so'rab qolamiz🤲 Ustozlari: Shohista Yuldasheva va Ahmadali Ergashev. Kanalga ulanish uchun 👇 https://t.me/UNIVERSAL_knowledge1

#BUGUN Bugun millatimizni jahonning eng ilg‘or davlatlari darajasiga chiqarishga salohiyati yetadigan, lekin zolimlarcha otib tashlangan minglab jadidlarimizni, 2-jahon urushi deb nomlangan eng manfur urushning eng oldi qatlamiga qurolliyu qurolsiz tashlangan va halok bo‘lgan millionga yaqin ota-bobolarimiz va ularni yo‘qligini bilintirmay bir o‘zi 2-3 erkakning og‘ir ishini bajargan, hamma narsa frontga, deya kerak bo‘lsa ochdan o‘lib ketgan buvilarimizni, sobiq sovetlarning aqlsizlarcha qarori tufayli boshlangan qon to‘kilishlar tufayli Afg‘onda vafot topgan navqiron yigitlarimizniyu, shu vatan uchun xizmat burchini o‘tashda vafot etgan boshqa yigit-qizlarimizni Xotirlash va yonimizdagi qahramonlarni qadrlash kuni. Xotira va qadrlash kunini qanday o‘tkazish kerakligi haqida kecha prezidentimiz master klass ko‘rsatib berdi, aslida o‘tganlar haqiga duo qilib, barcha g‘animat insonlarimizni shunday qadrlashimiz, ko‘nglini ko‘tarishimiz kerak. Xotira va qadrlash kunini yaxshi, hayrli o‘tkazishlaringizni tilayman, qadrli do‘stlar. Kanalga ulanish uchun 👇 https://t.me/UNIVERSAL_knowledge1