uk
Feedback
Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi | Rasmiy kanal

Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi | Rasmiy kanal

Відкрити в Telegram

➡️ https://facebook.com/sambojxona ➡️ https://www.youtube.com/channel/UCkIrt5iXKSpsM8zR9GacQeQ ➡️ "Ishonch telefoni" (66) 233-63-00 ➡️ Murojaat uchun: @Gayrat_Sattarov

Показати більше
1 421
Підписники
-524 години
-37 днів
+1030 днів
Архів дописів
Islom Karimov xotirasiga ehtirom 2-sentyabr kuni Samarqand shahrida Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Ka
+6
Islom Karimov xotirasiga ehtirom 2-sentyabr kuni Samarqand shahrida Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasiga bagʻishlangan xotirlash marosimi boʻlib oʻtdi. Tadbir avvalida viloyat faollari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlari, harbiylar hamda keng jamoatchilik vakillari Samarqand shahrida joylashgan Islom Karimov maqbara-majmuasida jamlandi. Ziyorat davomida Islom Karimov qabriga ehtirom koʻrsatilib, u kishining yorqin xotirasi yod etildi. Qurʼon tilovat qilinib, marhumning haqqiga duolar qilindi. Xotirlash marosimida Islom Karimovning Oʻzbekiston davlat mustaqilligini mustahkamlash, yurtimizda tinchlik va osoyishtalik, millatlararo totuvlik va barqarorlikni taʼminlash, xalq farovonligini yuksaltirish yoʻlidagi koʻp yillik davlatchilik faoliyati va tarixiy xizmatlari yodga olindi. Shundan soʻng ishtirokchilar Samarqand shahrida qad rostlagan Islom Karimov haykali poyiga gullar qoʻyib, Birinchi Prezident xotirasiga yuksak ehtirom bajo keltirdilar. Xotira tadbirida Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi rahbariyati ham ishtirok etib, Islom Karimov xotirasiga ehtirom koʻrsatdi.

Birinchi Prezidentimiz xotirasiga ehtirom ko‘rsatildi. — Отдана дань уважения памяти Первого Президента нашей страны. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Prezident Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov nomidagi ilmiy-maʼrifiy yodgorlik majmuasiga tashrif buyurib, Birinchi Prezidentim
+5
Prezident Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov nomidagi ilmiy-maʼrifiy yodgorlik majmuasiga tashrif buyurib, Birinchi Prezidentimiz haykali poyiga gulchambar qoʻydi. — Президент Шавкат Мирзиёев посетил Научно-просветительский мемориальный комплекс имени Ислама Каримова и возложил венок к подножию памятника Первому Президенту. #Mirziyoyev #marosim #xotira #BirinchiPrezident Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

#qonunchilikdagi_yangiliklar Elektron tijorat yo‘nalishdagi tartibotlarni soddalashtirishga qaratilgan jo‘natmalar deklaratsiyasi joriy etiladi. Bu bo‘yicha tegishli hujjat loyihasi 2027-yil avgust oyiga qadar ishlab chiqiladi.

#qonunchilikdagi_yangiliklar Xalqaro kuryerlik jo‘natmalarini tezkor va sifatli yetkazilishini ta’minlash maqsadida “Ekspress tashuvchi” institutini joriy etish yuzasidan hujjat loyihasi 2027-yil avgust oyiga qadar ishlab chiqiladi.

#qonunchilikdagi_yangiliklar Bojxona yuk deklaratsiyasini to‘ldirish bo‘yicha xizmatlar sifatini oshirish maqsadida, bojxona yuk deklaratsiyasini bojxona organiga malaka sertifikati asosida taqdim etish tartibini joriy etish yuzasidan tegishli hujjat loyihasi 2027-yil mart oyiga qadar ishlab chiqiladi.

#qonunchilikdagi_yangiliklar 2026-yil dekabr oyiga qadar jismoniy shaxslar tomonidan qiymati besh ming AQSH dollari ekvivalentigacha bo‘lgan tijorat maqsadidagi tovarlarni olib chiqish va hisobini yuritishning shaffof tartibi ishlab chiqiladi.

#qonunchilikdagi_yangiliklar 2027-yil oktyabr oyidan O‘zbekiston Respublikasiga kirib kelayotgan va undan chiqib ketayotgan barcha turdagi xalqaro yo‘lovchi tashish vagonlarida harakatlanayotgan fuqarolar “Xavfni boshqarish tizimi”dan foydalangan holda nazoratdan o‘tkaziladi.

#qonunchilikdagi_yangiliklar 2027-yil iyun oyiga qadar ortiqcha to‘langan yoki undirilgan bojxona to‘lovlarini qaytarish jarayonlarini to‘liq raqamlashtirish bo‘yicha “Bojxona to‘lovlarini qaytarish” interaktiv xizmati ishlab chiqiladi va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga joylashtiriladi.

#qonunchilikdagi_yangiliklar 2027-yil iyul oyiga qadar sun’iy intellekt yordamida tovarning bojxona qiymatini nazorat qilish modeli yaratiladi. Bunda, bojxona rasmiylashtiruviga taqdim etilgan tovarlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni (tavsifi, texnik parametrlari, tovar kodi va boshqalar) intellektual tahlil qilinadi.

#qonunchilikdagi_yangiliklar 2027-yil iyun oyiga qadar jismoniy shaxslar uchun bojxona organlari tomonidan qo‘llanilgan jarima solish haqidagi qarorlar bilan tanishish, jarimani imtiyozli to‘lash muddatlaridan xabardor bo‘lish, ular yuzasidan to‘lovlarni amalga oshirish jarayonlarini “Customs fine” mobil ilovasi orqali raqamlashtirish yo‘lga qo‘yiladi.

#qonunchilikdagi_yangiliklar 2026-yil noyabr oyiga qadar konteyner tashuvlarida temir yo‘l yuk xatini elektron rasmiylashtirish tartibi yo‘lga qo‘yiladi.

#qonunchilikdagi_yangiliklar 2028-yil dekabr oyiga qadar Bojxona yuk deklaratsiyalarini rasmiylashtirishda navbat moduli ishlab chiqiladi.

#qonunchilikdagi_yangiliklar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan xorijiy davlatda ro‘yxatdan o‘tkazilgan transportlarni bojxona to‘lovlari to‘lanishi ta’minlangan holda notijorat maqsadlarida vaqtinchalik olib kirish imkoniyatini yaratish yuzasidan qonun loyihasi 2027-yil dekabr oyiga qadar ishlab chiqiladi.

#qonunchilikdagi_yangiliklar Bojxona statistikasi, to‘lovlari, bojxona nazorati va rasmiylashtiruviga hamda notarif choralarga bog‘liq bo‘lmagan ma’lumotlarni kiritishni bekor qilish orqali bojxona yuk deklaratsiyasini to‘ldirish tartibini soddalashtirish yuzasidan normativ hujjat loyihasi 2028 yil fevral oyiga qadar ishlab chiqiladi.

#qonunchilikdagi_yangiliklar Tovarlarni bojxona hamrohligida kuzatib borishda bojxona to‘lovlari to‘lanishini ta’minlashning eng yuqori miqdorini 200 ming yevro ekvivalenti etib belgilash yuzasidan qaror loyihasi 2027-yil mart oyiga qadar ishlab chiqiladi.

#qonunchilikdagi_yangiliklar ✔️ “Yo‘l xaritasi”ga muvofiq: ➡️ 2027-yilning iyuliga qadar Bojxona qo‘mitasining axborot tiziml
#qonunchilikdagi_yangiliklar ✔️ “Yo‘l xaritasi”ga muvofiq: ➡️ 2027-yilning iyuliga qadar Bojxona qo‘mitasining axborot tizimlarida va rasmiy veb-sahifasida bojxona organlari faoliyati va bojxona tartib-taomillarini baholash va ularni takomillashtirish imkoniyatini beruvchi “Feedback” moduli ishlab chiqiladi. Bunda, tadbirkorlik subyektlari tomonidan berilgan baho asosida bojxona boshqarmalari, bojxona postlari va xodimlarining reytingi yuritiladi. ➡️ Tadbirkorlik subyektlari, sohaviy uyushmalar va biznes vakillari ishtirokida doimiy maslahatlashuv amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi. Bunda tegishli sohaviy uyushmalar va biznes assotsiatsiyalari vakillari orqali institutsional muloqot ta’minlanadi. Amalga oshirilayotgan islohotlar muhokamasiga biznes jamoatchiligi keng jalb etiladi. ➡️ Tadbirkorlar uchun “Customs Open Dialogue” platformasi va har oylik ochiq muloqotlar tashkil etiladi.

#qonunchilikdagi_yangiliklar ✔️ “Yo‘l xaritasi”ga muvofiq: 2026–2030-yillar davomida chegara bojxona postlarida sun’iy intell
#qonunchilikdagi_yangiliklar ✔️ “Yo‘l xaritasi”ga muvofiq: 2026–2030-yillar davomida chegara bojxona postlarida sun’iy intellekt asosida ishlovchi interaktiv robotlar joriy etiladi. Bunda yangi raqamli yechimlar asosida yo‘lovchilarga bojxona qoidalari, deklaratsiya to‘ldirish tartibi va nazorat jarayonlari bo‘yicha tezkor ma’lumotlarni berish yo‘lga qo‘yiladi.