cookie

Ми використовуємо файли cookie для покращення вашого досвіду перегляду. Натиснувши «Прийняти все», ви погоджуєтеся на використання файлів cookie.

avatar

𝐎𝐫𝐠𝐚𝐧𝐢𝐤 𝐊𝐢𝐦𝐲𝐨

Organik kimyodan "Tirkashev" va 10-sinf "Organik Kimyo" darsliklari bõyicha tayyorlangan video qo'llanmalar. Buning uchun Xusniddin aka Ergashevga minnatdorchilik bildiraman. Insha Allah manfaatli bo'ladi degan umiddaman. Manba: @icc_kimyo

Більше
Країна не вказанаМова не вказанаКатегорія не вказана
Рекламні дописи
189
Підписники
Немає даних24 години
Немає даних7 днів
Немає даних30 днів

Триває завантаження даних...

Приріст підписників

Триває завантаження даних...

​​#Qabul2022 #Natija ⚡️ Yakuniy tanlov natijalari (mandat) e’lon qilindi ✅ 2022-2023-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari e’lon qilindi. 📌 Tanlov natijalarini 6 xil usulda bilish mumkin. 1️⃣ my.dtm.uz sayti orqali: my.dtm.uz saytiga abituriyentning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda. 2️⃣ mandat.dtm.uz sayti orqali: mandat.dtm.uz saytining “Bakalavr-2022” bo‘limiga abituriyentning ID raqamini kiritgan holda. 3️⃣ SMS xabarnoma xizmati orqali: 5100 raqamiga abituriyentning ID raqami yuborilganda, mazkur telefon raqamiga tanlov natijalari bo‘yicha SMS xabarnoma yuboriladi (xizmat haqi mavjud). 4️⃣ Davlat test markazining quyidagi telegram botlari orqali (abituriyentning ID raqamini yuborgan holda): 👉 @e_dtm_mandatbot 👉 @e_dtm_mandat1bot 👉 @e_dtm_mandat2bot 👉 @e_dtm_mandat3bot 👉 @e_dtm_mandat4bot 5️⃣ QR-kod orqali: Abituriyent ruxsatnomasining quyi qismidagi QR-kod (natijani ko‘rish uchun havola) ni skaner qilgan holda. 6️⃣ Test natijalari qaydnomasi orqali: Shuningdek, test natijalari qaydnomasi oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi. Davlat test markazining rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Показати все...

Yakuniy mandatni kutish davrini qanday o'tkazish kerak? Ko'plab abituriyentlar mandat kutish azobini boshidan o'tkazmoqda. Bitta manbada yozilganidek, bu davrda faqat ikki toifa abituriyentlar siqilmayapti: eng yuqorida turganlar va eng pastda turganlar. O'rtaliqdagilarning esa yuragi taka-tuka. Xo'sh, mandatgacha bo'lgan vaqtni qanday o'tkazgan ma'qul? Bir qancha tavsiyalarimizni beramiz: 👨‍🌾 Agarda imtihon topshirguncha uy yumushlaridan sizni ozod qilishgan bo'lsa, o'sha ishlarni ikki xissa bajarishga harakat qiling. Agar hovlida tursangiz, dalada ish topilsa, o'shalarni qilgan ma'qul. Mehnat jarayoni rohat bag'ishlaydi, ham mandat salgina miyadan suriladi. 🚶‍♂️ Qarindoshlaringizni ko'rishga boring. O'qish bilan bo'lib, ularni ko'pda yo'qlolmaganingiz aniq. Har kuni qaysidir qarindoshingiznikiga, ammangiznikiga, xolangiznikiga, amakingiznikiga boring, qariyalarni ziyorat qiling. 😴 Ko'proq uxlab oling. Chunki o'qishlar boshlanib ketganidan so'ng bu orzuga aylanib qoladi. Talabalik davri oldiniga oson tuyulsa ham, qiyinchiliklari, uyqusiz tunlari asta-sekin boshlanib qoladi. 🖥 📚Ko'rishni orzu qilgan kinofilm, seriallarni ko'rib chiqing, badiiy kitoblar o'qing. Kompyuter o'yinlari ham zarar qilmaydi. Faqat chegarasida! Yana surunkali 48 soatlab o'ynab, o'zingizni toliqtirib qo'ymang. ⛹️‍♂️ Sport bilan shug'ullaning, masalan, yugurish yoki tosh ko'tarish. Mandat kutish muddat sport ko'nikmalarini oshirish uchun yaxshigina muddat. 📲 Yana bir tavsiya "Super 30" nomli abituriyentlar bob filmni tavsiya qilamiz. Ancha maroqli va aynan mandat kutayotganlarbob film. Bu filmni qayerdan olaman deyishingiz mumkin. Filmni google'da qidirsangiz chiqadi.
Показати все...
Repost from Xushnudbek.uz
00:58
Відео недоступнеДивитись в Telegram
Шавкат Мирзиёев Муқаддас Каъбатуллоҳни тавоф қилди. Унгача Президентимиз Каъбатуллоҳ ичига кириб, тўртала томонга қараб 2 ракатдан намоз ўқидилар, Ватанимиз, халқимиз фаровонлигини сўраб, йиғлаб дуо қилдилар. Каъбатуллоҳ деворларини артиб, тозаладилар. 👉 @xushnudbek 👈
Показати все...
IMG_0115.MOV17.80 MB
Repost from Xushnudbek.uz
00:42
Відео недоступнеДивитись в Telegram
Шавкат Мирзиёев Каъбатуллоҳни тавоф қилиб, Мақоми Иброҳим ортида 2 ракат намоз ўқиганларидан сўнг, саъй амалини бажаришга киришди. Бунда Сафо тепалигидан Марва тепалиги томон эзгу ният ва дуолар қилиб, 7 мартта юриб бориб келинади. Юқорида яшил чироқ ёниб турган жойдан бироз югуриб ўтилади. 👉 @xushnudbek 👈
Показати все...
IMG_0128.MOV12.95 MB
Repost from Xushnudbek.uz
00:07
Відео недоступнеДивитись в Telegram
Шавкат Мирзиёев 7 марта саъй қилганидан сўнг, Марва тепалигида 2 ракат намоз ўқиди. Ўзбекистон делегацияси намоздан сўнг, илтижo этиб, дyoлap қилди. Шу билан Президентимиз Умра зиёратини якунлади. 👉 @xushnudbek 👈
Показати все...
IMG_0139.MOV3.72 MB
Repost from Xushnudbek.uz
00:52
Відео недоступнеДивитись в Telegram
Шавкат Мирзиёев ва Ўзбекистон делегацияси дуо ва саловатлар айтиб, Сафо ва Марва тепаликларида саъй амалини бажаришмоқда. 👉 @xushnudbek 👈
Показати все...
IMG_0130.MOV15.91 MB
Repost from Xushnudbek.uz
00:39
Відео недоступнеДивитись в Telegram
⚡️Бироздан сўнг Шавкат Мирзиёев Масжидул Ҳаромга ташриф буюради ва Умра зиёратини амалга оширади. Бунинг учун Саудия Арабистони ҳукумати томонидан жуда катта тайёргарлик ишлари олиб борилмоқда. Каъбатуллоҳ эшигига махсус зинапоя ҳам қўйилди. Каъбатуллоҳ калити сақланадиган Бани Шайба оиласи вакили эшикни очди. 👉 @xushnudbek 👈
Показати все...
4.05 MB
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Davlat Test Markazi bunga qanday izoh berarkan. Yana telefonga tushirib olingan. Aniq.100 foiz tushgan bular. DTM dan rasmiy izoh kutamiz @Biologiya_kimyo_blok_testlar
Показати все...
Оберіть інший тариф

На вашому тарифі доступна аналітика тільки для 5 каналів. Щоб отримати більше — оберіть інший тариф.