cookie

Ми використовуємо файли cookie для покращення вашого досвіду перегляду. Натиснувши «Прийняти все», ви погоджуєтеся на використання файлів cookie.

avatar

Do'stlik Axborot-kutubxona markazi

Murojaat bot: @Aloqa_dostlik_bot @dostlikakm_bot #Videoroliklar #kochma_kutubxona #Buktreyler #Kitob_taqdimotlari #Virtual_korgazmalar #Malumotlar_baneri #Audio_hikoya_sherlar #Maqolalar #kutubxonaga_sayohat

Більше
Узбекистан55 391Мова не вказанаКниги22 375
Рекламні дописи
189
Підписники
Немає даних24 години
-37 днів
-330 днів

Триває завантаження даних...

Приріст підписників

Триває завантаження даних...

QUDRAT DO‘STMUHAMMAD. BADIIY ASARLAR NIMA UCHUN O‘QILADI? 1) voqealar, sarguzashtlar, kechmishlar va taqdirlardan ta’sirlanish uchun; 2) bilim olish, dunyoqarashlarni boyitish uchun; 3) hayotiy tajriba orttirish uchun; 4) ma’naviyatni oshirish uchun; 5) dardkash topish uchun; 6) muhabbat uchun; 7) zerikkani uchun; 8) vaqtichog‘lik uchun; 9) asardagi tuyg‘ularni olish va yangi tuyg‘ular hosil qilish uchun; 10) kasb taqozosi bilan (ilmiy xodim, munaqqid, murabbiy, pedagog, ommaviy o‘yin-kulgilar tashkilotchisi, aktyor, kinochi,pesalarni sahnalashtiruvchi, jurnalist,...); 11) maktab va boshqa o‘quv yurtlarida ta’lim topshiriqlarini bajarish uchun; 12) tilni, urf-odatlarni o‘rganish uchun; 13) siyosiy, ijtimoiy, psixologik va boshqa xil ma’lumotlarga ega bo‘lish (davrni o‘rganish) uchun; 14) siyosiy va mafkuraviy kurashlar uchun; 15) asar yozish tajribasini orttirish uchun; 16) badiiy asarga rasmlar chizish va kitob dizaynini ishlab chiqish uchun; 17) asar qo‘lyozmasini tahrir qilish va imloni tuzatish uchun; 18) kitobsevarlardan ortda qolib ketmaslik uchun; 19) o‘zini o‘qimishli ko‘rsatish uchun; 20) suhbatlarda, bahslarda “tili uzun” bo‘lishi uchun; 21) shahvoniy tuyg‘ular uchun; 22) kitob savdosini rivojlantirish uchun (bizning jamiyat, hozircha, bu darajaga yetib kelgani yo‘q).Kitob o‘qishning sabablari ro‘yxatida salbiylari ham bor. Ulardan ko‘z yumish – haqiqatni yashirish bo‘lardi. Salbiy bo‘lsa ham, kitob o‘qishga turtki beribdimi, shuning o‘zi yaxshi! Chunki kitob o‘qish jarayonida, har qanday odamda yana boshqa qiziqishlar, intilishlar yuzaga keladi, shunda ijobiy sabablar yetakchilik qilib qolsa ajab emas. Muayyan bir maqsad bilan kitob o‘qishni boshlagan odam o‘sha maqsad bilan cheklanib qolishi kamdan-kam bo‘ladigan hodisa. Eng sara asarlar ro‘yxatlarida shahvatga urg‘u beradigan kitoblar ham bor. Masalan, “Hurriyat” gazetasi o‘tkazgan so‘rov asosida tuzilgan, 111 ta asardan iborat ro‘yxatda Vladimir Nabokovning “Lolita” romani ham ko‘rsatilgan. Bu asar faqat, shahvatni qo‘zg‘ash uchun yozilgan! O‘ta darajada odobsiz! Uning oldida Stendal va Mopassanning ba’zi asarlari hech gap emas! “Lolita” - G‘arb mafkurasiga juda mos keladigan asar, shuning uchun ham bestseller bo‘lib ketgan, g‘ariblikda yurgan Nabokovga katta obro‘ keltirgan, daromadi ham shunga yarasha bo‘lgani shubhasiz. V.Novodvorskaya tuzgan, 555 banddan iborat ro‘yxatda Nabokov umuman ko‘rsatilmagan. Shahvoniy tuyg‘ular har bir odamga ta’sir qiladigan kuchli va nozik omil, odamning ixtiyorini olib qo‘yishi mumkin. Bu dunyoda yashashdan maqsad – shahvatni qondirish, deb o‘ylaydigan odamlar bor. Ular adabiyotning asl maqsadini ham shunga bog‘lab qo‘yishgan. Bunday serdaromad mavzuni qurol qilib olgan yozuvchilar va noshirlar G‘arbda ko‘plab topiladi. Bizdagi ba’zi yozuvchilar ham jiddiy asar yoza turib, shahvoniy bir manzarani “tomizg‘i” qilib qo‘yishadi. Shu bilan shov-shuv qo‘zg‘ab, muxlislarni ko‘paytirmoqchi bo‘ladilar. Bunday an’anadan voz kechish kerak. Kitobsevar yurtdoshlarimiz esa, salbiy ta’sirlardan saqlanishi maqsadga muvofiq. 2016
Показати все...
👍 2
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Andalus hukmdori Hakam II (961-976) kitobsevar inson bo'lgan. Uning davrida “varroq” ismli shaxslar turli ilm markazlariga kitob yig‘ish uchun yuborilar, u yerlardagi qimmatli kitoblarni sotib olib, Andalusga keltirar edilar. Bundan tashqari, kitoblardan nusxa ko‘chirish bilan shug‘ullanuvchi “nussox” deb atalgan kishilar ham bo‘lgan. Ular Qohira, Bag‘dod, Iskandariya va Shom kabi shaharlarda sotib olish imkoni bo‘lmagan kitoblardan nusxa ko'chirib, Andalus poytaxti Qurtubaga yuborishar edi. Natijada Qurtuba kutubxonasidagi kitoblar soni 400 mingtaga yetgan.
Показати все...
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Kitobsevar sulton Usmoniylar hukmdori Sulton Salim (1470-1520) ba’zan kechalari ertalabgacha kitob o'qir edi. Kunduzi esa, odatda 7-8 soat vaqtini kitob o'qishga sarflardi. Misrga safar chogʻida yoʻlda oʻqib ketish uchun o‘zi bilan birga uch xachirga yuklangan kitoblarni ham olib ketgan. Tarix kitoblarida u haqida shunday deyilgan: “Uning qo‘lidan hech qachon kitob tushmasdi. U uxlashga ham, ovqatlanishga ham ragʻbat qilmasdi. U kuniga bir marta ovqatlanar edi”.
Показати все...
02:21
Відео недоступнеДивитись в Telegram
Inson kitob bilan, kitob inson bilan tirik.🤓📚
Показати все...
Фото недоступнеДивитись в Telegram
KITOBGA SHAYDOLIK Suriyaning sobiq muftiysi fazilatli shayx Ahmad Kuftaru juda ko‘p kitob o‘qir edi. Qayerga borsa, qo‘lida kitob bo‘lar, bo‘sh vaqt topdi deguncha kitob o‘qishga kirishar edi. Birov bilan va’dasi yoki uchrashuvi bo‘lmasa, ketma-ket o‘n ikki soatlab kitob o‘qir, charchoqni bilmas edi. Doimo shunday der edi: "Peshqadam bo‘lish tomon harakat qilayotgan aqlning kaliti kitob o‘qishdir. Xalqlar va millatlarning uyg‘onish siri kitobdir!"
Показати все...
Фото недоступнеДивитись в Telegram
КИТОБ ЎҚИГАН КИШИ: 1. Васваса, ғам-андуҳларни тез ҳайдайди. 2. Ноҳақликка тушишдан узоқ бўлади. 3. Бекорчилардан йироқ бўлади. 4. Тили бурро бўлади, калом машқини олади, оҳанг қилиб сўзламайди, балоғат, фасоҳатга зеб бермайди. 5. Ақли ривожланади, зеҳни янгиланади, хотираси кучаяди. 6. Билимга бой бўлиб, тушунчаси ойдинлашиб боради. 7. Инсонлар тажрибаларини, улуғлар ҳикматларини, уламолар кашфиётларини ўзлаштиради. 8. Илмий малакаси ошади, ҳаёт ҳақидаги маданий онги ривожланади. 9. Иймони зиёда бўлади (хусусан Ислом дини ҳақидаги китобларни ўқиганда). Зеро, китоб энг буюк насиҳатчи, ёмонликлардан қайтарувчи ва яхши ишларга буюрувчидир. 10. Зеҳн паришонлиги, қалб бўлиниши, вақт зое бўлишининг олдини олади. 11. Сўзни пухта тушунади, ифода услубини, иборанинг мақсадини, ҳикмат сирларини англайди. "Маҳзун бўлма" китобидан.
Показати все...
Фото недоступнеДивитись в Telegram
O‘QIGAN KITOBLARINGIZNI QAYD QILIB BORING Hasanxon Abdulmajid qori domlamiz kitob o‘qish bo‘yicha ajoyib tavsiya bergan edilar. Bir daftar tutib, unga o‘qigan kitoblaringizning nomi, kitob muallifi, o‘qishni boshlagan va tugatgan sanangizni qayd qilib borasiz. Kitob nomi oldidan tartib raqami ham qo‘yasiz. O‘zim bu tavsiyaga amal qilaman va quyidagi foydalari bor deb o‘ylayman: - Kitob o‘qishda o‘zingiz uchun rag‘bat bo‘ladi. Ya’ni o‘qishni boshlagan sanangiz bilan tugatgan sanangiz orasi uzoq bo‘lib ketmasligi uchun ham tanaffus qilmasdan, tezroq o‘qishga harakat qilasiz; - Sizning bu daftaringizni ko‘rgan kishilarda ham kitob o‘qishga ishtiyoq uyg‘onadi. Uning tarbiyaviy ahamiyati ham bor. Farzandlaringiz daftaringizdagi 500 raqamli kitobni ko‘rsalar bormi! - O‘zingizga nisbatan ishonch tuyg‘usini beradi va hayotingizni behuda o‘tkazmayotganingiz haqida bir eslatma vazifasini bajaradi. 📚📚📚📚😌😌
Показати все...
00:40
Відео недоступнеДивитись в Telegram
O'zing tanla! Yo kitob o'qib, o'zingni ham, millatingni ham rivojlantirasan. Aksi taqdirda, o'z yurting qolib, begona yurtlarda seni odam o'rnida ko'rmaydiganlarning issiqqina uylarni qurib berasan!
Показати все...
00:48
Відео недоступнеДивитись в Telegram
"Irshod" - Turkiyadagi eng katta arabiy diniy kitoblar do'koni😊😊
Показати все...