cookie

Ми використовуємо файли cookie для покращення вашого досвіду перегляду. Натиснувши «Прийняти все», ви погоджуєтеся на використання файлів cookie.

avatar

𝐇𝐈𝐊𝐎𝐘𝐀𝐋𝐀𝐑 𝐃𝐔𝐍𝐘𝐀𝐒𝐈 | rasmiy

Bu aşkın adresi, bir çıkmaz sokak!!🎧🤍 Kişisel sayfamiz: @kongilsahifamm🪼🩵

Більше
Рекламні дописи
318
Підписники
Немає даних24 години
-47 днів
-1230 днів

Триває завантаження даних...

Приріст підписників

Триває завантаження даних...

🥀Oʻzgalar uchun🥀 13-qism. #QotilOrtidan.... -Unda nega bu yoqimsiz qizning yonidasan? -Seni ogohlantirish uchun. -Nimadan? -Bugundan boshlab ortingda bir qotil bor!!! ..... BERIL DALKIRAN Hamma narsa oʻylaganimdek ketayotgandi. Ikki haftadan beri Serkanning yalinishlari toʻxtamaydi. Hammasi rejadagiday. Lekin negadir oʻzimni yomon his qilyapman. Shu paytgacha qancha odamni aldagan boʻlsam ham bunday holatga tushmagandim. Negadir vijdonim qiynalyotgandek. Nima, menda vijdon degan narsa bormidi? Nima boʻlganda ham, nima boʻlganda ham. Sen jasur qizsan Beril. Oʻzinga kel. Nega bunday qilyapsan? Sen qachondan beri insonlarga joning achiydigan boʻlib qoldi? Beril, oʻzinga kel. Oʻzinga kel. Shuncha odamni qoʻlingda oʻynatding, qaysi biriga achinding. Serkan ham shulardan biri. Shu xayollar bilan yoʻlakning oxiriga kelganimni bilmay qolibman. Yana yarim qadamcha bossam, devorga borib urilardim, lekin urilmadim. Peshonam bilan devorning orasida kaftlarni his qildim. Issiqqina kaftlar. Boshimni koʻtarib yon tomonimga qaradim. Boshlandi. Serkan, ha, u. Meni xayollarim bilan biroz tinch qoʻysa boʻlmaydimi? Darsdan chiqishim bilan ahmoqday yugurib bir joylardan chiqib kelaveradi. Hozir ham yuzimga qarab tirjayib turibdi. -Darslaring tugadimi?-dedi menga qaragancha. -Senga nima?-dedim men ham. Unga osonglikcha oʻlja boʻlish niyatim yoʻq edi. Toʻxtang, toʻxtang. Yanglish ayttim, uni osonlikcha oʻlja qilib olish niyatim yoʻq edi!!! Ahmoq, eh, ahmoq. Ilojim boʻlsa, yoniga ham yaqinlashmas edim. -Qachon bu qoʻpol muomalangni toʻxtatasan, meni xafa qilyapsan. Men senga nima yomonlik qildim? Eh, asl yomonlikni men qilmoqchiman-ku, bu ahmoq hali ham oʻzini ayblayapti. -Hech narsa qilmading. Shunchaki, bunday yurishingni xohlamayman-dedim sal yumshab. -Men sen uchun ha.. -Bilaman, sen men uchun hamma narsaga tayyorsan. Bu gapni bir haftadan beri eshitaman. -Lekin haligacha anglay olmabsan-dedi. Yuzi soʻldi. -Nega yosh bolalarcha qiliqlar qilaverasan? -Yosh bolaman chunki. -Qoʻysangchi. Hazilkashsan, juda-dedim tabassum qilib. -Oxirida kuldira oldim. Sening bu lablaring qoʻpol gaplardan tashqari kulishni ham bilar ekan-da. -Judayam yaxshi-dedim va ahmoqlik qilganimni tushunib jiddiylashdim va burilib yura boshladim. -Senga nima desam ekan?-dedi chaynalgancha. -Choʻzib oʻtirma, ayt-da qutul. -Hop, unday boʻlsa, bugun men bilan kinoga borasanmi? Yangi film chiqibdi. -Nima?-ortimga oʻgirilgancha unga ilk bergan savolim shu boʻldi. -Hech nima. Shunchaki kinoga borishni taklif qildim. -Yoʻq. -Ha de. -Yoʻq. -Ha deb ayt. -Yoʻq. -Ha. -Yoʻq. -Yoʻq. -Ha-birdan soʻz talashishda ogʻzimdan chiqib ketgan bu gapdan soʻng oʻzimni yomon his qila boshladim. -Ana. Oxirida baribir ha deding. -Srn meni chalkashtirding. Ham, men bormasam ha deganimning nima foydasi bor. -Vaʼdang esingdami? -Men senga qachon vaʼda beribman?-dedim qoʻlimni belimga joylashtirib. -Sening va mening kursimiz qoʻshilgan paytimizda, oʻyin oʻynaganimizda, jasorat deganding. Men esa maʼqul paytda shartimni senga aytishimni aytgandim. -Fursatdan foydalanyapsan. -Yoʻq. Buni aqllilik deydilar, munchoqkoʻz. Ha, bugun aytish esimdan chiqibdi, koʻzlaring juda chiroyli. Bu gapni ham toʻxtamay aytganidan charchagandim, indamay qoʻya qoldim. -U holda, bugun oqshomga yaqin seni olishga boraman. Senga xabar yozaman. -Raqamimni qayerdan olding? -Oʻhhoʻ, rostan ham shuncha gapimdan soʻng ilk gapirganing shumi? -Javob ber. -Men hamma narsani topa olaman va sening raqamingni topish men uchun qiyin ish emas edi, ishon. -Men borma.... -Eʼtirozlar qabul qilinmaydi. Oqshom seni olishga boraman. Ha, uyingni ham bilaman. Yolgʻiz yashashingni ham, shuning uchun oilam deb bahona qilma. Yuragim. Yuragim ogʻriyapti. Oilang deyapti. Men haqimda shuncha narsani surishtiribdi-yu, oilam yoʻqligini bila olmabdimi? Toʻgʻri, hammasi ham yoʻq emas. Oʻsha ablaxdan boshqasi oʻlgan. Uni oilam deyishga ham jirkanaman. Nima boʻlsa ham. Serkanning yonida yigʻlay olmayman. Jimgina yonidan oʻtib ketdim. Orqamda hali ham menga qarab turganini his qilayotgandim.
Показати все...
Bir koʻylak kiyib chiqdim. Oʻzi uzun, qora. Lekin yenglari oq. Toʻgʻri tekis tushgan. Tizzamdan ham pastda edi. Kiyib chiqdim. Chiqqan zahotim Evren yoʻq deb boshini qimirlatdi. Ufff degancha ichkariga yana bir koʻylak bilan kirib ketdim. Bu koʻylak ham oq-qora edi. Bel qismigacha oq, keyin qora va etagi yana oq edi. Yoʻq, bu ham boʻlmadi. Yana ichkariga kirib ketdim. Bu safar boʻyni boʻgʻiq bir qora koʻylak kiydim. -Yetar-dedi Evren birdan. -Nega faqat oq-qora kiyaverasan? Boshqa ranglarni ham tanla. Masalan, mening sevimli rangim yashil. Yashil koʻylak kiy. Ha, yashil-dedi birdan. Nima boʻlganini tushunmay qoldim. Keyin qoʻlimga bir koʻylakni tutqazib ichkariga itarib yubordi. Bu koʻylak ristan ham chiroyli edi. Uni kiyib chiqdim. Evren joyidan turib atrofimni aylana boshladi. Oʻzimni boshqacha his qila boshladim. Keyin qarshimda turdi va qoʻllarini zoʻr degandek harakatlantirdi. Unga jilmaydim. Keyin chiqib toʻgʻri uyga bordik. Uyim eshigigacha kuzatib bordi. Ichkariga kirdim. -Kech boʻldi, mayli xayr-dedim. Albatta, uni ketadi deb oʻylagandim. -Ha, kech boʻldi. Nima, meni ichkariga kirgizmoqchi emasmisan? -Nima? -Ha, bugun shu yerda qolaman. -Nima? Bu yerda qolaman deganing nimasi? -Nima ortiq yaqin doʻst boʻlib qoldik, shundaymi? Seni qoʻriqlash esa ham doʻsting sifatida, ham politsiyachi sifatida mening burchim. -Kerak e... -Koʻp gapirasan, yalmogʻiz. Qanchalik rad etishga urinmay, oʻzim ham qoʻrqayotgandim. Nima boʻlganda ham ortiq afishalarda rasmim bor edi va meni bugun oʻldirishga kelishlari mumkin edi. Unga kirishiga ruxsat berdim. Birga ovqatlandik. Bu rostdan ham ahmoqonadek tuyildi. Oshxonada paytim eshikning ochilganini eshitdim. Evren esa mehmonxonada oʻtirgandi. Hamma joy qop-qorongʻu edi. Ichkariga biri kirib keldi. Yuzi koʻrinmasa ham ayol kishi ekani koʻrinib turardi. Yoʻq, u boʻlishi mumkin emas...... Davomi bor...... @Hikoyalar_dunyasi🦋
Показати все...
👍 2
Shuning uchun shahdam qadamlar bilan tez-tez yura boshladim va uyga joʻnadim. HAZAL AKKAYA -Nima? Bu nima deganing? -Ha, sen keyingi nishonsan. Shuning uchun suratga tushishni toʻxtatishingni istagandim. Agar rasmlaring chiqsa, keyingi nishon sen boʻlasan va biz qotilni ushlashimiz mumkin boʻladi, lekin sening joning xatarda qoladi. Oldiniga seni oʻlja qilib qotilni tutishni oʻyladim, ammo keyin aytishga qaror qildim. Shuning uchun rasming afishalarda chiqmasin. Diqqatli boʻl, iltimos. Birinchi marta iltimos deb chin dildan aytgandi. U meni oʻylayotgandi. Balki qotilni tutishga ularga yordam bera olarman. -Sizlarga yordamim tegadimi? -Hozircha yoʻq. -Hozirning oʻzida afishalarga rasmlar chiqa boshlagani aniq-dedim unga qarab. -Nega unday deyapsan? -Ortinga qara-dedim. U oʻgirilib qaradi. Biz mashina yoniga kelgandik. Bizdan taxminan 4-5 metr uzoqlikda afishalarda rasmimni yopishtirishayotgandi. -Yoʻq, bunday boʻlishi mumkin emas-dedi u va oʻsha tomonga yura boshladi. Katta yoʻlga qarab ketayotgandi. -Evren, toʻxta-uning bilagidan ushlab toʻxtatdim. Menga oʻgirilib qaradi. -Sizga yordam berishni xohlayman. -Nima deding? -Eshitganing. Qotilni tutishda sizga koʻmaklashaman. Hech narsa topmadingizmi? -Topdik, aslida-dedi va choʻntagidan bir toʻgʻnogʻich chiqardi. -Bu nima? -Qotillik joyidan topilgan toʻgʻnogʻich. Qotilga tegishli. -Yaʼni qotil ayol kishimi? -Xuddi mendek fikrlayapsan-deb menga qarab kula boshladi. Men hech narsaga tushunmay unga qarab turaverdim. Keyin esa yana jiddiy qiyofasiga oʻtdi. -Ha, ayol kishi. Ishon buni men ham kutmayotgandim, lekin hamma narsa toʻgʻri kelyapti. Uning qotillik yoʻli ham boshqacha, ishon. Sen rostan ham xavf ostidasan. Bu ishga aralashmaganing maʼqul. -Qani, berchi-dedim uning gaplariga eʼtibor bermay. Toʻgʻnogʻichni qoʻlidan oldim. Moychechak shaklidagi kumushrang toʻgʻnogʻich edi. -Unday qilishing shart emas, rostan-dedi menga qarab va toʻgʻnogʻichni olish qoʻlimga yopishdi. Men ham tezlik bilan qoʻlimni ortimga qadadim. -Buni rasmga olishim kerak. -Nega? -Kerak boʻladi-dedim unga qarab. -Mayli, lekin bu ishga aralashmaysan. -Men allaqachon bu ishning ichidaman, Evren Tekindör-dedim unga qarab. -Nega bunday qilyapsan? -Nima qilibman? -Oʻzingga bir buyumdek munosabatda boʻlishni bas qil. Oʻzingni qadrla biroz. Boshqalarga yordam beraman deb oʻz joningni xatarga qoʻyyapsan. Bunday qilma, iltimos. -Sen nega bu qadar oʻzimni sevishim uchun harakat qilyapsan? Bergan savolimni, albatta, kutmayotgandi. Biroz yuzimga qarab toʻxtab qoldi va birdan mashinasiga qarab yura boshladi. -Kel, yalmogʻiz-dedi. -Savolimga javob bermading-dedim. -Kel deyapman-dedi. Yoniga bordim. Mashinaning eshigini ochdi va meni rulga oʻtqazdi. -Mashina haydashni bilasanmi?-dedi. -Nima? Shu ham savolmi? -Unda ketdik-dedi va mening eshigilni yopib yonimdagi oʻrindiqqa mindi. Eshikni yopganidan soʻng mashinani oʻt oldirdim va haydadim. Ustimdagi koʻylaklar rosa noqulay boʻlayotgandi. U ham buni angladi, shekilli. -Oldin bir doʻkon yonida toʻxtat. Shu ustingdagilarni almashtiraylik. Sen yalmogʻiz boʻlsang, bunaqa chiroyli koʻylaklar senga yarashmaydi-dedi. -Nega menga yalmogʻiz deysan? -Chunki yalmogʻizga oʻxshaysan. -Ha, shunaqa de. Adashmadingmi? -Yoʻq nega? -Chunki mendan chiroyli qizni hech qayerdan topolmaysan-dedim unga hazl qilib. Ichidan bir nimalar deb mingʻilladi. Nima deganini eshitolmadim. -Nima deding?-dedim. -Toʻgʻri deyapman, sendan boshqa yalmogʻizni qayerdan ham topardim, sen yagona yalmogʻizsan. -Hop, hop. Boʻldi. Boshqa hech narsa demayman-dedim. Mashinani bir chetda doʻkon yonida toʻxtatdim. Uning nima qilganini endi tushungandim. Mashina tezligiga qaradim. Men haydaydigan tezlikdan ancha yuqori edi va u mening mashinalardan qoʻrqishimni bilardi. Shuning uchun men bilan hazl qilib eʼtiborimni jalb qildi va qoʻrquvimni unutishimga yordam berdi. Eng qizigʻi, bu usuli ish bergandi. Men mashinani ilk marotaba qoʻrqmasdan haydadim. Ha, ilk marta. Mashinadan tushdik va doʻkonga kirdik. Har xil koʻylaklarni kiyib koʻrdim. Evren esa divanda oʻtirib baho berardi.
Показати все...
Bugun yangi qism oʻqishni xohlaydiganlar bormi?😜
Показати все...
20:00 gacha top
Показати все...
Reaksiya🥺🥺🥺
Показати все...
Ishga kiyib borgan kiyimi va suratga olish jarayonidagi kiyimi.... Qanday? Yaxshi tanlanmanmi?
Показати все...
Uzuuuuuuuuun qism boʻldi. Endi esa oʻzimni kanalimdagi hikoyamni yozishim kerak. Bugun dam olish kuni deb hikoya yozish bilan kun oʻtkazyapman😜
Показати все...
-Bu yaxshi xabar. Kim ekan yangi nishon va hayot bilan xayrlashadigan yangi odam. -Bu safar juda farqli. -Nimasi farqli? -Chunki nishon.... -Chaynalmay gapirsangchi. -Yangi nishon...ayo...ayol kishi... -Nima? -Ha...ayol ki..shi.. -Kim?-deb soʻradim ynga jiddiy qarab. -Hazal.... -Familyasi? -Ak...Akkaya... -Nima?-deb baqirib yuborganimni ham sezmay qoldim. -Hazalmi? Nega u? Nega bu qiz sira tinch yurmaydi-a? -Sen uni taniysanmi?-dedi Mert menga qarab. Men javob bermoqchi boʻlganimda Kerem birdan gapga qoʻshildi. -Ha, tanimaydimi? Oʻsha ikki yil oldin qutqargan qizi-ku. -Nima?-dedi Keremdan boshqa guruhdagilar. -Ha, oʻsha. Oʻsha qutqaruv voqeasidan soʻng koʻrmagandim, yaqinda yana qarshilashdik. -Bu ham bir taqdir, komissarim-dedi Selin menga hazil qilgandek. -Unda oʻlib ketaversin. U qiz uchun qoʻlimni ham qimirlatmayman. -Nima? Nimaga uligini eshitgandan voz kechding? Nima ayollar odam emasmi, Mert?-dedi Selin yana unga qarab. Mert hech qachon Selinga gap qaytara olmasdi. Jim boʻldi. -Gazetaga chiqdimi?-dedim hammasining gapini yarim qoldirib. -Yoʻq, hali emas. Lekin bugun gazetaning bosh sahifasiga rasm uchun suratga olish boʻlar ekan. Keyin baʼzi kompaniyalar bundan foydalanib qizni model sifatida ham ishlatishmoqchi. Yani bir safar uchun gazetada chiqqani uchun model ham boʻladi. -Hazal bularni qabul etibdimi?-dedim. -Ha. -Qanday qabul qilishi mumkin buni? Qanday ahmoqona narsa? Endi modellikda boshqa e.. -Ha, komissarim, boshqa model erkaklar bilan rasmga tushadi. Sizni yaxshi tushunaman. Siqilmang. Qiz aqlli boʻlsa, hech narsa qilmaydi-dedi Selin yana meni mazax qilib. -Seliiiiin-dedim unga qarab. -Boʻldi, jimman-dedi u ham. Nima rostan ham Hazal boshqa erkaklar bilan qoʻl ushlashib rasmga tushadimi? Yana bir kompaniyaning yuzi boʻlib. Yoʻq, Hazal buni qabul qilmagandir. Unga bunday narsalar yoqadi deb oʻylamayman. Umuman olganda, menga nima? Nima qilsa, qilaversin? Nega bu qiz mening boshimga kirib olaveradi? -Suratga olish maydonchasi qayerda?-deb soʻradim. -Qiz ishlaydigan shirkatning orqa bogʻchasida. Tezlik bilan chiqib ketdim. Lekin Selinning "Qanday yugurib chiqib ketdi, qaranglar. Shu qiz bilan orasida bir narsa bor" degan gapini eshitdim. Selinga shunday gap boʻlsa, boʻldi edi. Lekin yillardir Mertning unga shunchaki bir guruh aʼzosiga qaragandek qaramaganini, unga boʻlgan tuygʻularini farqiga ham bormagandi. Eshitmagandek u yerdan ketdim va mashinaga oʻtirib shirkatga toʻgʻri haydadim. Mashinada shirkatning qarshiga kelganimda ogʻir bir nafas oldim va mashinadan tushdim. Endi nima qilardim. Hazalga hammasini aytarmidim, uni ogohlantirib gazetaga chiqmasligi uchun harakat qilarmidim yoki uni yongʻinga tashlab foydalanarmidim? Yani buni buzmay qotil uning yoniga kelishini kutarmidim? Nima qilardim? Bir qarasam, Hazal qadrlidek, bir qarasam, umuman qizigʻi yoʻqdek. Hozir boraychi, ichimdan nima kelsa, shuni qilaman. Shunday shirkatning orqa bogʻiga oʻtdim. Dekoratsiyalar bezalgan bogʻni koʻrdim. Oʻrtada esa Hazal u yoqdan bu yoqqa qarab turardi. Egnidagi koʻylagi unga juda yarashib turgandi. Qora, orqasi uzun oldi esa uning aksiga tizzasidan sal yuqorida boʻlgan koʻylak kirgandi. Koʻylakning yoqasi uzun uchburchak yoqa edi. Jigarrang sochlari egnidan tushib turardi. Sochlarini toʻlqin-toʻlqin qilishgandi. Yuziga oddiy makyaj qilgandi. Juda chiroyli koʻrinardi. Birdan menga qaraganini koʻrdim va turishimni toʻgʻirladim. Keyin menga qarab kela boshladi. -Salom, yalmogʻiz-dedim ataylab unga kulib. -Nega bunday kiyinding? Bu nozik koʻylaklar nozik va chiroyli qizlarga yarashadi, sendek yalmogʻizlarga emas. -Nima shunchalik yomon koʻrinyapmanmi? Bilardim. Men bunday ishlarni qilolmayman. Aytdim, men rasmga tushmayman dedim. Lekin dadam qaysarlik bilan turib oldi. Qara, rostan ham boʻlmayapti. Nega bunday qilishadi aaa? Istamagan narsamga majburlashadi?
Показати все...
Оберіть інший тариф

На вашому тарифі доступна аналітика тільки для 5 каналів. Щоб отримати більше — оберіть інший тариф.