cookie

Ми використовуємо файли cookie для покращення вашого досвіду перегляду. Натиснувши «Прийняти все», ви погоджуєтеся на використання файлів cookie.

avatar

Dilshoda Xakimova | Blog

🇰🇬🇦🇿🇰🇿🇹🇷🇭🇺🇸🇰🇦🇹🇦🇪🇨🇿🇵🇱🇮🇹🇩🇪🇧🇪🇫🇷🇪🇸🇲🇹🇨🇭🇩🇰 • Zulfiya nomidagi davlat mukofoti 🏅 •“Mohir tarjimon”🎖 • Rektor, Registon, A.Faynberg, Navoiy, Prezident Stipendiyasi sohibasi • Erasmus winner🇪🇺 • @progress_d asoschisi 🇺🇿Prezident eʼtirofidagi poliglot⁷ qiz

Більше
Рекламні дописи
2 793
Підписники
Немає даних24 години
-337 днів
-5830 днів

Триває завантаження даних...

Приріст підписників

Триває завантаження даних...

Фото недоступнеДивитись в Telegram
Maqsadga o’tib, jaydari tushuntiramiz😎 Maqola 2 xil talabda yoziladi: 1. Standard 2. IMRAD (Deyarli barcha jurnallar IMRAD talabidagi maqolalarni qabul qiladi). Maqola qismlari esa 3 ta: 1. Titul qism. 2. Asosiy qism. 3. Xulosa. 1️⃣- Ishni maqolaga nom tanlashdan boshlaymiz. Aql bilan tanlangan nom maqolaning muvaffaqiyatini belgilaydi. Iloji bo’lsa, maqola nomi so’roq gap bo’lmasin! ❌(M: Ingliz tili darslari qanday tashkillanishi kerak?) 2️⃣ - Titul qism: • o’quvchining to’liq ism, familiyasi; • o’qish yoki ish joyining to’liq nomi; • annotatsiya — maqolaning umumiy mazmuni haqida yoziladigan 200-300 so’zli paragraf; • kirish so’zlar — maqolada qatnashgan ilmiy so’z, atamalar; 3️⃣ - Asosiy qism 4 ta qismdan iborat: Introduction (Kirish) — mavzu asoslanishi, dolzarbligi haqida yozilib, xuddiki tanlagan mavzungizni umumiy ma’lumot berib tanishtirasiz. Methods (Metodlar) — Tanlangan mavzuning foydalanish usullari, vaziyatlari, shu mavzu bo’yicha olimlarning fikrlari, faktlar, o’tkazilgan tadqiqotlar haqida yoziladi. Results (Natijalar) — mavzu bo’yicha o’tkazilgan tajribadan/ tajribadan qanday natijalar olingani (agar tajribani o’zingiz o’tkazgan bo’lsangiz, olgan natijalaringizni yozasiz). and Discussion (Muhokama) — mavzu bo’yicha qilingan tajriba haqida turli muhokamalar ketadi. Uning plyus va minus tomonlari, bugungi kundagi ahamiyati, shu mavzu bo’yicha turli olimlarning bir-biriga qarama-qarshi fikrlari yozilib, o’zingizning shu vaziyatdagi fikringizni ham keltirib o’tasiz. (Muhokamaga argument berasiz). 4️⃣— Conclusion (Xulosa): Bunda maqola va tadqiqot bo’yicha yakunlovchi fikr beriladi. Xulosada mavzu yuzasidan taklif, tavsiyalar berilishi mumkin. Reference (Foydalanilgan adabiyotlar) — maqola yakunida foydalanilgan kitob, darslik, gazeta, sayt va manbalar yozilishi va ular talabga mos ravishda to’g’ri kiritilishi shart! ❗️Tepadagilarni soha bo’yicha kamida 3 ta maqola o’qib chiqib boshlang. O’qigan maqolangizdagi foydalanilgan adabiyotlarni topib, research qiling. @dilshoda_xakimova
Показати все...
🔥 45❤‍🔥 15👍 11
Фото недоступнеДивитись в Telegram
🔎ILMIY MAQOLA YOZISH - 1
Ko’pchilikdan ilmiy maqola yoza olmayotgani, maqola yozish qiyin, degan gaplar eshitamiz. Aslida maqola yozish strukturasini yaxshilab bilib olsangiz, 1 kundayoq yoza olasiz😎
Maqola yozishni o’rganishdan oldin ular nimaga kerakligini bilib olamiz. 1. Har qanday sohada o’qiydigan o’quvchi ilmiy faoliyat olib borsa. 2. Xalqaro universitet va grantlarga topshirishda portfolioga “udar” yutuq. 3. Research skills’ talab qiladigan dasturlarda muhim hujjat. 4. Davlat stipendiyalari, maxsus va universitet hujjatlaridagi asosiy hujjat. 5. Respublika, universitet tanlovlarida ko’p talab qilinadi. 6. Davlat mukofotlari va “El-yurt umidi” jamg’armasi shartlarida mavjud. 7. O’qituvchilarga qo’shimcha ustama haq to’lanadi. ❗️Umuman olganda, ilmiy faoliyat yuritmoqchi bo’lgan har bir o’quvchida kamida 1 dona maqolasi bo’lsa, faqat foydaga ishlaydi. 🤓 @dilshoda_xakimova — ilmiy maqola yana nimalarda kerak?
Показати все...
❤‍🔥 34👍 5🔥 5
00:04
Відео недоступнеДивитись в Telegram
Me and my unsuccessful attempts to touch the top of pyramid in Louvre🙂‍↔️😂
Показати все...
IMG_9160.MOV2.61 MB
❤‍🔥 65🔥 14👍 7🎉 2
Parij, Luvr, MonaLisa “opa” 🇫🇷 Parijda 1-kundayoq “most visited museum” rekordini qo’ygan Luvr muzeyiga bordik. Biletlar onlayn yoki kassadan sotib olsa bo’ladi. Narxi — 17 euro. Bizda Yevropa student kartasi borligi uchun bepulga kirdik. 🤓 Muzeyni aylanib chiqishga 1 kun ham yetmaydi. Biror eksponat oldidan to‘xtamay shunchaki tomosha qilib chiqish uchun ham kamida bir hafta vaqt kerak. Bizga 7 soat ham yetmadi. Eksponatlar deganda esa birinchi navbatda “MonaLisa” kartinasi keladi. Kutilgandan ancha kichkina surat qattiq qo’riqlanadi. Chunki muzeyning italiyalik xodimi uni o‘g‘irlab, Italiyaga qaytarmoqchi bo’ladi. Surat ikki yildan keyin Italiyadan topiladi va Parijga qaytariladi. 🖼️MonaLiza har xil qiyofada ko’rinadi, deyishadi: xafa yoki kulib. Qarasam, miyig’ida tabassum bilan jiddiygina bo’lib turibdi. 🙂 - shu emojidek. MonaLiza opani yoniga yetib borguncha, katta navbatda turish kerak. Shu sabab ertalab soat 9 dayoq muzeyga borib, birinchi MonaLiza opa bilan rasmga tushib oling. ✅ @dilshoda_xakimova
Показати все...
IMG_9105.MP46.20 MB
IMG_9100.MP41.28 MB
❤‍🔥 51👍 16🔥 7🎉 3
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Assalamu alaykum. Galereyani koʻrib oʻtirib, nima foydali post yozsam, deb oʻylab qoldim. Nima haqida yozay? ❤️"PROGRESS-D" loyihasini kutyapganlar bormi? @dilshoda_xakimova
Показати все...
❤‍🔥 69👍 9🔥 8🎉 8
Solotrip ( yolg’iz sayohat qilish) Solotrip — biror joyga o’z rejangiz asosida yolg’iz sayohat qilishdir. Bir qarashda biroz xavfli va zerikarli tuyiladi, lekin GoogleMaps ishlatish, biror yordam kerak bo’lib qolsa, aholi tilini bilish va yoningizda telefon uchun yaxshigina tripod bo’lsa, sayohatingizni unutilmas qila olasiz. ⛰️✈️ Solotrip’ga chiqishdan oldin boradigan davlatning xavfsizlik darajasi, turadigan hotel yoki hostelni tinchligi, transporti va albatta, aloqa turini ham surishtirib oling. ✅ Masalan, slovak nomer bilan roaming yoqib, Yevropa davlatlarida bemalol internet ishladi. Ammo Shvetsariyada alohida mahalliy sim karta sotib olish kerak ekan. 😁 1 soat roaming yoqishga urinib, Google’ga qarasam, 🇨🇭da boshqacha sim karta ishlatilar ekan. Yevropa davlatlari bo’ylab solotrip qilish anchagina oson. Chunki pul birligi — yevro barcha davlatlarda ishlatsa bo’lishi, ingliz tili dominantligi, xavfsizlik darajasi, transport tizimi yaxshiligi ortiqcha muammolar tug’dirmaydi. Lekin megapolislar (Fransiya, Italiya, Germaniya) ga hamrohlar bilan sayohat qilgan ma’qul. Malta, Shvetsariya, Daniya davlatlariga solotrip qildim. Solotripda o’zingizni challenge qilib, anchagina pisharkansiz:) P.s: Videoda Jeneva “La Perle du Lac” parki 🇨🇭❤️ @dilshoda_xakimova
Показати все...
IMG_7280.MOV5.36 MB
IMG_7290.MOV12.81 MB
IMG_7296.MOV8.81 MB
IMG_7302.MOV17.96 MB
IMG_7399.MOV11.77 MB
IMG_7450.MOV4.61 MB
❤‍🔥 73🔥 8👍 7🎉 3
00:48
Відео недоступнеДивитись в Telegram
You are the city I want to return again and again 🇹🇷 @dilshoda_xakimova
Показати все...
IMG_9010.MOV17.30 MB
🔥 65❤‍🔥 26👍 13
Фото недоступнеДивитись в Telegram
3 oy ta’til — dam olish uchun emas. Yozgi ta’tilda aqlan oz-moz dam olasiz, lekin bu bilan hamma narsadan uzilib, bilim olishni to’xtatish degani emas. Shu ta’tilda keyingi o’quv yili uchun o’zizdagi soft, hard skill’larizni rivojlantiring. Hali oldinda o’rganiladigan bilimlar juda ko’o’o’p. Masalan, 1-kurs ta’tilda ishlash bilan birga ilmiy maqola va kitob yozishni mustaqil o’rganganman. 2-kurs boshigacha 30 ga yaqin ilmiy maqolalarim bo’lgan. Universitet hech nima bermaydi, degan gapni universitetdan hech nima ololmaganlar chiqargan. Universitetda o’qish hech nimani belgilamaydi, deb o’qishga kirolmaganlar yoki o’qishni jimgina bitirganlar chiqargan. Univetsitet — bilim, sinov, tajriba, muhit va netvorking! Birgina O’zbekiston davlat jahon tillari menga nima berdi? - 5 ta davlat stipendiyalarini nasib qildi; - 2-kursdayoq magistrlarga nemis tilidan dars berdim; - inson, kadr sifatida ko’p saboqlar oldim; - davlat mukofoti bilan taqdirlandim; - eng yaxshi do’stlarni, ustozlarni tanidim; - ko’p tanlovlarda yutdim, ilmiy imidjni yaratdim; - xalqaro programmalarga qatnashib, Markaziy Osiyo davlatlarida bo’ldim; - mualliflik loyihalari tashkil qildim; - Erasmus qoshidagi Yevropa Ittifoqi grantini yutdim, 20 ga yaqin davlatlarda ilmiy vizit va sayohat qila oldim. Ammo atrofda shunchaki o’qiyapgan talabalarni ko’rib, tinch, oson hayotda yashasa ham bo’ladi-ku, dedim. Zimmamda o’z missiyam borligi, oilamdan ham ko’ra o’zimni o’zimdan umidlarim ko’pligini his qilishim oldinga harakatlantirdi. Ortga 4 yillik umrga qaraganda, nimadir qila olibman-ku, deya olish uchun ham to’xtab qolmaslik shart! Baribir o’sha gap: “Insonning o’ziga bog’liq hammasi. Insonning o’zida bo’lmasa, butun dunyo birlashib ham, uni harakatga keltira olmaydi”. @dilshoda_xakimova
Показати все...
❤‍🔥 113👍 28🔥 23🎉 14
3 oy ta’til — dam olish uchun emas. Yozgi ta’tilda aqlan oz-moz dam olasiz, lekin bu bilan hamma narsadan uzilib, bilim olishni to’xtatish degani emas. Shu ta’tilda keyingi o’quv yili uchun o’zizdagi soft, hard skill’larizni rivojlantiring. Hali oldinda o’rganiladigan bilimlar juda ko’o’o’p. Masalan, 1-kurs ta’tilda ishlash bilan birga ilmiy maqola va kitob yozishni mustaqil o’rganganman. 2-kurs boshigacha 30 ga yaqin ilmiy maqolalarim bo’lgan. Universitet hech nima bermaydi, degan gapni universitetdan hech nima ololmaganlar chiqargan. Universitetda o’qish hech nimani belgilamaydi, deb o’qishga kirolmaganlar yoki o’qishni jimgina bitirganlar chiqargan. Univetsitet — bilim, sinov, tajriba, muhit va netvorking! Birgina O’zbekiston davlat jahon tillari menga nima berdi? - 5 ta davlat stipendiyalarini nasib qildi; - 2-kursdayoq magistrlarga nemis tilidan dars berdim; - inson, kadr sifatida ko’p saboqlar oldim; - davlat mukofoti bilan taqdirlandim; - eng yaxshi do’stlarni, ustozlarni tanidim; - ko’p tanlovlarda yutdim, ilmiy imidjni yaratdim; - xalqaro programmalarga qatnashib, Markaziy Osiyo davlatlarida bo’ldim; - mualliflik loyihalari tashkil qildim; - Erasmus qoshidagi Yevropa Ittifoqi grantini yutdim, 20 ga yaqin davlatlarda ilmiy vizit va sayohat qila oldim. Ammo atrofda shunchaki o’qiyapgan talabalarni ko’rib, tinch, oson hayotda yashasa ham bo’ladi-ku, dedim. Zimmamda o’z missiyam borligi, oilamdan ham ko’ra o’zimni o’zimdan umidlarim ko’pligini his qilishim oldinga harakatlantirdi. Ortga 4 yillik umrga qaraganda, nimadir qila olibman-ku, deya olish uchun ham to’xtab qolmaslik shart! Baribir o’sha gap: “Insonning o’ziga bog’liq hammasi. Insonning o’zida bo’lmasa, butun dunyo birlashib ham, uni harakatga keltira olmaydi”. @dilshoda_xakimova
Показати все...
Dekanat bilan shu tarzda tanishganmiz. “Sizga 5 ga yopishda kim yordam berdi?” deb boshlangan savol “Sizni nega 3 oy avval tanimadik?” degan savol bilan tugagan. Qizig’i, 2020-yil dekabrda allaqachon Davlat rahbari bilan prezidiumda o’tirgan 1-poliglot talabadegan e’lon bilan universitetda shov-shuv bo’lgan. Lekin “shu qiz menman” deb hech kimga bir og’iz indamaganman. Chunki sizni yuqoridan tanishlaridan ko’ra o’z ilmingiz orqali tanishlari — bu boshqacha. Shu sababli universitetda tadbir, tashkiliy ishlar emas, faqat ilmiy tanlovlarda qatnashganman. Universitetda “dekanat, rektoratda ustozlarga yordam beradiganlarga hamma narsa, tanlovlarda doim ular yutib ketadi”, degan stereotip yurar ekan. Bilimiz bo’lsa, unaqa emas: mana, man isbotman. 😃 Shu tarzda o’quv markazda ishlash bilan ijtimoiy faollikni ham birdek olib ketishni niyat qildim. 1-kursdayoq A. Faynberg maxsus stipendiyasini yutdim. Ilmga investitsiya qilsa, yuz barobar qaytib kelishini amalda ko’rdim. 3 yil ketma-ket “Yil talabasi” tanlovi universitet, Respublika bosqichlarida g’oliblik nasib qildi. Kitobxonlik, insholar tanlovida yutdim. Bu kabi tanlovlarda qatnashib, ilm, sabr, aql sinovdan o’tdi, vaziyatlarni tushunishni, insonlarni farqlashni o’rgana boshladim. Hali har bir haqda alohida post yozadigan kunlar ham keladi. @dilshoda_xakimova
Показати все...
❤‍🔥 83👍 35🔥 15🎉 9
Оберіть інший тариф

На вашому тарифі доступна аналітика тільки для 5 каналів. Щоб отримати більше — оберіть інший тариф.