cookie

Ми використовуємо файли cookie для покращення вашого досвіду перегляду. Натиснувши «Прийняти все», ви погоджуєтеся на використання файлів cookie.

avatar

Sobitjon Eshtemirov. Qushiq bob she'rlari.

Kanal 27.01.2022. Yaratildi. Siz izlagan qushiq bob she'rlar shu yerda. Mualliflik huquqi himoyalangan. Fikrlar bo‘lsa agar Bog‘lanish uchun 👇👇👇👇👇 @Talaba_shoir +99888 585 55 99

Більше
Рекламні дописи
463
Підписники
Немає даних24 години
Немає даних7 днів
-2730 днів

Триває завантаження даних...

Приріст підписників

Триває завантаження даних...

Begona bo‘ldingiz endi. Ketdingiz boqmasdan ko‘zimni yoshlab. Tunda oyday to‘lin bo‘ldingiz endi. O‘zganing yorisiz bugundan boshlab, Siz menga begona bo‘ldingiz endi. Sevgimni kuy qilib kuylashim gunoh Ismingiz pichirlab so‘ylashim gunoh. Hatto sizni endi o‘ylashim gunoh Siz menga begona bo‘ldingiz endi. Kechagi kun o‘tmish ko‘zimni yoshlab Alvido dedingiz ko‘zimni yoshlab. Bizning ertamiz yo‘q bugundan boshlab Siz menga begona bo‘ldingiz endi. Boysizda tillo-zar sizda bor endi. Sizga keng bu dunyo bizga tor endi. Erkalab quchadi o‘zga yor endi. Siz menga begona bo‘ldingiz endi. Erkalab o‘zimni derdim yomonim. Zulmat sari chorlar to‘rtta tomonim. Eng buyuk o‘shalmas mangu armonim. Siz menga begona bo‘ldingiz endi. Chindan sevgan edim bo‘lib devona. Bugun xiyonatdan yurak g‘amxona. Men ham endi sizga mangu begona. Siz menga begona bo‘ldingiz endi. Oq libosda oydek to‘ldingiz endi. Xazon bo‘lib guldek so‘ldingiz endi. Endi siz bevafo o‘zganing yori, Siz menga begona bo‘ldingiz endi. ✍ Sobitjon Eshtemirov. 06.2024.
Показати все...
👍 6
Nomozing o‘qi. Bu besh kunlik dunyoga to‘ra. Bo‘laman deb o‘rinma jo‘ra. Kel yaxshisi sen unda ko‘ra. Islom farzi nomozing o‘qi. O‘yin-kulgi, yurma baqirib. Musulmonsan, kimliging bilib. Erta tongdan azon chaqirib. Islom farzi nomozing o‘qi. Ko‘ngling yorug‘ nurafshon bular. Uyinga qut, baraka to‘lar. Baxting albat sen ishon kular. Islom farzi nomozing o‘qi. Qur'on o‘qib, qilib tilovat. Sano aylab, aytib salovat. Inson topar, huzur-halovat. Islom farzi nomozing o‘qi. To‘g‘ri yo‘l sal bo‘lsada yiroq. Qalbga qurquv, solmagay firoq. Har bir oyat kungilga chiroq. Islom farzi nomozing o‘qi. Qilavermay kimligingni ko‘z. Faqirlarga yordam qo‘lin cho‘z. So‘zda bo‘lib ma‘no, mantiq, tuz. Islom farzi nomozing o‘qi. Inson har xil fikr qil ko‘rib. Yurmay har xil, xom hayol so‘rib. G‘aflat bosmay azonda turib. Islom farzi nomozing o‘qi. Shaytonga do‘st bo‘lmagin nishon. Alloh bitta, chin dildan ishon. Bo‘lay desang jannati inson. Islom farzi nomozing o‘qi. ✍ Sobitjon Eshtemirov. 27.06.2021.
Показати все...
8👍 2
#𝘗𝘳𝘦𝘮𝘺𝘦𝘳𝘢_𝘺𝘢𝘯𝘨𝘪 𝘈𝘯𝘥𝘪𝘴𝘩𝘢 𝘰𝘵𝘪𝘯𝘪 𝘲𝘰‘𝘳𝘲𝘰𝘲 𝘲𝘶𝘺𝘪𝘣𝘴𝘪𝘻... 𝘉𝘪𝘳 𝘻𝘢𝘮𝘰𝘯𝘭𝘢𝘳 𝘴𝘪𝘻𝘨𝘢 𝘦𝘯𝘨 𝘺𝘢𝘲𝘪𝘯 𝘦𝘳𝘥𝘪𝘮. 𝘖‘𝘻𝘪𝘮𝘯𝘪𝘬𝘪 𝘥𝘦𝘥𝘪𝘮 𝘫𝘰𝘯𝘪𝘮𝘯𝘪 𝘣𝘦𝘳𝘥𝘪𝘮. 𝘈𝘭𝘭𝘰𝘩 𝘣𝘰𝘳𝘥𝘪𝘳 𝘴𝘪𝘻𝘨𝘢 𝘯𝘪𝘮𝘢 𝘩𝘢𝘮 𝘥𝘦𝘳𝘥𝘪𝘮. 𝘈𝘯𝘥𝘪𝘴𝘩𝘢 𝘰𝘵𝘪𝘯𝘪 𝘲𝘰‘𝘳𝘲𝘰𝘲 𝘲𝘶𝘺𝘪𝘣𝘴𝘪𝘻. ✍𝘚𝘰𝘣𝘪𝘵𝘫𝘰𝘯 𝘌𝘴𝘩𝘵𝘦𝘮𝘪𝘳𝘰𝘷 🎙𝘌𝘭𝘳𝘰𝘻 𝘒𝘢𝘯𝘢𝘭𝘪𝘮𝘪𝘻𝘨𝘢 𝘰𝘣𝘶𝘯𝘢 𝘣𝘰ʻ𝘭𝘪𝘯𝘨! 👇👇👇
Показати все...
7.48 KB
👍 4
1.98 MB
👍 2
2.19 MB
👍 1🔥 1👏 1
Ona kunglingizni og‘ritib quydim. Men qanday o‘g‘ilman aytganez qilmay, Siznimas kim qayda sanamni suydim. Kechirim so‘rayman bilib yo bilmay, Ona kunglingizni og‘ritib quydim. Tushinish istamay o‘ylab bir o‘zim, O‘zimdan o‘zgasin ko‘rmabdi ko‘zim. Biroz oshib ketib balandlab so‘zim, Ona kunglingizni og‘ritib quydim. Neki topgan bo‘lsam o‘zimga dedim. Ayolim, o‘g‘limga, qizimga dedim. Xudbinman o‘zimni g‘amimni yedim. Ona kunglingizni og‘ritib quydim. Oy ufqning boshiga yumalab ketdi. Men sabab tomchi yosh dumalab ketdi. Ayting qadringizga qay qachon yetdim, Ona kunglingizni og‘ritib quydim. So‘zlarim tinglaysiz qilmay e'tiroz, So‘zlabman bermasdan so‘zimga pardoz. Men aslida kimligim unutib biroz, Ona kunglingizni og‘ritib quydim. Siz uchun zo‘r sovg‘a olay bejirim. Duoyingingiz sabab ikkidir birim. Takror kelib sizdan so‘ray kechirim, Ona kunglingizni og‘ritib quydim. ✍ Sobitjon Eshtemirov. 05.2024.
Показати все...
👍 4🔥 1
00:57
Відео недоступне
IMG_1198.MOV9.76 MB
6🥰 3👍 2
Andisha otini qo‘rqoq quyibsiz. O‘zga bir choponga yeng bo‘lmay desam, Bergan savolimga so‘roq quyibsiz. Insof tilab sizga teng bo‘lmay desam, Andisha otini qo‘rqoq quyibsiz. Aslida kimsiz siz, sezib yuribman. Qilgan ishingizdan bezib yuribman. Past kelib o‘zimni yerga o‘ribman. Andisha otini qo‘rqoq quyibsiz. Haqning kuchalarin buylagan edim, Bugunning ertasin o‘ylagan edim, Insof berib qolar, nima ham derdim, Andisha otini qo‘rqoq quyibsiz. Aldasam sodda u bilmaydi deya. Bilsa ham hech nima qilmaydi deya. Qo‘lidan hech bir ish kelmaydi deya. Andisha otini qo‘rqoq quyibsiz . Bir zamonlar sizga eng yaqin erdim. O‘zimniki dedim jonimni berdim. Alloh bordir sizga nima ham derdim. Andisha otini qo‘rqoq quyibsiz. ✍ Sobitjon Eshtemirov. 05.2024.
Показати все...
👍 7👏 1
Ketishimiz bor. Yaqinlarimiz qolar oh-u dod bilan, Allohning huzuriga yetishimiz bor. Yozilgan kuni kelsa yog‘och ot bilan, Kelgan bu dunyomizdan ketishimiz bor. Kim yaxshilik qiloldi, kimlardir jabr, Kimning ko‘zi to‘ymasdir, kim qilar sabr. Nasib qilgan o‘sha kun kovlanib qabr, Kelgan bu dunyomizdan ketishimiz bor. Boyligin ko‘z-ko‘z qilib kerilgan bilan, Yo kibru havolarga berilgan bilan, Kambag‘al yo boylarga terilgan bilan, Kelgan bu dunyomizdan ketishimiz bor. Aldanib qolmang pul bu, qimor-u sharob, Yengil hayot bir kuni, aylaydi xarob. Mehr qo‘ymang o‘tkinchi barchasi sarob, Kelgan bu dunyomizdan ketishimiz bor. Qo‘lga olgan bo‘lsada yerning sharini, Olib ketolmaydi hech, bir so‘m, zarini. Yiqqan-terganlarimiz, tashlab barini, Kelgan bu dunyomizdan ketishimiz bor. Hech o‘zi bitganmidi, kimda yo‘q kamlar, Aslida g‘animat har, soniya damlar. Unitib quymaylikda, ahli odamlar, Kelgan bu dunyomizdan ketishimiz bor. O‘zligin unutmoqda yigitlar, qizlar, Shukr qilmay dunyodan, kim nima izlar. Allohim chaqirgan kun, galma-gal bizlar, Kelgan bu dunyomizdan ketishimiz bor. ✍ Sobitjon Eshtemirov. 05.2024.
Показати все...
👍 6🔥 1
Sog‘inmaysizmi? Og‘ir botib sunggi so‘zlarim, Endi yo‘qlab hech kelmaysizmi? Yo‘lingizga intiq ko‘zlarim, Sog‘indim men sog‘inmaysizmi? Kechiring-da bo‘lmangda zolim. Netay har dam sizda hayolim. Oshkor aylab bir sizga holim. Sog‘indim men sog‘inmaysizmi? Ayriliqqa qanday beray dosh. Intiq yo‘lda ko‘zim to‘la yosh. Ming yashirmay bari bo‘lar fosh. Sog‘indim men sog‘inmaysizmi? Sog‘indim deng yo biror so‘zmi. Bahor aylang xazonli kuzni. Yurak degan bir parcha muzmi. Sog‘indim men sog‘inmaysizmi? Yolg‘izlikda holim parishon. Iqror bo‘ldim har lahza har on. Oxir bo‘lib pushmonga nishon. Sog‘indim men sog‘inmaysizmi? Aritgancha dildan g‘amlarni. To‘ldirgancha kelib kamlarni. Qumsab o‘tgan shirin damlarni. Sog‘indim men sog‘inmaysizmi? Qaytaqoling kech bo‘lar keyin. Siz bo‘lsangiz sog‘inch bir tiyin. Men yomonni unitish qiyin. Sog‘indim men sog‘inmaysizmi? ( Holim so‘rab hech kelmaysizmi? ) ✍ Sobitjon Eshtemirov. 24.04.2023.
Показати все...
👍 3 1
Оберіть інший тариф

На вашому тарифі доступна аналітика тільки для 5 каналів. Щоб отримати більше — оберіть інший тариф.