Urgut tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
Відкрити в Telegram
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Urgut tuman ixtisoslashtirilgan maktabi faoliyatini ushbu telegram kanalimiz orqali kuzatib boring! Admin: @Urgut_IM_25 Tel: +998941709077
Показати більше1 515
Підписники
-824 години
-67 днів
-1330 день
Архів дописів
Repost from Mudofaa vazirligi rasmiy kanali
🔉 ❤️🔥❤️🔥❤️🔥🧡🧡🧡❤️❤️❤️
⭐️"Vatanparvar yoshlar – Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari" respublika ko‘rik-tanloviga start berildi!
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Vatan tayanchi” bolalar va o‘smirlar harbiy-vatanparvarlik harakati a’zolari hamda 15–18 yosh toifasidagi o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida respublika ko‘rik-tanlovi tashkil etilmoqda.
➡️Tanlovning maqsadi:
Yoshlarda Vatanga sadoqat, jasorat, fidoyilik va bunyodkorlik fazilatlarini mustahkamlash, ularning ijodiy salohiyati hamda tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashdan iborat.
✔️ Tanlov yo‘nalishlari:
🗣 "Vatanimga bag‘ishlov" – mualliflik she’ri
🗣 "Istiqlol qahramonlari va Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari" – insho (2–4 bet)
🗣 "Vatan ravnaqiga mening hissam" – maxsus nominatsiya
📅 Ijodiy ishlar 20-avgustga qadar qabul qilinadi:
💻 Tanlovga topshiriladigan hujjatlar:
🗃Shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi;
🗃 Bog‘lanish uchun telefon raqami va o‘qish/yashash manzili;
🗃 Tanlangan yo‘nalish ko‘rsatilgan ariza;
🗃 Ijodiy ish (PDF yoki Word formatida);
🗃 100–150 so‘zdan iborat annotatsiya.
✍️ Hujjatlar rasmiy elektron pochta manzili👨💻 vatantayanchi@gmail.com hamda 🛫 @vatan_tayanchi_tanlov telegram orqali qabul qilinadi.
🏆 Tanlovning tashkiliy qo‘mitasi tomonidan har bir yo‘nalish bo‘yicha 1 nafardan g‘olib ishtirokchi aniqlanadi. Shuningdek, ijodiy yondashuvini namoyon qilgan eng yaxshi ijodiy ish egalari 2 ta rag‘batlantiruvchi nominatsiya bo‘yicha taqdirlanadi.
🎁 G‘oliblar Mustaqillik bayrami arafasida diplom, esdalik sovg‘alar bilan taqdirlanadi.
🔗 Ko‘rik tanlov Nizomi 👈
😎 Aziz "Vatan tayanchi" harakati a’zolari!
Ijodingiz, bilim va iste’dodingizni namoyon etish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang! Tanlovda faol ishtirok eting va Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari safidan munosib o‘rin egallang!
🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com
#apellatsiya_2026
🔴 APELLATSIYAGA ARIZALAR QUYIDAGI TARTIBDA JORIY YILNING 28, 29 VA 30-IYUL KUNLARI QABUL QILINADI.
🖱️ Tayanch va hududiy ixtisoslashtirilgan hamda ijod maktablari kirish imtihonlari natijalaridan norozi bo‘lgan talabgorlar apellatsiya komissiyasiga ariza bilan murojaat etishga haqli.
🖱️ Apellatsiya komissiyasi o‘quvchilarning murojaatini 10 kun muddatda ko‘rib chiqadi.
🖱️ Apellatsiya bo‘yicha kelib tushgan arizalar murojaatchilarning o‘z hududlarida ko‘rib chiqiladi.
🖌 Apellatsiya arizalarini maktablar kesimida ariza.piima.uz sayti orqali shaxsiy kabinetdan yuborishingiz mumkin.
Bizni kuzating💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
#imtihon_natijalari_2026
📌 Hududiy ixtisoslashtirilgan maktablarining kirish imtihoni natijalari e’lon qilinmoqda!
Imtihon natijalarini quyidagi havolalar orqali bilishingiz mumkin:
🟢 https://my.gov.uz/uz/service/1095
🟢 https://ariza.piima.uz
Bizni kuzating💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
Urgutlik o‘quvchimiz “El-yurt umidi” jamg‘armasi g‘olibi!🏛Urgut tumani ixtisoslashtirilgan maktabi bitiruvchisi Amrillayev Zarshed “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiyasini qo‘lga kiritdi! 🌟 AQShning top universitetlari qabuliga sazovor bo‘lgan bitiruvchimizning ko‘rsatkichlari: 🔹 The Pennsylvania State University (Top-82) — Computer Science 🔹 Arizona State University (Top-173) — Muhandislik va texnologiya 🔹 Queens University of Charlotte — 4 yil uchun jami $92,000 grant (Merit Scholarship) Zarshedga kelgusi o‘qishlarida va ilmiy faoliyatida faqat va faqat zafarlar tilaymiz! Maktabimiz sen bilan faxrlanadi! ✊🇺🇿 📲Biz ijtimoiy tarmoqlarda 👇👇👇 Telegram | Facebook
Tavallud ayyomingiz muborak bo'lsin, hurmatli Prezident!
Repost from Talimxabarlari.uz
Ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari natijalari qachon e'lon qilinadi? Agentlik natijalar kechikishiga izoh berdi
Batafsil: https://talimxabarlari.uz/75730/
🎓 Obuna bo‘ling - @talimxabarlari
Repost from Yoshlar ishlari agentligi
⚡️Bilimdonlar, yangi mavsumga tayyormisiz?
Mamlakatimizdagi millionlab yoshlar va ziyo maskani bo‘lgan oilalarni ilm yo‘lida birlashtirib kelayotgan “Yosh kitobxon” hamda “Yosh kitobxon oila” tanlovlarining 2026-yilgi mavsumi uchun kitoblar ro‘yxatini e’lon qilamiz!
Bilim va tafakkur bellashuvida ishtirok etish uchun mutolaani hozirdan boshlang. Yangi mavsum asarlari bilan quyidagi havolalar orqali tanishishingiz mumkin:
👉 “Yosh kitobxon” kitoblar ro‘yxati;
👉 “Yosh kitobxon oila” kitoblar ro‘yxati.
Tanlovda ishtirok etish uchun hoziroq ro‘yxatdan o‘ting:
1. @yoshkitobxon_bot
2. @kitobxonoila_bot
Yangi mavsumda barchaga omad hamda zafarlar tilaymiz!
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
⚡️Bilimdonlar — yangi mavsumga tayyormisiz?
Mamlakatimizdagi millionlab yoshlar va ziyo maskani bo‘lgan oilalarni ilm yo‘lida birlashtirib kelayotgan “Yosh kitobxon” hamda “Yosh kitobxon oila” tanlovlarining 2026-yilgi mavsumi uchun kitoblar ro‘yxatini e’lon qilamiz!
Bilim va tafakkur bellashuvida ishtirok etish uchun mutolaani hozirdan boshlang. Yangi mavsum asarlari bilan quyidagi havolalar orqali tanishishingiz mumkin:
👉 “Yosh kitobxon” kitoblar ro‘yxati;
👉 “Yosh kitobxon oila” kitoblar ro‘yxati.
Tanlovda ishtirok etish uchun hoziroq ro‘yxatdan o‘ting:
1. @yoshkitobxon_bot
2. @kitobxonoila_bot
Yangi mavsumda barchaga omad hamda zafarlar tilaymiz!
@alisher_sadullaev
Repost from Prezident maktabi |Samarqand shahri
⚡️ Samarqand shahridagi Prezident maktabi uchun natijalarni ushbu fayl orqali ko’rishingiz mumkin.
✅Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.me/SamarqandPM
#qabul_2026
#imtihon_natijalari
🔴 Diqqat! Hurmatli ota-onalar!
🎓 PREZIDENT MAKTABLARIGA KIRISH IMTIHONLARINING 1-SARALASH BOSQICHI NATIJALARI E'LON QILINMOQDA!
✅ Joriy yilning 25-iyun kuni o‘tkazilgan Prezident maktablarining 1-saralash bosqichi imtihon natijalari Cambridge xalqaro ta’lim tashkiloti tomonidan e’lon qilindi.
✅ Imtihon natijalarini Cambridge Assessment International Education tashkilotining quyidagi rasmiy veb-sahifasi orqali ko’rishingiz mumkin:
https://www.cambridgeinternational.org/preselection-results-J26/
Bizni kuzating💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
#qabul_2026
#imtihon_natijalari
🔴 Diqqat! Hurmatli ota-onalar!
🎓 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatining 1-bosqich imtihon natijalari eʼlon qilindi!
✅ Joriy yilning 1-iyul kuni o‘tkazilgan Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatining 1-bosqich imtihon natijalari Marshall Cavendish Education xalqaro taʼlim tashkiloti tomonidan eʼlon qilindi.
✅ Imtihon natijalarini Marshall Cavendish Education tashkilotining quyidagi rasmiy veb-sahifasi orqali ko‘rishingiz mumkin:
https://www.mceducation.com/examination-results-under-the-agency-for-specialized-educational-institutions-for-uzbekistan
Bizni kuzating💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
#Imtihon_2026
🎓 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab va uning hududlardagi filiallariga kirish imtihonlari
🇺🇿 Joriy yilning 4-iyul kuni respublika bo‘ylab Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab va uning hududlardagi filiallariga kirish imtihonlari o‘tkaziladi.
✅ Imtihonlar quyidagi vaqtlarda tashkil etiladi: 🖱️ 1-smena — soat 8:00; 🖱️ 2-smena — soat 11:30; 🖱️ 3-smena — soat 17:00.
⏰ Talabgorlar hamda ularning ota-onalaridan kirish imtihonlari o‘tkaziladigan manzilga belgilangan vaqtdan kamida 1 soat avval yetib kelishlari talab etiladi!🖌 Imtihon quyidagi fanlardan o‘tkaziladi: 🖱️matematika — 30 ta topshiriq, shundan 10 tasi mantiqiy fikrlashga yoʻnaltirilgan; 🖱️ingliz tili — 15 ta topshiriq. ✅ Har bir talabgorga jami 45 ta test topshirig‘ini bajarishi uchun 105 daqiqa vaqt ajratiladi.
Bizni kuzating💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
#30_iyun_Yoshlar_kuni
💐 30-iyun – Yoshlar kuni muborak!
Qadrli o‘quvchilar, aziz yoshlar!
Sizlarni bugungi shukuhli bayram — Yoshlar kuni bilan maktabimiz ma’muriyati nomidan chin qalbimizdan muborakbod etamiz!
Yurtimiz ravnaqi va kelajagi yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlar markazida aynan siz kabi bilimga chanqoq, shijoatli yoshlarimiz turganidan faxrlanamiz.
Maktabimiz erishayotgan har bir yutuq zamirida sizlarning intellektual salohiyatingiz va fidoyiligingiz mujassam.
Biz sizlarning har bir iqtidor va tashabbusingizni qo‘llab-quvvatlashga, ezgu maqsadlaringiz yo‘lida doimo yoningizda bo‘lishga tayyormiz.
Doimo bilim cho‘qqilarini zabt eting, ota-onangiz va ustozlaringiz ishonchini oqlaydigan komil insonlar bo‘lib yetishingizga ishonamiz. Bayramingiz muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan,
Urgut tuman ixtisoslashtirilgan maktabi jamoasi
+9
#Imtihon_2026
🎓 Ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari boshlandi
🇺🇿 Ayni damda respublikamiz bo‘ylab Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari bo‘lib o‘tmoqda.
Bugungi kunda talabgorlar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha imtihon topshirdilar:
🖌 7-sinf – Aniq fanlar yo‘nalishi;
🖌 9-sinf – Aniq va tabiiy fanlar yo‘nalishlari.
Eslatib o‘tamiz, ertaga, 28-iyun kuni quyidagi yo‘nalishlarda imtihonlar bo‘lib o‘tadi:
6-sinf – Aniq fanlar;
7-sinf – Tabiiy fanlar;
8-sinf – Aniq fanlar;
10-sinf – Aniq va tabiiy fanlar.
Bizni kuzatib boring!Telegram | Facebook
#qabul_2026
🔴 Diqqat! Hurmatli ota-onalar!
🖌 2026/2027-o‘quv yili uchun ixtisoslashtirilgan maktablarning kirish imtihonlarida ishtirok etish uchun ruxsatnomalar arizachilarning ariza.piima.uz saytidagi shaxsiy kabinetiga joylashtirildi!
🎓 Ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjat topshirgan talabgorlardan ruxsatnomani ariza.piima.uz sayti orqali yuklab olishingizni so‘raymiz. Imtihonlarga ruxsatnomada ko'rsatilgan manzilga belgilangan vaqtda yetib boring!
Bizni kuzatib boring!Telegram | Facebook
+2
"Kamtarlik — haqiqiy kuch belgisi: Habibulloh Nasimovdan kutilgan rekordlar!"✨Bizning eng kamtarin va kutilgan qahramonimiz — Habibulloh Nasimov. Bu yigit bizga natijalarini ko‘rsatishga shoshilmadi, ammo bunday ajoyib raqamlarni yashirib bo‘ladimi? 🔥 SAT jami bal: 1480! (O‘qish va yozish: 690, Matematika: 790 - bu eng yuqori 1% lik natija!) 🔥 O‘zbek tili va adabiyoti: 100% Mukammal natija! Habibulloh, sening yutuqlaring va kamtarliging bizni hayratda qoldirdi. Biz sen bilan faxrlanamiz!
Olg‘a, yangi marralar sari!🌍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda: Telegram | Facebook
Muvaffaqiyat — tinimsiz mehnat mevasi! 🚀🏛Urgut tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 9-A sinf o‘quvchisi Olimov Abduvoxid Kobiljon o‘g‘li ingliz tili bo‘yicha B2 darajali milliy sertifikatni qo‘lga kiritdi. Ushbu o'quvchimizning kelgusi ishlarida va o‘qishlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz! 🌟 Aziz o‘quvchilar! Siz ham o‘z maqsadlaringiz sari intiling. Unutmang, har bir o‘qilgan kitob, har bir yodlangan yangi so‘z sizni orzularingizga yaqinlashtiradi. Abduvoxidning muvaffaqiyati hammangiz uchun ilhom manbai bo‘lsin! 🌍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda: Telegram | Facebook
#qabul_2026
DIQQAT, E’LON!
🎓 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga kirish imtihonlarini o‘tkazish GRAFIGI.
✅ 2026-yil 25-iyundan boshlab Agentlik tizimidagi Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan, sport, tayanch, muhandislik va jasorat maktablari, Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internati, xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internati hamda“Prezident iqtidorli farzandlari” qo‘llab-quvvatlash milliy dasturi uchun kirish imtihonlari o‘tkaziladi.
📨 Imtihon ruxsatnomalari imtihon sanasidan 3 kun oldin talabgorning shaxsiy kabinetiga yuklanadi va bu haqida arizada ko‘rsatilgan telefon raqamga SMS-xabarnoma yuboriladi. Talabgorlar ruxsatnomani ariza.piima.uz saytidagi shaxsiy kabinetlari orqali yuklab olishlari mumkin bo‘ladi.
👉 Talabgorlardan imtihon vaqtlarini oldindan diqqat bilan o‘rganib chiqishlari hamda imtihon kuni belgilangan vaqtdan kechikmasdan test sinovi o‘tkaziladigan hududga yetib kelishlari so‘raladi.
Bizni kuzating💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
