cookie

Ми використовуємо файли cookie для покращення вашого досвіду перегляду. Натиснувши «Прийняти все», ви погоджуєтеся на використання файлів cookie.

avatar

Nutriciolog.Shahlo

konsultatsiya hashtagida,Konsultatsiya haqida malumot joylangan Kanal linki : https://t.me/Shahlonutriciolog

Більше
Рекламні дописи
5 381
Підписники
-224 години
+97 днів
+2630 днів

Триває завантаження даних...

Приріст підписників

Триває завантаження даних...

Assalamu alaykum va rohmatulloh va barokatuh. Qizla konsultatsiyaga zapisni ochdik. Konsultatsiya haqida batafsil ma’lumotni mana shu gaytdan olasiz. Iltimos, gaytni diqqat bilan o’qing. Gaytdan kimlarni konsultatsiyaga olishim yozilgan va konsultatsiya sharlari ham. Tanishib chiqib, so’ng asistenga yoziling
Показати все...
4👍 3
Vitamin A Iherbda qo’shimchalar.
Показати все...
11🥰 7
VITAMIN A ✔️hujayralarni yangilash va o'sishni rag'batlantirishda ishtirok etadi; ✔️sog'lom sochlar, tishlar, suyaklarni saqlaydi ✔️antioksidant ta'sirga ega; ✔️ko'rishni saqlash va yaxshilash uchun kerak; ✔️oshqozon, og'iz, ichak, o'pkaning shilliq pardalarini mustahkamlaydi va davolaydi; ✔️organizmning viruslar, zamburug'lar, bakteriyalar va allergenlarning hujumlariga chidamliligini oshiradi. Tanqislik alomatlari: - quruq ko'z sindromi, ko'rish keskinligining pasayishi, kon'yunktivitning tez-tez takrorlanishi; - yuzaki keratit, ko'zning shox pardasining yallig'lanishi, og'riq va ko'zning qizarishi bilan birga keladi; - follikulyar keratoz, quruq teri, ba'zida keratinizatsiya (ороговение (qurbaqa teri effekti)); - nosog'lom sochlar, qatlamlanib ko'chuvchi (слоящиеся) tirnoqlar; - akne (угревая сыпь), ko'pincha o'smirlar uchun og'riqli mavzu; -og'iz bo'shlig'idagi kasalliklar, oshqozon yarasi, stomatit va boshqalar; -umuman immunitetning pasayishi; - o'sishning kechikishi; - og'iz, burun shilliq qavatining quruqligi; - chalazion (boshqacha aytganda, bu ko'z qovog'i chetining yallig'lanishi, bezlarning tiqilib qolishi, o'sishi kabi, o'rtacha zichlikdagi, teri ostidagi donga o'xshash); - o'ziga xos simptomlari: issiq ichimliklarga toqat qilolmaslik, tilning bir zumda kuyishi. Vitamin A qondagi darajasi: - 1,2 mkg / ml dan past ko'rsatkich - yetishmasligi - 1,2 mkg / ml dan yuqori ko'rsatkich - haddan tashqari ko'p Vitamin A ning profilaktik dozalari: - 1 yoshdan 3 yoshgacha - 1000 - 2000 ME -4 yoshdan 8 yoshgacha - 2500 - 5000 ME -9 yoshdan 13 yoshgacha - 5000 - 10000 ME ✅qabul qilishning o'rtacha davomiyligi 1 oy ✅terapevtik dozalar shifokor tomonidan tanlanishi kerak - A vitamini yog'da eriydigan vitamindir, shuning uchun u yog'li ovqatlar bilan birga qabul qilinadi - D3 va K2 bilan qabul qilish taqiqlanadi - kechqurun yaxshi so'riladi - A vitamini tanqisligi = temir tanqisligiga - agar vitaminlar A va E kichik dozalarda bo'lsa, sink, yod, vitamin C, temir, E vitamini bilan yaxshi uyg'unlashadi - A vitaminining yuqori dozalarini qabul qilganda, C vitamini yoki antioksidantlar bilan birlashtirilganligiga ishonch hosil qiling, bioflavonoidlar, Q10 mos keladi. But organizmda A vitamini oksidlanishini oldini olish uchun kerak. Qabul qilish uchun A vitamini shakllari: -retinol (baliq jigaridan tabiiy formasi) -retinol palmitat (A vitaminining kam baholangan shakli, ba'zi hollarda shifokorlar tomonidan buyuriladi, chunki u qonda NK-killerlarini yaxshi rag'batlantiradi, immunogrammani ko'rib chiqish va baholash kerak) VITAMIN A va GENETIKA • BCMO1 geni (rs7501331) karotenoidlarni retinoidlarga (A vitaminining biologik faol, "hayvon" shakli) aylantiradi • A/A - retinol sintezining yuqori tezligi • A/T va T/T - konvertatsiya 3 barobar kamayadi! Ratsionga A vitamini hayvonot mahsulotlaridan (treska jigari yog'i) yoki qo'shimchalardan qo'shilishi kerak. #vitaminA
Показати все...
19🔥 6👍 5
#suhbat #olima_onalar suhbati 💥" 𝕆𝕝𝕚𝕞𝕒 𝕠𝕟𝕒𝕝𝕒𝕣 𝕤𝕦𝕙𝕓𝕒𝕥𝕚" dasturining navbatdagi mehmoni :
《 3-yillik tajribaga ega,oliy ma'lumotli nutrisolog》
𝑰𝒍𝒂𝒙𝒖𝒏𝒐𝒗𝒂 𝑺𝒉𝒂𝒉𝒍𝒐𝒙𝒐𝒏 Mehmonimiz haqida qisqacha: 👇 1.1-mutaxasislik T.D.P.U Defentologiya fakulteti bitiruvchisi 2.2-mutaxasislik-Bolalar va kattalar preventiv nutritsiologi. 3.Hozirda U.O.M da klinik nutritsiologiya yo'nalishi talabasi. 4.Preventiv nutritsiologiya bo'yicha Rossiyada 2023-yil malakasini oshirgan. 5."Nutricolog.Shahlo" kanalida o'z tajribalari bilan bo'lishib boradilar. 6."Healthy biom,"Bolalar ovqatlanishi","Anemiya" kabi kurslar muallifi: 𝑰𝒍𝒂𝒙𝒖𝒏𝒐𝒗𝒂 𝑺𝒉𝒂𝒉𝒍𝒐𝒙𝒐𝒏 📝S‌u‌h‌b‌a‌t‌ m‌a‌v‌z‌u‌s‌i‌: 《𝔹𝕠𝕝𝕒𝕝𝕒𝕣𝕟𝕚𝕟𝕘 𝕒𝕢𝕝𝕚𝕪,𝕣𝕦𝕙𝕚𝕪 𝕧𝕒 𝕛𝕚𝕤𝕞𝕠𝕟𝕚𝕪 𝕣𝕚𝕧𝕠𝕛𝕝𝕒𝕟𝕚𝕤𝕙𝕚𝕕𝕒 𝕠𝕧𝕢𝕒𝕥𝕝𝕒𝕟𝕚𝕤𝕙𝕟𝕚𝕟𝕘 𝕠'𝕣𝕟𝕚》 ✈️Postni yaqinlaringizga ham  ulashishni unutmang zero bu podkastlar barcha farzandi bor onalar uchun judayam foydali. 🎙Barchangizni jonli efirda kutib qolamiz, InshaAllah! Kanalga ulanish uchun 👇👇👇 ☆ https://t.me/superkidsmom
Показати все...
record.ogg25.03 MB
🔥 12👍 10 2🥰 1
BOLALARDA PAST INSULIN Insulin - oshqozon osti bezining endokrin qismi tomonidan chiqariladigan oqsilli gormon bo'lib, uglevodlar almashinuvini tartibga soladi, qonda qand(glyukoza)miqdorini kerakli darajada ushlab turadi, shuningdek, yog'lar (lipidlar) almashinuvida ishtirok etadi. ✔️Insulin hujayradagi magniyni ushlab turadi, hujayra proliferatsiyasini keltirib chiqaradigan o'sish gormoni retseptorlari bilan bog'lanadi va xolesterin ishlab chiqarishni nazorat qiladi. 🩸Optimal insulin 3,5-5 mkU / ml (kattalar va bolalar uchun) ✔️Insulinni pasayishi sabablari: - oqisl yetishmasligi -virusli yuklama (nagruzka) - mitoxondrial yetishmovchilik - ammiak bilan yuklanish - stress -1-toifa diabet - bu genetik xususiyatga ega bo'lgan va ko'pincha erta bolalik davrida o'zini namoyon giladigan autoimmun kasallikdir -ko'p shirinliklar, tez-tez gazaklar (перекусы) -kamaygan oshqozon osti bezi resursi -og'ir metallar bilan yuklanish (emlashlar, iflos atrof muhit, radiatsiyalangan xududda yashash,turmushdagi kimyoviy vositalar) -magniy, fosfor, kaliy, natriy, litiy, temir, bor, xrom, mis, oltingugurt, yod, xolin, molibden, A, E, D, K vitaminlari kabi makro va mikroelementlarning yetishmasligi Nima qilish kerak? - Farzandingizni to'g'ri ovqatlanishga o'tkazishga harakat qiling Agar, bola bog'chada ko'proq vaqt o'kazsa, pediatrdan maxsus ma’lumotnoma so'rang, masalan, bolaning bug’doy uniga allergiyasi borligi va kun ora makaron, har kuni poldnikka bulochka,pirog emas, grechka, no’xat, mosh, perlovka, tariq, garox,chechevitsa kabi murakkab uglevod kerakligi haqida yozib berish va ma’lumotnomani bog’cha mudirasiga taqdim qilib, bolangiz uchun optimal ratsionga erishish. - tez-tez gazaklar (perekuslar), shirinliklar, juda ko'p mevalarni olib tashlang, meva miqdori va ovqatlanish rejimiga e’tibor bering - sog'lom ovqat yeyishga harakat giling. Uyda, barcha oila a'zolari iloji boricha BGBKBS ga o'tishlari, iloji bo’lmasa, faqat onaning o’zi shu protokolda ovqtalanishi, bu orqali jigarga yuklamani kamaytirishingiz, detoksning 1 va 2 bosqichlari bilan ishlashingiz kerak - ammiak ham past insulin sababidir, ammiakni olib tashlash kerak - Gepamerts, L-orniton, L-citrulline ammiak tushirishga mos keladi. -mitoxondriyalar bilan ishlash, chunki ular bizning kichik elektr stantsiyalarimiz - past kislotalilik bilan ishlash, biz uchun tananing foydali oziq moddalarni oziq-ovqatdan, shu jumladan oqsildan o'zlashtirishi muhimdir #insulin
Показати все...
👍 30 6👏 6
Mana kanalda ikki tibbiyot haqida post bor. O’qib chiqing. Preventiv va klassik tibbiyitni bir- biridan ajratib bo’lmaydi. Har ikkala tibbiyotni o’z o’rni bor ! Har qanday preventiv shifokor avval klassik tibbiyotni o’qiydi. Bu shifokor uchun asos !
Показати все...
👍 31 15
Klassik va Preventiv tibbiyot KLASSIK TIBBIYOT Butun dunyoda, xususan O' zbekistonda davlatdagi asosiy tibbiyot. Tibbiyot oliygoxlarida ham, klassik tibbiyot taxsil beriladi. Yana boshga nomlari: ⁃ Isbotlovchi dokazatelnaya) meditsina ⁃ konversional meditsina ⁃ ortodoksal meditsina ⁃ allopatik meditsina ⁃ g'arbiy meditsina KLASSIK TIBBIYOT- O'tkir kasalliklar va simptomlar bilan ishlaydi. Masalan: Suyak sinishi, isitma ko’tarishi, tez tibbiy yordam, jarroik,lat yeyish, yirtilish, appentendetsit yoki boshqa zudlik bilan gilinadigan operatsiyalar, barcha xirurgik amaliyotlar, tug'ruq, stomatalogiya, o'tkir og'riqlar va h'kz . O't gopi qattiq og'riq berdi deylik, bemor og'riqdan bukchayib qolgan. Bu xolatda KLASSIK tibbiyot yordam beradi, yanintez yordam chaqiriladi. Preventiv yo'l yoki usul qo'llanilmaydi. PREVENTIV TIBBIYOT- Davlat tibbiyot oliygoxlari dasturiga kiritilmagan. Shifokorlar uchun malaka oshirish, Oliy tibbiy ta'limi bo' lmagan shaxslar uchun qayta tayyorlov kurslarida o'qitiladi. 00'SHIMCHA NOMLARI ⁃ Integrativ tibbiyot ⁃ Funksional va Personallashgan tibbiyot ⁃ No an'anaviy tibbiyot Uzoq yillar dan beri davom etib kelayotgan SURUNKALI HOLATlar : Ich gotishi, bosh og'rishi, migren, cherepnoe davlenie, qon quyulishi, be pushtlik, ayollarda kista, adneksit, xolesistit, anemiya va boshqa tanqisliklar, immunitet pastligi va yana JUDA KO'P holatlarda PREVENTIV TIBBIYOT yordam beradi. Tepada rasm joyladim, albatta uni o’qib chiqing. Bu ikki tibbiyotni bir- biridan ajratib bolmaydi va hamma shifokor preventiv bolishga majbur emas. Klassik tibbiyit yutuqlari juda katta buni tan olish kerak. Bilishimiz kerak bo'lgan asosiy nuqta, qachon qaysi tibbiyotga murojaat qilish kerakligi. Preventiv tibbiyot bemor bilan ishlashda odam biokimyo (bioximiya)siga urg'u beradi. Xatto, nutritsiologlarga ham biokimyo o'rgatiladi. Klassik tibbiyot biokimyo bilan ishlamaydi. Klassik tibbiyotda yana bir nuqta- bu tibbiyot standartlashtirilgan. O'zim toksikoz bo lib roddomga yotganman. Bolnitsada faqat Fiz rastvor quyishgan, qusishimga serukal yon boshga gilingan. Lekin hech qanaga foyda bermagan. Ginekologim o't gopi uchun kapelnitsa qo'shib berishsin deganda, roddomdagi shifokordan quyidagi javobni olganman : " Protokolga boshqa dorilar qo'shib bera olmayman. Bizga Sog'liqni saqlash vazirligidan ro'yxat berilgan, faqat shuni qilamiz" Dorini o'zimiz olib kelamiz desak ham qo'shib berishmagan. Bunaqa tayyor berilgan royxatning salbiy tomoni, bemorga induvidual yondashish chegaraladi, shifokor erkin istaganini yoza olmaydi, fikrlamaydi. Hamma deyarli bir xil ro'yxat ishlatiladi. Poliklinikalarda ham shunday. Shifokor o'rniga vazirlik fikrlab qolip yaratib beradi. PREVENTIV TIBBIYOT - Odam organizmiga yaxlit tizim sifatida garaydi. Kasallik kelib chiqishida bitta organni o'zigina xasta-lanmay, balki bir nechta organlar tizimi xastalanadi degan fikrni olg'a suradi. MASALAN: Ayollarda Mioma, og'riqli hayz, endometrioz, ko'krak fibroadenomasi O'T DIMLANISHI yoki JILBER SINDROMI bilan bog'laydi. Har ikkala holatni detoks buzulishi birlashtiradi. Klassik tibbiyot esa, yugorida sanalganlarni bir-biriga umuman bog'lamaydi va alohida- alohida davolash kerak deydi. Preventiv tibbiyotning yuqoridagi kabi umumlashtirishlari ko'pchilik uchun absurd tuyiladi. #klassiktibbiyot #preventivtibbiyot
Показати все...
👍 32 12💯 3🔥 2
1.69 MB
👍 11
Shifokor tomirga IV terapiya yozdi. Zavjimga sotuvchi(formasevt) dorini NaCl(fiz rastvor) bilan olish kerak, NaCl o’zini olsalar reaktsiya beradi degan. Zavjim doktorim ahamiyatsiz deb jaxllari chiqdi. “ To’xtang ! “ deb qo’llanmani o’qidim. Qo’llanmada “ Ushbu dori NaCl bilan qo’llanilishi taqiqlanadi” deb yozilgan ekan.
Показати все...
😱 51 6😢 5👍 1
Bizagayam doctor yozgan ichirganman 6 oylik bolamga suprastineks. Doktor viloyatimizda eng mashhur pediatr navbati juda ko'p . Aptekachi ham retsept ko'raverib o'rganib ketganki tavsiya qiladi . Siz tavsiya qiladigan integrativ prevantiv pediatrlani navbatiga 1 yil kutish kerak
Показати все...
🥴 6🤔 2
Оберіть інший тариф

На вашому тарифі доступна аналітика тільки для 5 каналів. Щоб отримати більше — оберіть інший тариф.