Blockchain Texno - Bitcoin, kripto-aktivlar va blockchain texnologiyalari
Відкрити в Telegram
O'zbekistonda birinchi Bitcoin, kripto-aktivlar va blokcheyn texnologiyalar haqidagi OAV. Blockchain Texno axborot berish bilan chegaralanadi. Nashr hech qanday moliyaviy investitsiya asoslariga ega emas. Reklama va aloqa: info@blockchaintexno.uz
Показати більше7 272
Підписники
-5624 години
-1 1227 днів
+25430 день
Триває завантаження даних...
Схожі канали
Хмара тегів
Немає даних
Виникли проблеми? Будь ласка, оновіть сторінку або зверніться до нашого support-менеджера.
Вхідні та вихідні згадування
---
---
---
---
---
---
Залучення підписників
липень '26
липень '26
+1 540
в 3 каналах
червень '26
+667
в 2 каналах
Get PRO
травень '26
+173
в 5 каналах
Get PRO
квітень '26
+87
в 4 каналах
Get PRO
березень '26
+124
в 4 каналах
Get PRO
лютий '26
+163
в 3 каналах
Get PRO
січень '26
+197
в 4 каналах
Get PRO
грудень '25
+134
в 7 каналах
Get PRO
листопад '25
+152
в 6 каналах
Get PRO
жовтень '25
+204
в 5 каналах
Get PRO
вересень '25
+197
в 6 каналах
Get PRO
серпень '25
+145
в 1 каналах
Get PRO
липень '25
+178
в 12 каналах
Get PRO
червень '25
+95
в 3 каналах
Get PRO
травень '25
+197
в 9 каналах
Get PRO
квітень '25
+140
в 11 каналах
Get PRO
березень '25
+153
в 15 каналах
Get PRO
лютий '25
+167
в 6 каналах
Get PRO
січень '25
+440
в 35 каналах
Get PRO
грудень '24
+2 592
в 26 каналах
Get PRO
листопад '24
+2 257
в 20 каналах
Get PRO
жовтень '24
+442
в 13 каналах
Get PRO
вересень '24
+1 377
в 8 каналах
Get PRO
серпень '24
+696
в 17 каналах
Get PRO
липень '24
+617
в 19 каналах
Get PRO
червень '24
+614
в 21 каналах
Get PRO
травень '24
+769
в 20 каналах
Get PRO
квітень '24
+719
в 13 каналах
Get PRO
березень '24
+1 056
в 9 каналах
Get PRO
лютий '24
+1 388
в 7 каналах
| Дата | Залучення підписників | Згадування | Канали | |
| 15 липня | 0 | |||
| 14 липня | +2 | |||
| 13 липня | 0 | |||
| 12 липня | +3 | |||
| 11 липня | +3 | |||
| 10 липня | +4 | |||
| 09 липня | +1 | |||
| 08 липня | +6 | |||
| 07 липня | +490 | |||
| 06 липня | +1 020 | |||
| 05 липня | +5 | |||
| 04 липня | +1 | |||
| 03 липня | +2 | |||
| 02 липня | 0 | |||
| 01 липня | +3 |
Дописи каналу
🗑️ Kriptobirjalar minglab tokenlarni bozordan chiqarishda davom etmoqda
2026-yilning 2-choragida markazlashgan kriptobirjalar (CEX) jami 475 ta tokenni delist qildi.
Shu tariqa, birjalar so‘nggi davrda har chorakda o‘rtacha 400–500 ta aktivni savdo ro‘yxatidan chiqarish sur’atini saqlab qolmoqda.
Mutaxassislarning fikricha, bu jarayon asosan past likvidlikka ega, investorlar qiziqishi kamaygan yoki talablarni bajarmaydigan tokenlarni bozordan chiqarishga qaratilgan.
Bizni kuzatib boring!
YouTube | Instagram | Website | Donate
| 2 | Toshkentda qariyb 11 mln dollarlik noqonuniy kriptoaktivlar aylanmasi fosh etildi
Tezkor tadbir davomida gumonlanuvchidan 24 ta mobil telefon, 20 ta bank kartasi, noutbuk va Wi-Fi router ashyoviy dalil sifatida olindi.
Bizni kuzatib boring!
YouTube | Instagram | Website | Donate | 1 348 |
| 3 | Tradingʼda foyda qilish uchun har doim ham 50 foizdan yuqori yutish ehtimolligi (winrate) shart emas. Bu — sizning foyda va zarar (risk-reward (R:R)) nisbatingizga bogʻliq.
Har bir foyda va zarar (R:R nisbati) uchun kamida qancha foizli gʻalaba kerakligini koʻring:
— 1:1 kamida 50 foiz g‘alaba kerak
— 1:2 kamida 33 foiz yetarli
— 1:3 kamida 25 foiz yetarli
— 1:5 kamida 17 foiz yetarli
— 1:10 kamida 9 foiz yetarli
Foyda va zarar (Risk-reward) nisbatingiz qancha yuqori boʻlsa, yutish ehtimolligi — winrate’ingiz shuncha past boʻlishi mumkin — va siz baribir foydada qolasiz.
Bizni kuzatib boring !!!
Telegram | Instagram | Website | Donate | 1 093 |
| 4 | ☀️☀️☀️☀️☀️☀️☀️☀️
Eng katta kripto-aktivlarning narxlari ayni vaqtda.
Bizni kuzatib boring!
YouTube | Instagram | Website | Donate | 1 160 |
| 5 | 🇺🇿 O‘zbekiston kripto va raqamli aktivlar bozori uchun muhim qadam tashladi
Prezident "Toshkent xalqaro moliya markazi to‘g‘risida"gi Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi. Yangi markaz O‘zbekistonni mintaqadagi yirik moliyaviy va investitsiya markaziga aylantirishni maqsad qilgan.
Markaz hududida raqamli aktivlar (kripto-aktivlar), fintech, kapital bozori, investitsiya xizmatlari va aktivlarni boshqarish uchun alohida huquqiy rejim joriy etiladi. Shuningdek, mustaqil moliyaviy regulyator va xalqaro tijorat sudi faoliyat yuritadi, bu esa xorijiy investorlar uchun qo‘shimcha huquqiy kafolatlar yaratadi.
Kripto sohasi uchun bu hujjat muhim ahamiyatga ega. Chunki u raqamli aktivlar va blokcheyn loyihalarini rivojlantirish, xalqaro kripto kompaniyalarini jalb qilish hamda O‘zbekistonda zamonaviy moliyaviy ekotizimni shakllantirish uchun yangi imkoniyatlar yaratishi kutilmoqda.
Bizni kuzatib boring!
YouTube | Instagram | Website | Donate | 1 398 |
| 6 | 😔 4 yil kutgan investor oxiri kripto-aktivini zarar bilan sotishga majbur bo‘ldi
Bir yirik investor Ethereum'ni 4 yil davomida ushlab turgan, biroq bugun sabri tugab, aktivlarini zarar bilan sotishga qaror qildi.
Investor balansidagi 9 389 ETHni Coinbase Prime birjasiga o‘tkazgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, u ushbu Ethereumlarni o‘rtacha 4 311 dollardan xarid qilgan.
Natijada investor 23,8 million dollar zararni rasmiylashtirgan.
Bizni kuzatib boring!
YouTube | Instagram | Website | Donate | 1 343 |
| 7 | 🎉 Binance 9 yoshga to‘ldi: bugun dunyodagi har 2 kripto egasidan deyarli biri uning foydalanuvchisi
Bugun dunyoning eng yirik kriptobirjasi Binance tashkil etilganiga 9 yil to‘ldi.
Shu vaqt ichida platforma:
👥 300 million foydalanuvchini jamladi. Bu dunyodagi barcha kripto egalarining qariyb 43 foizi demakdir.
📊 Jami 156,4 trillion dollarlik savdo hajmini qayta ishladi.
💰 Faqat 2026-yilning birinchi yarmida esa platforma orqali 11,4 trillion dollarlik savdo amalga oshirildi.
Endilikda Binance o‘zini faqat kriptobirja sifatida emas, balki moliyaviy super-ilova sifatida rivojlantirmoqda. Platformada kriptovalyutalar bilan bir qatorda aksiyalar, ETF'lar, to‘lov xizmatlari va tokenlashtirilgan aktivlar ham bir ekotizimda jamlanmoqda.
Bizni kuzatib boring!
YouTube | Instagram | Website | Donate | 1 448 |
| 8 | 🚨 O‘zbekistonda yirik kripto firibgarlik tarmog‘i fosh etildi
Ichki ishlar vazirligi Toshkent shahrida faoliyat yuritgan ikkita yirik noqonuniy call-markaz faoliyatiga chek qo‘yilganini ma’lum qildi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, biznes markazlarida tashkil etilgan ushbu markazlarda 140 nafarga yaqin xodim, jumladan talabalar ham ishlagan. Ular Kanada, Buyuk Britaniya, Germaniya, Norvegiya, Niderlandiya, Daniya va boshqa davlatlar fuqarolarini soxta investitsiya va kripto loyihalariga jalb qilib, pullarini firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirish bilan shug‘ullangan.
Hozirda 111 nafar shaxs yuzasidan tezkor surishtiruv va tergov harakatlari olib borilmoqda. 8 kishi qamoqqa olingan, 10 kishiga ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.
Tezkor tadbirlar davomida 136 ta kompyuter, 320 ta mobil telefon hamda firibgarlikda foydalanilgan boshqa texnik vositalar musodara qilingan.
Bizni kuzatib boring!
YouTube | Instagram | Website | Donate | 1 455 |
| 9 | 📱 Telegram havolalari o‘zgarmoqda: endi telegram.me ishlatiladi
Telegram havolalar formatini o‘zgartirmoqda. Ma’lum qilinishicha, .me domeni operatori tomonidan joriy etilgan cheklovlar sabab t.me havolalari ayrim veb-brauzerlarda to‘g‘ri ishlamay qolgan.
Shu sababli Telegram telegram.me domeniga o‘tmoqda. Endilikda ilovadan nusxalangan kanal va profil havolalari avtomatik ravishda telegram.me formatida yaratiladi.
Biroq t.me havolalari Telegram ilovasining o‘zida avvalgidek ishlashda davom etadi.
Bizni kuzatib boring!
YouTube | Instagram | Website | Donate | 1 560 |
| 10 | ☀️☀️☀️☀️☀️☀️☀️☀️
Eng katta kripto-aktivlarning narxlari ayni vaqtda.
Bizni kuzatib boring!
YouTube | Instagram | Website | Donate | 1 402 |
| 11 | 💰 2026-yilda eng yirik kripto investitsiyalari qaysi yo‘nalishlarga yo‘naltirildi?
2026-yilda venchur investorlar eng yirik o‘rtacha investitsiya raundlarini quyidagi kripto yo‘nalishlariga yo‘naltirdi:
🔹 Prognoz bozorlari (Prediction Markets) — 118 million dollar
🔹 Kriptobirjalar — 76,2 million dollar
🔹 Blokcheyn infratuzilmasi — 47,8 million dollar
🔹 Komplayens va regulyator texnologiyalari (Compliance) — 29,4 million dollar
Bu ma’lumotlar investorlar endi nafaqat tokenlar, balki real foydalanishga ega infratuzilma va tartibga solinadigan kripto xizmatlariga ko‘proq sarmoya kiritayotganini ko‘rsatmoqda.
Bizni kuzatib boring!
YouTube | Instagram | Website | Donate | 1 465 |
| 12 | 📊 2018-yilning Top-16 kriptolari: bugun ularning taqdiri qanday?
2018-yilda bozor kapitallashuvi bo‘yicha eng yirik 16 ta kripto-aktiv bugungi bozor bilan solishtirilganda katta farqni ko‘rish mumkin.
O‘sha davrning yirik loyihalari bo‘lgan NEM (XEM), IOTA (MIOTA), Dash (DASH), NEO, EOS va Lisk (LSK) bugungi kunda deyarli bozor e'tiboridan chetda qolgan. Ayrimlari hanuz faol bo‘lsa-da, avvalgi nufuzi va bozor ulushini yo‘qotgan.
Aksincha, Bitcoin (BTC), Ethereum (ETH), XRP, Cardano (ADA), Litecoin (LTC), TRON (TRX), Stellar (XLM) va Monero (XMR) kabi loyihalar oradan 8 yil o‘tganiga qaramay kripto bozoridagi yetakchilar qatorida qolmoqda.
Bizni kuzatib boring!
YouTube | Instagram | Website | Donate | 1 487 |
| 13 | 7 yildan beri harakatsiz turgan Bitcoin kit uyg‘ondi
Noma’lum Bitcoin kit 7 yillik sukutdan so‘ng 2 931 BTCni (taxminan 188 million dollar) boshqa manzilga ko‘chirdi.
Mazkur hamyondan oxirgi tranzaksiya 2018-yil oktabr oyida amalga oshirilgan. O‘sha paytda Bitcoin narxi taxminan 6 475 dollar edi.
Shu vaqt ichida investorning aktivlari qiymati deyarli 10 baravarga oshgan.
Bizni kuzatib boring!
YouTube | Instagram | Website | Donate | 1 451 |
| 14 | ☀️☀️☀️☀️☀️☀️☀️☀️
Eng katta kripto-aktivlarning narxlari ayni vaqtda.
Bizni kuzatib boring!
YouTube | Instagram | Website | Donate | 1 453 |
| 15 | 🚨 Firibgarlik hujumi sabab investor 1 million USDT'dan ayrildi
Kripto foydalanuvchisi fishing hujumi oqibatida deyarli 1 million USDT yo‘qotdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, u tranzaksiyani tasdiqlashdan oldin imzolayotgan operatsiya tafsilotlarini tekshirmagan. Bundan foydalangan firibgarlar multicall funksiyasi orqali mablag‘larni uch bosqichda chiqarib yuborgan:
639 999 USDT
159 999 USDT
200 000 USDT
Jami zarar 999 999 USDTni tashkil qilgan.
Mutaxassislar bunday holatlarning oldini olish uchun tranzaksiyani imzolashdan oldin barcha ruxsat va manzillarni sinchiklab tekshirishni, shuningdek, firibgarlikni aniqlovchi xavfsizlik vositalaridan foydalanishni tavsiya qilmoqda.
Bizni kuzatib boring !!!
YouTube | Instagram | Website | Donate | 1 595 |
| 16 | 🇰🇿 Qozog‘iston xalqaro to‘lovlar uchun milliy steyblkoin yaratmoqchi
Qozog‘iston Milliy banki raisining ma’lum qilishicha, mamlakat tenge kursiga bog‘langan steyblkoin chiqarishni rejalashtirmoqda.
Yangi raqamli aktiv, avvalo, xalqaro hisob-kitoblar va transchegaraviy to‘lovlarda foydalanish uchun mo‘ljallanadi.
Mutaxassislar fikricha, bunday steyblkoin xalqaro to‘lovlarni tezlashtirishi, xarajatlarni kamaytirishi va Qozog‘istonning raqamli moliya infratuzilmasini rivojlantirishga xizmat qilishi mumkin.
Bizni kuzatib boring !!!
YouTube | Instagram | Website | Donate | 1 841 |
| 17 | CASHCAT tokeni investori 3,6 million dollarlik foydani qo‘ldan chiqardi
Bir investor avval ANSEM, CZ va TCC tokenlaridagi imkoniyatni o‘tkazib yuborganini aytgan edi. Biroq bu safar u CASHCAT tokenida daromad olishga muvaffaq bo‘ldi.
Investor 20 million CASHCAT tokenini juda erta sotib, atigi 2 803 dollar foyda olgan. Natijada u 3,6 million dollarlik qo‘shimcha daromadni qo‘ldan chiqargan.
Shunga qaramay, u keyinchalik yana 7,7 million CASHCAT sotib oldi va hozirgacha 900 630 CASHCAT (taxminan 162 ming dollar)ni ushlab turibdi.
Hozirgi kunga kelib uning umumiy foydasi 396 ming dollarni tashkil etmoqda.
Bizni kuzatib boring !!!
YouTube | Instagram | Website | Donate | 2 116 |
| 18 | 🇺🇿 Kripto mayning bo‘yicha muhim yangilik: "Besqala Mining Valley" uchun nizom tasdiqlandi
Istiqbolli loyihalar milliy agentligi "Besqala Mining Valley" maxsus mayning zonasi rezidentlarini ro‘yxatdan o‘tkazish va ularning faoliyatini tartibga soluvchi yangi Nizomni tasdiqladi. Hujjat 2026-yil 8-iyul kuni davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Yangi Nizomga ko‘ra:
🔹 mayning zonasi rezidenti bo‘lish talablari va shartlari;
🔹 ro‘yxatdan o‘tish uchun zarur hujjatlar;
🔹 arizalarni ko‘rib chiqish tartibi;
🔹 mayning faoliyati uchun ruxsatnoma berish, uni uzaytirish yoki bekor qilish tartibi;
🔹 rezidentlar faoliyatini nazorat qilish mexanizmlari;
🔹 qazib olingan kripto-aktivlarni sotish tartibi belgilandi.
Shuningdek, maxsus zona rezidentlariga qayta tiklanuvchi energiya manbalari, vodorod elektr stansiyalarida ishlab chiqarilgan elektr energiyasi, hamda rentabelligi past yoki tugab borayotgan neft-gaz konlarida ishlab chiqarilgan elektr energiyasidan mayning uchun foydalanishga ruxsat beriladi.
Bizni kuzatib boring !!!
YouTube | Instagram | Website | Donate | 1 941 |
| 19 | ⚖️⚖️⚖️⚖️⚖️⚖️⚖️⚖️
Ethereum uchun muhim darajalar: 1 760 va 1 810 dollar
Tahlilchilarga ko‘ra, Ethereum 1 760 dollar darajasidan yuqorida ushlanib turishga muvaffaq bo‘ldi va bu zona hozircha qisqa muddatli qo‘llab-quvvatlash (support) sifatida ishlamoqda.
Biroq, agar Bitcoin 64 000 dollar darajasidan yuqoriga chiqa olmasa, Ethereum uchun 1 760 dollar mustahkam tayanch bo‘lib qolishi qiyin bo‘lishi mumkin.
Shu sababli tahlilchilar Ethereum narxining 1 810 dollardan ham yuqoriga chiqishini muhim signal sifatida baholamoqda.
Agar: Bitcoin 64 000 dollardan yuqorida mustahkamlansa, Ethereum esa 1 810 dollardan yuqorini egallasa unda bozordagi sotuv bosimi sezilarli kamayib, yangi o‘sish to‘lqini boshlanishi mumkin.
NOT. Blockchain Texno axborot berish bilan chegaralanadi. Nashr hech qanday moliyaviy investitsiya kafolati bermaydi.
Bizni kuzatib boring !!!
YouTube | Instagram | Website | Donate | 1 767 |
| 20 | 🇰🇿 TradingView Qozog‘istonda bloklandi
Xabarlarga ko‘ra, TradingView platformasi Qozog‘istonda bloklangan va foydalanuvchilar unga kirishda muammolarga duch kelmoqda.
TradingView nafaqat aksiyalar, balki Bitcoin, Ethereum va boshqa kripto-aktivlar narxlarini kuzatish, texnik tahlil qilish va savdo strategiyalarini ishlab chiqishda eng ommabop platformalardan biri hisoblanadi.
Shu sababli platformaning bloklanishi kripto treyderlari va investorlarining bozorni real vaqt rejimida tahlil qilish imkoniyatlarini cheklamoqda.
Hozircha platformaga qo‘yilgan cheklov qachon bekor qilinishi yoki bunga nima sabab bo‘lgani yuzasidan rasmiy izoh berilmagan.
Bizni kuzatib boring!
YouTube | Instagram | Website | Donate | 3 058 |
