cookie

Ми використовуємо файли cookie для покращення вашого досвіду перегляду. Натиснувши «Прийняти все», ви погоджуєтеся на використання файлів cookie.

avatar

Ilmi Zaruriy

Sahifa admin tarafidan yuritiladi Ushbu sahifada Hanafiy mazhabiga oid fiqh ma'lumotlar berib boriladi. Sahifa ustozlarimizni ruxsati bilan ochilgan.

Більше
Рекламні дописи
462
Підписники
Немає даних24 години
Немає даних7 днів
Немає даних30 днів

Триває завантаження даних...

Приріст підписників

Триває завантаження даних...

00:15
Відео недоступнеДивитись в Telegram
Sabr bizga • Tabassum qilishni, • Duo qilishni, • Minnaddorchilik bildirishni, • Odamlarga salom berishni, • Kechirim soʻrashni, • Alloh xush koʻradigan goʻzal kalomlarni soʻzlashni, • Sadoqatni, • Ahdga vafo qilishni OʻRGATADI! ©️Bilol Jivalek (Dard etma, sabr et) kitobidan
Показати все...
4.45 MB
بِسْـــــــــــــمِ اللهِ الرَّحْمَنِ الرَّحِـــــــــــــيم Garov S: Garovning shar’iy va lugʻaviy ma’nolari nima? J: Garovning lugʻaviy ma’nosi biron narsani, biron sabab uchun «tutib turmoqqa» aytiladi. Uning shariat istilohidagi ma’nosi: shar’iy qiymatga ega bir mulkni, zimmasidagi shar’iy qiymatga ega boʻlgan haq barobariga ishonch uchun tutib turishga berishga aytiladi. S: Ishonch uchun qoʻyiladigan narsa – garovni nimalar barobariga qoʻyish mumkin? J: Garovni faqat olingan qarz barobarigagina qoʻyilmaydi. Balki, boshqa muomalalar uchun ham qoʻyilaveradi. S: Garovda nima hikmat bor? J: Garovga qoʻyilgan narsadan garovga qoʻyuvchi kishi zimmasidagi haqni toʻlamagan taqdirda qarz bergan kishi qoʻyilgan narsani sotib, xaqini undirib olish imkoni tugʻiladi. S: Garov muomalasi qanday bogʻlanib, qachon tamomiga yetadi? J: Garov (nikoh bogʻlanishidek) berish va qabul qilish yoki kelishib, rozilashish yoʻli bilan bogʻlanadi. Garov qabul qilgan kishi garov molini ajratib aniqlab, qoʻlga olishi bilan garov tamomiga yetadi. Ammo kelishgandan soʻng hanuz garov molini qoʻlga olmagan boʻlsa, garov qoʻyguvchi ixtiyorlidir. Xohlasa topshiradi, xohlamasa topshirmaydi. Garov qoʻyguvchi garov molini oluvchiga topshirgan boʻlsa, garov oluvchi qabul qilgan boʻlsa, garov oluvchining kafolatiga kiribdi. S: Garov moli garov olgan kishi qoʻlida halok boʻlsa, kim toʻlaydi? J: Yuqorida aytilganidek, garov oluvchi garov molini qabul qilsa, uning zimmasiga oʻtadi. Fuqaholar fikricha, garov oluvchi zomin boʻladi. Ya’ni, garov molining yoki qarzining qaysi biri oz boʻlsa oʻshanga zomin boʻladi. Ya’ni, garov moli yetti tangachalik boʻlib, berilgan qarz oʻn tanga boʻlsa, garovgir yetti tanga toʻlaydi. Ya’ni, yetti tanga garov qoʻyguvchida qolib, uch tangani garovgirga qaytarib beradi. Agar garov moli oʻn tanga boʻlib, berilgan qarz yetti tanga boʻlsa, u holda garovgir uch tanga garov qoʻyuvchiga toʻlaydi va ora ochiq boʻladi. Agar garov moli garovgir qoʻlida halok boʻlsa, garov moli bilan berilgan qarz qiymati teng boʻlsa, hukman qarzidan qutiladi (ya’ni qarzini toʻlagan boʻladi). Ammo garovgir garovga qoʻyilgan molni omonat saqlagandek saqlashi vojib. Ya’ni, garov molni mol egasi tayinlagan oʻrinda tayinlaganidek saqlash vojib. Ushbu holatda saqlaganda halok boʻlsa toʻlamaydi. Omonatni shariat buyurganidek saqlash «Omonat» bobida alohida bayon qilinadi. Ilmi Zaruriy
Показати все...
بِسْـــــــــــــمِ اللهِ الرَّحْمَنِ الرَّحِـــــــــــــيم Muzoraba shartlari S: Muzorabaning qanday shartlari bor? J: 1. Sarmoya – pul tillo, kumush yoki muomalada boʻlgan pul boʻlishi shart. 2. Bitim paytida sarmoya – sheriklar oʻrtasida kelishmovchilik sodir boʻlmasligi uchun pul ma’lum boʻlishi shart. 3. Bitim paytida sarmoya – pul ham mulkdor qoʻlida hozir boʻlishi shart: mulkdorning ish yurituvchi boʻynidagi qarzini yana boshqaga muzorabaga qoʻyishi joiz emas. Masalan: mulkdor ish yurituvchiga «Boʻyningdagi qarzni muzoraba shaklida ishlat, foydasi oʻrtada teng sherik» desa, bu bitim ham joiz emas. Ish yurituvchi zimmasidagi qarzni muzoraba shaklida ishlatsa va zarar qilsa yoki foyda qilsa, qarz oʻz xolicha qarz boʻlib qolaveradi. Bir kishi boshqa kishiga saqlab turish uchun mol bergan boʻlsa, soʻng shu mulkdor saqlovchiga «Qoʻlingdagi pulni muzoraba shaklida ishlat, foydasi oʻrtada, sherikmiz» desa, bu muzoraba joizdir. Shuningdek, bir kishi boshqa kishiga «Biron narsa sotib olib ber» deb pul berib, soʻng saqlayotgan kishiga «Shu pulni muzoraba shaklida ishlat» desa, bu bitim ham joiz. 4. Ish yurituvchi bemalol, yolgʻiz oʻzi tasarruf qilishi uchun pulini ish yurituvchiga topshirgan boʻlishi shart. Agar mulkdor ish yurituvchi bilan birga amal qilishni shart qilsa, bu holatda bitim buziladi. 5. Ish yurituvchining ulushi odatdagidek foydaning yarmi yoki uchdan biri yoki shunga oʻxshash shartlarning biri bilan aniq belgilangan boʻlishi shart. Ammo agar ish yurituvchiga ma’lum miqdordagi pulni belgilab qoʻysa, masalan: «Ushbu pulni ishlat, senga foydadan 20 tanga beraman» desa, bitim buzuqdir, joiz emas. Chunonchi, «Bu pulni ishlat, senga foydaning yarmi, yana ustiga 20 tanga qoʻshib beraman» desa, bu bitim ham joiz emas. Yana ish yurituvchiga aytsa, «Senga foydaning yarmi, ammo shu yarim foydaning 20 yoki 10 tangasini olib qolaman» desa, bu bitim ham joiz emas. 6. Agar ish yurituvchiga chiqqan foydaning yarmini berishni shart qilish barobarida oylik-maosh berishni ham shart qilsa, bu shart buzuq, lekin bitim durust. Agar shunday buzuq shart bilan ish yuritilsa, ish yurituvchiga faqat foydadan kelishilgan ulush beriladi xolos. 7. Agar mulkdor ish yurituvchiga muzoraba uchun pul bersa, yana qoʻshimcha yashash uchun joy yoki ekin ekib olish uchun yer berishni shart qilsa, muzoraba bitimi ish qoʻshimchalari sababli buzuq botildir. Alhamdu LILLAHI alat – tavfiq. AstagʻfirULLOHA alat – taqsir. Ilmi Zaruriy
Показати все...
بِسْـــــــــــــمِ اللهِ الرَّحْمَنِ الرَّحِـــــــــــــيم Muzoraba ta’rifi S: Muzorabaning lugʻaviy ma’nosi va mazmuni qanday? J: Muzoraba lugʻatda bir shaxsning ikkinchi shaxsga savdo qilish va foydani oʻrtada kelishilgan shartga binoan boʻlish va koʻrilgan zarar esa mol egasi zarariga boʻlishi sharti bilan mulk-pul berishni anglatadi. Muzoraba «safar» ma’nosini anglatuvchi «zarb» soʻzidan olingandir. Zero, savdo koʻpincha safarni taqozo etadi. Qarz soʻzi «kesmoq, boʻlmoq, ajratmoq» ma’nolarini anglatadi. Odatda qarz beruvchi mulkining ma’lum boʻlagini ajratib qarz soʻraguvchiga beradi. Fuqaholar nazdida muzoraba deb ikki shaxsning biri boshqasiga foydani teng yarim yoki uchdan bir yoki shunga oʻxshash maxsus shartlar bilan boʻlib olish uchun vaqtincha mulk qilib pul berish ahd-bitimiga aytiladi. Muzoraba aslida shunday boʻlsa-da, bitimni shariat nazdida haqqoniy yoki gʻayrixaqqoniyga aylantirib qoʻyuvchi shartlarga bogʻlikdir. Muzoraba arkonlari, hukmlari va shartlari S: Muzorabaning qanday arkonlari va hukmlari bor? J: 1. Hanafiy mazhabida muzoraba bitimi sheriklarning maqsadlariga qarab foydada sheriklik boʻlishligini anglatadi. Chunki mulkdor tarafidan pul berish, ish yurituvchi tarafidan esa mehnatdir. Ish yurituvchining bir necha xil holatlari boʻladiki, oʻsha holatlar muzoraba hukmlarini oʻzgartirib yuboradi. Binobarin, muzoraba hukmlari bir necha qismga boʻlinadi. Birinchisi, ish yurituvchi molni qabul qilib, ishga kirishguncha «amiyn» – ishonchli kishi hukmidadir. Buning ma’nosi – mol uning qoʻlida omonatdir. Shunday ekan uni saqlashi, egasi soʻrasa qaytarib berishi vojib. Ammo yoʻqotib qoʻysa zomin boʻlmaydi, toʻlamaydi. 2. Ish yurituvchi ishga kirishganda vakil boʻladi, vakilning hukmi qoʻlidagi mulk uchun mulk egasining hukmidadir. Ish yurituvchi yuritayotgan moliyaviy aloqalaridan mulk egasini xabardor qilib turadi. 3. Foyda hosil boʻlganda molning aylanishidan hosil boʻlgan foydadan har bir sherikka ma’lum miqdorda (hissa) beriladi. 4. Muzoraba buzilgan taqdirda (ya’ni, shar’iy shartlarning biri topilmay qolgan taqdirda) ish yurituvchi mardikor hukmida boʻlib qoladi. Bu degani chiqqan foyda ham, zarar ham barchasi mol egasiga boʻladi. Ish yurituvchiga esa xizmati uchun «ajr misl» (ya’ni, odatda shunday ishga toʻlanadigan hizmat haqqi) toʻlanadi. Sahih gap shuki; ish yurituvchi buzilgan bitim asosida ish yuritsa, ishi foyda bermagan boʻlsa, ish yurituvchiga haq toʻlanmaydi. Muzoraba shartlari toʻliq topilgan taqdirda ham, ish natija (foyda) bermasa ish yurituvchiga haq toʻlanmaydi. 5. Agar ish yurituvchi muzoraba shartlaridan biriga xilof ish tutsa, bu holatda ish yurituvchi bosqinchi deb hisoblanadi. Buning hukmi – gunohkor boʻladi, qoʻlidagi mulkni qaytarib mulkdorga berishi vojib boʻladi. Mulkka talafot yetsa toʻlaydi. 6. Muzoraba foydasining hammasi ish yurituvchiga boʻlishi shart qilinsa, bu holatda berilgan pul qarz boʻladi. Ish yurituvchi molni, pulni qabul qilib olsa va ushbu shartga binoan ish yuritsa, qoʻlidagi mulkka yolgʻiz oʻzi mas’ul – javobgar boʻladi. Sarmoya – pulni yoʻqotsa, toʻlaydi va darhol egasiga qaytarish ham vojib boʻladi. 7. Agar foydaning hammasi mulkdorga boʻlishi shart qilinsa, buning hukmi mol-buyumlar bitimi hukmiga oʻxshashdir. Bu degani mulkdor ish yurituvchini mulk sotib olish, mol-buyum sotib olish uchun bekorga vakil qilishdir. Bu holatda ish yurituvchi sotib olgan hamma narsa mulkdorga boʻladi. Buyumlarning yoʻl xarajatlari mulk egasi zimmasida boʻladi. Ish yurituvchiga haq toʻlanmaydi. Muzoraba rukni Muzoraba «Topshirish va qabul qilish» yoʻli bilan baholanadi. Bu maqsadga dalolat qiluvchi soʻzlar quyidagilardir. Masalan: mulk egasi «Bu pulni ol, sheriklikka ishlat» desa yoki «Bu pulni ol, muzoraba yoʻli bilan ishlat. ALLOH nimani bersa oʻrtamizda teng yarmidan yoki uchdan biri yoki boshqa biron shart bilan boʻlamiz» desa, ish yurituvchi: «Oldim, rozi boʻldim, yoki qabul qildim» desa, muzoraba bitimi haqqoniy, shar’iy boʻlib baholanadi. Ilmi Zaruriy
Показати все...
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Bugun juma, ahli oilangizga xursandchilik ulashing)
Показати все...
sticker.webp0.29 KB
sticker.webp0.45 KB
بِسْـــــــــــــمِ اللهِ الرَّحْمَنِ الرَّحِـــــــــــــيم Bay’i saraf S: Qanday savdo Bay’i saraf deyiladi? J: Fuqaxolar urfida pulni pulga sotish – almashtirish Bay’i saraf deyiladi. Ya’ni tilloni tilloga, kumushni kumushga almashtirishga aytiladi. S: Tilloni tilloga, kumushni kumushga sotsa – almashtirsa joizmi? J: Bu sudxoʻrlik bobida aytilganidek tengma-teng, naqdma-naqd boʻlsa joiz. S: Ammo tillo yoki oltin tozalikda yoki quyilishida farq qilsa, ushbu farqli oltin-kumushlarni bir-biriga ziyodasiga sotsa – almashtirsa joiz buladimi? J: Joiz emas, ammo pul savdosida farqqa e’tibor qilinmaydi. S: Oltinni kumushga, kumushni oltinga sotish joizmi? J: Jinsi tafovutli boʻlgani bois, savdosi joiz. Ammo sotilgan pulni savdo majlisida qoʻlga olishi vojib. Aks holda joiz emas. S: Pulni pulga sotganda – almashtirganda almashtirilgan pulni ikki taraf savdo majlisida bir-biridan olmay yoki bir taraf olmay ajralsalar, ushbu savdo hukmi nima boʻladi? J: Bu holda savdo buziladi (hech kimning da’voga haqqi yoʻq). S: Almashtirilgan pulni qoʻlga olmay turib ishlatish joizmi? J: Joiz emas. S: Tillo vaznini chamalab kumushga sotsa joizmi? J: Jinsi tafovutli boʻlgani bois sotish joiz. Ammo har ikki taraf savdo majlisida qoʻlga olishlari lozim, ajrab ketmaslaridan avval. Ilmi Zaruriy
Показати все...
#iqtibos Alloh bir bandani azoblamaslikni iroda qilsa unga istig’for aytishni ilhom qiladi. ©️Ali Roziyallohu Anhu
Показати все...
بِسْـــــــــــــمِ اللهِ الرَّحْمَنِ الرَّحِـــــــــــــيم S: Oliy navli bugʻdoyni past navli bugʻdoyga oshiqchasi bilan almashtirsa boʻladimi? J: Bu koʻrinishda savdo joiz emas. Zero, jinsi bir barcha oʻlchanadigan va tortiladigan narsalar hukmi ham aynan shundaydir. Ya’ni oshiqchasi bilan amashtirsa sudxoʻrlik boʻladi. S: Jinslarning qay biri oʻlchanadigan qay biri tortiladigan ekanini bilsa boʻladimi? J: Boʻladi, ya’ni Paygʻambar SOLLALLOHU ALAYHI VASALLAM qaysi narsalarni oʻlchaganda oshiqchasi harom deb ochiq aytgan boʻlsalar, oʻsha narsalar abadiy oʻlchanadigan narsalardir. Garchi odamlar uni oʻlchashni tashlagan boʻlsalar ham bugʻdoy, xurmo, arpa, tuz singari qaysi narsalarni tortganda oshiqchasi harom deb, e’lon qilgan boʻlsalar. U narsalar abadiy haromdir. Garchi, odamlar uni tortishni tashlagan boʻlsalar ham. (Tillo kumush singari). qaysi narsalarni oʻlchanadigan yoki tortiladigan deb, e’lon qilmagan boʻlsalar. Ular urfga binoan kishilarning odatiga havoladir. Ya’ni u narsa haqida kishilar odati e’tibor qilinadi. Bir narsani tarozida tortib muomala qilsalar. Uni «vazniy» deb e’tibor qilinadi. Bir narsani oʻlchab sotsalar uni «kayliy, oʻlchanadigan» deb e’tibor qilinadi. Shariatda, donalab sotsalar, “adadiy”, “donalik” deb e’tibor qilinadi. S: Savdolarda «qoʻlga olish»ning hukmi qanday? J: Pullar jinsida savdo qilinsa, ya’ni tillo-kumushni yoki dollarni bir-biriga almashtirilsa, ikkala evazni savdo qilingan majlisda sotuvchi bilan xaridor qoʻlga olishlari e’tibor qilinadi (ya’ni, ana shunda savdo baholanadi). Bu savdo «Bay’i saraf» deyiladi, pul almashtiruvchi «sarrof» deyiladi. Puldan boshqa sudxoʻrlik boʻladigan savdolarda beriladigan pulni aniqlab, tayin qilib qoʻyilsa, savdo baholanaveradi. Savdo majlisida qoʻlga olish shart emas. S: Bugʻdoyni unga yoki talqonga, unni talqonga sotish-almashtirish joizmi? J: Bu savdo – almashtirish tengma-teng almashtirsa ham, oshigʻi bilan almashtirsa ham joiz emas. S: Goʻshtni hayvonga sotsa – almashtirsa boʻladimi? J: Goʻshtni hayvonga sotishni – almashtirishni Imom A’zam rahmatULLOHi alayh joiz deydi, ammo shogirdi Muhammad: «Goʻsht hayvondagi goʻshtdan koʻproq boʻlishi lozim. Shunda oshigʻi hayvon chiqindisiga teng boʻladi. Shunda savdo joiz, aks holda joiz emas», – deydi. S: Sutlarni bir-biriga oshigʻi bilan almashtirsa boʻladimi? J: Boʻladi, chunki sutlar quyuq, ba’zisi suyuq boʻlgani uchun joiz. Foyda: Sirkani sirkaga har qanday holda almashtirish joiz. S: Bugʻdoy unining nonini bugʻdoyga yoki unga sotsa joizmi? J: Joiz. S: Kofir mamlakatda kofir kishi bilan musulmon kishi savdo sotiq qilsa boʻladimi? J: Boʻladi – joiz, lekin taqvoli, parhyez qiluvchi va shubhali narsalardan oʻzini saqlaguvchi musulmonlarning oʻzlariga havola. Foyda: Bir odam qarz oluvchining uyiga haqqini soʻrash uchun kelib havoning issiq kunida koʻchada turgan ekan. Qarzdor odam «Ey birodar, men chiqqinimga qadar mana bu daraxtning soyasida tursangiz boʻlmasmidi?» desalar, aytgan ekan: «Ey birodar, men sizning daraxtingizning soyasidan foydalansam sudxoʻrlik qilgan boʻlaman», deb javob beribdi. Ilmi Zaruriy
Показати все...
Оберіть інший тариф

На вашому тарифі доступна аналітика тільки для 5 каналів. Щоб отримати більше — оберіть інший тариф.