cookie

Ми використовуємо файли cookie для покращення вашого досвіду перегляду. Натиснувши «Прийняти все», ви погоджуєтеся на використання файлів cookie.

avatar

🎓 𝐈𝐣𝐨𝐝𝐤𝐨𝐫 𝐲𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 📝

,,𝐈𝐬𝐭𝐢𝐪𝐛𝐨𝐥𝐥𝐢 𝐪𝐚𝐝𝐚𝐦ʼʼ-𝐛𝐮 𝐘𝐚𝐧𝐠𝐢 𝐎ʻ𝐳𝐛𝐞𝐤𝐢𝐬𝐭𝐨𝐧𝐧𝐢𝐧𝐠 𝐟𝐚𝐨𝐥 𝐲𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐣𝐚𝐦𝐨𝐚𝐬𝐢. 𝐁𝐢𝐳 𝐛𝐢𝐫𝐠𝐚𝐥𝐢𝐤𝐝𝐚 𝐤𝐚𝐭𝐭𝐚 𝐤𝐮𝐜𝐡𝐦𝐢𝐳! Kanalda she'rlaringizni e'lon qilishni xohlaysizmi? Murojat @heartless_200001

Більше
Рекламні дописи
209
Підписники
Немає даних24 години
Немає даних7 днів
Немає даних30 днів

Триває завантаження даних...

Приріст підписників

Триває завантаження даних...

Bahor Bahor kelib yurtimga, Tabiat chiroy ochdi. Ko'kda quyosh charaqlab, Issiq nurlarin sochdi. Ariqning chetlarida, Bo'y ko'rsatdi yalpizlar. Ko'tarib savatchasin, Yalpiz termoqda qizlar. Onajonlar yalpizdan, Chuchvaralar tugushar. Tandirga o't qalashib, Ko'k somsalar bukushar. Hamma quvnoq, hamma shod, Bu faslning sehri bor. Mening go'zal o'lkamda, Kezib yuribdi Bahor. Shahzoda Allayarova Samarqand viloyati Narpay tumanidagi 55-sonli maktabning 3"B"sinf o'quvchisi
Показати все...
Vatan Vatan nima men uchun, Tug'ilgan joyim. Vatan nima ko'kdagi, Nur sochgan oyim. Vatan mening borlig'im, Baland tog'larim. Mevalari qand - asal, Ko'rkam bog'larim. Vatan mening g'amxo'rim, Mehribon onam. Doim meni kutguvchi, Aziz ostonam. Allayarova Shahzoda Samarqand viloyati Narpay tumanidagi 55-sonli maktabning 3"B"sinf o'quvchisi
Показати все...
Bizning askar akalar Mard va jasur, paxlavon, Himoyaga shay har on, Yurt uchun ko'ksi qalqon, Bizning askar akalar. Tunu-kun xizmatdasiz, Dam olmay mehnatdasiz, Siz doim hurmatdasiz, Bizning askar akalar. Baxtimizga sog' bo'ling, Biz suyangan tog' bo'ling, Doim vaqti chog' bo'ling, Bizning askar akalar. Allayarova Shahzoda Samarqand viloyati Narpay tumanidagi 55-sonli maktabning 3"B"sinf o'quvchisi
Показати все...
Kitob Zor urib zorlanma dunyoda qara, Izlasang doimo tegar bir zarra. Dunyoning asosi manbai kitob, Uni oʻqigan olar koʻp javob. Taʼtilda kitobni oʻqigin izlan, Qishda gar zeriksang charxlangain aqlan. Javoning liq toʻlsin badiiy kitob Uni sekin-asta aylagin xitob. Kitob o'qi Sevib kitob oʻqi erinmay oʻrtoq, Kitobni oʻqigan ishlatmas oʻroq. Hech kimga zor boʻlmas qilinmas soʻroq, Kitobni oʻqisang berar koʻp axloq. Kitob ila barchaga keladi odob, Yoʻllarni yoritar misoli oftob. Kitobni oʻqigan olar juda koʻp savob, Dunyoning podshohi yashasin kitob Buxoro tuman 45-umumtaʼlim maktabi 9-sinf oʻquvchisi Usmonov Shaxriyor
Показати все...
SÕNDI SEVGI Bir zamonlari kõngil qõyib, Yurak suygan sanam sõziga. Bugun sõnggi bor unga tõyib Boqay endi dilbar kõziga. Kun õtdi behuda, hatto, yil, Makrlarin sevgi deb õylab. Sezmas buni telba bõlgan dil, Har onda qalamqoshni sõylab. Õzgardi ul, bilmadim nogoh, Bir sõzida ming yolğon aytdi. Bu ishdan erta bõlmam ogoh, Yor, kõngli mendan tezda qaytdi. Ismini yozdi tõkib siyoh, Õchmas bõldi yurakdan doği. Nobud qilib zahridan giyoh, Õsmas bõldi bu kõngil boği. Husningga ishonma, qoraqosh, Bu dunyo bori bilgin foniy. Chiroy ketar, õtib hali yosh, Bejiz aytgan emas Navoiy. Õtmishim olib ketsa yellar Hech xotiralarni unutmam. Yõl termulardim yoğsa sellar, Aslo, gulim, men seni kutmam. Biz birga bõlamiz doim deb, Bir meʼyorda õtardi kunlar. Bugun esa ich-etimni yeb, Yolğizlikda yuribman tunlar. Bil, xushbõy hidlarni taratar Toğda ungan ming qizil lola. Mahzunli kuylarni yaratar Kõksimdan chiqqan dardli nola. Õylamay qõyarman endi yor, Ishongin! Soğinmayman seni. Tutsa ham, jallod bõynimga dor, Hech ortga qaytarolmas meni. Qalbdan chiqqan alamli sado Qoğozga tushib bõldi she'rlar. Hajring kuyida qilding ado, Yor, meni telba Hamid derlar. Hamidulla Uraimov
Показати все...
Bayram muborak Vatan tinchligi deb uyqudan kechgan, Kechalar tin olmay turgan jonsarak. Shu yurt, shu xalq uchun jonini tikkan, Vatan o'g'lonlari bayram muborak. Aslida o'tgan har kunimiz bayram, Tinchlik, omonlikda o'tar kunimiz. Ko'ngilda vahima, tahlikamiz yo'q, Shirin orom ichra o'tar tunimiz. Vatan tinchligida o'z hissangiz bor, Siz borki musaffo, moviydir falak. Har onda Allohim bo'lsin madadkor, Vatan o'g'lonlari bayram muborak. Siz bizning faxrimiz, iftixorimiz, Shu vatan ishonchi, yurt qalqonlari. Barchangizga bayram muborak bo'lsin, Yangi O'zbekistonning bek o'g'lonlari. Moxigul Eshpulatova
Показати все...
Allayarova Shahzoda Samarqand viloyati Narpay tumanidagi 55-sonli maktabning 3"B"sinf o'quvchisi
Показати все...
Endi uchrashmaydi nigoxlarimiz, Hijronlarda yonsam ham takror. Va nihoyat ko'nglimni uzib, Sizni tashlab ketayapman, yor. So'nggi vaqtlar uzoqlashdingiz, Balki mendan bo'lgansiz bezor. Mensizlikda yashayvering deb, Sizni tashlab ketayapman, yor.. Azob ichra o'tsa ham kunim, Sog'inchlardan cheksam ham ozor. Ishqimizning rishtasin uzib, Sizni tashlab ketayapman, yor. Endi sira qaytmayman ortga, Kutsangizda bo'lib intizor. Sevgimizni qalbimga ko'mib, Sizdan kechib ketayapman yor. Dilmohim
Показати все...
01:11
Відео недоступнеДивитись в Telegram
Allayarova Durdona Samarqand viloyati Narpay tumanidagi 55-sonli maktabning 1"A"sinf o'quvchisi
Показати все...
23.15 MB
Ona Yuzlaringiz kulguga tòlsin Yuragingiz tòlsin baxtga Ona yonimda bòlsangiz bas Siz hech qachon bòlmang hasta Hursand yuring mening yonimda Yaxshi kunda har onimda Singillarim katta bòlar asta Siz hech qachon bòlmang hasta Yutuģim kòrib quvongansiz Ona hech ģam chekmang siz Yoningizda qizlaringiz bor Òģlim yòq deb afsuslanmaysiz Hali shunday kun bor oldinda Niyatlarim bòlar ijobat Otam bilan siz yonimda Ne ģamim bordir oldimda Yahshi òqib uyaltirmaymiz Biz sizlarni quvontiramiz Òntaòģil òrnin bosamiz Òģlim yòq deb afsuslanmaysiz Òzimning mòmina farishta onam Kòngli oppoq sarishta onam Kònglimiz oluvchi sòzlaringiz bor Axir yoningizda qizlaringiz bor Alidjonova Muniraxon
Показати все...
Оберіть інший тариф

На вашому тарифі доступна аналітика тільки для 5 каналів. Щоб отримати більше — оберіть інший тариф.