cookie

Ми використовуємо файли cookie для покращення вашого досвіду перегляду. Натиснувши «Прийняти все», ви погоджуєтеся на використання файлів cookie.

avatar

TOSHKENT SHAHAR QURILISH BOSH BOSHQARMASI

Toshkent shahar Qurilish boshqarmasi rasmiy kanali Murojaat uchun telefon: +998 55 512-10-01 (120)

Більше
Рекламні дописи
482
Підписники
+124 години
-47 днів
+230 днів

Триває завантаження даних...

Приріст підписників

Триває завантаження даних...

Фото недоступнеДивитись в Telegram
📣📣📣 DIQQAT, EʼLON! TOSHKENT SHAHRINING MIRZO ULUG'BEK TUMANI AHOLISI DIQQATIGA! ❗️Sizda qurilish-pudrat tashkilotlari yoki qurilishga oid boshqa muammo va takliflaringiz bormi? U holda sizlarni 21-iyun sanasida Toshkent shahrining Mirzo Ulug'bek tumani, "Yalang'och" MFY binosida, soat 10-00 da boʻlib oʻtadigan Sayyor qabulga taklif etamiz! Sayyor qabulda Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasi, Toshkent shahar Kadastr agentligi, Toshkent shahar Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi mutasaddilari ishtirok etishadi. 📍 Mirzo Ulug'bek tumani, "Yalang'och" mavzesi, Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasi, 415G-uy, "Yalang'och" MFY binosida Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇 Telegram| Instagram
Показати все...
#Rasmiy_munosabat Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Mirzo Ulug‘bek tumani, “Oliy himmat” MFY, Neʼmat berk ko‘chasi, 32A-uy manzilida olib borilayotgan qurilish ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasi mutaxassislari quyidagilarni maʼlum qiladi: Unga ko‘ra, yuqoridagi manzilda qurilish olib borayotgan obyekt fuqaro Bo‘tayeva Maxsuda Qo‘zibayevnaga tegishli bo‘lib, Mirzo Ulug‘bek tuman qurilish bo‘limining 2023 yil 15 avgustdagi 1726269-126017-sonli bino va inshootlarni rekonstruksiya qilish hamda o‘z hududida qo‘shimcha bino va inshootlarni qurish uchun tegishli ruxsatnoma berilgan. Mazkur ruxsatnomaga muvofiq, 2023 yil 25 avgustdagi 1726-1726269-73743-sonli Arxitektura rejalashtirish topshirig‘i (ART) hujjati hamda "Sharqevroproekt" MCHJ loyiha tashkiloti tomonidan dastlabki eskiz loyihasi ishlab chiqilgan. Shu bilar birga, o‘rnatilgan tartibda Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasi qoshidagi Loyiha-smeta hujjatlarini kelishish bo‘yicha Arxitektura va shaharsozlik Kengashi ishchi organi tomonidan ko‘rib chiqilgan hamda 2023 yil 22 sentyabrdagi 95161354-sonli ijobiy xulosasi kelishib berilgan. Shuningdek, ushbu obyektning loyiha-smeta hujjatlarini ekspertiza qilish tegishli tashkilotlar tomonidan ko‘rib chiqilganligi hamda Toshkent shahar Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasidan o‘rnatilgan tartibda ro‘yxatdan o‘tganligi to‘g‘risidagi maʼlumotlar bosh boshqarmada mavjud emasligini bildiramiz.
Показати все...
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#Murojaat_va_yechim Ayni kunlarda barcha jabhalarda qurilish ishlari avj pallasiga chiqqan bir paytda aholi ham o‘z xonadonlarida qurilish va qayta ta’mirlash ishlarini amalga oshirmoqda. Mazkur qurilish jarayonlarni amalga oshirishda yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish va turli tushunmovchiliklarga yechim topish maqsadida aholi har hafta Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasida tashkil etiladigan fuqarolar qabuliga yig‘ilishdi. Unda mutaxassislar tomonidan aholining qurilishga oid 15 dan ziyod muammolari tinglandi va ularga huquqiy tushunchalar berildi. Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇 Telegram| Instagram
Показати все...
FUQARO QABULI.mp419.51 MB
👍 1
01:04
Відео недоступнеДивитись в Telegram
#Bilasizmi Qurilish maydonidagi balandlikda amalga oshiriladigan ishlarda texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilmaslik, ayanchli oqibatlarga olib kelishini unutmaslik lozim!
Показати все...
Қурилишда техника хавфсизлиги.mp418.17 MB
Давлатимиз раҳбари туман ва шаҳарларнинг мастер режаларини ишлаб чиқишга оид тақдимот билан танишди. — Глава нашего государства ознакомился с презентацией по разработке мастер-планов районов и городов. #Mirziyoyev #taqdimot #hududlar #masterreja Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Показати все...
#Bu_qiziq “Sanjay Puri architects” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan tijorat binolari dizayni Mumbaydagi mashhur arxitektorlardan sanalgan Sanjay Puri va Nina Puri boshchiligidagi “Sanjay Puri Architects” kompaniyasi Hindiston me’morchiligining mukammallik va innovatsiyalar timsoli hisoblanadi. Ushbu taniqli kompaniya o‘z nomini arxitektura olamining elitasi qatoriga kiritgan bo‘lib, ular tomonidan yaratilgan loyihalar o`zining ta’sirchan va yorqinligi bo‘yicha ko‘plab mukofotlarni qo‘lga kuritgan. Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇 Telegram| Instagram
Показати все...
00:09
Відео недоступнеДивитись в Telegram
#Tabrik Ezgu maqsadlar yo‘lida amalga oshirilayotgan xayrli ishlaringizga omad va rivojlar tilab, o‘ylagan barcha ezgu niyatlaringiz ro‘yobga chiqishini tilab qolamiz! Qurbon hayiti barchamizga muborak bo‘lsin!
Показати все...
10.81 MB
👍 1
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#Tabrik Qadrli yurtdoshlar, aziz hamkasblar! Yurtimizdagi barcha mo‘minu musulmonlarni “Qurbon hayiti” (Iyd-al-Adho) munosabati bilan chin dildan muborakbod etamiz!
Показати все...
👍 1
Фото недоступнеДивитись в Telegram